UzGeeks Community
2.82K subscribers
518 photos
38 videos
13 files
214 links
UzGeeks Community - rasmiy kanali
Download Telegram
Shanba kuni bo’lib o’tgan Meetupdan lavha!

@UzGeeksCommunity
👍133🔥2❤‍🔥1
UzGeeks April2024 DevOps Day.zip
60.6 MB
UzGeeks April2024 DevOps Day Meetup
Prezintatsiyalar.

@UzGeeksCommunity
👍7
May oyida Namanganda meetup qilishni reja qilmoqdamiz.
Agar shu bo'yicha takliflar bo'lsa, rasmiy guruhimizda xabar bersangizlar, hursand bo'lamiz.

@UzGeeksCommunity
👍14🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
DevOps mutaxassis bilan yaxshi munosabatda bo'lish siri!
O'zingizga saqlab qo'ying, DevOpschilarga, dasturchilarga, pm'larga va mahalladagi boshqalarga yuborib qo'ying.

@UzGeeksCommunity
😁25🔥10👏2
UzGeeks Meetup terminlar:
1. Meetup - UzGeeks Community tomonidan tashkil etiladigan, qatnashish mutloq bepul bo'lgan, faqat o'zbek tilida bo'ladigan tadbir.
2. Meetup nomi quyidagi tartibda nomlanadi: "UzGeeks May2024 Meetup". Bu yerda "UzGeeks" - community nomi, "May2024" - meetup bo'lib o'tadigan oy va yil, "Meetup" - bu tadbir aynan meetupligini anglatadi. Bundan tashqari biron bir mavzu bo'yicha maxsus meetuplar ham tashkil etib boriladi, masalan "UzGeeks April2024 DevOps Day Meetup" bu yerda "DevOps Day" aynan shu meetup qaysi mavzuga bag'ishlanganligini anglatadi. Meetup nomida doim ingiliz tilida so'zlardan foydalanilishi kerak, harflar registri ushbu ko'rsatilgan formatda saqlanishi kerak.
3. Meetup'da oldindan rejalalashtirilgan va taklif etilgan o'z sohasini yetuk mutaxassislari - "dokladchi"lar tomonidan tayyorlab kelingan chiqishlar "doklad"lardan tashkil topgan bo'ladi, odatda bitta meetupda 3 ta doklad bo'ladi. Har bir doklad davomiyligi 45 daqiqadan oshib ketmasligi kerak.
4. Prezintatsiyalar - har bir doklad uchun dokladchi oldindan prezintatsiya tayyorlab keladi. U katta ekranlarga moslangan, ko'rishga, o'qishga qulay va imkon qadar o'zbek tilida bo'lishi, "zerikarli" bo'lmasligi kerak.
5. Savol-javob - har bir dokladdan so'ng meetup ishtirokchilari, meetupni onlayn kuzatayotganlar tomonidan dokladchilarga shu doklad bo'yicha savollar berishlari, unga javob olishlari mumkin. Odatda savol-javobga 15 daqiqa vaqt ajratiladi.
6. Har bir meetupda boshlovchi bo'ladi, uni vazifasi meetupni ochib beradi, dokladchilarni tanishtiradi, savol-javob vaqti moderatorlik vazifasini bajaradi, UzGeeks Coommunity faoliyati, meetuplarga oid yangiliklarni e'lon qiladi. Va meetup so'ngida meetupni yopib beradi.

@UzGeeksCommunity
👍17🔥1
Assalom alaykum
UzGeeks Community 2015-yildan beri faoliyat yuritadi.
Shu muddat davomida ko’plab meetuplar tashkil etildi.
Telegramda guruh va kanallarda minglab yosh mutaxassislar o’z savollariga javob topishdi, ustozlardan bilim va ko’nikmalarni o’rganishdi.

