UzGeeks Community
2.91K subscribers
519 photos
38 videos
13 files
215 links
UzGeeks Community - rasmiy kanali
Download Telegram
Assalom alaykum!!

📆 29-fevral shanba kuni C-Space kovorking markazida "UzGeeks February2020 Meetup" bo'lib o'tadi.

📚Meetup quyidagi mavzulardan tashkil topgan:

1. “Bad Practice(Java)” - Ulug'bek Ro'zimboyev (Yangi texnologiyalar ilmiy axborot markazi, dasturchi);

2. “WebAssembly, balki JavaScript kerak bo'lmas...” - Xurshid Rustamov (JET SYSTEMS, CTO);

🕰 Meetup odatiy ravishda bepul bo'lib, soat 14:00 da boshlanadi va unda ishtirok etish uchun oldindan ro'yxatdan o'tish kerak bo'ladi.

✍️ Ro'yxatdan o'tish: www.uzgeeks.uz
🏷 Tadbir Facebookda: http://s.yordam.uz/28
🗺 Manzil: Toshkent, Chust ko'chasi 1-uy(mo'ljal Buyuk Ipak Yo'li metro bekati)
Ertaga shanba kuni 14:00 da UzGeeks February 2020 Meetup bo'lib o'tadigan joy manzili.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
«UzGeeks February2020 Meetup» uchun Tojikiston Respublikasidan tashrif buyurgan yosh dasturchi!
Assalom alaykum.
Yurtimizda va dunyoda bo'layotgan voqea-hodisalar sabab aprel oyiga rejalashtirilgan UzGeeks Community meetupi noma'lum muddatga qoldirildi.
O'zingizni va yaqinlaringizni ehtiyot qiling!
Forwarded from Texno Work
⌨️ Qo'llanma, klaviaturada ishlash

Kanalga har xil qo'llanmalar kiritib boraman va bu ishni boshidan boshlashga qaror qildim.
Yuqoridagi rasmda, klaviatura bilan barmoqlar uyg'unlashuviga e'tibor bering va yodlab oling, hamda shu asosida klaviatura bilan ishlang. Bu ideal holat, agar shuni yod olib ishlatsangiz, monitorga qaramasdan harf teradigan bo'lasiz.
Boshida albatta qiyin va noqulay bo'ladi, keyinchalik esa zo'r bo'ladi😁. Agar o'zingiz, o'z stilingizdan voz kecha olmasangiz, kelajak avlod(farzandlariz)ga shu tariqa o'rgating, men ham shunday qilmoqdaman.
#instruction

👉 https://t.me/planetait
Forwarded from Ismoil Safarov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#foydali #nima #qanday
💟 Mockup Design - mijoz dizaynerga vazifa qilib topshirgan dizayn real hayotda qanday ko'rinishini tasvirlovchi vosita. Ushbu video darsda Mockup Design nima va qanday foydalanish haqida batafsil nazariy va amaliy so'z yuritilgan.

Eng sifali va bepul Mockup saytlari ro'yxati:

1️⃣ Mockups Design
2️⃣ Mockupworld
3️⃣ The Mockup Club
4️⃣ Is.Graphics Mockup
5️⃣ SmashMockup

@sociallyuz
Forwarded from Progress Academy
Qudrat Abdurahimov bilan online suhbat
🗓 Dasturchi bo'lishni xohlaysizmi?
📆 20:00, 22-aprel

Progress Academy Youtube kanalida
Bizga qo'shiling! Obuna bo'ling 🔔

Savollaringizni shu joyda izohlarda qoldirishingiz mumkin👇
https://www.youtube.com/watch?v=NnLX43_Pfwk
Forwarded from Progress Academy
​​🔴2-may kuni 20:00da Uzgeeks, Yordam.uz va Ustoz-Shogird asoschilaridan biri, Safenetpay korhonasi xodimi, dasturchi Saidolim Jo'rayev bilan online suhbatni tomosha qiling!

Mavzu: Dasturlashni o'rganishni qanday boshlanadi? Dasturlash yo'nalishlari, dasturlash tillari

Online suhbat Progress Academyning Youtube kanalida namoish etiladi: https://www.youtube.com/progressacademyuz

Vebinar boshlanishi haqida esa quyidagi link orqali ma'lumot olishingiz mumkin:
https://t.me/joinchat/AAAAAEAw14qucn51LfTKGA
Forwarded from MJ
​​🎧 Angular, React Yoki Vue? Qay birini tanlash kerak? - Mayoq Podkast 003

JavaScript dasturlash tilining dunyosi juda katta va xilma-xil. Kundan-kunga yangi instrumentlar, freymvorklar, freymvorkda ishlashni osonlashtiruvchi instrumentlar chiqib boryapti. Shunday ko'p tanlash imkoniyati borki, odam qay birini tanlaykin, deb boshi qotadi: forumlar va guruhlarda ko'pchilikdan so'rab chiqadi, turli maqolalarni o'qiydi, YouTubedagi dasturlash haqidagi kanallar videolarini yotvolib ko'radi. Lekin oxirida baribir tugal bir to'xtamga kela olmaydi. JavaScriptning frontend va bir sahifali dasturlar (single page application - SPA)lar uchun eng mashhur freymvork va kutubxonalari - Angular, React yoki Vuedan birini tanlashda ikkilanib turganlar uchun shaxsiy tajribaga tayanib tavsiyalar berib ko'ramiz.

