UzCSD | Markaziy depozitariy
9.57K subscribers
2.76K photos
118 videos
2 files
3.19K links
web: www.uzcsd.uz
Facebook: https://www.facebook.com/uzcsd.uz
Instagram: https://www.instagram.com/uz.csd/
Youtube: https://www.youtube.com/@uzcsd

Murojaat uchun:
📞 +998 (71) 211-09-09
📨 info@uzcsd.uz

Takliflar uchun: @UzCSDask_bot
Download Telegram
Diversifikatsiya nima?

🗣Bu bor pulingizni faqat bitta joyga tikib qo‘ymaslik, ya’ni xavfni bo‘lishishdir.

Deylik, sizda 10 ta tuxum bor. Agar ularning hammasini bitta savatga solib ko‘chaga chiqsangiz va yiqilib tushsangiz, hamma tuxum sinadi. Ammo tuxumlarni 3 ta alohida savatga bo‘lib ko‘tarsangiz, bittasi yiqilganda ham, qolgan 2 tasidagi tuxumlar omon qoladi.

Pulingizni ham xuddi shunday: bir qismini bankka qo‘ying, bir qismiga tilla oling, bir qismiga kuchli kompaniyalar aksiyasini sotib oling.

Bitta biznes yoki bitta aktiv zararga kirsa, qolganlari sizni inqirozdan qutqarib qoladi. 

#moliyaviysavodxonlik

RU🇷🇺

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1664🙏2🔥1🤝1
❤️ Qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariysining bayram kunlaridagi ish tartibi

🌙 Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan belgilangan bayram va qo‘shimcha dam olish kunlariga muvofiq, Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi quyidagi grafik asosida ishlaydi:

27-may (chorshanba) — Qurbon hayiti (bayram, barcha uchun dam olish kuni);
28-may (payshanba) — barcha xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni;
29-may (juma) — barcha xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni;
30-may (shanba) — olti kunlik ish haftasidagi xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni;
31-may (yakshanba) — barcha uchun odatiy dam olish kuni.

🗣 2026-yil 1-iyundan (dushanba) boshlab barcha operatsiyalar va xizmat ko‘rsatish odatiy ish tartibida davom ettiriladi.

RU🇷🇺 EN🇬🇧

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
84👍2🙏2🤝1
✍️✍️✍️✍️

🗓 Haftalik sharh: O‘zbekiston kapital bozoridagi asosiy o‘zgarishlar
(15.05.2026 – 22.05.2026)

🗣Markaziy depozitariy tizimida hisobga olingan aksiyadorlik jamiyatlari soni 701 tani tashkil etdi. Aksiyalarning jami chiqarilish hajmi esa bozordagi faollik fonida o‘sib, 267,09 trillion so‘m miqdorida shakllandi:

“HUMO PAY” AJ tomonidan aksiyalarning qo‘shimcha chiqarilishi amalga oshirildi. Natijada kompaniyaning emissiya hajmi 20,00 mlrd so‘mdan 26,50 mlrd so‘mga yetdi.


🗣Korporativ obligatsiyalar segmentida ham ijobiy o‘sish dinamikasi kuzatildi. Emitentlar soni 37 ta darajasiga ko‘tarildi, umumiy chiqarilish hajmi esa 6,30 trillion so‘mni tashkil etdi:

“TECHRISE IT” MChJ tomonidan bozorda ilk bor 20,00 mlrd so‘mlik korporativ obligatsiyalarning birlamchi chiqarilishi hisobga olindi.


RU🇷🇺 EN🇬🇧

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍22🔥1👌1
Aksiyalar bo‘yicha dividend to‘lovlari

🗣Qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariysi 2026-yil 25-may holatiga “Plum Technologies” AJ, “Farxod dehqon bozori” AJ va “Oloy dehqon bozori” AJ tomonidan yuqorida keltirilgan aksiyalar bo’yicha navbatdagi dividend daromadlari to‘lanishi kutilayotganini ma’lum qiladi.

Mazkur to‘lovlar amaldagi qonunchilikda hamda aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi qarorida belgilangan muddatlarda va tartibda amalga oshiriladi. Qo‘shimcha ma’lumot uchun emitentga yoki xizmat ko‘rsatuvchi investitsiya vositachisiga murojaat qilishingiz mumkin.

RU🇷🇺 EN🇬🇧

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7👍4🔥1👏1🙏1
💻Korporativ obligatsiyalar bo‘yicha kupon to‘lovlari

🗣Qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariysi 2026-yil 25-may holatiga “Contact Finance” MChJ tomonidan yuqorida keltirilgan korporativ obligatsiyalar bo‘yicha navbatdagi kupon daromadlari to‘lanishi kutilayotganini ma’lum qiladi.