Endi, UzGeeks Communityni yangi bosqichga olib chiqish vaqti keldi.
Shu maqsadda oktabr yoki noyabr oylarida StartUp Day tashkil etish rejalashtirilmoqda. Unda ixtiyoriy UzGeeks Community a’zosi o’z loyihasi bilan qatnashishi mumkin. Meetup tanlov ko’rinishida tashkillashtirilib, g’olib bo’lgan ishtirokchilarga pul mablag’lari, sovg’alar topshiriladi.
Bu meetupni moliyalashtirish maqsadida hamkorlar, homiylar Community tashkilotchilari bilan bog’lanishlari mumkin.
Bundan tashqari UzGeeks Communityni har bir a’zosi ham ushbu meetup’ni hamda umuman UzGeeksni moddiy tomondan qo’llab-quvvatlashi mumkin. Shu maqsadda Tirikchilik.uz platformasida UzGeeks’ning rasmiy sahifasi ochilgan bo’lib, o’sha yerda donate qilish imkoniyati mavjud.
Marhamat, UzGeeks Community’ni yanada rivojlanishida o’z hissangizni qo’shing.

Qo’shimcha takliflar, savollarni rasmiy guruhimizda qoldirishingiz mumkin.

UzGeeks Tirikchilik.uz'da https://tirikchilik.uz/uzgeeks

Hurmat bilan UzGeeks Core Team.

@UzGeeksCommunity
🔥152👍2
Bunaqa paytlar "PHP forever"ligiga ishonvorarkan odam.

@UzGeeksCommunity
🤣56🔥123👍3🤩2💩2💯1
Forwarded from EDU.DIGITAL
IT-blogerlarni hamkorlikka chaqiramiz

⌨️Siz IT sohasida ishlaysiz va ijtimoiy tarmoqdagi sahifalaringiz orqali ma'lum auditoriyaga foydali maʼlumotlarni ulashib kelyapsiz.

🟦Raqamli taʼlimni rivojlantirish markazi “UzGeeks” IT hamjamiyati bilan hamkorlikda, Respublikamizning barcha hududlari va xorijda faoliyat yuritayotgan IT-blogerlarni hamkorlikka chaqiradi.

IT -blog yulduzlarini kashf qilishda bizga koʻmaklashing va soʻrovnomada ishtirok etib oʻzingiz haqingizda maʼlumot qoldiring:

🔄https://forms.gle/DhaS3R4gcrDAnfwr5

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10🔥1
Assalom alaykum!

Bu oygi meetupni Toshkentda qilishga qaror qildik.
Demak, may oyini 25-sanasida Toshkentda UzGeeksning navbatdagi meetupi bo'lib o'tadi.
Uning mavzusi: PHP!

Agar biron taklif, mulohazalar bo'lsa, iltimos, rasmiy guruhimiz @UzGeeksGroup'ga yozib qoldiring!

Hurmat bilan, UzGeeks Events team.

@UzGeeksCommunity
👎27👍20🔥6
Forwarded from Sardor og'a | Fikrlar | Shippakdagi kritik
Bizning muammolarimiz bor. Biror kasb o'rganmoqchi bo'lsak, qo'rquv bilan o'rganamiz. Qo'rquv har taraflama:
- o'rgana olamanmi?
- o'rgansam ish topa olamanmi?
- ishga kirish uchun suhbatdan o'ta olamanmi?
- ishga kirgandan keyin o'sa olamanmi?
- bu ish orqali maqsadlarimga yeta olamanmi?
- tanishlarim ustimda kulishadiku PHPni ham o'rganasanmi deb...
...

Qo'rquv va o'zimizga ishonchsizlik juda kuchli bizda. Doim kasb tanlamoqchi bo'lsak idealini tanlamoqchi bo'lamiz. Faqat shu idealini tanlasamgina o'z maqsadlarimga yeta olaman deb o'ylaymiz. Vaholangki biznesda ham N ta "FAIL" bo'lsa ham shular orasida birortasi "SUCCESS" bo'lishi mumkin.
Kasbda ham shunday, Siz o'zingiz uchun qaysi kasb har taraflama ideal ekanligini boshida bilmaysiz.

Man Rus millatidagilar bilan gaplashib, ularning biz O'zbeklardan asosiy farqi, o'ziga ishonch bor va qo'rquv yo'qligida ekanligini sezdim. Ular biror kasb o'rganishmoqchi bo'lishsa qattiq kirishadi va shuni ustasi bo'lishga harakat qilishadi. Ular o'ziga ishonch kuchli bo'lganligi bilan gap ham berishmaydi kerak bo'lsa. O'z fikrini himoya qiladi.

