UzReport.news
32.7K subscribers
80.6K photos
7.9K videos
5 files
76.7K links
O'zbekiston va dunyo yangiliklari

https://uzreport.news saytining rasmiy Telegram kanali.

Kirill yozuvida yangiliklar: @uzreportnewsuz

Lotin yozuvida yangiliklar: @uzreport_uz

Qayta aloqa uchun: @UzReportbot

Reklama: @FUTBOLTV_ADVERTISING
Download Telegram
Tojikiston MO davlatlari orasida energetik o‘tish indeksi bo‘yicha yetakchiga aylandi

Tojikiston Jahon Iqtisodiy Forumi tomonidan har yili eʼlon qilinadigan energetik o‘tish indeksida Markaziy Osiyo davlatlari orasida birinchi o‘rinni egalladi. Mamlakat 53,6 ball bilan 120 ishtirokchi orasida 71-o‘rinni egalladi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/economy/tojikiston-mo-davlatlari-orasida-energetik-o-tish-indeksi-bo-yicha-yetakchiga-aylandi

Lotin|Кирилл
Oqdaryo suv omborida yoriqlar paydo bo‘lgani haqida yolg‘on axborot tarqatganlar jarimaga tortildi

Samarqand viloyati Ishtixon tuman sudi 13-yanvar kuni Oqdaryo suv omborida yoriqlar paydo bo‘lgani haqida yolg‘on axborot tarqatishda gumonlangan shaxslar ustidan sud bo‘lib o‘tdi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/oqdaryo-suv-omborida-yoriqlar-paydo-bo-lgani-haqida-yolg-on-axborot-tarqatganlar-jarimaga-

Lotin|Кирилл
Qozog‘istondagi trassada 18 ta avtomobil to‘qnashib ketdi

Olmaota - Ust-Kamenogorsk avtomagistralida tumanli avtohalokat sodir bo'ldi. Natijada 18 ta mashina to'qnashgan. YTH oqibatida hech kim halok bo'lmagan.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/qozog-istondagi-trassada-18-ta-avtomobil-to-qnashib-ketdi

Lotin|Кирилл
Senat: 2030-yilga qadar O‘zbekistonda iqtisodiyot hajmi ikki barobar oshiriladi

Tadbirkorlar bilan “korxonabay” ishlarni tashkil qilish va mahalliy mahsulotlarning eksport geografiyasini kengaytirish, “O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan” brendi ostida mahalliy mahsulotlarning tashqi bozorlardagi o‘rnini mustahkamlash orqali 2030-yilga qadar iqtisodiyot hajmini ikki barobar oshirish va “daromadi o‘rtachadan yuqori bo‘lgan davlatlar” qatoriga kirish ko‘zda tutilmoqda.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/senat-2030-yilga-qadar-o-zbekistonda-iqtisodiyot-hajmi-ikki-barobar-oshiriladi

Lotin|Кирилл
Rossiyada internet tarmog‘ida katta uzilish kuzatildi

Butun Rossiya bo‘ylab brauzerlar, videoxostinglar va messenjerlar ochilmadi. Bu oxirgi 10 kun ichida Runet ishidagi ikkinchi uzilishdir. Avvalgisi 6 yanvar kuni sodir bo‘lgan. Roskomnadzor bu muammolarga hech qanday aloqasi yo‘qligini bildirdi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/rossiyada-internet-tarmog-ida-katta-uzilish-kuzatildi

Lotin|Кирилл
Shavkat Mirziyoyev va Shayx Muhammad Ol Nahayon tor doirada hamda rasmiy delegatsiyalar a’zolari ishtirokida muzokara o‘tkazdi

Tomonlar 2025-2027-yillarni "O‘zbekiston va BAA o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikning yangi davri" deb e’lon qilish taklifini qo‘llab-quvvatladilar. Shu ma’noda, 2030-yilga qadar o‘zaro savdo hajmini 10 barobarga oshirish va investitsiya portfelini 50 milliard dollarga yetkazishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish asosiy vazifa etib belgilandi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/shavkat-mirziyoyev-va-shayx-muhammad-ol-nahayon-tor-doirada-hamda-rasmiy-delegatsiyalar-a-

Lotin|Кирилл
AQShda Ilon Mask Twitter’ni sotib olgani uchun sudga tortildi

AQSh Qimmatli qog‘ozlar va birjalar komissiyasi (SEC) Ilon Maskni 2022-yilda Twitter’ning katta ulushini sotib olganini kech oshkor qilgani uchun sudga berdi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/aqshda-ilon-mask-twitter-ni-sotib-olgani-uchun-sudga-tortildi

Lotin|Кирилл
“UzAuto Motors” Cobalt uchun kontraktatsiyani ochmoqda

UzAuto Motors 16-yanvar kuni soat 10:00 dan boshlab Chevrolet Cobalt Midnight avtomobili uchun kontraktatsiyani ochadi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/uzauto-motors-cobalt-uchun-kontraktatsiyani-ochmoqdaz

Lotin|Кирилл
Kaliforniyadagi yong‘inlar qurbonlari soni 25 kishiga yetdi

Los-Anjyeles politsiya departamenti matbuot kotibi Stiv Embrich matbuot anjumanida mintaqada yana 13 kishi bedarak yo‘qolgani, ammo halok bo‘lgan deb taxmin qilinmayotganini bildirdi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/kaliforniyadagi-yong-inlar-qurbonlari-soni-25-kishiga-yetdi

