UzCSD | Markaziy depozitariy
9.57K subscribers
2.76K photos
118 videos
2 files
3.18K links
web: www.uzcsd.uz
Facebook: https://www.facebook.com/uzcsd.uz
Instagram: https://www.instagram.com/uz.csd/
Youtube: https://www.youtube.com/@uzcsd

Murojaat uchun:
📞 +998 (71) 211-09-09
📨 info@uzcsd.uz

Takliflar uchun: @UzCSDask_bot
Download Telegram
Kompaniya obligatsiyalari bo‘yicha hisoblangan foiz (kupon) daromadlari investorga yetib borishi zanjirida qaysi muassasa yakuniy taqsimlovchi markaz hisoblanadi?
Anonymous Quiz
11%
A) Emitent
9%
B) Savdo maydonchasi (Birja)
77%
C) Markaziy depozitariy
4%
D) Soliq inspeksiyasi
13👍75👌1
💻Korporativ obligatsiyalar bo‘yicha kupon to‘lovlari

🗣Qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariysi 2026-yil 11-iyun holatiga "Hamroh Mikromoliya Tashkiloti” MChJ tomonidan yuqorida keltirilgan korporativ obligatsiyalar bo‘yicha navbatdagi kupon daromadlari to‘lanishi kutilayotganini ma’lum qiladi.

Mazkur to‘lovlar emitentning chiqaruv shartlarida belgilangan muddatlarda va tartibda amalga oshiriladi. Qo‘shimcha ma’lumot uchun emitentga yoki xizmat ko‘rsatuvchi investitsiya vositachisiga murojaat qilishingiz mumkin.

RU🇷🇺 EN🇬🇧

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍2👌1🤝1
Aksiyalar bo‘yicha dividend to‘lovlari

🗣Qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariysi 2026-yil 11-iyun holatiga “Baraka” AJ va “Trastbank” AJ tomonidan yuqorida keltirilgan aksiyalar bo’yicha navbatdagi dividend daromadlari to‘lanishi kutilayotganini ma’lum qiladi.

Mazkur to‘lovlar amaldagi qonunchilikda hamda aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi qarorida belgilangan muddatlarda va tartibda amalga oshiriladi. Qo‘shimcha ma’lumot uchun emitentga yoki xizmat ko‘rsatuvchi investitsiya vositachisiga murojaat qilishingiz mumkin.

RU🇷🇺 EN🇬🇧

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥311🤝1
💻Korporativ obligatsiyalar bo‘yicha kupon to‘lovlari

🗣Qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariysi 2026-yil 12-iyun holatiga "Agat Credit” AJ tomonidan yuqorida keltirilgan korporativ obligatsiyalar bo‘yicha navbatdagi kupon daromadlari to‘lanishi kutilayotganini ma’lum qiladi.

Mazkur to‘lovlar emitentning chiqaruv shartlarida belgilangan muddatlarda va tartibda amalga oshiriladi. Qo‘shimcha ma’lumot uchun emitentga yoki xizmat ko‘rsatuvchi investitsiya vositachisiga murojaat qilishingiz mumkin.

RU🇷🇺 EN🇬🇧

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍41👌1💯1🤝1
Aksiyalar bo‘yicha dividend to‘lovlari

🗣Qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariysi 2026-yil 12-iyun holatiga “Avtomatlashtirilgan Transport to'lov tizimi operatori” AJ tomonidan yuqorida keltirilgan aksiyalar bo’yicha navbatdagi dividend daromadlari to‘lanishi kutilayotganini ma’lum qiladi.

Mazkur to‘lovlar amaldagi qonunchilikda hamda aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi qarorida belgilangan muddatlarda va tartibda amalga oshiriladi. Qo‘shimcha ma’lumot uchun emitentga yoki xizmat ko‘rsatuvchi investitsiya vositachisiga murojaat qilishingiz mumkin.

