O'zbekiston Jurnalistika va Ommaviy Kommunikatsiyalar Universiteti
672 subscribers
589 photos
208 videos
8 files
398 links
O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti.

http://uzjoku.uz
Download Telegram
#innaykeyin #no_sarkazm
Kun qanday o‘tdi innaykeyin?!
- boy ota metro tekin ekan, Toshkentni yer ostida sayohat qildik
- innaykeyinchi?!
- yer ustiga chiqdik, yoshlar kuni ekan boy ota
- innaykeyinchi?!
- parkka bordik, yoshlarimizga yaratilgan keng islohotlar o'laroq ular ham yurtimiz aholisi sonining keskin o‘sishiga hizmat qilishmoqda ekan ... boy ota!
- innaykeyinchi?!
- keyin, Uzjokuga bordik boy ota!
- innaykeyinchi?!
- innaykeyin bo‘lmadi boy ota! Kunimiz Universitet nechi qavat ekanini sanash bilan o‘tdi. Bir sanasak yigirma ikki, bir sanasak yigirma yetti qavat chiqadigan bir mo‘jizaviy maskan ekan, Boy ota!!!

📲Kanalga ulanish uchun:⭕️

@UzJOKU_Talabalari
Forwarded from Insonlar orasida
Assalomu alaykum!

"Insonlar orasida" - Yaqin kunlarda oʻz ishimizni boshlaymiz

💡"Insonlar orasida" ijtimoiy loyihasi jamoasi mamnuniyat bilan sizga o‘z mehnatlarini namoyish qiladi.

❗️Eslatma, qishloq segmentida yangilik yaratayotgan yoshlar sizni albatta befarq qoldirmaydi.

Bizning manzil: https://t.me/Insonlarorasida
🇺🇿 Abituriyentlar diqqatiga!

O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetiga hujjat topshirgan abituriyentlar diqqatiga! 2023/2024-o‘quv yili uchun O‘zJOKUda ijodiy imtihonlarni o‘tkazish jadvali bilan tanishing. Ijodiy imtihonlar tanlangan yo‘nalish bo'yicha 2023-yil 25-27 iyul kunlari tonggi 7:00 dan boshlanadi.

Eslatma: Abituriyentlarni imtihon bo‘ladigan binoga kiritish vaqti 6:45 da tugaydi. Shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID karta) bilan kelishingiz zarur. Uni o‘rnini bosuvchi hujjat nusxasi qat'iyan taqiqlanadi. Kechikkan abituriyentlar binoga kiritilmaydi.

⬇️ Jadvalni yuklab olish

📲Kanalga ulanish uchun:⭕️

@UzJOKU_Talabalari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ijodiy imtihonning ikkinchi kuni qanday o'tdi?

📱O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti  bugun bo'lib o'tgan ijodiy (yozma, og'zaki va amaliy) imtihon qanday o'tdi? Birgalikda tomosha qilamiz! Tasvirlarda o'zingizni ko'rishingiz mumkin.

😃 Kanalga ulanish uchun:⭕️

@UzJOKU_Talabalari
25-iyul kuni bo’lib o’tgan kasbiy (ijodiy) imtihonlarning natijalari 16:00 da e’lon qilinadi.

O’zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida 25-iyul kuni bo’lib o’tgan kasbiy (ijodiy) imtihonlarning natijalari 16:00 da e’lon qilinadi.

Ijodiy imtihonlar bo’yicha to’plangan ballarni ushbu havola orqali abituriyent ID raqamini kiritgan holda bilib olishingiz mumkin.

O’zJOKU rasmiy sahifalarida ijodiy imtihonlarning natijalari e’lon qilingan vaqtdan va imtihondagi o’z natijalaridan norozi bo’lgan abituriyentlar qabul komissiyasiga 24 soat davomida  appelyatsiya tartibida murojaat qilishlari mumkin.

Appelyatsiya uchun murojaatlar 24 soatdan kechikkan holatlarda komissiya raisi tomonidan rad etiladi.

