UzReport.news
32.8K subscribers
80.6K photos
7.9K videos
5 files
76.7K links
O'zbekiston va dunyo yangiliklari

https://uzreport.news saytining rasmiy Telegram kanali.

Kirill yozuvida yangiliklar: @uzreportnewsuz

Lotin yozuvida yangiliklar: @uzreport_uz

Qayta aloqa uchun: @UzReportbot

Reklama: @FUTBOLTV_ADVERTISING
Download Telegram
2024-yilda 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar o‘rtasida muz ustida xokkey bo‘yicha navbatdagi Osiyo va Okeaniya chemponatini O‘zbekistonda o‘tkazish taklif qilindi

Toshkentda Xalqaro xokkey Federasiyasi vitse-Prezidenti Ayvaz Omorkanov va O‘zbekiston xokkey Federasiyasi Prezidenti Baxtiyor Fazilov uchrashdi. Uchrashuvda Osiyo Olimpiya Kengashi tomonidan IIHF bilan hamkorlikda tashkil etilgan xokkey bo‘yicha o‘quv-mashg‘ulotlar masalasi muhokama qilindi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/sports/xokkey-2024-yilda-osiyo-va-okeaniya-chemponatini-o-zbekistonda-o-tkazish-taklif-qilindi

Lotin|Кирилл
JSST Hindistonning yana bir yo‘talga qarshi siropi haqida ogohlantirmoqda

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Hindistonda ishlab chiqarilgan Cold Out yo‘tal va shamollashga qarshi sirop xavfi haqida ogohlantirdi. Unda toksinlarni topilgan. Bu oxirgi 10 oy ichida hind ishlab chiqaruvchisiga nisbatan beshinchi shunday ogohlantirishdir.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/jsst-hindistonning-yana-bir-yo-talga-qarshi-siropi-haqida-ogohlantirmoqda

Lotin|Кирилл
O‘zbekistonda ayollar ko‘proq vafot etmoqdami yoki erkaklar?

Statistika agentligining o‘lim ko‘rsatkichlariga doir ma’lumotlari taqdim etiladi. Joriy yilning dastlabki yarmida O‘zbekistonda qayd etilgan o‘limlar soni o‘tgan yildagiga nisbatan 1100 taga kamaydi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/o-zbekistonda-ayollar-ko-proq-vafot-etmoqdami-yoki-erkaklar-

Lotin|Кирилл
Kaliforniyadagi mushuklar festivali, Avstriya janubidagi kuchli suv toshqinlari, Kosta-Rikadagi yo'ltanlamas poyga. 8-avgust suratlari

UzReport tahririyati dunyo bo‘ylab e’tiborga molik voqea-hodisalar vaqtida olingan suratlarni to‘plab boradi. Bugun, 8-avgust kuni ham bir qator qiziqarli suratlar tarixga muhrlangan.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/kaliforniyadagi-mushuklar-festivali-avstriya-janubidagi-kuchli-suv-toshqinlari-kosta-rikad

Lotin|Кирилл
Davron Nazarmuhamedov Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi

U avval ham ichki ishlar vaziri o‘rinbosari bo‘lgan, 2019-yilda Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tushirilgandi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/davron-nazarmuhamedov-ichki-ishlar-vaziri-o-rinbosari-etib-tayinlandi

Lotin|Кирилл
8-avgust kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti

🔴 UzAuto Motors shartnomalarni internetda sotib olish bo'yicha shubhali takliflarga rozi bo'lmaslikka chaqirmoqda

🔥 Toshkent shahri va viloyatidagi 5 ta "metan zapravka"larda 11 mlrd so‘mlik tabiiy gaz o‘g‘irlandi

📝 Bir nechta Sogʻliqni saqlash boshqarmasi boshliqlariga hayfsan berildi, ayrim rahbarlarga jarima belgilandi

🏵 Iyul oyida O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari sezilarli darajada kamayib, ketma-ket to‘rtinchi oydirki, pasayish davom etmoqda

🏤 Toshkentda maktabdan qaytayotgan qizga tegajog‘lik qilmoqchi bo‘lgan fuqaro 10 yilga qamaldi

📥 “Tashabbusli budjet"ning 2023-yil 2-mavsumiga loyihalar kiritish bosqichi o‘z nihoyasiga yetdi

🏗 Toshkent xalqaro aeroportiga olib boruvchi ko‘prikda qurilish ishlari 2024-yilning oxirida yakunlanishi rejalashtirilgan

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/8-avgust-kuni-o-zbekistonda-sodir-bo-lgan-eng-muhim-voqealar-dayjesti

Lotin|Кирилл
9-avgust kuni O'zbekiston bo'ylab havo harorati 35-40 darajagacha issiq bo‘ladi

Batafsil
👉 https://uzreport.news/society/9-avgust-kuni-ozbekiston-boylab-havo-harorati-35-40-darajagacha-issiq-bo-ladi

Lotin|Кирилл
Toshkent shahrining Yunusobod va Bektemir tumanlarida "svet" vaqtincha o‘chiriladi

Isteʼmolchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini taʼminlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarni oldini olish, kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida poytaxtning 2 ta tumanida elektr ta‘minoti vaqtincha to'xtatiladi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/toshkent-shahrining-yunusobod-va-bektemir-tumanlarida-svet-vaqtincha-o-chiriladi

Lotin|Кирилл
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Toshkentda 21 yoshli Malibu-2 haydovchisi 74 yoshli fuqaroni urib yubordi

Oqibatda fuqaro olgan tan jarohatlari bilan voqea joyida vafot etgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo'zg'atildi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/toshkentda-21-yoshli-malibu-2-haydovchisi-74-yoshli-fuqaroni-urib-yubordi