RU🇷🇺 EN🇬🇧

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
54🔥2💯1
🟦BIZNES ARXITEKTURASI VA YUQORI SUR’ATDA O‘SISH QONUNIYATLARI 

📚 Jim Kollinz — “Yaxshidan buyukka”

🗣Ko‘p kompaniyalar shunchaki “yaxshi” bo‘lib qolaveradi, lekin sanoqlilarigina shiddatli burilish yasab, “buyuk” darajasiga ko‘tariladi hamda bozordan keskin uzib ketadi. Korporativ strategiya bo‘yicha ekspert Jim Kollinz buni tushuntirish maqsadida uzoq muddatli biznes muvaffaqiyatining tizimli formulasini ishlab chiqish uchun 5 yillik yirik tadqiqot o‘tkazgan.

Nega bu kitobni o‘qish shart? Uzoq muddatli portfel uchun aksiyalarni tanlashda investorga nafaqat quruq moliyaviy multiplikatorlarni, balki kompaniyaning ichki arxitekturasini ko‘ra olish ham muhimdir. Ushbu kitob vaqtinchalik shov-shuvlarni fundamental operatsion barqarorlikdan ajratishni o‘rgatadi. Bu IPOga chiqayotgan kompaniyalar menejmentining sifatiga baho berish uchun eng mukammal filtrdir.

🗂 Investor uchun 3 ta asosiy saboq:

1⃣“Kirpi konsepsiyasi” (The Hedgehog Concept). Buyuk kompaniyalar kirpi kabi harakat qilishadi — ular yuzlab g‘oyalarga chalg‘imasdan, bitta asosiy kompetensiyaga fokuslanishadi. Ushbu strategiya uchta savol kesishmasida yotadi:
Biz dunyoda qaysi yo’nalishda eng yaxshi bo‘la olamiz?
Bizning iqtisodiy modelimizni harakatlantiruvchi kuchi nima?
Nima bizni chin dildan ilhomlantiradi?

2⃣Avval “Kim”, keyin “Nima”. O‘rtamiyona kompaniyalar avval strategiyani o‘ylab topishadi, keyin esa uning ostiga odamlarni moslashtirishga urinishadi. Buyuk kompaniyalar esa avval o‘z “avtobusi”ga kerakli odamlarni yig‘ishadi, tasodifiy yo‘lovchilardan xalos bo‘lishadi va shundan keyingina bu “avtobus” qayerga qarab yurishini hal qilishadi. Investor uchun faqatgina xarizmatik lider shaxsiga emas, balki boshqaruv jamoasining sifati va intizomiga baho berish birinchi darajali vazifadir.

3⃣G‘ildirak effekti (The Flywheel). Buyuk natijalar hech qachon bir lahzali mo‘jizaviy qaror yoki tasodifiy omad hosilasi hisoblanmaydi. Biznes — bu og‘ir g’ildirakdir. Avvaliga siz uni uzoq va qat’iyat bilan bir tomonga qarab itarasiz va ko‘zga ko‘rinarli natijani darrov ko‘rmaysiz. Ammo tizimli va ketma-ket harakatlar hisobiga g’ildirak inersiya yig‘adi va katta tezlikda aylana boshlaydi. Aynan mana shunday kompaniyalarga uzoq muddatga investitsiya kiritish lozim.


Kollinzning “Yaxshidan buyukka” kitobi — bu korporativ hayotchanlikning qat’iy ilmiy tahlilidir. U investorga moliyaviy hisobotlar ortiga nazar solishga va biznes o‘z ichida investor kapitalini o‘n yilliklar davomida ko‘paytira oladigan o‘sha ichki dvigatelga ega yoki yo‘qligini ko‘rishga yordam beradi.

#InvestorKutubxonasi

RU🇷🇺

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍73🔥2🤝1
Prezident Shavkat Mirziyoyev “Uzbekistan Airways” aksiyadorlik jamiyatini transformatsiya qilish va IPOga tayyorlash ishlarini jadallashtirish yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией по ускорению трансформации и подготовки к IPO акционерного общества «Uzbekistan Airways».

#Mirziyoyev #taqdimot #transport #aviatsiya

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
🔥17👍85👏1
💻Korporativ obligatsiyalar bo‘yicha kupon to‘lovlari

🗣Qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariysi 2026-yil 16-iyun holatiga "Imkon Finans mikromoliya tashkiloti” AJ tomonidan yuqorida keltirilgan korporativ obligatsiyalar bo‘yicha navbatdagi kupon daromadlari to‘lanishi kutilayotganini ma’lum qiladi.

