UzReport.news
30.7K subscribers
82.2K photos
7.99K videos
5 files
78.4K links
O'zbekiston va dunyo yangiliklari

https://uzreport.news saytining rasmiy Telegram kanali.

Kirill yozuvida yangiliklar: @uzreportnewsuz

Lotin yozuvida yangiliklar: @uzreport_uz

Qayta aloqa uchun: @UzReportbot

Reklama: @FUTBOLTV_ADVERTISING
Download Telegram
Neft narxi Eron prezidenti vafoti va Saudiya Arabistoni qirolining sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar fonida ko'tarildi

Dushanba kuni neft narxi Eron prezidenti vertolyot halokatida vafot etgani va Saudiya Arabistoni qirolining sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar sabab Yaponiyaga safarini bekor qilganidan keyin yirik ishlab chiqaruvchi mamlakatlardagi siyosiy noaniqlik fonida ko‘tarildi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/neft-narxi-eron-prezidenti-vafoti-va-saudiya-arabistoni-qirolining-sog-lig-i-bilan-bog-liq

Lotin|Кирилл
Farg‘onada maktab direktori 14 yoshli o‘quvchi qizni do‘pposladi

Bolalar ombudsmani mazkur holatni o‘z kuzatuviga oldi. Hozirda mazkur holat yuzasidan Buvayda tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/farg-onada-maktab-direktori-14-yoshli-o-quvchi-qizni-do-pposladi

Lotin|Кирилл
G‘azoda halok bo‘lgan BMT xodimlari soni 198 nafarga yetdi

2023-yil oktabr oyidan beri G‘azo sektorida BMTning Yaqin Sharqdagi Falastinlik qochqinlarga yordam va ishlar agentligining (UNRWA) kamida 198 nafar xodimi halok bo‘ldi. Bu haqda UNRWA komissari general Filipp Lazarini ma’lum qildi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/g-azoda-halok-bo-lgan-bmt-xodimlari-soni-198-nafarga-yetdi

Lotin|Кирилл
Toshkentdagi G‘alaba bog‘i qisqa muddatga yopildi

Poytaxtning Olmazor tumanida joylashgan “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasi va uning tarkibidagi “Shon-sharaf” davlat muzeyida shu yilning 20-may kunidan yangi ekspozitsiyalarni joylashtirish hamda majmua hududida kichik taʼmirlash va dezinfeksiya ishlari olib borilishi rejalashtirilgan.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/toshkentdagi-g-alaba-bog-i-qisqa-muddatga-yopildi

Lotin|Кирилл
Eron prezidenti vafoti munosabati bilan dunyoning 8 ta davlati motam e'lon qildi

Bular Hindiston, Iroq, Livan, Pokiston, Suriya, Tojikiston va Turkiya. Aksariyat mamlakatlarda bir kunlik motam e’lon qilingan, faqat Suriya va Livanda uch kun, Tojikistonda esa ikki kun davom etadi. Eronning o'zida esa motam besh kun.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/eron-prezidenti-vafoti-munosabati-bilan-dunyoning-8-ta-davlati-motam-elon-qildi

Lotin|Кирилл
Toshkent shahrida Matiz urib yuborgan piyoda vafot etdi

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/toshkent-shahrida-matiz-urib-yuborgan-piyoda-vafot-etdi

Lotin|Кирилл
BMT Rossiyaning kosmosda qurollanishga qarshi rezolyutsiya loyihasini qabul qilmadi

BMT Xavfsizlik kengashi Rossiya tomonidan tayyorlangan kosmosda qurol joylashtirmaslik haqidagi rezolyutsiya loyihasini rad etdi. Hujjatning qabul qilinishi uchun yetti davlat ovoz berdi, shuncha davlat qarshi ovoz berdi, yana bir davlat betaraf qoldi. Rezolyutsiya Xavfsizlik Kengashining toʻqqiz aʼzosi ularni yoqlab ovoz bergan va birorta ham doimiy aʼzo ularga qarshi ovoz bermagan taqdirda qabul qilingan hisoblanadi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/bmt-rossiyaning-kosmosda-qurollanishga-qarshi-rezolyutsiya-loyihasini-qabul-qilmadi

Lotin|Кирилл
Toshkentda ushlangan yana bir jinoiy guruh a’zolariga sud hukmi o‘qildi

Toshkent shahri IIBB va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda poytaxt hududida kriminogen vaziyatni yaxshilash yuzasidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida ushlangan yana bir jinoiy guruh a’zolariga sud hukmi o‘qildi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/toshkentda-ushlangan-yana-bir-jinoiy-guruh-a-zolariga-sud-hukmi-o-qildi

Lotin|Кирилл
Netanyaxu Xalqaro jinoiy sud prokurorini antisemitizmda aybladi

Xalqaro jinoiy sudi Isroil bosh vaziri va mudofaa vazirini G‘azo sektorida harbiy jinoyatlar sodir etganlikda ayblab, hibsga olish uchun order berish haqidagi so‘rovni ko‘rib chiqmoqda. Netanyaxu barcha ayblovlarni rad etib, ularni bema'ni va yolg'on deb atadi.

