UzCSD | Markaziy depozitariy
9.57K subscribers
2.76K photos
118 videos
2 files
3.19K links
web: www.uzcsd.uz
Facebook: https://www.facebook.com/uzcsd.uz
Instagram: https://www.instagram.com/uz.csd/
Youtube: https://www.youtube.com/@uzcsd

Murojaat uchun:
📞 +998 (71) 211-09-09
📨 info@uzcsd.uz

Takliflar uchun: @UzCSDask_bot
Download Telegram


🇺🇿🇦🇹 Vena sammiti: Markaziy depozitariy va OTP Bank O‘zbekiston kapital bozorida xorijiy nominal saqlovchi hisobvarag‘ini ochishni muhokama qildi

🗣Vena sammiti doirasida Markaziy depozitariy Bosh direktori boshchiligidagi delegatsiya Vengriyaning eng yirik va mintaqamizda faol moliya instituti — OTP Bank vakillari bilan uchrashdi. Muzokaralarning bosh mavzusi OTP Bank tomonidan Markaziy depozitariyda xorijiy nominal saqlovchi hisobvarag‘ini ochish masalasi bo‘ldi.

🗣Uchrashuvda depozitarlik xizmatlari, qimmatli qog‘ozlar amaliyotlariga xizmat ko‘rsatish ko‘lamini kengaytirish hamda yevropalik investorlarning O‘zbekiston moliyaviy instrumentlariga kirish imkoniyatlarini ta'minlash masalalari muhokama qilindi.

🗣OTP Bank bilan hamkorlikning kengayishi bankning global mijozlariga O‘zbekiston qimmatli qog‘ozlar bozoriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri sarmoya kiritish yo‘lini ochadi. Bunday kelishuvlar transchegaraviy qimmatli qog‘ozlar amaliyotlarini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqadi hamda yirik global depozitariylar va xalqaro kastodian banklarning mamlakatimiz bozoriga kirib kelishi uchun navbatdagi ijobiy signal bo‘lib xizmat qiladi.

RU🇷🇺 EN🇬🇧

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
18👍64👏1


🇺🇿🇦🇹 Vena uchrashuvi: Markaziy depozitariy Raiffeisen Bank International (RBI) bilan korrespondentlik aloqalarini kengaytirish bo‘yicha Ahdlashuv xatini (LOI) imzoladi

🗣2026-yil 22-may kuni Vena shahrida Markaziy depozitariy vakillari Avstriyaning eng yirik bank guruhlaridan biri — Raiffeisen Bank International (RBI) rahbariyati bilan strategik muzokaralar o‘tkazdi. Avvalroq RBI Markaziy depozitariyda o‘z hisobvarag‘ini ochgan bo‘lsa, ushbu uchrashuvning bosh maqsadi — endilikda Markaziy depozitariy tomonidan RBI bankida hisobvaraq ochish va ikki tomonlama integratsiyani yakunlash masalasi bo‘ldi.

🗣Muzokaralar yakunida tomonlar kelgusi hamkorlik asoslarini belgilovchi rasmiy hujjat — Letter of Intent (LOI) xatini imzolashdi. Hujjat mahalliy investorlarning xalqaro moliya bozorlariga, jumladan, xorijiy davlat va korporativ qimmatli qog‘ozlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqishini ta’minlashga qaratilgan.

🗣Yevropaning eng nufuzli moliya institutlaridan biri bilan o‘zaro munosabatlarning yangi bosqichga ko‘tarilishi O‘zbekiston kapital bozori infratuzilmasiga bo‘lgan yuqori ishonch namunasidir. Ushbu hamkorlik yevro hududidagi yirik institutsional kapital va investorlarning mahalliy bozorimizga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirib kelishi uchun huquqiy hamda operatsion zamin yaratadi.

RU🇷🇺 EN🇬🇧

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍43🔥2
Muhtaram yurtdoshlar, qadrli hamkorlar va aksiyadorlar!

🩷 “Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi” AJ jamoasi barchangizni islom olamining eng ulug‘, qutlug‘ ayyomlaridan biri — Qurbon hayiti (Iyd al-Adha) bilan samimiy muborakbod etadi.

🌿 Ushbu muqaddas kunda xonadoningizga tinchlik-xotirjamlik, qalbingizga halovat, shukronalik va cheksiz qut-baraka tilaymiz. Yaxshilik, saxovat va hamjihatlik ramzi bo‘lgan ushbu ayyomda ezgu niyatlaringiz ijobat bo‘lsin.