Mazkur to‘lovlar emitentning chiqaruv shartlarida belgilangan muddatlarda va tartibda amalga oshiriladi. Qo‘shimcha ma’lumot uchun emitentga yoki xizmat ko‘rsatuvchi investitsiya vositachisiga murojaat qilishingiz mumkin.

RU🇷🇺 EN🇬🇧

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍42🔥1👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
E-vote platformasi: U qanday ishlaydi?

🗣Barcha jarayonlar yagona interfeysda jamlangan — ortiqcha qog‘ozbozlik va operatsion yuklamalarsiz.

💬 Asosiy mexanizm:

Masofaviy identifikatsiya: Aksiyador va emitent o‘rtasidagi geografik cheklovlar to‘liq bartaraf etiladi.

Mutloq xavfsizlik: Elektron imzolar himoyalangan, ma’lumotlar esa faqat yopiq kanallar orqali uzatiladi. Bu qabul qilingan qarorlarning huquqiy daxlsizligini kafolatlaydi.

Tizimning umumiy imkoniyatlari va qulayliklari haqida oldingi videomizda batafsil gaplashgan edik.

📱 E-vote — moliya bozorida shaffoflik va zamonaviy texnologiyalar uyg‘unligi.

Murojaat uchun:
📞 +998 (71) 211-09-09 (ichki raqam: 162)
🛜 www.evote.uz

RU🇷🇺 EN🇬🇧

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍5🔥1🤝1


🇺🇿🇦🇹 Markaziy depozitariy vakillari Venada o‘tgan Clearstreamning 20-yubiley sammitida ishtirok etishdi

🗣2026-yil 21-may kuni Vena shahrida Markaziy va Sharqiy Yevropa, Kavkaz hamda Markaziy Osiyo mintaqasining yetakchi moliya institutlari ishtirokida Clearstream’ning 20-yubiley sammiti bo‘lib o‘tdi. Mazkur nufuzli xalqaro platformada Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi delegatsiyasi post-treyd sanoatining strategik rivojlanish tendensiyalari, raqamli transformatsiya hamda ilg‘or texnologiyalarni moliya sektoriga joriy etish masalalari bo‘yicha samarali muloqot olib bordi.

🗣Sammit doirasida Clearstream vakillari bilan o‘tkazilgan muzokaralarda transchegaraviy infratuzilmaviy aloqalarni o'rnatish istiqbollari muhokama qilindi. Milliy bozorning xalqaro miqyosdagi jozibadorligini mustahkamlash ko‘p jihatdan transchegaraviy operatsiyalarning uzluksizligini hamda xalqaro kapital integratsiyasini ta’minlovchi ishonchli infratuzilmaviy tizimni shakllantirish bilan uzviy bog‘liqdir.

🗣Jahonning yirik xalqaro institutlaridan biri hisoblangan Clearstream (Lyuksemburg) bilan yo‘lga qo‘yilayotgan infratuzilmaviy aloqalar mamlakatimiz kapital bozorini global moliya arxitekturasiga bosqichma-bosqich va tizimli integratsiya qilish yo‘lidagi muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.

RU🇷🇺 EN🇬🇧

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
55👍4👏1🤝1


🇺🇿🇦🇹 Vena sammiti: Markaziy depozitariy va OTP Bank O‘zbekiston kapital bozorida xorijiy nominal saqlovchi hisobvarag‘ini ochishni muhokama qildi

🗣Vena sammiti doirasida Markaziy depozitariy Bosh direktori boshchiligidagi delegatsiya Vengriyaning eng yirik va mintaqamizda faol moliya instituti — OTP Bank vakillari bilan uchrashdi. Muzokaralarning bosh mavzusi OTP Bank tomonidan Markaziy depozitariyda xorijiy nominal saqlovchi hisobvarag‘ini ochish masalasi bo‘ldi.

🗣Uchrashuvda depozitarlik xizmatlari, qimmatli qog‘ozlar amaliyotlariga xizmat ko‘rsatish ko‘lamini kengaytirish hamda yevropalik investorlarning O‘zbekiston moliyaviy instrumentlariga kirish imkoniyatlarini ta'minlash masalalari muhokama qilindi.

🗣OTP Bank bilan hamkorlikning kengayishi bankning global mijozlariga O‘zbekiston qimmatli qog‘ozlar bozoriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri sarmoya kiritish yo‘lini ochadi. Bunday kelishuvlar transchegaraviy qimmatli qog‘ozlar amaliyotlarini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqadi hamda yirik global depozitariylar va xalqaro kastodian banklarning mamlakatimiz bozoriga kirib kelishi uchun navbatdagi ijobiy signal bo‘lib xizmat qiladi.

