UzReport.news
32.5K subscribers
80.6K photos
7.9K videos
5 files
76.7K links
O'zbekiston va dunyo yangiliklari

https://uzreport.news saytining rasmiy Telegram kanali.

Kirill yozuvida yangiliklar: @uzreportnewsuz

Lotin yozuvida yangiliklar: @uzreport_uz

Qayta aloqa uchun: @UzReportbot

Reklama: @FUTBOLTV_ADVERTISING
Download Telegram
Amerikalik shifokorlar 22 nafar o'zbekistonlik bolada murakkab kardiojarrohlik operatsiyalarini o‘tkazdi

Ushbu aksiya sentyabr oyi oxirigacha davom etishi belgilangan. Buning natijasida yuragida tug‘ma nuqsoni bo‘lgan 50 nafar jajji bemor ochiq usuldagi operatsiyalar orqali og‘ir darddan xalos bo‘lishi kutilyapti.

Batafsil 👉🏻 https://uzreport.news/society/amerikalik-shifokorlar-22-nafar-ozbekistonlik-bolada-murakkab-kardiojarrohlik-operatsiyala

Lotin|Кирилл
"O‘zA va "Sharq" nashriyoti binolari xususiylashtirilmasligi kerak" — Madaniy meros agentligi

Qayd etilishicha, “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 23-moddasiga muvofiq Davlat mulkida turgan moddiy madaniy meros obyektlari davlat tasarrufidan chiqarilishi va xususiylashtirilishi mumkin emasligi belgilangan.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/o-za-va-sharq-nashriyoti-binolari-xususiylashtirilmasligi-kerak-madaniy-meros-agentligi

Lotin|Кирилл
“Birlashgan Millatlar Tashkiloti huzurida Markaziy Osiyo yoshlarini rivojlantirishga koʻmaklashish boʻyicha ishchi guruh tashkil etishni taklif etaman”

Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 78-sessiyasidagi nutqidan.

Lotin|Кирилл
O'zbekistonda temir yo‘l transportida yuk tashish qoidalari tasdiqlandi

Temir yo‘l transportida yuk tashish qoidalarini o‘z ichiga olgan nizom davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston hududida umumiy foydalanishdagi temir yo‘llarda yuklarning xususiyatlarini inobatga olgan holda tashish tartibi va shartlari belgilandi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/ozbekistonda-temir-yo-l-transportida-yuk-tashish-qoidalari-tasdiqlandi

Lotin|Кирилл
BMTdagi demarsh: Isroil elchisi minbarga Raisiy chiqqanda politsiya binosidan o‘ligi chiqqan eronlik qiz Mahsa Aminiyning suratini ko‘tardi

U ko‘targan qog‘ozda o‘tgan yili ro‘molni to‘g‘ri o‘ramagani uchun qo‘lga olingan va politsiya binosidan o‘ligi chiqqan eronlik qiz Mahsa Aminiyning surati tushirilgan, ostiga "Eronlik ayollar hozir ozodlikka munosib" deb yozilgandi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/bmtdagi-demarsh-isroil-elchisi-minbarga-raisiy-chiqqanda-politsiya-binosidan-o-ligi-chiqqa

Lotin|Кирилл
Rasman. Nagelsmann Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi

36 yoshli mutaxassis bilan 2024-yilning 31-iyuniga qadar shartnoma imzolandi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/football/rasman-nagelsmann-germaniya-terma-jamoasi-bosh-murabbiyi-etib-tayinlandi

Lotin|Кирилл
Rossiyada ichida o‘zbekistonliklar bo‘lgan avtomobil YTHga uchradi, oqibatda 1 kishi halok bo'lgan

Ushbu holat bo‘yicha protsessual tergov harakatlari olib borilmoqda. Uning borishi va natijalari Rossiya prokuraturasi nazoratida.

Batafsil 👉🏻 https://uzreport.news/society/rossiyada-ichida-o-zbekistonliklar-bo-lgan-avtomobil-ythga-uchradi-oqibatda-1-kishi-halok-

Lotin|Кирилл
Asakada guruh-guruh bo‘lib harakatlangan haydovchilarga chora ko‘rildi

Shuningdek, transport vositalari vaqtinchalik saqlash uchun jarima maydoniga joylashtirildi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/asakada-guruh-guruh-bo-lib-harakatlangan-haydovchilarga-chora-ko-rildi

Lotin|Кирилл
“Birgalikdagi tashabbus sifatida ayollarning bunyodkorlik salohiyatini roʻyobga chiqarish masalalarini muhokama qilish va tajriba almashish uchun kelgusi yili Oʻzbekistonda Osiyo xotin-qizlari forumini oʻtkazishni taklif etamiz”

Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 78-sessiyasidagi nutqidan.

