UzCSD | Markaziy depozitariy
9.57K subscribers
2.76K photos
118 videos
2 files
3.18K links
web: www.uzcsd.uz
Facebook: https://www.facebook.com/uzcsd.uz
Instagram: https://www.instagram.com/uz.csd/
Youtube: https://www.youtube.com/@uzcsd

Murojaat uchun:
📞 +998 (71) 211-09-09
📨 info@uzcsd.uz

Takliflar uchun: @UzCSDask_bot
Download Telegram
💻Korporativ obligatsiyalar bo‘yicha kupon to‘lovlari

🗣Qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariysi 2026-yil 5-iyun holatiga "Contact Finance" MChJ, "Biznes Finans Mikromoliya Tashkiloti" MChJ tomonidan yuqorida keltirilgan korporativ obligatsiyalar bo‘yicha navbatdagi kupon daromadlari to‘lanishi kutilayotganini ma’lum qiladi.

Mazkur to‘lovlar emitentning chiqaruv shartlarida belgilangan muddatlarda va tartibda amalga oshiriladi. Qo‘shimcha ma’lumot uchun emitentga yoki xizmat ko‘rsatuvchi investitsiya vositachisiga murojaat qilishingiz mumkin.

RU🇷🇺 EN🇬🇧

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍742🔥2👌1
Likvidlilik nima?

🗣Bu so‘z aktivning (mulkingizning) qanchalik "tezkor" ekanligini bildiradi.

Likvidlilik — bu biror mulkni o‘z qiymatini yo‘qotmagan holda qanchalik tez naqd pulga aylantira olish qobiliyatidir. Pulning o‘zi — eng yuqori likvidli aktiv.

Deylik, sizga tezlik bilan naqd pul kerak bo‘lib qoldi. Qo‘lingizda tilla uzuk va bitta hovli bor. Tilla uzukni istalgan zargarlik do‘koniga olib borib, 5 daqiqada naqd pulga almashtirib kela olasiz (bu — yuqori likvidlilik). Ammo uyni asl narxida sotish uchun oylab, ba’zan yillab xaridor kutishingizga to‘g‘ri keladi (bu — past likvidlilik).

Investitsiya qilayotganda pulning bir qismini tez ishlatish mumkin bo‘lgan (likvidli) joyda saqlash muhim.
Mulkingiz ko‘p bo‘lishi mumkin, lekin boshingizga ish tushganda uni tez pulga aylantira olmasangiz, moliyaviy qiyinchilikka duch kelasiz.

#moliyaviysavodxonlik

RU🇷🇺

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍74🔥11
🟦INVESTITSIYADA MATEMATIK VA TIZIMLI YONDASHUV 

📚 Joel Grinblatt — “Aksiyalar bozori g‘olibining kichik kitobi”

🗣“Gotham Capital” investitsiya fondi asoschisi Joel Grinblatt 20 yil davomida yillik 40% lik rentabellikni namoyish etgan. Uning ushbu asari murakkab moliyaviy tahlillarni aniq va amaliy algoritmga aylantiradigan tizimli investitsiyaning o‘ziga xos manifestidir.

Nega bu kitobni o‘qish shart? U investitsiya jarayonidan inson omili, shaxsiy fikrlar va hissiyotlarni butunlay chiqarib tashlaydi. Grinblatt sarmoyadorlarga bozordagi eng kuchli va ayni paytda eng arzon kompaniyalarni avtomatik ravishda topish imkonini beruvchi “Sehrli formula”ni taklif etadi. Bu intuitsiyaga emas, matematik mantiqqa tayanadiganlar uchun mukammal qo‘llanmadir.

🗂 Investor uchun 3 ta asosiy saboq:

1⃣“Sehrli formula”ning mohiyati. Grinblatt bozorni ikkita fundamental ko‘rsatkich asosida saralashni taklif qiladi:
Biznesning sifati: kompaniya o‘z kapitaliga nisbatan qanchalik yuqori foyda keltirayotganligi (yuqori ROIC ko‘rsatkichi);
Aktivning narxi: kompaniya o‘z daromadiga nisbatan qanchalik arzon baholanayotganligi (past P/E yoki EV/EBIT koeffitsiyentlari). Tizim ushbu omillarning eng yaxshi uyg‘unligiga ega kompaniyalarni tanlaydi va kelajakni fol ochib topish zaruratini yo‘qqa chiqaradi.

2⃣Uzoq muddatli intizom kuchi. Formula har doim ham darhol natija beravermaydi va uning asosiy siri ham aynan shunda. U 1-2 yillik qisqa davr ichida bozordan ortda qolishi mumkin, shu sababli ham qisqa muddatli investorlarning aksariyati undan voz kechadi. Ammo 3 yildan 5 yilgacha bo‘lgan davrda ushbu strategiya indeks fondlarini barqaror ravishda ortda qoldiradi.

