UzReport.news
31.1K subscribers
81.4K photos
7.95K videos
5 files
77.6K links
O'zbekiston va dunyo yangiliklari

https://uzreport.news saytining rasmiy Telegram kanali.

Kirill yozuvida yangiliklar: @uzreportnewsuz

Lotin yozuvida yangiliklar: @uzreport_uz

Qayta aloqa uchun: @UzReportbot

Reklama: @FUTBOLTV_ADVERTISING
Download Telegram
Olmaliqda 48 yoshli erkak 56 yoshli erkakni pichoqlab o'ldirdi

Holat bo'yicha jinoyat ishi qo'zg'atilib, gumonlanuvchi shaxs protsessual tartibda ushlangan.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/olmaliqda-48-yoshli-erkak-56-yoshli-erkakni-pichoqlab-oldirdi

Lotin|Кирилл
Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi Shavkat Umrzoqov “Maxsustrans” UK boshlig‘iga “hayfsan” berdi

Kamoliddin Jamolidinovichga Toshkent shahar hokimining uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari joriy yil 4 avgustdagi bildirgisiga asosan qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha xizmatlar bilan bog‘liq topshiriqlar ijrosini ta’minlashda sustkashlikka yo‘l qo‘ygan.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/toshkent-shahar-hokimi-vazifasini-bajaruvchi-shavkat-umrzoqov-maxsustrans-uk-boshlig-iga-h

Lotin|Кирилл
O‘zbekiston va Qozog‘iston maxsus harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazdi

O‘zbekiston Respublikasida ikki davlat harbiy qismlari o‘rtasida kompyuter qo‘mondonlik shtabi o‘quv ko‘rinishidagi qo‘shma maxsus-taktik o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilgan. Bu mashg‘ulot Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonligi boshchiligida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarini modellashtirish va modellashtirish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot dala o‘quv markazida amalga oshirildi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/o-zbekiston-va-qozog-iston-maxsus-harbiy-mashg-ulotlar-o-tkazdi

Lotin|Кирилл
Kolumbiyadagi eng ko'p qidirilayotgan narkobaron AQShda 45 yilga NASA Yerga xavfli asteroid yaqinlashayotganidan ogohlantirdi

Obyektning Yerga yaqinlashishi 23-avgust kuni sodir bo’ladi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/nasa-yerga-xavfli-asteroid-yaqinlashayotganidan-ogohlantirdi

Lotin|Кирилл
2022-yilda eng ko‘p foyda va zarar ko‘rgan davlat korxonalari nomi ma'lum bo'ldi

Unga ko'ra, eng ko'p foyda ko'rgan korxona 15,4 trln so‘m bilan "Navoiy KMK", eng zarar ko'rgan ko'rgan korxona esa 4,34 trln so‘m bilan “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” bo'ldi. “Bunyodkor” futbol klubi 27,5 mlrd, “Paxtakor” futbol klubi esa 25,2 mlrd so‘m zarar bilan yilni yopgan.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/economy/2022-yilda-eng-ko-p-foyda-va-zarar-ko-rgan-davlat-korxonalari-nomi-malum-boldi

Lotin|Кирилл
Buxoroda besh kunlik chaqaloq ko‘chaga tashlab ketildi

Viloyat Qorako‘l tumanida ichki ishlar xodimlari ko‘chaga paketga solib tashlab ketilgan chaqaloq hayotini saqlab qoldi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/buxoroda-besh-kunlik-chaqaloq-ko-chaga-tashlab-ketildi

Lotin|Кирилл
NYT: BAA Rossiya va Xitoy bilan munosabatlarini rivojlantiririb, AQShga qaramligini kamaytirdi

O’tgan yil davomida Birlashgan Arab Amirliklari Rossiya va Xitoy bilan faolroq hamkorlik qila boshladi va AQShdan mustaqilroq siyosatga o’tdi. Bu haqda The New York Times gazetasining Fors ko’rfazidagi byurosi rahbari Vivian Nereim yozdi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/nasa-yerga-xavfli-asteroid-yaqinlashayotganidan-ogohlantirdi

Lotin|Кирилл
Qibrayda Milliy gvardiya xodimi 13 yoshli qizni zo‘rlagani aytilgan holat bo‘yicha jinoyat ishi sudga kelib tushdi

Oliy sud mazkur jinoyat ishi yopiq sud majlisida ko‘rilishini ma'lum qildi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/qibrayda-milliy-gvardiya-xodimi-13-yoshli-qizni-zo-rlagani-aytilgan-holat-bo-yicha-jinoyat

Lotin|Кирилл
Alibaba korporatsiyasi Namanganda mintaqaviy markazini ochadi

Namangan viloyati hokimi dunyoning yirik elektron-onlayn savdo giganti Xitoyning Alibaba korporatsiyasi vitse-prezidenti Kris Chjou bilan uchrashdi. Kris Chjou tekstil, sanoat, IT, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportini yo‘lga qo‘yish uchun Namangan mintaqaviy markaz bo‘lishini ta'kidladi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/alibaba-korporasiyasi-namanganda-mintaqaviy-markazini-ochadi

Lotin|Кирилл
Toshkentning doimiy aholisi salkam 3 mln kishidan ortdi

Toshkent shahar statistika boshqarmasining ma'lumotiga ko‘ra, 2023-yil 1-iyul holatiga poytaxtda doimiy aholi soni 2 mln 999 500 kishini tashkil etmoqda.