Mazkur to‘lovlar emitentning chiqaruv shartlarida belgilangan muddatlarda va tartibda amalga oshiriladi. Qo‘shimcha ma’lumot uchun emitentga yoki xizmat ko‘rsatuvchi investitsiya vositachisiga murojaat qilishingiz mumkin.

RU🇷🇺 EN🇬🇧

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3🔥2🤝1
Aksiyalar bo‘yicha dividend to‘lovlari

🗣Qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariysi 2026-yil 16-iyun holatiga “Askiya dehqon bozori” tomonidan yuqorida keltirilgan aksiyalar bo’yicha navbatdagi dividend daromadlari to‘lanishi kutilayotganini ma’lum qiladi.

Mazkur to‘lovlar amaldagi qonunchilikda hamda aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi qarorida belgilangan muddatlarda va tartibda amalga oshiriladi. Qo‘shimcha ma’lumot uchun emitentga yoki xizmat ko‘rsatuvchi investitsiya vositachisiga murojaat qilishingiz mumkin.

RU🇷🇺 EN🇬🇧

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7👍2🔥21👌1
Birozdan so‘ng Xalqaro kongress markazida Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida beshinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumining yalpi majlisi boshlanadi.

Davlatimiz rahbarining forumdagi nutqini Prezident Matbuot xizmatining Telegram, YouTube va Facebook dagi rasmiy sahifalarida tomosha qiling.

Скоро в Международном конгресс-центре с участием Президента Шавката Мирзиёева начнется пленарное заседание пятого Ташкентского международного инвестиционного форума.

Выступление главы нашего государства на форуме смотрите на официальных страницах Пресс-службы Президента в Telegram, YouTube и Facebook.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
👍1031


🇺🇿Prezident Shavkat Mirziyoyev kapital bozorini rivojlantirish va investorlarni himoya qilish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarni belgilab berdi

🗣16-18 iyun kunlari Toshkentda dunyoning 100 ta davlatidan 4 mingga yaqin xorijiy ishtirokchilarni jamlagan beshinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi bo‘lib o‘tmoqda. Davlatimiz rahbari forumning yalpi majlisidagi nutqida mamlakatimiz kapital bozori va investitsiya muhitini tubdan yaxshilashga qaratilgan quyidagi tashabbuslarni ma’lum qildi:

Toshkent xalqaro moliya markazi tashkil etiladi: Markaz ishtirokchilari uchun foyda, QQS, mol-mulk soliqlari va bojxona bojlari 0 foiz etib belgilanadi. Kapitalning erkin harakati va istalgan valyutada hisob-kitob qilish kafolatlanadi. Dastlabki bosqichda ushbu imtiyozlar muddati 50 yilni tashkil etadi. Markazda Angliya huquqiga asoslangan maxsus tartib va mustaqil xalqaro tijorat sudi joriy etiladi.

Huquqiy baza mustahkamlanadi: Islohotlarning huquqiy poydevori sifatida yaqin orada “Kapital bozori to‘g‘risida”gi va “Muqobil investitsiya jamg‘armalari to‘g‘risida”gi qonunlar qabul qilinadi.

Xalqaro infratuzilma integratsiyasi: O‘zbekistonda xalqaro kliring kompaniyalarining faoliyat ko‘rsatishi uchun keng imkoniyatlar ochiladi.

Yangi moliyaviy vositalar va IPO: Investitsiya oqimini diversifikatsiya qilish maqsadida suveren islom obligatsiyalari — sukuk dasturini amalga oshirish boshlanadi. Shuningdek, qator yirik kompaniyalarni IPOga chiqarishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

Xususiylashtirish dasturi: Joriy yilda xususiylashtirish doirasida 6 milliard dollarlik ko‘chmas mulk, korxonalardagi davlat ulushi va yer uchastkalari auksionga chiqariladi.


Ushbu choralar korxonalarga kelgusida kamida 10 milliard dollar qo‘shimcha kapital olib kelish uchun katta turtki berishi ta’kidlandi.

RU🇷🇺 EN🇬🇧

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍64🔥3👏1😍1
💻Korporativ obligatsiyalar bo‘yicha kupon to‘lovlari

🗣Qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariysi 2026-yil 17-iyun holatiga "Oltin yulduz plus mikromoliya tashkiloti" MChJ hamda "Agat Credit” AJ tomonidan yuqorida keltirilgan korporativ obligatsiyalar bo‘yicha navbatdagi kupon daromadlari to‘lanishi kutilayotganini ma’lum qiladi.