Barcha abituriyentlarga universitet jamoasi nomidan test imtihonlarda muvaffaqiyat tilab qolamiz!

📲 Murojaat uchun tel: 71 207 09 04 | 71 207 09 06 uzjoku.uz
Bizning Instagramdagi sahifalarimiz, sizlarga ham ulashmoqchimisiz

Rahmatjonov Asliddin

Xalqaro va audiovizual jurnalistika fakulteti

😃 Kanalga ulanish uchun:⭕️

@UzJOKU_Talabalari
Uzrli sabablarga ko'ra ijodiy imtihonlarda ishtirok eta olmagan abituriyentlar diqqatiga!

Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida boʻlib oʻtgan ijodiy imtihonlarda uzrli sabablarga ko'ra qatnasha olmagan abituriyentlar diqqatiga!

Uzrli sabablarga ko'ra ijodiy imtihonlarda qatnasha olmagan abituriyentlar 2023-yilning 29-iyul shanba kuni ijodiy imtihonlarga kirish imkoniyati mavjud. Yozma 8:00 da, og'zaki 11:00 da bo'lib o'tadi.

Ijodiy imtihonda ishtirok etish uchun Qabul komissiyasi raisi nomiga uzrli sabablar koʻrsatilgan holda ariza bilan murojaat qilinadi.

Oʻzingiz bilan shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat (pasport, ID karta yoki haydovchilik guvohnomasi) olib kelish yodingizdan chiqmasin!

📲 Murojaat uchun tel: 71 207 09 04 | 71 207 09 06 uzjoku.uz

😃 Kanalga ulanish uchun:⭕️

@UzJOKU_Talabalari
2023-2024-yil oʻquv yili uchun OTMga topshirgan abituriyentlarni Abituriyent ruxsatnomasini olish boshlandi, siz ham oʻz ruxsatnomagizni olishingiz mumkin.

http://my.uzbmb.uz

📲 Kanalga ulanish uchun:⭕️

@UzJOKU_Talabalari
26-iyul kuni bo’lib o’tgan kasbiy (ijodiy) imtihonlarning natijalari 16:00 da e’lon qilinadi.

O’zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida 26-iyul kuni bo’lib o’tgan kasbiy (ijodiy) imtihonlarning natijalari 16:00 da e’lon qilinadi.

Ijodiy imtihonlar bo’yicha to’plangan ballarni ushbu havola orqali abituriyent ID raqamini kiritgan holda bilib olishingiz mumkin.

O’zJOKU rasmiy sahifalarida ijodiy imtihonlarning natijalari e’lon qilingan vaqtdan va imtihondagi o’z natijalaridan norozi bo’lgan abituriyentlar qabul komissiyasiga 24 soat davomida  appelyatsiya tartibida murojaat qilishlari mumkin.

Appelyatsiya uchun murojaatlar 24 soatdan kechikkan holatlarda komissiya raisi tomonidan rad etiladi.

Barcha abituriyentlarga universitet jamoasi nomidan test imtihonlarda muvaffaqiyat tilab qolamiz!

📲 Murojaat uchun tel: 71 207 09 04 | 71 207 09 06 uzjoku.uz

📲 Kanalga ulanish uchun:⭕️

@UzJOKU_Talabalari
Bloger Olimjon Haydarovni qamab qoʻyishgani haqida xabarlar kelayotgandi.

💻 Batafsil

📲 Kanalga ulanish uchun:⭕️

@UzJOKU_Talabalari
Forwarded from Jurnalistika fakulteti
Hurmatli, Rayimjonov Ravshan Zokirovich

Sizga Fakultet jamoasi va talabalari nomidan uzoq umr, sihat-salomatlik, ilmiy va pedagogik  faoliyatingizda ulkan yutuqlar tilab qolamiz.         Tavallud ayyomingiz muborak bo’lsin!

O’zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida ko‘p yillardan buyon samarali mehnat qilib kelmoqdasiz.  O‘tgan davr davomida yuzlab shogirdlar tayyorladingiz Universitetimizning ta’lim tizimida xizmatingiz katta.

