UzCSD | Markaziy depozitariy
9.57K subscribers
2.75K photos
118 videos
2 files
3.18K links
web: www.uzcsd.uz
Facebook: https://www.facebook.com/uzcsd.uz
Instagram: https://www.instagram.com/uz.csd/
Youtube: https://www.youtube.com/@uzcsd

Murojaat uchun:
📞 +998 (71) 211-09-09
📨 info@uzcsd.uz

Takliflar uchun: @UzCSDask_bot
Download Telegram
Prezident Shavkat Mirziyoyev “Uzbekistan Airways” aksiyadorlik jamiyatini transformatsiya qilish va IPOga tayyorlash ishlarini jadallashtirish yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией по ускорению трансформации и подготовки к IPO акционерного общества «Uzbekistan Airways».

#Mirziyoyev #taqdimot #transport #aviatsiya

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
🔥17👍85👏1
💻Korporativ obligatsiyalar bo‘yicha kupon to‘lovlari

🗣Qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariysi 2026-yil 16-iyun holatiga "Imkon Finans mikromoliya tashkiloti” AJ tomonidan yuqorida keltirilgan korporativ obligatsiyalar bo‘yicha navbatdagi kupon daromadlari to‘lanishi kutilayotganini ma’lum qiladi.

Mazkur to‘lovlar emitentning chiqaruv shartlarida belgilangan muddatlarda va tartibda amalga oshiriladi. Qo‘shimcha ma’lumot uchun emitentga yoki xizmat ko‘rsatuvchi investitsiya vositachisiga murojaat qilishingiz mumkin.

RU🇷🇺 EN🇬🇧

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3🔥2🤝1
Aksiyalar bo‘yicha dividend to‘lovlari

🗣Qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariysi 2026-yil 16-iyun holatiga “Askiya dehqon bozori” tomonidan yuqorida keltirilgan aksiyalar bo’yicha navbatdagi dividend daromadlari to‘lanishi kutilayotganini ma’lum qiladi.

Mazkur to‘lovlar amaldagi qonunchilikda hamda aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi qarorida belgilangan muddatlarda va tartibda amalga oshiriladi. Qo‘shimcha ma’lumot uchun emitentga yoki xizmat ko‘rsatuvchi investitsiya vositachisiga murojaat qilishingiz mumkin.

RU🇷🇺 EN🇬🇧

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7👍2🔥21👌1
Birozdan so‘ng Xalqaro kongress markazida Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida beshinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumining yalpi majlisi boshlanadi.

Davlatimiz rahbarining forumdagi nutqini Prezident Matbuot xizmatining Telegram, YouTube va Facebook dagi rasmiy sahifalarida tomosha qiling.

Скоро в Международном конгресс-центре с участием Президента Шавката Мирзиёева начнется пленарное заседание пятого Ташкентского международного инвестиционного форума.

Выступление главы нашего государства на форуме смотрите на официальных страницах Пресс-службы Президента в Telegram, YouTube и Facebook.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
👍1031


🇺🇿Prezident Shavkat Mirziyoyev kapital bozorini rivojlantirish va investorlarni himoya qilish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarni belgilab berdi

🗣16-18 iyun kunlari Toshkentda dunyoning 100 ta davlatidan 4 mingga yaqin xorijiy ishtirokchilarni jamlagan beshinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi bo‘lib o‘tmoqda. Davlatimiz rahbari forumning yalpi majlisidagi nutqida mamlakatimiz kapital bozori va investitsiya muhitini tubdan yaxshilashga qaratilgan quyidagi tashabbuslarni ma’lum qildi:

Toshkent xalqaro moliya markazi tashkil etiladi: Markaz ishtirokchilari uchun foyda, QQS, mol-mulk soliqlari va bojxona bojlari 0 foiz etib belgilanadi. Kapitalning erkin harakati va istalgan valyutada hisob-kitob qilish kafolatlanadi. Dastlabki bosqichda ushbu imtiyozlar muddati 50 yilni tashkil etadi. Markazda Angliya huquqiga asoslangan maxsus tartib va mustaqil xalqaro tijorat sudi joriy etiladi.