3⃣ Bozordagi nomutanosibliklardan unumli foydalanish. Qisqa muddatli istiqbolda aksiyalar narxi olomonning his-tuyg‘ulari (ochko‘zlik va qo‘rquv) ta’sirida shakllanadi. Shu bois, hatto eng yaxshi bizneslar ham vaqtincha real qiymatidan ancha past narxda sotilishi mumkin. Tizimli investorning vazifasi — formula yordamida bozorning mana shunday vaqtinchalik xatolari va o‘tkinchi tebranishlaridan sovuqqonlik bilan foydalanishdir.


Grinblattning ushbu asari qat’iy intizom bilan mustahkamlangan oddiylik har qanday murakkab kompyuter modellaridan ko‘ra samaraliroq ekanini isbotlaydi. Bu yuqori daromadli va barqaror investitsiya portfelini yaratish uchun tayyor amaliy yo‘riqnomadir.

#InvestorKutubxonasi

RU🇷🇺

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍106🔥2
✍️✍️✍️✍️

🗓 Haftalik sharh: O‘zbekiston kapital bozoridagi asosiy o‘zgarishlar
(29.05.2026 – 05.06.2026)

🗣Aksiyalar bozorida tarkibiy o‘zgarishlar kuzatildi. Markaziy depozitari tahliliy ma’lumotlariga ko‘ra, tizimda hisobga olingan aksiyadorlik jamiyatlari soni 696 tani tashkil etdi. Jami chiqarilish hajmi esa tizimdagi o‘zgarishlar hamda qo‘shimcha emissiya fonida 268,25 trillion so‘m miqdorida shakllandi:

“O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan aksiyalarning qo‘shimcha chiqarilishi amalga oshirildi va umumiy hajm 22 479,89 mlrd so‘mdan 23 571,29 mlrd so‘mga yetdi.

“IT unisoft group” AJ (24,00 mlrd so‘m), “Qo‘qon paxta tozalash” AJ (5,39 mlrd so‘m), “O‘zbekiston paxta tozalash korxonasi” AJ (11,59 mlrd so‘m), “Qiziltepa paxta tozalash” AJ (1,26 mlrd so‘m) va “Shahrixon paxta tozalash” AJ (1,86 mlrd so‘m) aksiyalari qonunchilik talablari asosida hisobdan chiqarildi.


🗣Korporativ obligatsiyalar segmentida barqarorlik saqlanib qoldi. Emitentlar soni 37 ta darajasida bo‘lib, umumiy nominal qiymat 6,3 trillion so‘m miqdorida shakllandi.

RU🇷🇺

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
53👍1🔥1🤝1


🌐Qimmatli qog'ozlar markaziy depozitariysi vakillari Yevroosiyo Markaziy depozitariylar assotsiatsiyasining (AECSD) Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tgan yillik o‘quv seminarida ishtirok etdilar.

🗣2026-yil 3–5-iyun kunlari tashkil etilgan ushbu tadbir moliyaviy bozorlar va post-treyding infratuzilmasini rivojlantirishning dolzarb yo‘nalishlariga bag‘ishlandi. Ishtirokchilar qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha hisob-kitoblarning zamonaviy amaliyotlari, xalqaro standartlarning tatbiq etilishi, shuningdek, moliyaviy institutlarda xatarlarni boshqarish va kiberxavfsizlikni ta’minlashning muhim jihatlarini atroflicha ko‘rib chiqdilar.

🗣Ekspertlar depozitariy faoliyatini texnologik transformatsiya qilish masalalariga alohida urg‘u berdilar. Xususan, tizimlarni avtomatlashtirish, SWIFT infratuzilmasini rivojlantirish, sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish, hamda raqamli moliyaviy aktivlarni hisobga olish va saqlashning o‘ziga xos xususiyatlari muhokama markazida bo‘ldi. Shuningdek, ishchi sessiyalar doirasida korporativ harakatlarni avtomatlashtirish va REPO xizmatlari samaradorligini oshirish masalalari tahlil qilindi.

Bu kabi o'quvlar O‘zbekiston Markaziy depozitariysiga mahalliy qimmatli qog‘ozlar bozori infratuzilmasini modernizatsiya qilish, xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirish va operatsion jarayonlarni optimallashtirish yo‘lida muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.