RU🇷🇺 EN🇬🇧

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
18👍64👏1


🇺🇿🇦🇹 Vena uchrashuvi: Markaziy depozitariy Raiffeisen Bank International (RBI) bilan korrespondentlik aloqalarini kengaytirish bo‘yicha Ahdlashuv xatini (LOI) imzoladi

🗣2026-yil 22-may kuni Vena shahrida Markaziy depozitariy vakillari Avstriyaning eng yirik bank guruhlaridan biri — Raiffeisen Bank International (RBI) rahbariyati bilan strategik muzokaralar o‘tkazdi. Avvalroq RBI Markaziy depozitariyda o‘z hisobvarag‘ini ochgan bo‘lsa, ushbu uchrashuvning bosh maqsadi — endilikda Markaziy depozitariy tomonidan RBI bankida hisobvaraq ochish va ikki tomonlama integratsiyani yakunlash masalasi bo‘ldi.

🗣Muzokaralar yakunida tomonlar kelgusi hamkorlik asoslarini belgilovchi rasmiy hujjat — Letter of Intent (LOI) xatini imzolashdi. Hujjat mahalliy investorlarning xalqaro moliya bozorlariga, jumladan, xorijiy davlat va korporativ qimmatli qog‘ozlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqishini ta’minlashga qaratilgan.

🗣Yevropaning eng nufuzli moliya institutlaridan biri bilan o‘zaro munosabatlarning yangi bosqichga ko‘tarilishi O‘zbekiston kapital bozori infratuzilmasiga bo‘lgan yuqori ishonch namunasidir. Ushbu hamkorlik yevro hududidagi yirik institutsional kapital va investorlarning mahalliy bozorimizga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirib kelishi uchun huquqiy hamda operatsion zamin yaratadi.

RU🇷🇺 EN🇬🇧

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍43🔥2
Muhtaram yurtdoshlar, qadrli hamkorlar va aksiyadorlar!

🩷 “Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi” AJ jamoasi barchangizni islom olamining eng ulug‘, qutlug‘ ayyomlaridan biri — Qurbon hayiti (Iyd al-Adha) bilan samimiy muborakbod etadi.

🌿 Ushbu muqaddas kunda xonadoningizga tinchlik-xotirjamlik, qalbingizga halovat, shukronalik va cheksiz qut-baraka tilaymiz. Yaxshilik, saxovat va hamjihatlik ramzi bo‘lgan ushbu ayyomda ezgu niyatlaringiz ijobat bo‘lsin.

Yurtimiz ravnaqi va kapital bozorimiz rivoji yo‘lidagi mas’uliyatli faoliyatingizda hamisha muvaffaqiyat va zafarlar yor bo‘lishini tilab qolamiz.

💡Bayramingiz muborak bo‘lsin!

RU🇷🇺 EN🇬🇧

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
88👏7🕊4🎉1
Passiv daromad nima?

🗣Ko‘pchilik "ishlamasang, tishlamaysan" deydi, lekin moliya dunyosida boshqacha qoida ham bor.

Passiv daromad — bu siz o‘zingiz faol mehnat qilmasangiz ham (masalan, uxlayotganingizda yoki dam olayotganingizda) hamyoningizga muntazam ravishda pul kelib turishidir.

Deylik, sizda bitta tovuq bor. Agar siz har kuni bozorda birovning tovug'ini boqib pul topsangiz — bu faol daromad (mehnat). Ammo o‘zingizning tovug'ingiz bo‘lsa va u siz uxlayotganingizda ham tuxum tug‘aversa — bu passiv daromad. Siz faqat tuxumni sotib pul qilasiz.

Hayotda bu bank omonatlarining foizi, ijaraga berilgan uy yoki kompaniyalar to‘laydigan dividendlar bo‘lishi mumkin.

Chinakam moliyaviy erkinlikka faqat tinimsiz ishlash bilan emas, pulni siz uchun ishlaydigan qilib qo‘yish (passiv daromad manbalarini yaratish) orqali erishiladi.

#moliyaviysavodxonlik

RU🇷🇺

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8👍73🔥1🤝1
🟦 BOZORDA “IKKINCHI DARAJALI FIKRLASH” SAN’ATI

📚Govard Marks — “Eng muhim narsa haqida”

🗣Uorren Baffet bir safar shunday degan edi: “Agar pochtamda Govard Marksning tahliliy xatlarini ko‘rsam, har qanday ishni tashlab, birinchi bo‘lib ularni o‘qiyman”. Dunyoning eng yirik investitsiya fondlaridan biri — Oaktree Capital asoschisining ushbu kitobi bizga bozorda hamma ko‘rib turgan narsadan chuqurroqni ko‘rishni o‘rgatadi.

