UzReport.news
37.4K subscribers
71.8K photos
7.54K videos
5 files
67.7K links
O'zbekiston va dunyo yangiliklari

https://uzreport.news saytining rasmiy Telegram kanali.

Kirill yozuvida yangiliklar: @uzreportnewsuz

Lotin yozuvida yangiliklar: @uzreport_uz

Qayta aloqa uchun: @UzReportbot

Reklama: @FUTBOLTV_ADVERTISING
Download Telegram
Prezident qator rahbarlarga jazo ko‘rilganini qayd etdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida “Yashil makon” loyihasi doirasida bahorgi ekish mavsumini tashkil qilish hamda chiqindilar bilan ishlash tizimini takomillashtirish yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlandi.

Bu yil bahorda “Yashil makon” loyihasi doirasida 125 million tup ko‘chat ekish belgilangan. Lekin, aksariyat viloyat va tumanlarda daraxt ekadigan joylar haligacha belgilanmagani, sug‘orish va ko‘chatga pul ajratilmagani tanqid qilindi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/prezident-qator-rahbarlarga-jazo-ko-rilganini-qayd-etdi

Lotin|Кирилл
“Uzluksiz ta'lim tizimining izohli lug'ati” ishlab chiqiladi

"Davlat ta'lim standartlari va davlat ta'lim talablarini ishlab chiqish hamda joriy etish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi hukumat qarori qabul qilindi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/uzluksiz-talim-tizimining-izohli-lugati-ishlab-chiqiladi

Lotin|Кирилл
Prezident daraxt ekishni ommalashtirish, umummilliy harakatga aylantirishda targ‘ibot va tushuntirish ishlari yetarlicha olib borilmayotganini aytdi

Davlat rahbari “Yashil makon” doirasidagi ustuvor vazifalarni belgilab berdi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/prezident-daraxt-ekishni-ommalashtirish-umummilliy-harakatga-aylantirishda-targ-ibot-va-tu

Lotin|Кирилл
Prezident Namanganda yashovchi 108 yoshli Ibrohimjon Xo‘jayevga "Traverse" avtomashinasini sovg‘a qildi

Shavkat Mirziyoyev 108 yoshli namanganlik nuroniyga bayram tuhfasini yubordi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/prezident-namanganda-yashovchi-108-yoshli-ibrohimjon-xo-jayevga-traverse-avtomashinasini-s

Lotin|Кирилл
Dam olish kunlari respublika hududining katta qismida yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda

"O'zgidromet" xizmati O'zbekiston hududlari bo'ylab 29-31-mart kunlarida kuzatiladigan ob-havo prognozini e'lon qildi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/dam-olish-kunlari-respublika-hududining-katta-qismida-yog-ingarchiliksiz-ob-havo-bo-lishi-

Lotin|Кирилл
Ekologiya vazirligiga “Mening bog‘im” loyihasini ishga tushirish topshirildi

Bunga budjetda nazarda tutilgan 50 milliard so‘m ajratiladi. Joylarda 444 ta yashil bog‘ va 160 ta jamoat parklarini tashkil qilishga ko‘rsatma berildi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/ekologiya-vazirligiga-mening-bog-im-loyihasini-ishga-tushirish-topshirildi

Lotin|Кирилл
Keksalarda immunitetni tiklashning samarali yo‘li topildi

Immun tizimi — organizmni turli mikrob va infeksiyalardan himoyalovchi qalqon. Qolaversa, u tana aʼzolarimiz faoliyatini tartibga solishda muhim rol o‘ynaydi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/keksalarda-immunitetni-tiklashning-samarali-yo-li-topildi

Lotin|Кирилл
Hududlarda obodonlashtirish, tozalikni taʼminlash bo‘yicha mutlaqo yangi tizim joriy qilinadi

Har bir viloyatdagi 2 tadan, jami 26 ta tumanda tajriba tarzida obodonlashtirish boshqarmalari vazifalari xususiy sheriklik asosida chiqindi korxonalariga o‘tkaziladi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/hududlarda-obodonlashtirish-tozalikni-ta-minlash-bo-yicha-mutlaqo-yangi-tizim-joriy-qilina

Lotin|Кирилл
Eron kompaniyasi O'zbekistonda tibbiy va diagnostika asbob-uskunalari hamda jihozlarini ishlab chiqarish bo'yicha loyihada qatnashishi mumkin

O'zbekiston elchisi Fariddin Nasriyev Eronning "Pooyandegan Rah Saadat" kompaniyasida bo'ldi va boshqaruvi kengashi raisi Reza Yaqubzodeh bilan uchrashuv o'tkazdi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/economy/eron-kompaniyasi-ozbekistonda-tibbiy-va-diagnostika-asbob-uskunalari-hamda-jihozlarini-ish

Lotin|Кирилл
Chiqindi poligonlarini tartibga keltirish va chiqindilarni qayta ishlash bo‘yicha ham yangi tizim tashkil etiladi

Shuningdek, “Mahalla yettiligi”ga hududida aslida ko‘rsatilmagan xizmat bo‘yicha noreal qarzni hisobga olmaslik vakolati beriladi. Bu orqali xizmat ko‘rsatilmagan hudud uchun ham debitor qarzdorlik yozib qo‘yishdek adolatsiz amaliyotga chek qo‘yiladi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/chiqindi-poligonlarini-tartibga-keltirish-va-chiqindilarni-qayta-ishlash-bo-yicha-ham-yang

Lotin|Кирилл
Parij-2024: Olimpiya o‘yinlarining umumiy xarajati qancha?