Lotin|Кирилл
Sog'liqni salqash vaziri Amrillo Inoyatov BMT Bosh Assambleyasi 78-sessiyasi doirasidagi majlisda nutq so'zladi

"Koronavirus infeksiyasini to‘liq nazorat qilishni o‘rganishimiz kerak. Bu jarayonda epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni takomillashtirish bo‘yicha tadqiqotlar olib borish, COVID-19 ga chalingan bemorlarni erta aniqlash, davolash va profilaktikasini muvofiqlashtirish, takroriy infeksiyaning oldini olishda ikkilamchi immunitetning ahamiyatini o‘rganish, pandemiya tarqalishini erta prognoz qilish asosida karantin choralarini kuchaytirish yoki yumshatish muhim ahamiyatga ega", - deya ta'kidladi vazir.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/sogliqni-salqash-vaziri-amrillo-inoyatov-bmt-bosh-assambleyasi-78-sessiyasi-doirasidagi-ma

Lotin|Кирилл
Zelenskiy qishda hujumni davom ettirishga va Baxmutni qo'lga olishga va'da berdi

Zelenskiyning aytishicha, Ukraina qarshi hujumda Rossiyaning zaif tomonlaridan foydalanishga umid qilmoqda. Uning so’zlariga ko’ra, rus armiyasi yo’qotishlar tufayli "tanaffus olishiga" to’g’ri keladi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/zelenskiy-qishda-hujumni-davom-ettirishga-va-baxmutni-qolga-olishga-vada-berdi

Lotin|Кирилл
Xorazmdagi mehribonlik uyi qizlarini zo‘rlash bo‘yicha sobiq amaldorlarga qo‘yilgan ayblovlar o‘zgarishsiz qoldi

Urganchdagi mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari bilan jinsiy aloqada bo‘lgan ikki sobiq amaldorga qo‘yilgan ayblovlar qo‘shimcha tergov o‘tkazilganiga qaramay, deyarli o‘zgarishsiz qoldi.

Batafsil 👉🏻 https://uzreport.news/society/xorazmdagi-mehribonlik-uyi-qizlarini-zo-rlash-bo-yicha-sobiq-amaldorlarga-qo-yilgan-ayblov

Lotin|Кирилл
Bugun O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Osiyo o‘yinlaridagi ishtirokini boshlaydi

Batafsil
👉 https://uzreport.news/football/bugun-o-zbekiston-u-23-terma-jamoasi-osiyo-o-yinlaridagi-ishtirokini-boshlaydi

Lotin|Кирилл
Dunyoning birinchi raqamli mediamagnati Rupert Merdok News Corp va Fox korporatsiyasi rahbari lavozimini tark etadi

Mediamagnat Rupert Merdok Fox Corporation mediakonglomerati va News Corporation mediaxoldingi direktorlar kengashi raisi lavozimidan ketishni rejalashtirmoqda. Uning o'rniga uning o'g'li Lachlan keladi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/dunyoning-birinchi-raqamli-mediamagnati-rupert-merdok-news-corp-va-fox-korporatsiyasi-rahb

Lotin|Кирилл
“Biz BMT Bosh Assambleyasining “Markaziy Osiyo global iqlim tahdidlari qarshisida: umumiy farovonlik yoʻlida hamjihatlik” rezolyutsiyasining asosiy mazmunini kelgusi yil Samarqandda boʻlib oʻtadigan xalqaro iqlim forumida muhokama qilishni taklif etamiz”

Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 78-sessiyasidagi nutqidan.

Lotin|Кирилл
Xitoy kompaniyasi Kampirobod suv omboridan Farg‘onaga ichimlik suvi keltiradi

Xitoyning "Sinomash" holdingi Farg‘ona viloyatida "Kampirobod" suv omboridan Farg‘ona shahriga toza ichimlik suvi tortish loyihasini boshlamoqchi.

Batafsil 👉🏻 https://uzreport.news/society/xitoy-kompaniyasi-kampirobod-suv-omboridan-farg-onaga-ichimlik-suvi-keltiradi

Lotin|Кирилл
Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab bitiruvchilari qoʻshimcha kvotalar asosida talabalikka tavsiya etildi

Prezident, Ijod, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug'bek hamda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab bitiruvchilari Davlat oliy taʼlim muassasalariga umumiy qabul kvotasidan tashqari qoʻshimcha kvotalar asosida talabalikka tavsiya etildi.

Batafsil 👉🏻 https://uzreport.news/society/prezident-ijod-ixtisoslashtirilgan-maktab-bitiruvchilari-qo-shimcha-kvotalar-asosida-talab

Lotin|Кирилл
BMTning loyiha xizmatlari bo‘yicha byurosi O‘zbekistonda o‘z vakolatxonasini ochadi

O‘zbekiston hukumati va Birlashgan Millatlar Tashkilotining loyiha xizmatlari bo‘yicha byurosi (UNOPS) o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitim imzolandi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/bmtning-loyiha-xizmatlari-bo-yicha-byurosi-o-zbekistonda-o-z-vakolatxonasini-ochadi

Lotin|Кирилл
Dollarning rasmiy kursi ketma-ket to'rtinchi kun ko'tarildi

Markaziy bank 25-sentabrdan xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

Batafsil 👉🏻 https://uzreport.news/finance/dollarning-rasmiy-kursi-ketma-ket-tortinchi-kun-kotarildi

Lotin|Кирилл
Xitoy va Suriya strategik hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi

Batafsil 👉
https://uzreport.news/world/xitoy-va-suriya-strategik-hamkorlikni-yo-lga-qo-ydi

Lotin|Кирилл