RU🇷🇺 EN🇬🇧

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
10👍75👌3🤝2👏1
Kompaniya obligatsiyalari bo‘yicha hisoblangan foiz (kupon) daromadlari investorga yetib borishi zanjirida qaysi muassasa yakuniy taqsimlovchi markaz hisoblanadi?
Anonymous Quiz
11%
A) Emitent
9%
B) Savdo maydonchasi (Birja)
77%
C) Markaziy depozitariy
4%
D) Soliq inspeksiyasi
13👍75👌1
💻Korporativ obligatsiyalar bo‘yicha kupon to‘lovlari

🗣Qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariysi 2026-yil 11-iyun holatiga "Hamroh Mikromoliya Tashkiloti” MChJ tomonidan yuqorida keltirilgan korporativ obligatsiyalar bo‘yicha navbatdagi kupon daromadlari to‘lanishi kutilayotganini ma’lum qiladi.

Mazkur to‘lovlar emitentning chiqaruv shartlarida belgilangan muddatlarda va tartibda amalga oshiriladi. Qo‘shimcha ma’lumot uchun emitentga yoki xizmat ko‘rsatuvchi investitsiya vositachisiga murojaat qilishingiz mumkin.

RU🇷🇺 EN🇬🇧

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍2👌1🤝1
Aksiyalar bo‘yicha dividend to‘lovlari

🗣Qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariysi 2026-yil 11-iyun holatiga “Baraka” AJ va “Trastbank” AJ tomonidan yuqorida keltirilgan aksiyalar bo’yicha navbatdagi dividend daromadlari to‘lanishi kutilayotganini ma’lum qiladi.

Mazkur to‘lovlar amaldagi qonunchilikda hamda aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi qarorida belgilangan muddatlarda va tartibda amalga oshiriladi. Qo‘shimcha ma’lumot uchun emitentga yoki xizmat ko‘rsatuvchi investitsiya vositachisiga murojaat qilishingiz mumkin.

RU🇷🇺 EN🇬🇧

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥311🤝1
💻Korporativ obligatsiyalar bo‘yicha kupon to‘lovlari

🗣Qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariysi 2026-yil 12-iyun holatiga "Agat Credit” AJ tomonidan yuqorida keltirilgan korporativ obligatsiyalar bo‘yicha navbatdagi kupon daromadlari to‘lanishi kutilayotganini ma’lum qiladi.

Mazkur to‘lovlar emitentning chiqaruv shartlarida belgilangan muddatlarda va tartibda amalga oshiriladi. Qo‘shimcha ma’lumot uchun emitentga yoki xizmat ko‘rsatuvchi investitsiya vositachisiga murojaat qilishingiz mumkin.

RU🇷🇺 EN🇬🇧

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍41👌1💯1🤝1
Aksiyalar bo‘yicha dividend to‘lovlari

🗣Qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariysi 2026-yil 12-iyun holatiga “Avtomatlashtirilgan Transport to'lov tizimi operatori” AJ tomonidan yuqorida keltirilgan aksiyalar bo’yicha navbatdagi dividend daromadlari to‘lanishi kutilayotganini ma’lum qiladi.

Mazkur to‘lovlar amaldagi qonunchilikda hamda aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi qarorida belgilangan muddatlarda va tartibda amalga oshiriladi. Qo‘shimcha ma’lumot uchun emitentga yoki xizmat ko‘rsatuvchi investitsiya vositachisiga murojaat qilishingiz mumkin.

RU🇷🇺 EN🇬🇧

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
54🔥2💯1
🟦BIZNES ARXITEKTURASI VA YUQORI SUR’ATDA O‘SISH QONUNIYATLARI 

📚 Jim Kollinz — “Yaxshidan buyukka”

🗣Ko‘p kompaniyalar shunchaki “yaxshi” bo‘lib qolaveradi, lekin sanoqlilarigina shiddatli burilish yasab, “buyuk” darajasiga ko‘tariladi hamda bozordan keskin uzib ketadi. Korporativ strategiya bo‘yicha ekspert Jim Kollinz buni tushuntirish maqsadida uzoq muddatli biznes muvaffaqiyatining tizimli formulasini ishlab chiqish uchun 5 yillik yirik tadqiqot o‘tkazgan.

Nega bu kitobni o‘qish shart? Uzoq muddatli portfel uchun aksiyalarni tanlashda investorga nafaqat quruq moliyaviy multiplikatorlarni, balki kompaniyaning ichki arxitekturasini ko‘ra olish ham muhimdir. Ushbu kitob vaqtinchalik shov-shuvlarni fundamental operatsion barqarorlikdan ajratishni o‘rgatadi. Bu IPOga chiqayotgan kompaniyalar menejmentining sifatiga baho berish uchun eng mukammal filtrdir.