❗️ BUGUN SOAT 21:00 da ❗️

#frontend #angular #react #vue #freymvork #kutubxona #podkast

👉 @mayoquz 👈
Forwarded from MJ
E'lon:

Menda frontend dasturlash kursida o'qigan hamma o'quvchilarim uchun www.mayoq.uz platformasi obunasi mutlaqo bepul. Har qaysi ishlagan joyimda o'qigan bo'lishsa (Lumos Education, PDP, SOS IT Academy va Najot Ta'lim) ham menga Facebook yoki Telegramdan (@mayoq_contact_bot) orqali emaillarini yozishsa, "Kumush" tarifiga qo'shib qo'yaman. Platforma turguncha hammasi bepul.

Men dars o'tgan guruhlarda o'qimagan bo'lsangiz ham sizda zo'r imkoniyat bor: dushanbagacha 50% chegirma bilan obuna bo'lishingiz mumkin. Ulgurib qoling :)

Oltin tarifida mentorlar bilan ishlash bo'lgan uchun bu tarif yuqorida ko'rsatilgan aksiyaga kirmaydi.

(quyidagi matn reklama roliklaridagi kabi ovozda o'qilsin :D )
P.S. Postdagi aksiyani yaxshi taklif deb o'yladingiz-u, lekin veb dasturchi bo'lishga qiziqmaysizmi? Ushbu postni Facebookda ulashing. Balki, do'stlaringiz orasidagi biron kim bu kurslarga yozilib, kasbli bo'lib, ro'zg'or tebratar? 🤔
Forwarded from Mirzayev's Mind
⚡️ PDP Restart // Grand Opening

Assalomu alaykum, azizlar.

Va nihoyat, ajoyib jamoamizning 4 oylik katta mehnatlari natijasini Sizlarga namoyish etadigan kun ham yaqin. Buning uchun ularning barchasiga o’z minnatdorchiligimni bildiraman.

Yaqin yillarda minglab xalqaro darajadagi IT mutaxassislarni yetishtirib beradigan va mamlakat budjetiga millionlab dollar foyda keltirishni rejalashtirgan PDP Restart Grand Opening tadbiri 23-24 iyul kunlari bo’lib o’tadi. Maqtanishga yo’ymasangiz, aytib o’taman. Bunday IT platformaning hali analogi yo’q. Biz xalqaro mentorlar ko’magida yangi pog’onadamiz. Endi Siz faqatgina O’zbekistondagi IT kompaniyalarda emas, balki xalqaro kompaniyalarda ham ishlash imkoniyatiga ega bo’lasiz. Siz yoshlarga manfaatli bo’lishi uchun maksimal harakat qilganmiz.

Demak, 23 - iyul 19:00 da bizning Youtube kanal va boshqa top kanallarda loyiha taqdimoti bo’lib o’tadi. Bunda loyiha imkoniyatlari va maqsadlarini to’liq tanishtiramiz.

Ikkinchi tadbir esa, 24-iyul 21:00 da Mfaktor studiosida men va loyihamiz tashkilotchilari Sizlardan kelgan savollarga atroflicha javob beramiz.


Ha, aytgancha tadbir boshlangunicha Siz PDP platformasi uchun pullik voucherlar yutib olishingiz mumkin. Buning uchun Siz Youtubeda bizning kanalga obuna bo’lishingiz va ushbu video ostida #pdpuz hashtagi orqali biz haqimizda fikrlaringizni qoldiring. Agar konkursda ishtirokchilar soni 100 nafardan oshsa 3 ta 100 000 so’mlik, 500 nafardan oshsa 3 ta 500 000 so’mlik va 1000 nafardan oshsa 4 ta 1 million so’mlik voucher yutuqlarini qo’lga kiritishingiz mumkin. G’oliblar commentpicker.com orqali aniqlanadi.

👉 https://www.youtube.com/watch?v=I7P3zMCPVLQ

Tadbirda ko’rishguncha. Bizni kuzatishda davom eting.
Forwarded from Kamron Fozilov
Mavzu: Navigatsiya qo'shamiz (5-dars)

https://youtu.be/yMGN5o6bAd8
Biz tez orada "Savodxon.uz. Optimizatsiya - Texnoman Vebinar #14" mavzusidagi vebinarimizni boshlaymiz.
🔥 IT-Forum navbatdagi soni Azizbek Mirzayev bilan

Bu galgi IT-Forumda mexmonimiz , ustozimiz Azizbek aka Mirzayev bo`ladilar.

Mavzu: Ma`lumotlar bazasini optimizatsiya qilish

YouTube kanalimizda jonli tarzda 18-oktyabr kuni soat 14:00 kuzatinglar.

🔥 Siz kutgan mavzu

Savollaringizni yo`llang 👇

Bizga qo`shiling: Telegram|Instagram|YouTube
Assalom alaykum!

📆 15-noyabr, Yakshanba kuni soat 19:00 da TexnoGap loyihamizning navbatdagi "TexnoGap #8" soni bo'lib o'tadi.

Salom Python. Python haqida. Suhbat ishtirokchilari Python dasturlash tili bo'yicha eng ko'p uchraydigan savollarga o'z fikr va mulohazalarini bildirishadi.

👥 Suhbat ishtirokchilari:
- Hayot Rahimov CDTI Uzkassa, SSE.
- Farrux Muhammadiev Maxtrack, Go developer
- Xojarbu Xaitmetova Project Managers, Backend developer
- A'zam Mamatmurodov PIXYZ, Python developer

Onlayn suhbatni quyidagi havola orqali kuzatishingiz mumkin:
↗️ http://s.yordam.uz/2i