Huquqiy baza mustahkamlanadi: Islohotlarning huquqiy poydevori sifatida yaqin orada “Kapital bozori to‘g‘risida”gi va “Muqobil investitsiya jamg‘armalari to‘g‘risida”gi qonunlar qabul qilinadi.

Xalqaro infratuzilma integratsiyasi: O‘zbekistonda xalqaro kliring kompaniyalarining faoliyat ko‘rsatishi uchun keng imkoniyatlar ochiladi.

Yangi moliyaviy vositalar va IPO: Investitsiya oqimini diversifikatsiya qilish maqsadida suveren islom obligatsiyalari — sukuk dasturini amalga oshirish boshlanadi. Shuningdek, qator yirik kompaniyalarni IPOga chiqarishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

Xususiylashtirish dasturi: Joriy yilda xususiylashtirish doirasida 6 milliard dollarlik ko‘chmas mulk, korxonalardagi davlat ulushi va yer uchastkalari auksionga chiqariladi.


Ushbu choralar korxonalarga kelgusida kamida 10 milliard dollar qo‘shimcha kapital olib kelish uchun katta turtki berishi ta’kidlandi.

RU🇷🇺 EN🇬🇧

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍64🔥3👏1😍1
💻Korporativ obligatsiyalar bo‘yicha kupon to‘lovlari

🗣Qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariysi 2026-yil 17-iyun holatiga "Oltin yulduz plus mikromoliya tashkiloti" MChJ hamda "Agat Credit” AJ tomonidan yuqorida keltirilgan korporativ obligatsiyalar bo‘yicha navbatdagi kupon daromadlari to‘lanishi kutilayotganini ma’lum qiladi.

Mazkur to‘lovlar emitentning chiqaruv shartlarida belgilangan muddatlarda va tartibda amalga oshiriladi. Qo‘shimcha ma’lumot uchun emitentga yoki xizmat ko‘rsatuvchi investitsiya vositachisiga murojaat qilishingiz mumkin.

RU🇷🇺 EN🇬🇧

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍31👌1


🌐Markaziy depozitariyda Clearstream vakili bilan uchrashuv o‘tkazildi

🗣O‘zbekiston Respublikasi Markaziy depozitariysida Clearstream kompaniyasining risklarni boshqarish bo‘yicha vitse-prezidenti Ostin Martin bilan ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

🗣Tomonlar ikki tomonlama korrespondentlik munosabatlarini o‘rnatish, shuningdek, O‘zbekiston kapital bozorida xorijiy investorlar uchun qulay va ishonchli muhit yaratish maqsadida post-treyding xizmatlarini takomillashtirish masalalarini muhokama qildilar.

🗣Uchrashuv davomida xalqaro standartlarga muvofiqlikni ta’minlash, jumladan, komplaens-nazorat va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish (AML) tizimlarini kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar hamkorlik aloqalarini mustahkamlash hamda O‘zbekiston kapital bozori infratuzilmasini global moliyaviy tizimga integratsiya qilishga qaratilgan kelgusidagi o‘zaro hamkorlikka qiziqish bildirdilar.

RU🇷🇺 EN🇬🇧

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6👍6🤝53


🌐Markaziy depozitariy va KASE vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

🇺🇿🇰🇿O‘zbekiston Respublikasi Markaziy depozitariysida Qozog‘iston fond birjasi (KASE) vakillari bilan ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

🗣Uchrashuv davomida ikki mamlakat kapital bozorlari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish hamda moliyaviy infratuzilmani takomillashtirish istiqbollari muhokama qilindi. Muzokaralar doirasida KASE vakillari raqamli aktivlarni chiqarish va joylashtirish bo‘yicha o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar. Tomonlar, shuningdek, ikki tomonlama munosabatlarni kengaytirish, post-treyding sohasidagi aloqalarni mustahkamlash va o‘zaro hamkorlikni faollashtirish masalalari yuzasidan fikr almashdilar.