🗂 Investor uchun 3 ta asosiy saboq:

1⃣“Kirpi konsepsiyasi” (The Hedgehog Concept). Buyuk kompaniyalar kirpi kabi harakat qilishadi — ular yuzlab g‘oyalarga chalg‘imasdan, bitta asosiy kompetensiyaga fokuslanishadi. Ushbu strategiya uchta savol kesishmasida yotadi:
Biz dunyoda qaysi yo’nalishda eng yaxshi bo‘la olamiz?
Bizning iqtisodiy modelimizni harakatlantiruvchi kuchi nima?
Nima bizni chin dildan ilhomlantiradi?

2⃣Avval “Kim”, keyin “Nima”. O‘rtamiyona kompaniyalar avval strategiyani o‘ylab topishadi, keyin esa uning ostiga odamlarni moslashtirishga urinishadi. Buyuk kompaniyalar esa avval o‘z “avtobusi”ga kerakli odamlarni yig‘ishadi, tasodifiy yo‘lovchilardan xalos bo‘lishadi va shundan keyingina bu “avtobus” qayerga qarab yurishini hal qilishadi. Investor uchun faqatgina xarizmatik lider shaxsiga emas, balki boshqaruv jamoasining sifati va intizomiga baho berish birinchi darajali vazifadir.

3⃣G‘ildirak effekti (The Flywheel). Buyuk natijalar hech qachon bir lahzali mo‘jizaviy qaror yoki tasodifiy omad hosilasi hisoblanmaydi. Biznes — bu og‘ir g’ildirakdir. Avvaliga siz uni uzoq va qat’iyat bilan bir tomonga qarab itarasiz va ko‘zga ko‘rinarli natijani darrov ko‘rmaysiz. Ammo tizimli va ketma-ket harakatlar hisobiga g’ildirak inersiya yig‘adi va katta tezlikda aylana boshlaydi. Aynan mana shunday kompaniyalarga uzoq muddatga investitsiya kiritish lozim.


Kollinzning “Yaxshidan buyukka” kitobi — bu korporativ hayotchanlikning qat’iy ilmiy tahlilidir. U investorga moliyaviy hisobotlar ortiga nazar solishga va biznes o‘z ichida investor kapitalini o‘n yilliklar davomida ko‘paytira oladigan o‘sha ichki dvigatelga ega yoki yo‘qligini ko‘rishga yordam beradi.

#InvestorKutubxonasi

RU🇷🇺

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍73🔥2🤝1
Prezident Shavkat Mirziyoyev “Uzbekistan Airways” aksiyadorlik jamiyatini transformatsiya qilish va IPOga tayyorlash ishlarini jadallashtirish yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией по ускорению трансформации и подготовки к IPO акционерного общества «Uzbekistan Airways».

#Mirziyoyev #taqdimot #transport #aviatsiya

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
🔥17👍85👏1
💻Korporativ obligatsiyalar bo‘yicha kupon to‘lovlari

🗣Qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariysi 2026-yil 16-iyun holatiga "Imkon Finans mikromoliya tashkiloti” AJ tomonidan yuqorida keltirilgan korporativ obligatsiyalar bo‘yicha navbatdagi kupon daromadlari to‘lanishi kutilayotganini ma’lum qiladi.

Mazkur to‘lovlar emitentning chiqaruv shartlarida belgilangan muddatlarda va tartibda amalga oshiriladi. Qo‘shimcha ma’lumot uchun emitentga yoki xizmat ko‘rsatuvchi investitsiya vositachisiga murojaat qilishingiz mumkin.

RU🇷🇺 EN🇬🇧

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3🔥2🤝1
Aksiyalar bo‘yicha dividend to‘lovlari

🗣Qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariysi 2026-yil 16-iyun holatiga “Askiya dehqon bozori” tomonidan yuqorida keltirilgan aksiyalar bo’yicha navbatdagi dividend daromadlari to‘lanishi kutilayotganini ma’lum qiladi.

Mazkur to‘lovlar amaldagi qonunchilikda hamda aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi qarorida belgilangan muddatlarda va tartibda amalga oshiriladi. Qo‘shimcha ma’lumot uchun emitentga yoki xizmat ko‘rsatuvchi investitsiya vositachisiga murojaat qilishingiz mumkin.

RU🇷🇺 EN🇬🇧

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7👍2🔥21👌1
Birozdan so‘ng Xalqaro kongress markazida Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida beshinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumining yalpi majlisi boshlanadi.

Davlatimiz rahbarining forumdagi nutqini Prezident Matbuot xizmatining Telegram, YouTube va Facebook dagi rasmiy sahifalarida tomosha qiling.

Скоро в Международном конгресс-центре с участием Президента Шавката Мирзиёева начнется пленарное заседание пятого Ташкентского международного инвестиционного форума.

Выступление главы нашего государства на форуме смотрите на официальных страницах Пресс-службы Президента в Telegram, YouTube и Facebook.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
👍1031