Fransiya hisob palatasi raisi Pyer Moskovichi xarajat to‘rt yoki besh milliard yevroga ko‘tarilishi mumkinligini aytdi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/sports/parij-2024-olimpiya-o-yinlarining-umumiy-xarajati-qancha-

Lotin|Кирилл
"Oppengeymer" rejissyori Kristofer Nolan ritsar unvoniga sazovor bo'ladi

“Oskar” mukofotini qo‘lga kiritgan “Oppengeymer” rejissyori Kristofer Nolan ritsar unvonini oladi. Uning rafiqasi, kino prodyuseri Emma Tomas esa xonim unvonini oladi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/oppengeymer-rejissyori-kristofer-nolan-ritsar-unvoniga-sazovor-boladi

Lotin|Кирилл
Ekologiya jamg‘armasi hisobidan aholiga maxsus chiqindi paketlari bepul beriladi

Aholi chiqindini qayta ishlanadigan, qayta ishlanmaydigan va organik toifaga ajratib, shoxobchaga olib boradi. Tadbirkor esa qayta ishlanadigan foydali chiqindini aholidan sotib oladi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/ekologiya-jamg-armasi-hisobidan-aholiga-maxsus-chiqindi-paketlari-bepul-beriladi

Lotin|Кирилл
Bahodir Jalolov navbatdagi oltin medalni qo‘lga kiritdi

Ozarbayjonda boks bo‘yicha “Great silk way” xalqaro turniri yakunlandi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/sports/bahodir-jalolov-navbatdagi-oltin-medalni-qo-lga-kiritdi

Lotin|Кирилл
Italiyaning Tushia universiteti o'zbekistonlik talabalarni qishloq xo'jaligi yo'nalishida magistratura bosqichiga qabul qilishni rejalashtirmoqda

O'zbekiston elchisi Abat Fayzullayev Italiyaning Tushia universiteti rektori, professor Stefano Ubertini bilan uchrashuv o'tkazdi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/italiyaning-tushia-universiteti-ozbekistonlik-talabalarni-qishloq-xojaligi-yonalishida-mag

Lotin|Кирилл
Toshkentda qarama - qarshi yo'nalishda harakatlangan Lacetti haydovchisiga chora ko'rildi

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Yo'l harakati xavsizligi boshqarmasi matbuot xizmati rasmiy ma'lumot berdi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/toshkentda-qarama-qarshi-yonalishda-harakatlangan-lacetti-haydovchisiga-chora-korildi

Lotin | Кирилл
O‘zbekiston - Gongkong futbol uchrashuvidan so‘ng uch kishiga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi

Uchrashuv hakami bahs yakunlanganini bildiruvchi hushtakni chalgach, maydonga bir qancha muxlislar yugurib tushgan. O‘FA matbuot kotibi Davron Fayziyevning aytishicha, ushbu holat uchun O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi jarimaga tortilgan. Bunday holatlar davom etadigan bo‘lsa, O‘zbekistonda xalqaro musobaqalar o‘tkazilishiga salbiy taʼsir qiladi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/o-zbekiston-gongkong-futbol-uchrashuvidan-so-ng-uch-kishiga-ma-muriy-qamoq-jazosi-tayinlan

Lotin|Кирилл
Kanadaning O'zbekistondagi elchisidan vazirlar va hukumat vakillarigacha: Toshkentda o'tkazilgan "Avtomobilsiz kun" tadbiri doirasida bir qator amaldorlar o'z ishxonasiga jamoat transportida yetib bordi

Kanadaning O'zbekistondagi elchisi Alan Hemson ishxonasiga avtobusda, Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov piyoda, Transport vaziri Ilhom Mahkamov esa o'z ishxonasiga metroda borgan.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/kanadaning-ozbekistondagi-elchisidan-vazirlar-va-hukumat-vakillarigacha-toshkentda-otkazil

Lotin|Кирилл
Avtomobil transportida yuk tashuvlarini rivojlantirish bo‘yicha Ruminiya bilan kelishuv imzolandi

O‘zbekiston Transport vazirligi delegatsiyasi Ruminiya transport va infratuzilma vazirligi vakillari bilan avtomobil transportida xalqaro yuk tashuvlari sohasini rivojlantirish, ushbu jarayonda milliy tashuvchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish masalasini muhokama etdi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/avtomobil-transportida-yuk-tashuvlarini-rivojlantirish-bo-yicha-ruminiya-bilan-kelishuv-im

Lotin | Кирилл
Andijonda 1,3 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan shaxslar ushlandi

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/andijonda-1-3-mlrd-so-mlik-elektr-energiyasidan-noqonuniy-foydalangan-shaxslar-ushlandi

Lotin|Кирилл