Mazkur to‘lovlar emitentning chiqaruv shartlarida belgilangan muddatlarda va tartibda amalga oshiriladi. Qo‘shimcha ma’lumot uchun emitentga yoki xizmat ko‘rsatuvchi investitsiya vositachisiga murojaat qilishingiz mumkin.

RU🇷🇺 EN🇬🇧

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍31👌1


🌐Markaziy depozitariyda Clearstream vakili bilan uchrashuv o‘tkazildi

🗣O‘zbekiston Respublikasi Markaziy depozitariysida Clearstream kompaniyasining risklarni boshqarish bo‘yicha vitse-prezidenti Ostin Martin bilan ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

🗣Tomonlar ikki tomonlama korrespondentlik munosabatlarini o‘rnatish, shuningdek, O‘zbekiston kapital bozorida xorijiy investorlar uchun qulay va ishonchli muhit yaratish maqsadida post-treyding xizmatlarini takomillashtirish masalalarini muhokama qildilar.

🗣Uchrashuv davomida xalqaro standartlarga muvofiqlikni ta’minlash, jumladan, komplaens-nazorat va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish (AML) tizimlarini kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar hamkorlik aloqalarini mustahkamlash hamda O‘zbekiston kapital bozori infratuzilmasini global moliyaviy tizimga integratsiya qilishga qaratilgan kelgusidagi o‘zaro hamkorlikka qiziqish bildirdilar.

RU🇷🇺 EN🇬🇧

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6👍6🤝53


🌐Markaziy depozitariy va KASE vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

🇺🇿🇰🇿O‘zbekiston Respublikasi Markaziy depozitariysida Qozog‘iston fond birjasi (KASE) vakillari bilan ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

🗣Uchrashuv davomida ikki mamlakat kapital bozorlari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish hamda moliyaviy infratuzilmani takomillashtirish istiqbollari muhokama qilindi. Muzokaralar doirasida KASE vakillari raqamli aktivlarni chiqarish va joylashtirish bo‘yicha o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar. Tomonlar, shuningdek, ikki tomonlama munosabatlarni kengaytirish, post-treyding sohasidagi aloqalarni mustahkamlash va o‘zaro hamkorlikni faollashtirish masalalari yuzasidan fikr almashdilar.

🗣Shu bilan birga, xalqaro standartlarni joriy etish, xavfsizlik va komplaens tizimlarini rivojlantirish hamda zamonaviy moliyaviy texnologiyalarni infratuzilmaga integratsiya qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🗣Uchrashuv ikki mamlakat moliya bozorlari o‘rtasidagi sheriklikni yanada chuqurlashtirish va mintaqada ishonchli infratuzilma muhitini shakllantirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.

RU🇷🇺 EN🇬🇧

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍74🔥2👏1


🇺🇿🇦🇲O‘zbekiston va Armaniston Markaziy depozitariylari o‘rtasida ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi

🗣O‘zbekiston Respublikasi Markaziy depozitariysi hamda Armaniston Markaziy depozitariysi vakillari o‘rtasida navbatdagi ishchi uchrashuv o‘tkazildi.

🗣Uchrashuv davomida tomonlar avval imzolangan hamkorlik shartnomasi hamda o‘rnatilgan korrespondentlik munosabatlari doirasidagi amaliy masalalarni muhokama qildilar. Xususan, nominal saqlovchi hisobvaraqlari orqali transchegaraviy operatsiyalar samaradorligini oshirish va depozitar xizmatlar ko‘rsatish tizimini texnik jihatdan takomillashtirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

🗣Shuningdek, xalqaro komplaens standartlarini joriy etish hamda ikki mamlakat kapital bozorlari infratuzilmasini yanada integratsiya qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🗣Mazkur uchrashuv O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining kapital bozorida investitsiya muhitini yaxshilash va xalqaro investorlar uchun qulay infratuzilmani shakllantirishga qaratilgan farmonlari ijrosini ta’minlash yo‘lidagi navbatdagi amaliy qadam bo‘ldi.

RU🇷🇺 EN🇬🇧

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍984🔥2