🗣Shu bilan birga, xalqaro standartlarni joriy etish, xavfsizlik va komplaens tizimlarini rivojlantirish hamda zamonaviy moliyaviy texnologiyalarni infratuzilmaga integratsiya qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🗣Uchrashuv ikki mamlakat moliya bozorlari o‘rtasidagi sheriklikni yanada chuqurlashtirish va mintaqada ishonchli infratuzilma muhitini shakllantirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.

RU🇷🇺 EN🇬🇧

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍74🔥2👏1


🇺🇿🇦🇲O‘zbekiston va Armaniston Markaziy depozitariylari o‘rtasida ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi

🗣O‘zbekiston Respublikasi Markaziy depozitariysi hamda Armaniston Markaziy depozitariysi vakillari o‘rtasida navbatdagi ishchi uchrashuv o‘tkazildi.

🗣Uchrashuv davomida tomonlar avval imzolangan hamkorlik shartnomasi hamda o‘rnatilgan korrespondentlik munosabatlari doirasidagi amaliy masalalarni muhokama qildilar. Xususan, nominal saqlovchi hisobvaraqlari orqali transchegaraviy operatsiyalar samaradorligini oshirish va depozitar xizmatlar ko‘rsatish tizimini texnik jihatdan takomillashtirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

🗣Shuningdek, xalqaro komplaens standartlarini joriy etish hamda ikki mamlakat kapital bozorlari infratuzilmasini yanada integratsiya qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🗣Mazkur uchrashuv O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining kapital bozorida investitsiya muhitini yaxshilash va xalqaro investorlar uchun qulay infratuzilmani shakllantirishga qaratilgan farmonlari ijrosini ta’minlash yo‘lidagi navbatdagi amaliy qadam bo‘ldi.

RU🇷🇺 EN🇬🇧

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍984🔥2
💻Korporativ obligatsiyalar bo‘yicha kupon to‘lovlari

🗣Qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariysi 2026-yil 19-iyun holatiga "Oltin yulduz plus mikromoliya tashkiloti" MChJ tomonidan yuqorida keltirilgan korporativ obligatsiyalar bo‘yicha navbatdagi kupon daromadlari to‘lanishi kutilayotganini ma’lum qiladi.

Mazkur to‘lovlar emitentning chiqaruv shartlarida belgilangan muddatlarda va tartibda amalga oshiriladi. Qo‘shimcha ma’lumot uchun emitentga yoki xizmat ko‘rsatuvchi investitsiya vositachisiga murojaat qilishingiz mumkin.

RU🇷🇺 EN🇬🇧

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
63👍2🤝1
🟦MOLIYAVIY HISOBOTLAR TAHLILI VA INVESTITSIYANING UCH TAYANCH USTUNI 

📚Benjamin Grem, Devid Dodd - “Qimmatli qog‘ozlar tahlili”

🗣Ushbu fundamental asar Benjamin Gremning moliya olamidagi qolgan ikki durdonasi - Aqlli investor va “Moliyaviy hisobotlar tahlili” kitoblari bilan bir qatorda turadi. Mazkur uchlik Grem fenomenini va umuman investitsiya mohiyatini anglash uchun eng bebaho kalitlardir.

Nega bu kitobni o‘qish shart? “Qimmatli qog‘ozlar tahlili” kitobi investorlar uchun barcha muhim moliyaviy faktlarni eng qulay hamda tizimli ko‘rinishda taqdim etgan holda, qat’iy mezonlar asosida aktivlarning joriy narxdagi xavfsizligi va jozibadorligi bo‘yicha aniq yakuniy xulosa chiqarishni o‘rgatadi.

🗂 Investor uchun 3 ta asosiy saboq:

1⃣Xulosalar qat’iy faktlarga asoslanishi shart. Kitob muallifi tahlilchini bozor shovqinlari va subyektiv taxminlardan uzoqlashishga chaqiradi. Investitsiyadagi har qanday qaror narx jozibadorligini tasdiqlovchi qat’iy standartlar va tekshirilgan faktlar formulasiga asoslanishi shart.