Lotin|Кирилл
Buyuk Britaniyada Gulnora Karimovaning 25 million dollarlik 3 ta hashamatli uyi musodara qilindi

Firibgarlikka qarshi kurash byurosi Buyuk Britaniyadagi Gulnora Karimovaga tegishli uchta hashamatli mulkni musodara qildi. Bu haqda nazorat organi bayonotida aytiladi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/buyuk-britaniyada-gulnora-karimovaning-25-million-dollarlik-3-ta-hashamatli-uyi-musodara-q

Lotin|Кирилл
Toshkentda 63 yoshli erkak 8 yoshli qizchani o'pib, uyatsiz-buzuq harakat sodir etdi

Toshkent shahar IIBBning xabar berishicha, erkak protsessual tartibda ushlangan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo'zg'atildi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/toshkentda-63-yoshli-erkak-8-yoshli-qizchani-opib-uyatsiz-buzuq-harakat-sodir-etdi

Lotin|Кирилл
Poytaxtning Mirobod, Yakkasaroy, Yangihayot va Sergeli tumanlarida gaz ta'minoti to‘xtatiladi

Shahar hokimligining xabariga ko'ra, 9-avgust kuni kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida poytaxtning Mirobod, Yakkasaroy, Yangihayot va Sergeli tumanlari gaz ta’minoti tizimida ta’mirlash va sozlash ishlari olib boriladi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/poytaxtning-mirobod-yakkasaroy-yangihayot-va-sergeli-tumanlarida-gaz-taminoti-to-xtatiladi

Lotin|Кирилл
"Cold Out" dori vositasi O'zbekistonda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan - Farmasevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi

Avvalroq, JSST Hindistonning yana bir yo‘talga qarshi siropi haqida ogohlantirgani haqida xabar bergan edik.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/cold-out-dori-vositasi-ozbekistonda-davlat-ro-yxatidan-o-tkazilmagan-farmasevtika-mahsulot

Lotin|Кирилл
2023-yil birinchi yarmida davlat budjeti defitsiti salkam 30 trln so‘mga yetdi

O‘tgan davrda davlat budjeti daromadlari 100 trln so‘mni tashkil etgan, shundan 76 trln so‘mi soliq tushumlari, qolgan 24 trln so‘mi esa bojxona to‘lovlari hissasiga to‘g‘ri keladi.

Shuningdek, yanvar-iyun oylari davomida O‘zbekistonda $7,4 mlrd miqdorida xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirildi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/economy/2023-yil-birinchi-yarmida-davlat-budjeti-defitsiti-salkam-30-trln-so-mga-yetdi

Lotin|Кирилл
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent, Qashqadaryo va Buxoro viloyatlarida chiqindilarni musiqa sadolari ostida olib ketish yo‘lga qo‘yilmoqda

Ekologiya vazirligi tashabbusi bilan chiqindilarni signal usulida emas, yengil musiqa sadolari ostida olib chiqish yo‘lga qo‘yildi.

Hozirda Toshkent, Qashqadaryo va Buxoro viloyatlarida bu usul tajribadan o'tkazilmoqda. Har bir hududga bittadan maxsus mashina ajratilib, aholiga chiqindi tashuvchi mashina kelgani haqida baland signal emas, musiqa orqali xabar berilmoqda.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/toshkent-qashqadaryo-va-buxoro-viloyatlarida-chiqindilarni-musiqa-sadolari-ostida-olib-ket

Lotin|Кирилл
Adliya katta maslahatchisi Ikrom Narimov O‘zbekiston Respublikasi Transport prokurori lavozimiga tayinlandi

U tayinlovga qadar Toshkent shahar prokurorining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/adliya-katta-maslahatchisi-ikrom-narimov-o-zbekiston-respublikasi-transport-prokurori-lavo

Lotin|Кирилл
O'zbekistonda fuqarolarga pensiya va nafaqani naqd pul shaklida to‘lash tizimi o‘zgarishi mumkin

“Davlat pensiyalarini to‘lash jarayoniga zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish orqali aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi hukumat qarori loyihasi e’lon qilindi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/ozbekistonda-fuqarolarga-pensiya-va-nafaqani-naqd-pul-shaklida-to-lash-tizimi-o-zgarishi-m

Lotin|Кирилл
Blinken hokimiyatdan ag‘darilgan Niger prezidenti bilan telefon orqali suhbatlashdi

"Mavjud konstitutsiyaviy inqirozni tinch yo’l bilan hal qilish uchun davom etayotgan sa'y-harakatlarimizni bildirish maqsadida Niger Prezidenti Bazum bilan gaplashdim", deb yozdi Blinken o’zining Twitter sahifasida.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/blinken-hokimiyatdan-ag-darilgan-niger-prezidenti-bilan-telefon-orqali-suhbatlashdi

Lotin|Кирилл
Prezident qarori bilan harbiy xizmat muddatini hisoblashning imtiyozli holatlariga aniqlik kiritildi

Prezidentning “Qurolli Kuchlarning jangovar tayyorgarligi va salohiyatini oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilayotganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori imzolandi.

Батафсил 👉 https://uzreport.news/politics/prezident-qarori-bilan-harbiy-xizmat-muddatini-hisoblashning-imtiyozli-holatlariga-aniqlik

Lotin|Кирилл
Buyuk Britaniya Rossiya armiyasini ta'minlashga to'sqinlik qilish uchun sanksiyalarni kengaytirmoqda

Britaniya tashqi ishlar vazirining aytishicha, bu Rossiya arsenalini yanada qisqartiradi va Vladimir Putinning mudofaa sanoatini qo'llab-quvvatlovchi ta'minot zanjirlariga ta'sir qiladi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/buyuk-britaniya-rossiya-armiyasini-taminlashga-tosqinlik-qilish-uchun-sanksiyalarni-kengay

Lotin|Кирилл