Yurtimiz ravnaqi va kapital bozorimiz rivoji yo‘lidagi mas’uliyatli faoliyatingizda hamisha muvaffaqiyat va zafarlar yor bo‘lishini tilab qolamiz.

💡Bayramingiz muborak bo‘lsin!

RU🇷🇺 EN🇬🇧

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
88👏7🕊4🎉1
Passiv daromad nima?

🗣Ko‘pchilik "ishlamasang, tishlamaysan" deydi, lekin moliya dunyosida boshqacha qoida ham bor.

Passiv daromad — bu siz o‘zingiz faol mehnat qilmasangiz ham (masalan, uxlayotganingizda yoki dam olayotganingizda) hamyoningizga muntazam ravishda pul kelib turishidir.

Deylik, sizda bitta tovuq bor. Agar siz har kuni bozorda birovning tovug'ini boqib pul topsangiz — bu faol daromad (mehnat). Ammo o‘zingizning tovug'ingiz bo‘lsa va u siz uxlayotganingizda ham tuxum tug‘aversa — bu passiv daromad. Siz faqat tuxumni sotib pul qilasiz.

Hayotda bu bank omonatlarining foizi, ijaraga berilgan uy yoki kompaniyalar to‘laydigan dividendlar bo‘lishi mumkin.

Chinakam moliyaviy erkinlikka faqat tinimsiz ishlash bilan emas, pulni siz uchun ishlaydigan qilib qo‘yish (passiv daromad manbalarini yaratish) orqali erishiladi.

#moliyaviysavodxonlik

RU🇷🇺

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8👍73🔥1🤝1
🟦 BOZORDA “IKKINCHI DARAJALI FIKRLASH” SAN’ATI

📚Govard Marks — “Eng muhim narsa haqida”

🗣Uorren Baffet bir safar shunday degan edi: “Agar pochtamda Govard Marksning tahliliy xatlarini ko‘rsam, har qanday ishni tashlab, birinchi bo‘lib ularni o‘qiyman”. Dunyoning eng yirik investitsiya fondlaridan biri — Oaktree Capital asoschisining ushbu kitobi bizga bozorda hamma ko‘rib turgan narsadan chuqurroqni ko‘rishni o‘rgatadi.

Muallif buni “Ikkinchi darajali fikrlash” deb ataydi.

Nega bu kitobni o‘qish shart? Biz ko‘pincha sarmoya kiritishda yuzaki fikrlaymiz. Marks esa ommaga ergashish moliya olamida qanday halokatli oqibatlarga olib kelishini isbotlaydi. Bu asar trendlar ortidan quvuvchilar uchun emas, bozorning pinhona qonuniyatlarini tushunmoqchi bo‘lganlar uchun falsafiy qo‘llanmadir.

🗂 Investor uchun 3 ta eng muhim saboq:

1⃣ Fikrlash darajangizni tekshiring.

Birinchi darajali (yuzaki) fikrlash: “Bu juda zo‘r kompaniya, hamma uning mahsulotini olyapti. Demak, aksiyasini sotib olish kerak”.

Ikkinchi darajali (chuqur) fikrlash: “Kompaniya yaxshi, lekin hozir hamma u haqida gapirmoqda. Demak, uning narxi haddan tashqari oshirib yuborilgan. Hamma ochko‘zlik qilayotganda, men chetda turganim ma’qul”. Bozorda g‘olib bo‘lish uchun ko‘pchilikdan boshqacha o‘ylash shart.

2⃣ Risk (tavakkalchilik) — bu narxning o‘ynashi emas. Marks riskka o‘zgacha ta’rif beradi. Aksiyaning bugun tushib, ertaga ko‘tarilishi (volatillik) bu haqiqiy xavf emas. Haqiqiy risk — bu aktivni qimmat narxda sotib olib, pulni butunlay kuydirishdir. Riskdan himoyalanishning yagona yo‘li — aktivni u o‘ta yomon ko‘rilgan va arzonlashgan paytda sotib olishdir.

3⃣ Bozor “mayatnik” kabi ishlaydi. Bozorlar hech qachon bir tekisda o‘smaydi. Ular xuddi soat mayatnikidek doimo ikki chetga tebranadi: o‘ta optimizm (ochko‘zlik) va o‘ta pessimizm (qo‘rquv). Marks aytganidek: “Biz ertaga nima bo‘lishini bashorat qila olmaymiz, lekin bugun mayatnikning qaysi nuqtasida turganimizni aniq bilishimiz mumkin”.