2⃣Tahlilda chegara va cheklovlarni unutma. Kitobda nafaqat tahlil qilish usullari, balki fundamental tahlilning o‘ziga xos cheklovlari va qaysi vaziyatlarda bozor mantig‘i ishlamay qolishi ham chuqur ko‘rib chiqiladi. Buni bilish investorni kutilmagan tizimli xatolardan himoya qiladi.

3⃣Aktiv xavfsizligi birinchi o‘rinda. Grem uchun har qanday investitsiyaning bosh mezoni - bu aktivning xavfsizligidir. Agar taklif etilayotgan narx aktivning real fundamental poydevoriga mos kelmasa, u qanchalik jozibador ko‘rinmasin, aqlli investor uchun spekulyativ vositaga aylanadi.


“Qimmatli qog‘ozlar tahlili” asari tahlilchining ish qurollari va uning professional cheklovlari haqidagi mukammal dasturilamaldir. U sizga fond bozoriga tasodifiy o‘yin emas, balki qat'iy va amaliy mezonlarga ega moliyaviy tizim sifatida qarashni o‘rgatadi.

#InvestorKutubxonasi

RU🇷🇺

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
42👍1
Aksiyalar bo‘yicha dividend to‘lovlari

🗣Qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariysi 2026-yil 22-iyun holatiga “Markaziy IppodromAJ tomonidan yuqorida keltirilgan aksiyalar bo’yicha navbatdagi dividend daromadlari to‘lanishi kutilayotganini ma’lum qiladi.

Mazkur to‘lovlar amaldagi qonunchilikda hamda aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi qarorida belgilangan muddatlarda va tartibda amalga oshiriladi. Qo‘shimcha ma’lumot uchun emitentga yoki xizmat ko‘rsatuvchi investitsiya vositachisiga murojaat qilishingiz mumkin.

RU🇷🇺 EN🇬🇧

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍43👌1
✍️✍️✍️✍️

🗓 Haftalik sharh: O‘zbekiston kapital bozoridagi asosiy o‘zgarishlar
(12.06.2026 - 19.06.2026)

🗣Markaziy depozitariy tizimida hisobga olingan aksiyadorlik jamiyatlari soni 698 tani tashkil etdi. Jami chiqarilish hajmi esa yangi emitentlarning bozorga kirib kelishi hamda qo‘shimcha emissiyalar fonida 269,48 trillion so‘m miqdorida shakllandi:

“Toshkent metropoliteni” AJ (55,00 mlrd so‘m) va “IssiqlikTa'minoti” AJ (328,84 mlrd so‘m) tomonidan aksiyalarning birlamchi chiqarilishi muvaffaqiyatli ro‘yxatdan o‘tkazildi.

“Aloqabank” AJ tomonidan aksiyalarning qo‘shimcha chiqarilishi amalga oshirildi va umumiy hajm 2 832,88 mlrd so‘mdan 3 678,14 mlrd so‘mga yetdi.

“ElektrKimyoZavod” AJ aksiyalarining umumiy hajmi esa tizimdagi o‘zgarishlar natijasida 0,67 mlrd so‘mdan 0,48 mlrd so‘mga kamaytirildi.


🗣Korporativ obligatsiyalar segmentida ham chiqarilish hajmining o‘sishi kuzatildi. Emitentlar soni 37 ta darajasida saqlanib qolgan bo‘lsa-da, umumiy nominal qiymat 6,36 trillion so‘m miqdorida shakllandi:

“Techrise IT” MCHJ tomonidan korporativ obligatsiyalarning qo‘shimcha chiqarilishi ro‘yxatga olindi va umumiy hajm 20,00 mlrd so‘mdan 80,00 mlrd so‘mga oshdi.


RU🇷🇺 EN🇬🇧

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4🤝32
Prezident Shavkat Mirziyoyev kapital bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией о мерах по дальнейшему развитию рынка капитала.

#Mirziyoyev #taqdimot #moliya #kapitalbozori

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
🔥443👍2