Eng ko‘p aholi soni Olmazor tumanida, eng kam aholi Bektemir tumanida.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/toshkentning-doimiy-aholisi-salkam-3-mln-kishini-tashkil-qildi

Lotin|Кирилл
Erdo'g'an don bo‘yicha kelishuvni “kengaytirilgan variantda” davom ettirish niyatida ekanligini ma’lum qildi

U G’arb davlatlarining e’tiborini Rossiya va Ukraina o’rtasida don yetkazib berish bo’yicha kelishuv mamlakatlar o’rtasidagi ziddiyatni hal qilishga hissa qo’shishi mumkinligiga qaratdi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/erdogan-don-bo-yicha-kelishuvni-kengaytirilgan-variantda-davom-ettirish-niyatida-ekanligin

Lotin|Кирилл
Qirg‘izistonning O‘sh viloyatida 60 ta masjid va madrasa yopildi

D
iniy muassasalar yopilishga qurilish, sanitariya va yong‘in qoidalarining buzilishi, shuningdek, diniy ta’lim muassasalarida yagona ta’lim standartlari yo‘qligi sabab bo‘lgan.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/qirg-izistonning-o-sh-viloyatida-60-ta-masjid-va-madrasa-yopildi

Lotin|Кирилл
O‘zbekiston ODIN ochiq ma’lumotlar reytingida 30-o‘ringa ko‘tarildi

O‘zbekiston Open Data Inventory ochiq ma’lumotlar reytingida 195 ta mamlakat orasida 70 ball bilan 30-o'ringa ko'tarildi hamda Markaziy Osiyoda 1-o‘rinni saqlab qoldi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/o-zbekiston-odin-ochiq-ma-lumotlar-reytingida-30-o-ringa-ko-tarildi

Lotin|Кирилл
Janubiy Koreyadagi "Xanun” to‘foni, Butunjahon mushuklar kuni, Norvegiyadagi suv toshqinlari. 9-avgust suratlari

UzReport tahririyati dunyo bo‘ylab e’tiborga molik voqea-hodisalar vaqtida olingan suratlarni to‘plab boradi. Bugun, 9-avgust kuni ham bir qator qiziqarli suratlar tarixga muhrlangan.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/janubiy-koreyadagi-xanun-to-foni-butunjahon-mushuklar-kuni-norvegiyadagi-suv-toshqinlari-9

Lotin|Кирилл
Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin telefon orqali muloqot qildi

Muloqotda O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/shavkat-mirziyoyev-va-vladimir-putin-telefon-orqali-muloqot-qildi

Lotin|Кирилл
9-avgust kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti

💰 O'zbekistonda davlat budjeti defitsiti salkam 30 trln so‘mga yetdi

🏰 Buyuk Britaniyada Gulnora Karimovaning 25 mln dollarlik 3 ta hashamatli uyi musodara qilindi

👮 Harbiy xizmat muddatini hisoblashning imtiyozli holatlariga aniqlik kiritildi

🍅 O'zbekistonda pomidor narxlari bir oyda o‘rtacha 30,5 % ga arzonlashdi

🚗 Avtosalonlardan shartnoma olib, boshqasiga ma’lum bir mablag‘ evaziga sotish mumkinmi?

🔞 Toshkentda 63 yoshli erkak 8 yoshli qizchani o'pib, uyatsiz-buzuq harakat sodir etdi

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/9-avgust-kuni-o-zbekistonda-sodir-bo-lgan-eng-muhim-voqealar-dayjesti

Lotin|Кирилл
10-avgust kuni O'zbekiston bo'ylab havo harorati 36-40 darajagacha ko‘tariladi

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/10-avgust-kuni-ozbekiston-boylab-havo-harorati-36-40-darajagacha-ko-tariladi

Lotin|Кирилл
Buxoro viloyati hokimiga ikki o‘rinbosar tayinlandi

Jalol Arashov hokimning qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha, Botirjon Shahriyorov turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikasiyalar masalalari bo‘yicha o'rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/buxoro-viloyati-hokimiga-ikki-o-rinbosar-tayinlandi

Lotin|Кирилл
Buxoroda MCHJ elektr energiyasidan noqonuniy foydalanishi natijasida tizimga 2 mlrd soʻm zarar yetkazilgan

Ushbu hajmdagi elektr energiyasi 22 mingta xonadonning bir oylik isteʼmolini tashkil qiladi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/buxoroda-mchj-elektr-energiyasidan-noqonuniy-foydalanishi-natijasida-tizimga-2-mlrd-so-m-z

Lotin|Кирилл
Pokiston prezidenti Milliy assambleyani tarqatib yubordi

Prezident Arif Alvi konstitutsiyaning 58-1-moddasiga muvofiq Bosh vazirning tavsiyasiga binoan Milliy Assambleyani tarqatib yubordi

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/pokiston-prezidenti-milliy-assambleyani-tarqatib-yubordi

Lotin|Кирилл