Govard Marks sizga tayyor formulalar bermaydi, u sizni fikrlashga majbur qiladi. Agar siz ommaviy shov-shuvlar qurboniga aylanishni istamasangiz, ushbu kitob shaxsiy strategiyangiz uchun mustahkam poydevor bo‘ladi.

#InvestorKutubxonasi

RU🇷🇺

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍95🔥4👌1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Aksiyalarni farzandlarimga qanday qilib tuhfa qilishim yoki vasiyat qilib qoldirishim mumkin?

🗣O‘zbekiston qonunchiligiga ko‘ra, aksiyalar shaxsiy mulk hisoblanadi. Demak, siz ularni xohlagan vaqtda o‘z yaqinlaringizga, jumladan, farzandlaringizga hadya qilishingiz yoki vasiyatnoma orqali qoldirishingiz mumkin.

🗂 Buning uchun nima qilish kerak? 3 ta oddiy qadam:

1⃣Hisobni aniqlang: Aksiyalar qayerda saqlanayotganini tekshiring. Agar ular Markaziy depozitariyda bo‘lsa — bevosita bizga, agar investitsiya vositachisida (brokerda) bo‘lsa — o‘sha tashkilotga murojaat qiling.

2⃣Hujjatlarni tayyorlang: Aksiyador (ota-ona) va farzandning ID-kartasi hamda tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi kifoya.

3⃣Maslahat oling: Batafsil ma’lumot va jarayonni qonuniy rasmiylashtirish uchun Call-markazimizga qo‘ng‘iroq qiling.

📹 Batafsil jarayon va muhim tavsiyalar bilan videorolikda tanishing!

📞Call-markaz: (71) 211-09-09 (ichki raqam: 162)

RU🇷🇺

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1664🔥3🤝21
🔥9👍763👌2💯2
🇺🇿🇦🇲Markaziy depozitariy Armaniston fond birjasining 25 yillik yubileyi konferensiyasida ishtirok etdi

🌐2026-yilning 29-30-may kunlari Yerevan shahrida Armaniston fond birjasining 25 yillik yubileyiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Ekspertlar, tartibga soluvchi organlar va xalqaro moliya institutlari vakillarini birlashtirgan ushbu forumda O‘zbekiston Respublikasi Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi delegatsiyasi ham ishtirok etdi.

🗣Tadbir doirasida moliya bozorlariga innovatsion yechimlarni joriy etish va mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan tematik munozaralar bo‘lib o‘tdi. Konferensiyaning panel muhokamalarida raqamli texnologiyalarni qo‘llash hamda infratuzilmaviy tashkilotlar faoliyati samaradorligini oshirish tendensiyalari tahlil qilindi.

🗣Konferensiya davomida xorijiy moliya institutlari hamda dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchilari bilan o‘tkazilgan ishchi uchrashuvlarda ilg‘or xorijiy tajriba hamda milliy kapital bozorini rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.

RU🇷🇺 EN🇬🇧

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
10🔥5🎉32👍1👏1
🇺🇿🇦🇲O‘zbekiston va Armaniston Markaziy depozitariylari o‘rtasida korrespondentlik munosabatlari o‘rnatildi

💻Yerevan shahridagi xalqaro tadbirlar doirasida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy depozitariysi va Armaniston Markaziy depozitariysi o‘rtasida korrespondentlik munosabatlarini yo‘lga qo‘yish va nominal saqlovchi hisobvarag‘ini ochish to‘g‘risida shartnoma imzolandi.

🗣Mazkur shartnoma ikki davlat kapital bozorlari o‘rtasida transchegaraviy qimmatli qog‘ozlar muomalasini kengaytirish va depozitar xizmatlar ko‘rsatish tizimini takomillashtirish yo‘lidagi muhim qadamdir. Nominal hisobvaraqning ochilishi qimmatli qog‘ozlarni saqlash va hisobga olish uchun zarur infratuzilmaviy bazani shakllantiradi hamda xorijiy moliyaviy instrumentlarning O‘zbekiston kapital bozoriga kirib kelishiga zamin yaratadi.