Sizga yangi mas’uliyatli,
O’quv ishlari bo’yicha V.V.B prorektori lavozimini ishonib topshirishganidan  bag’oyatda mamnunmiz.

Alloh umringizga, rizqingizga, kasbingizga baraka bersin. 

📲Bizning sahifalarimiz:👇

💻 Telegram | 📱 Instagram 📲Facebook
Kutaman
O'lmas Olloberganov
#musiqaviy_sarkazm
Mandatni kutib ko‘zlariga uyqu kelmayotgan abituriyentlar uchun maxsus qo‘shig‘imizni taqdim etamiz.
Keyingi taronamiz esa Ilhom Ibrohimov ijrosidagi " Talabalik davrim " yoki Ulug'bek Rahmatullayevning " Omadim kelmadi" qo'shig'i bo'lishi kutilmoqda🎵
😁😂
📲 Kanalga ulanish uchun:⭕️

@UzJOKU_Talabalari
Imtihon natijalariga ko‘ra talabalikka tavsiya etilgan barcha abiturientlarimizni O‘zbekiston Jurnalistika va Ommaviy Kommunikatsiyalar Universitetining talabalari nomidan qutlaymiz. Talabalik davriga xush kelibsiz!
👨‍🎓👩‍🎓

📲 Kanalga ulanish uchun:⭕️

@UzJOKU_Talabalari
Talaba bo'lganlar OTMga qanday hujjatlar berishi kerak?

1. Rektor nomiga ariza;
2. Pasport nusxasi (asli ko‘rsatilgan holda);
3. Diplom yoki attestat (ilovasi bilan birga) asl nusxasi;
4. Til bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat asli; (agar bo‘lsa)
5. 3,5x4,5 foto 12 ta;
6. Hujjatlar yig‘ma jildi (papka skorosshivatel);
7. Konvert A5 formatida;
8. Talabalar turar joyi (sharoiti og‘ir va kam ta’minlanganligini tasdiqlovchi hujjati bor talabalar uchun) ariza (kerak bo‘lsa)
9. Imtiyoz asosida talabalikka tavsiya etilganlar uchun (imtiyoz beruvchi hujjatning asli, agar bo‘lsa).

❗️ Eslatma: Bu hujjatlar Qabul komissiyasi 2022-yilda tasdiqlagan variant. Bu yil ro'yxatda o'zgarish bo'lishi mumkin. Kanalni kuzatib borsangiz, bu haqida xabar beramiz.

✔️ Barcha talaba bo'lganlarni xabardor qiling.

📲 Kanalga ulanish uchun:⭕️

@UzJOKU_Talabalari
USTOZ TABRIKLAYMIZ🤝
Xalqimiz, jamoamiz va davlatimiz oldida mas’uliyatingiz yanada oshibdi. Sizga mustahkam sog’lik, oilaviy baxt, faoliyatingizda muvaffaqiyat tilaymiz.

Ma’lumot uchun😊
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri buyrug‘i bilan Rayimjonov Ravshan Zokirovich O’zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti o’quv ishlari bo’yicha prorektori etib tayinlandi.

Ravshan Rayimjonov 1978-yil Toshkent shahrida tugʻilgan.

U 1995-yilda Toshkent davlat universitetining bakalavr yo‘nalishini, 1999-yilda O‘zbekiston milliy universitetining magistratura mutaxassisligini tamomlagan. Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).

U mehnat faoliyatini 2001–2003-yillarda O‘zbekiston milliy universiteti “Uslubiyat va tahrir” kafedrasi o‘qituvchiligidan boshlab, katta o‘qituvchi, dekan muovini, kafedra mudiri, Ekspert fikri ijtimoiy tadqiqotlar markazi bosh ilmiy xodimi kabi lavozimlarda faoliyat yuritgan.

Tayinlovga qadar O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Xalqaro va audiovizual jurnalistika fakulteti dekani lavozimida faoliyat olib borgan.

📲 Kanalga ulanish uchun:⭕️

@UzJOKU_Talabalari