Masalan:
- Python yoki Nodejs o'rgana olarmikinman? Qiyinmasmi?
- PHP o'rgansam ish topa olamanmi?
- PHP o'rgansam o'sa olamanmi, o'lgan til ekan deyishyaptiyu?
- PHP o'rgansam oylik ham kam deyishyapti, nima qilsam ekan a?
- FAANGga PHPni o'rganib ishga kirib bo'lmas ekanu?! Manam Amazonda ishlasam deyman...
👍15😁2👏1
Assalom alaykum!!!
UzGeeks'da PHP kuni!

📆 25-may shanba kuni Toshkent shahri Raqamli texnologiyalar vazirligi binosida "UzGeeks May2024 PHP Day Meetup" bo'lib o'tadi.

📚 Meetup quyidagi bo'limlardan tashkil topgan:

1️⃣. “PHP - Highload” - Milly Khamroev(Senior engineer/TeamLead, Click/Modme);

2️⃣. “Futbol yangiliklari arxitekturasini qurish” - Sag'indiq Kenjabaev(Freelancer).

🕰 Meetup odatiy ravishda bepul bo'lib, soat 14:00 da boshlanadi, unda qatnashish uchun UzGeeks saytida ro'yxatdan o'tish kerak.
Manzil: Toshkent shahar, Mirzo Ulug'bek tumani, Muminov ko’chasi, 4A(Raqamli texnologiyalar vazirligi binosida)


Hamkorlar:
O'zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi
Raqamli ta'limni rivojlantirish markazi
Thinkland
Tadbir facebookda
🌐 UzGeeks.uz
🔥18👍8💋8🍓4🍌32
Assalom alaykum!!!
UzGeeks'da PHP kuni!

📆 25-may shanba kuni Toshkent shahri Raqamli texnologiyalar vazirligi binosida "UzGeeks May2024 PHP Day Meetup" bo'lib o'tadi.

1️⃣. “PHP - Highload” - Milly Khamroev(Senior engineer/TeamLead, Click/Modme)

🕰 Meetup odatiy ravishda bepul bo'lib, soat 14:00 da boshlanadi, unda qatnashish uchun UzGeeks saytida ro'yxatdan o'tish kerak.
Manzil: Toshkent shahar, Mirzo Ulug'bek tumani, Muminov ko’chasi, 4A(Raqamli texnologiyalar vazirligi binosida)


Hamkorlar:
O'zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi
Raqamli ta'limni rivojlantirish markazi
Thinkland
Tadbir facebookda
🌐 UzGeeks.uz
🔥8👍3🤝1
Assalom alaykum!!!
UzGeeks'da PHP kuni!

📆 25-may shanba kuni Toshkent shahri Raqamli texnologiyalar vazirligi binosida "UzGeeks May2024 PHP Day Meetup" bo'lib o'tadi.

📚 Meetup quyidagi bo'limlardan tashkil topgan:

2️⃣. “Futbol yangiliklari arxitekturasini qurish” - Sag'indiq Kenjabaev(Freelancer).

🕰 Meetup odatiy ravishda bepul bo'lib, soat 14:00 da boshlanadi, unda qatnashish uchun UzGeeks saytida ro'yxatdan o'tish kerak.
Manzil: Toshkent shahar, Mirzo Ulug'bek tumani, Muminov ko’chasi, 4A(Raqamli texnologiyalar vazirligi binosida)


Hamkorlar:
O'zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi
Raqamli ta'limni rivojlantirish markazi
Thinkland
Tadbir facebookda
🌐 UzGeeks.uz
🔥10👍3💯1
👋 Assalomu alaykum. Bugungi Uzgeeks 🔝 Meetup esingizdami? 14:00 👉
Anonymous Poll
36%
Albatta. 👍
15%
Unitib bo'ladimi ⁉️
49%
PHP Forever 🔥
👍7👎5🐳2
Biz tayyor!
🔥10👍1
Hamma tayyormi?

@uzgeekscommunity
👍10
Biz boshladik!

@uzgeekscommunity
👍2🔥1
Siz meetupga keldingizmi?
Kimlar bor, 👍 bosing!

@uzgeekscommunity
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍15👎5😢4
1-dokladni boshladik!

PHP - Highload.

Milly Khamroev

@uzgeekscommunity
👍7