Ushbu amaliy qadam O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining kapital bozorida investitsiya muhitini yaxshilash, xorijiy qimmatli qog‘ozlar muomalasi mexanizmlarini rivojlantirish va xalqaro investorlarning mahalliy bozordagi ishtirokini kengaytirishni nazarda tutuvchi PF-254-sonli Farmoni ijrosini ta’minlashga xizmat qiladi.

RU🇷🇺 EN🇬🇧

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7🔥6👏5👍33🤝1


🏆“UzCSD” mobil ilovasi 2025-yil yakunlariga ko‘ra kapital bozori uchun eng yaxshi IT-yechim deb topildi

🗣Investitsiya institutlari milliy uyushmasi (NAII) tomonidan har yili an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinadigan “NAII Awards 2025” taqdirlash marosimida O‘zbekiston kapital bozorining o‘tgan yildagi eng muhim yutuqlari va rivojlanish natijalari sarhisob qilindi. Tadbir doirasida Istiqbolli loyihalar milliy agentligi, professional bozor ishtirokchilari hamda investitsiya vositachilari rahbarlari ishtirokida kapital bozorining joriy holati, muhim IPO jarayonlari va infratuzilmaviy rivojlanish tendensiyalari muhokama qilindi.

Professional bozor ishtirokchilarining ovoz berish natijalariga ko‘ra, Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi “UzCSD” mobil ilovasini muvaffaqiyatli ishlab chiqqani va ishga tushirgani evaziga “Kapital bozori uchun eng yaxshi IT-yechim” nominatsiyasi g‘olibi deb topildi.

Mazkur e’tirofga sazovor bo‘lgan ushbu raqamli mahsulot OneID tizimi bilan integratsiya qilingan bo‘lib, investorlarga uydan chiqmagan holda masofaviy identifikatsiyadan o‘tish va depo hisobvaraqlarini onlayn ochish imkoniyatini taqdim etadi. Foydalanuvchilar o‘zlariga tegishli bo‘lgan barcha qimmatli qog‘ozlar portfelini real vaqt rejimida monitoring qilib borishlari va hisobvaraqlardan istalgan vaqtda onlayn ko‘chirmalar olishlari mumkin. Tizim orqali depozitar operatsiyalarini masofaviy rasmiylashtirish va xizmatlar uchun to‘lovlarni ilova ichida onlayn amalga oshirish yo‘lga qo‘yilganligi qog‘ozbozlikdan butunlay voz kechish imkonini berdi. Bundan tashqari, hisobvaraqlardagi har qanday harakatlar yuzasidan yuboriladigan tezkor bildirishnomalar (push-notifications) hamda zamonaviy biometrik himoya tizimi foydalanuvchi aktivlarining xavfsizligi va uzluksiz nazoratini kafolatlaydi.


Taqdim etilgan ushbu mukofot post-treyd sektorini chuqur raqamli transformatsiya qilish bo‘yicha tanlangan kursning to‘g‘riligini tasdiqlaydi.

RU🇷🇺 EN🇬🇧

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
13👏10🔥84🎉2
✍️✍️✍️✍️

🔝I chorak yakunlari: Top-10 investitsiya vositachisi (Obligatsiyalar kesimida)

📊 Qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariysi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning I choragi yakunlari bo‘yicha milliy kapital bozorida korporativ obligatsiyalarning umumiy qiymati 4,4 trln so‘mni tashkil etdi.

🗣Joriy davrda obligatsiyalar kesimida investitsiya vositachilari (brokerlar) o‘rtasida sezilarli kapital konsentratsiyasi kuzatilmoqda: reytingdagi yetakchi uchlikka kirgan tashkilotlar hisobvaraqlarida jami bozor portfelining qariyb 72% (3,16 trln so‘m) jamlangan.

Mijozlarning hisobda turgan obligatsiyalari umumiy qiymati bo‘yicha “ALKES RESEARCH” (1,19 trln so‘m) va “BIRINCHI BANKLARARO DEPOZITARIY” (1,09 trln so‘m) tizimli ustunlikka ega bo‘lib, bozorda yetakchilik qilmoqda. Ulardan keyingi o‘rinlarni “FREEDOM FINANCE” (0,87 trln so‘m) va “TAT REESTR” (0,51 trln so‘m) egallagan. Ushbu ko‘rsatkichlar yirik korporativ va institutsional qarz portfellarini jalb qilish hamda ularga xizmat ko‘rsatish yo‘nalishida mazkur vositachilarning infratuzilmaviy roli yuqori ekanligidan dalolat beradi.