AQSh Kongressi Netanyaxu va Galantni hibsga olish uchun order berilsa, Gaaga sudiga qarshi sanksiyalar qo'llashga ruxsat berdi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/netanyaxu-xalqaro-jinoiy-sud-prokurorini-antisemitizmda-aybladi

Lotin|Кирилл
Toshkent viloyatida mamlakatga to‘pponcha va harbiy anjomlar olib kirishga uringan shaxs to‘xtatildi

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/toshkent-viloyatida-mamlakatga-to-pponcha-va-harbiy-anjomlar-olib-kirishga-uringan-shaxs-t

Lotin|Кирилл
Neuralinkga ikkinchi ko‘ngillining miyasiga chip o‘rnatishga ruxsat berildi

AQSh regulyatori birinchi sinov ishtirokchisida yuzaga kelgan qurilma bilan bog‘liq muammolardan so‘ng Neuralink chipini implantatsiya qilish jarayoniga o‘zgartirishlarni ma’qulladi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/neuralinkga-ikkinchi-ko-ngillining-miyasiga-chip-o-rnatishga-ruxsat-berildi

Lotin|Кирилл
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Eron prezidenti Ibrohim Raisiyning dafn marosimi oldidan mamlakatda vidolashuv marosimlari o‘tkazilmoqda

Marosim turli shaharlarda bir necha bosqichda bo‘lib o‘tadi.

Bugun, 21-may kuni Tabriz shahrida, 22-mayda Tehronda, 23-mayda Birjandda marosim davom etadi. So‘nggi manzil esa Raisiy tug‘ilgan shahar Mashhad bo‘lib, u yerda prezident qabrga qo‘yiladi.

Lotin|Кирилл
"Parij-2024": O'zbekiston tayyorgarlik mashg‘ulotlariga qancha mablag‘ sarfladi?

2024-yilning birinchi choragi davomida “Parij-2024” Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rayotgan 20 ta sport federatsiyasi va uyushmalar taqdim etgan talabnomalar asosida mahalliy hamda xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari uchun 73 milliard 355 million 700 ming so‘m miqdoridagi mablag‘lar yo‘naltirilgan va moliyalashtirilgan.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/parij-2024-ozbekiston-tayyorgarlik-mashg-ulotlariga-qancha-mablag-sarfladi-

Lotin|Кирилл
Bloomberg: Aprel oyida Xitoydan kapital chiqib ketishi 2016-yildan beri eng yuqori darajaga yetdi

Aprel oyida Xitoydan kapitalning chiqib ketishi kuchayib ketdi, bu esa zaif ichki iqtisodiyot va AQSH Federal zaxira tizimi stavkalari bo‘yicha noaniqlik sharoitida yuan uchun xavf ortib borayotganidan dalolat beradi. Bu haqda Bloomberg yozmoqda.

Davlat Valyuta Boshqarmasi tomonidan e'lon qilingan ma'lumotlarga ko'ra, Xitoy banklari o'tgan oy o'z mijozlariga 36,7 milliard dollar valyuta sotgan, bu 2016-yilning dekabr oyidan beri eng yuqori ko'rsatkichdir.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/bloomberg-aprel-oyida-xitoydan-kapital-chiqib-ketishi-2016-yildan-beri-eng-yuqori-darajaga

Lotin|Кирилл
Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi

O‘zbekiston va Rossiya yetakchilari oliy darajadagi uchrashuvlar natijasida erishilgan kelishuvlar ijrosining borishi hamda bo‘lajak ikki tomonlama tadbirlar rejasini muhokama qildi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/21-may-kuni-shavkat-mirziyoyev-vladimir-putin-bilan-telefon-orqali-muloqot-qildi

Lotin|Кирилл
Makkada mushkul vaziyatda qolgan fuqaro O‘zbekistonga qaytarildi

Maʼlum bo‘lishicha, Makkada bo‘lgan vaqtida uning buyumlari va tegishli hujjatlari bo‘lgan sumkalari o‘g‘irlab ketilgan.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/makkada-mushkul-vaziyatda-qolgan-fuqaro-o-zbekistonga-qaytarildi

Lotin|Кирилл
Prezident Shavkat Mirziyoyev Eronning Toshkentdagi elchixonasiga tashrif buyurdi

Davlat rahbari diplomatik vakolatxonada ochilgan Hamdardlik kitobiga samimiy ta’ziya va taskin so‘zlarini yozib qoldirdi.

O‘zbekiston yetakchisi elchi Muhammadali Iskandariy bilan qisqa suhbatda Prezident Ibrohim Raisiy yetuk davlat arbobi va siyosatchi bo‘lgani, Eronning barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga, aholi farovonligini oshirishga hamda mamlakatning xalqaro obro‘sini mustahkamlashga, shuningdek, davlatlarimiz o‘rtasida o‘zaro manfaatli ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirishga ulkan hissa qo‘shganini alohida ta’kidladi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/prezident-shavkat-mirziyoyev-eronning-toshkentdagi-elchixonasiga-tashrif-buyurdi

Lotin|Кирилл
Shengen vizasi narxi 11-iyundan 12%ga oshiriladi

“C” toifadagi Shengen vizasi narxi 12%ga oshirilib, kattalar uchun bu 90 yevro, 12 yoshgacha bo‘lganlar uchun esa 45 yevro bo‘ladi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/shengen-vizasi-narxi-11-iyundan-12-ga-oshiriladi

Lotin|Кирилл