Lotin|Кирилл
“Hech qanday reja yo‘q” — Chilonzor tumani hokimligi “Beshyog‘och” bozori o‘rnida biznes markaz qurilishi haqida

“Ayni vaqtda loyiha aniq amalga oshishi, uning muddatlari va qiymati haqida hech qanday rejalar yo‘q. Bunga o‘xshash takliflar yana bo‘lsa, tumanga investitsiya kiritish maqsadida hokimlik investorlar bilan uchrashishga tayyor”, deyiladi xabarda.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/hech-qanday-reja-yo-q-chilonzor-tumani-hokimligi-beshyog-och-bozori-o-rnida-biznes-markaz-

Lotin|Кирилл
Bloomberg: Xitoy TikTok’ning AQShdagi bo‘limini Ilon Maskka sotishi mumkin

Ushbu chora AQShda TikTok’ning bloklanishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida ko‘rib chiqilmoqda.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/bloomberg-xitoy-tiktok-ning-aqshdagi-bo-limini-ilon-maskka-sotishi-mumkin

Lotin|Кирилл
O'zbekiston va BAA o'rtasida strategik sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risidagi deklaratsiya imzolandi

Abu-Dabi shahrida O‘zbekiston va Birlashgan Arab Amirliklari Prezidentlari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunida bir qancha hujjatlar imzolandi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/ozbekiston-va-baa-ortasida-strategik-sheriklik-munosabatlarini-o-rnatish-to-g-risidagi-dek

Lotin|Кирилл
Yevropa Ittifoqi Rossiyadan alyuminiy importini taqiqlashi mumkin

Moskvaga qarshi sanksiyalarning 16-paketi Rossiya alyuminiyining Yevropa Ittifoqiga importini to‘liq taqiqlashni o‘z ichiga olishi mumkin. Blok mamlakatlari bilan muzokaralar allaqachon boshlangan, deb yozadi Reuters.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/yevropa-ittifoqi-rossiyadan-alyuminiy-importini-taqiqlashi-mumkin

Lotin|Кирилл
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ravshan Jo'rayev 63 yoshda vafot etdi

UzReport.news sayti marhumning oila aʼzolari va yaqinlariga chuqur hamdarlik bildiradi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/culture/o-zbekistonda-xizmat-ko-rsatgan-artist-ravshan-jorayev-63-yoshda-vafot-etdi

Lotin|Кирилл
Germaniya Yevropa Ittifoqidan Suriyaga qarshi sanksiyalarni yumshatishni so‘raydi

Germaniya, Fransiya va boshqa qator davlatlar YeIni Suriyaga qarshi sanksiyalarning bir qismini bekor qilishga, bu mamlakatda hokimiyatning aholi barcha qatlamlari himoyalangan bo‘lishi sharti bilan tinch yo‘l bilan o‘tishini rag‘batlantirish uchun ko‘ndirmoqchi, deb yozadi DW.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/germaniya-yevropa-ittifoqidan-suriyaga-qarshi-sanksiyalarni-yumshatishni-so-raydi

Lotin|Кирилл
2024-yilda O‘zbekistonda taksi bozori aylanmasi qariyb 6 trln so‘mga yetdi

2024-yilda soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiyalashgan taksi agregatorlari soni 155taga yetdi. Jami taxminan 320 mln yo‘lovchi tashish amalga oshirildi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/economy/2024-yilda-o-zbekistonda-taksi-bozori-aylanmasi-qariyb-6-trln-so-mga-yetdi

Lotin|Кирилл
Uzbekistan Airways samolyotida texnik nosozlik kuzatildi

Qayd etilishicha, Vnukovo xalqaro aeroportida havo kemasida texnik nosozlik vujudga kelganligi sababli, Uzbekistan Airways aviakompaniyasining bir nechta aviaqatnovlari majburiy kechiktirilgan.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/uzbekistan-airways-samolyotida-texnik-nosozlik-kuzatildi

Lotin|Кирилл
Belarusning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi

Ushbu lavozimni ilgari Belarus sanoat vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlagan Aleksandr Ogorodnikov egalladi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/belarusning-o-zbekistondagi-yangi-elchisi-tayinlandi

Lotin|Кирилл
O‘zbek allomasi nomi berilgan kompaniyaning birinchi sunʼiy yo‘ldoshi kosmosga uchirildi

Turkiyaning Baykar kompaniyasi ishtirokida tashkil etilgan Fergani Space kompaniyasining birinchi sunʼiy yo‘ldoshi kosmosga uchirildi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/o-zbek-allomasi-nomi-berilgan-kompaniyaning-birinchi-sun-iy-yo-ldoshi-kosmosga-uchirildi

Lotin|Кирилл
Shavkat Mirziyoyev Abu-Dabida Shayx Mansur Ol Nahayon bilan uchrashuv o‘tkazdi

Uchrashuvda o‘zaro savdo va investitsiyalar hajmini yanada oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Uy-joy va transport infratuzilmasi, energetika, tog‘-kon sanoati, shaharsozlik, raqamlashtirish va boshqa sohalarni rivojlantirish bo‘yicha kooperatsiya loyihalarini ilgari surish muhimligi qayd etildi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/shavkat-mirziyoyev-abu-dabida-shayx-mansur-ol-nahayon-bilan-uchrashuv-o-tkazdi

Lotin|Кирилл