UzReport.news
31.3K subscribers
81.1K photos
7.93K videos
5 files
77.2K links
O'zbekiston va dunyo yangiliklari

https://uzreport.news saytining rasmiy Telegram kanali.

Kirill yozuvida yangiliklar: @uzreportnewsuz

Lotin yozuvida yangiliklar: @uzreport_uz

Qayta aloqa uchun: @UzReportbot

Reklama: @FUTBOLTV_ADVERTISING
Download Telegram
"Qatar Airways" O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda

"Qatar Airways" Doha — Toshkent — Doha yo‘nalishi bo‘yicha parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/qatar-airways-o-zbekistonga-parvozlarni-yo-lga-qo-yishni-rejalashtirmoqda

Lotin|Кирилл
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
DXX: Amerikaga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holatlariga chek qo‘yildi

Hozirda barcha holatlar yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/dxx-amerikaga-yuborish-bilan-bog-liq-firibgarlik-holatlariga-chek-qo-yildi

Lotin|Кирилл
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent shahar IIBB va UzReport TV "Navbatchilik qismi" ko‘rsatuvining yangi sonini taqdim etadi

Juma soat 21:30 tomosha qiling!

Lotin|Кирилл
Yevropa Ittifoqi davlatlari Qizil dengizda harbiy amaliyot o‘tkazishga kelishib oldi

Harbiy amaliyot husiylarning hujumlari fonida Qizil dengizda tijoriy yuk tashish xavfsizligini ta'minlash uchun mo'ljallangan.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/yevropa-ittifoqi-davlatlari-qizil-dengizda-harbiy-amaliyot-o-tkazishga-kelishib-oldi

Lotin|Кирилл
O'zbekiston jadal rivojlanib borayotganidan, taraqqiyotidan mamnunmiz - Aleksandr Lukashenko

"Biz O‘zbekistonda bo‘layotgan o‘zgarishlarni katta qiziqish bilan kuzatmoqdamiz. Sizga kerak bo‘lgan yagona narsa – vaqt. Ko‘p vaqt behuda ketdi. Endi siz yetib olishingiz, yetib olishingiz va yetib olishingiz kerak. Ammo eng muhimi, siz qayerga borishni bilasiz. Siz ajoyib sur’atda rivojlanmoqdasiz", dedi Aleksandr Lukashenko.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/ozbekiston-jadal-rivojlanib-borayotganidan-taraqqiyotidan-mamnunmiz-aleksandr-lukashenko

Lotin|Кирилл
BMT Rossiyani zo'ravonlik qilishda va bolalarni o'g'irlashda ayblamoqda

BMTning Bola huquqlari bo‘yicha qo‘mitasi Rossiyani qotillikda, ukrainalik bolalarni majburan deportatsiya qilishda va o‘g‘irlashda aybladi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/bmt-rossiyani-zoravonlik-qilishda-va-bolalarni-ogirlashda-ayblaydi

Lotin|Кирилл
Aziz Turg‘unboyev Turkiyaning “Sivasspor” klubida faoliyatini davom ettiradi

O‘zbekistonlik 29 yoshli futbolchi turk klubi bilan 1,5 yillik shartnoma imzoladi. Yarim himoyachi yangi jamoasida 90-raqam ostida maydonga tushadi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/sports/aziz-turg-unboyev-turkiyaning-sivasspor-klubida-faoliyatini-davom-ettiradi

Lotin|Кирилл
O‘zbekistonda yanvar oyida 94,5 mlrd so‘mlik elektr energiyasi va gazdan noqonuniy foydalanilgani ma’lum bo‘ldi

Respublikaning barcha hududlarida Inspeksiya tomonidan 24 969 ta profilaktika tadbir o‘tkazildi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/o-zbekistonda-yanvar-oyida-94-5-mlrd-so-mlik-elektr-energiyasi-va-gazdan-noqonuniy-foydala

Lotin|Кирилл
"Poytaxt" biznes markazida yong'in sodir bo'lmoqda. Bu haqda Uzreport TV muxbiri xabar berdi.

Hozircha holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berilmadi.