Markaziy depozitariy bozorning barcha ishtirokchilari uchun qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan huquqlarni hisobga olishning xavfsiz, shaffof va xalqaro standartlarga mos tizimini ta’minlashda davom etadi.

RU🇷🇺 EN🇬🇧

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
118🔥5👌2🕊1🤝1
💻Korporativ obligatsiyalar bo‘yicha kupon to‘lovlari

🗣Qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariysi 2026-yil 3-iyun holatiga "Delta Mikromoliya Tashkiloti" AJ tomonidan yuqorida keltirilgan korporativ obligatsiyalar bo‘yicha navbatdagi kupon daromadlari to‘lanishi kutilayotganini ma’lum qiladi.

Mazkur to‘lovlar emitentning chiqaruv shartlarida belgilangan muddatlarda va tartibda amalga oshiriladi. Qo‘shimcha ma’lumot uchun emitentga yoki xizmat ko‘rsatuvchi investitsiya vositachisiga murojaat qilishingiz mumkin.

RU🇷🇺 EN🇬🇧

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍43👌1🤝1
Aksiyalar bo‘yicha dividend to‘lovlari

🗣Qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariysi 2026-yil 3-iyun holatiga “Chorsu buyum savdo kompleksi” AJ va “Chilonzor buyum savdo kompleksi” AJ tomonidan yuqorida keltirilgan aksiyalar bo’yicha navbatdagi dividend daromadlari to‘lanishi kutilayotganini ma’lum qiladi.

Mazkur to‘lovlar amaldagi qonunchilikda hamda aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi qarorida belgilangan muddatlarda va tartibda amalga oshiriladi. Qo‘shimcha ma’lumot uchun emitentga yoki xizmat ko‘rsatuvchi investitsiya vositachisiga murojaat qilishingiz mumkin.

RU🇷🇺 EN🇬🇧

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
83👏3🔥2🤝2💯1
✍️✍️✍️✍️

🌐2026-yil may oyida aksiya va obligatsiya chiqarilishlari dinamikasi

💻Qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariysining 2026-yil 1-iyun holatidagi ma’lumotlari kapital bozorida tizimli tarkibiy o‘zgarishlar va investorlar bazasining barqaror kengayishini ko‘rsatmoqda.

🗣 Aksiyalar

Chiqarilishlar umumiy hajmi 267,2 trln so‘mni tashkil etdi.

Chiqarilishlar hajmi tuzilmasida asosiy ulush davlat hissasiga to‘g‘ri kelib, 187,2 trln so‘mni (70,0%) tashkil etmoqda.

Xorijiy egalarning ulushi sezilarli o‘sish ko‘rsatib, 36,7 trln so‘mga (13,7%) yaqinlashdi. Boshqa egalar ulushi 37,2 trln so‘mni (14,0%), xo‘jalik boshqaruvi organlari ulushi 3,1 trln so‘mni (1,2%) hamda joylashtirishdagi aksiyalar 3,0 trln so‘mni (1,1%) tashkil qildi.

🗣Korporativ obligatsiyalar

Ushbu segmentda barqaror o‘sish dinamikasi davom etib, chiqarilishlar umumiy hajmi 6,3 trln so‘mga yetdi.

Bozor tuzilmasining 68,8 foizi (4,3 trln so‘m) “Boshqa egalar” hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Xorijiy investorlar ulushi 1,4 trln so‘mni (22,2%), joylashtirishdagi obligatsiyalar esa 0,56 trln so‘mni (9,0%) tashkil etdi.

🗣Emitentlar

Aksiyadorlik jamiyatlari (AJ) soni o‘tgan oyga nisbatan ko‘payib, 701 taga yetdi.

Korporativ obligatsiya emitentlari soni 37 tani tashkil etdi.

🗣Qimmatli qog‘ozlar egalari

Jami aksiyadorlar soni barqaror o‘sib, 1 045 981 taga yetdi.

Investorlar tarkibida jismoniy shaxslar soni 980 545 nafarni (jami aksiyadorlarning 93,7% qismi) tashkil etib, aholining kapital bozoriga bo‘lgan qiziqishi yuqoriligini tasdiqlamoqda. Yuridik shaxslar soni esa 65 436 tani tashkil qildi.

RU🇷🇺 EN🇬🇧

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8👍43👌1