Lotin|Кирилл
Krishtianu Ronaldu 2023-yilda dunyoning eng ko'p maosh oluvchi sportchisiga aylandi

Ma'lum qilinishicha, futbolchi bir yilda 275 million dollar ishlab topgan.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/football/krishtianu-ronaldu-2023-yilda-dunyoning-eng-kop-maosh-oluvchi-sportchisiga-aylandi

Lotin|Кирилл
UzReport.news
"Poytaxt" biznes markazida yong'in sodir bo'lmoqda. Bu haqda Uzreport TV muxbiri xabar berdi. Hozircha holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berilmadi. Lotin|Кирилл
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Poytaxt" biznes markazida sodir bo'lgan yong'in yuzasidan rasmiy ma'lumot berildi

Xabar berilishicha, 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 11:43 da voqea joyiga yetib bordi va yong‘in soat 11:51 da o‘chirildi. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/poytaxt-biznes-markazida-sodir-bolgan-yongin-yuzasidan-rasmiy-malumot-berildi

Lotin|Кирилл
Putin Rossiyaning Xitoyga qaram boʻlib qolishini “dahshatli hikoya” deb atadi

Amerikalik jurnalist Taker Karlsonga bergan intervyusida davlat rahbari Rossiya Federatsiyasi va Xitoy Xalq Respublikasi “asrlar davomida birga yashashga o‘rganib qolgan” qo‘shnilar ekanini, Xitoy tashqi siyosati falsafasi esa tajovuzkor emasligini ta’kidladi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/putin-rossiyaning-xitoyga-qaram-bo-lib-qolishini-dahshatli-hikoya-deb-atadi

Lotin|Кирилл
O'zbekiston vakili Markaziy Osiyo voleybol assotsiatsiyasi vitse-prezidenti etib saylandi

Tailandning Bangkok shahrida Markaziy Osiyo voleybol assotsiatsiyasining Bosh assambleyasi bo'lib o'tdi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/sports/ozbekiston-vakili-markaziy-osiyo-voleybol-assotsiatsiyasi-vitse-prezidenti-etib-saylandi

Lotin | Кирилл
Tadbirkorlarga yangi tashkil etgan ish o‘rinlariga qarab soliqdan imtiyozlar beriladi

Senatorlarning taʼkidlashicha, ushbu qonun aholi bandligining o‘sishiga, kambag‘allikni qisqartirishga hamda kam taʼminlangan oilalar aʼzolarini ishga qabul qilishda tadbirkorlik subyektlarini rag‘batlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga xizmat qiladi. Qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/tadbirkorlarga-yangi-tashkil-etgan-ish-o-rinlariga-qarab-soliqdan-imtiyozlar-beriladi

Lotin|Кирилл
Italiya kompaniyasi O'zbekiston tomoni bilan energetika loyihalarida hamkorlik qiladi

O'zbekiston elchisi Abat Fayzullayev Italiyaning yirik elektr tarmoqlari operatori – "ENEL" kompaniyasi vakillari bilan muzokara o'tkazdi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/economy/italiya-kompaniyasi-ozbekiston-tomoni-bilan-energetika-loyihalarida-hamkorlik-qiladi

Lotin | Кирилл
Mikroqarz berishning maksimal summasi 100 mln so‘mgacha oshirilmoqda

Senatorlarning taʼkidlashicha, qonun aholi va tadbirkorlarga mikroqarz yoki kredit olib foydalanish jarayonlarini kengaytirishga, ular tomonidan kreditlarni qaytarish qobiliyati yaxshilanishiga zamin yaratadi. Qizg‘in muhokamalardan so‘ng senatorlar ushbu qonunning dolzarbligi va zarurligini eʼtiborga olib, uni maʼqulladilar.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/mikroqarz-berishning-maksimal-summasi-100-mln-so-mgacha-oshirilmoqda

Lotin|Кирилл
Futbolda ko‘k kartochka joriy etiladi

Xalqaro futbol assotsiatsiyasi uyushmasi bu borada qarorni qabul qilgan.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/football/futbolda-ko-k-kartochka-joriy-etiladi

Lotin | Кирилл
Toshkentda ikkita yo'lovchi avtobus to‘qnashdi

Sodir etilgan to'qnashuvda tan jarohati olganlar yo'q.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/toshkentda-ikkita-yolovchi-avtobus-to-qnashdi

Lotin|Кирилл
Toshkentda yo'l harakati qoidasini 174 marta buzgan haydovchiga chora ko‘rildi

Qayd qilinishicha, uning bir yil davomida to‘lanmagan ma’muriy jarimalari miqdori qariyb 59 million so‘mga yaqinlashgan.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/toshkentda-yol-harakati-qoidasini-174-marta-buzgan-haydovchiga-chora-ko-rildi

Lotin|Кирилл