Muallif buni “Ikkinchi darajali fikrlash” deb ataydi.

Nega bu kitobni o‘qish shart? Biz ko‘pincha sarmoya kiritishda yuzaki fikrlaymiz. Marks esa ommaga ergashish moliya olamida qanday halokatli oqibatlarga olib kelishini isbotlaydi. Bu asar trendlar ortidan quvuvchilar uchun emas, bozorning pinhona qonuniyatlarini tushunmoqchi bo‘lganlar uchun falsafiy qo‘llanmadir.

🗂 Investor uchun 3 ta eng muhim saboq:

1⃣ Fikrlash darajangizni tekshiring.

Birinchi darajali (yuzaki) fikrlash: “Bu juda zo‘r kompaniya, hamma uning mahsulotini olyapti. Demak, aksiyasini sotib olish kerak”.

Ikkinchi darajali (chuqur) fikrlash: “Kompaniya yaxshi, lekin hozir hamma u haqida gapirmoqda. Demak, uning narxi haddan tashqari oshirib yuborilgan. Hamma ochko‘zlik qilayotganda, men chetda turganim ma’qul”. Bozorda g‘olib bo‘lish uchun ko‘pchilikdan boshqacha o‘ylash shart.

2⃣ Risk (tavakkalchilik) — bu narxning o‘ynashi emas. Marks riskka o‘zgacha ta’rif beradi. Aksiyaning bugun tushib, ertaga ko‘tarilishi (volatillik) bu haqiqiy xavf emas. Haqiqiy risk — bu aktivni qimmat narxda sotib olib, pulni butunlay kuydirishdir. Riskdan himoyalanishning yagona yo‘li — aktivni u o‘ta yomon ko‘rilgan va arzonlashgan paytda sotib olishdir.

3⃣ Bozor “mayatnik” kabi ishlaydi. Bozorlar hech qachon bir tekisda o‘smaydi. Ular xuddi soat mayatnikidek doimo ikki chetga tebranadi: o‘ta optimizm (ochko‘zlik) va o‘ta pessimizm (qo‘rquv). Marks aytganidek: “Biz ertaga nima bo‘lishini bashorat qila olmaymiz, lekin bugun mayatnikning qaysi nuqtasida turganimizni aniq bilishimiz mumkin”.


Govard Marks sizga tayyor formulalar bermaydi, u sizni fikrlashga majbur qiladi. Agar siz ommaviy shov-shuvlar qurboniga aylanishni istamasangiz, ushbu kitob shaxsiy strategiyangiz uchun mustahkam poydevor bo‘ladi.

#InvestorKutubxonasi

RU🇷🇺

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍95🔥4👌1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Aksiyalarni farzandlarimga qanday qilib tuhfa qilishim yoki vasiyat qilib qoldirishim mumkin?

🗣O‘zbekiston qonunchiligiga ko‘ra, aksiyalar shaxsiy mulk hisoblanadi. Demak, siz ularni xohlagan vaqtda o‘z yaqinlaringizga, jumladan, farzandlaringizga hadya qilishingiz yoki vasiyatnoma orqali qoldirishingiz mumkin.

🗂 Buning uchun nima qilish kerak? 3 ta oddiy qadam:

1⃣Hisobni aniqlang: Aksiyalar qayerda saqlanayotganini tekshiring. Agar ular Markaziy depozitariyda bo‘lsa — bevosita bizga, agar investitsiya vositachisida (brokerda) bo‘lsa — o‘sha tashkilotga murojaat qiling.

2⃣Hujjatlarni tayyorlang: Aksiyador (ota-ona) va farzandning ID-kartasi hamda tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi kifoya.

3⃣Maslahat oling: Batafsil ma’lumot va jarayonni qonuniy rasmiylashtirish uchun Call-markazimizga qo‘ng‘iroq qiling.

📹 Batafsil jarayon va muhim tavsiyalar bilan videorolikda tanishing!

📞Call-markaz: (71) 211-09-09 (ichki raqam: 162)

RU🇷🇺

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1664🔥3🤝21
🔥9👍763👌2💯2
🇺🇿🇦🇲Markaziy depozitariy Armaniston fond birjasining 25 yillik yubileyi konferensiyasida ishtirok etdi

🌐2026-yilning 29-30-may kunlari Yerevan shahrida Armaniston fond birjasining 25 yillik yubileyiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Ekspertlar, tartibga soluvchi organlar va xalqaro moliya institutlari vakillarini birlashtirgan ushbu forumda O‘zbekiston Respublikasi Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi delegatsiyasi ham ishtirok etdi.

🗣Tadbir doirasida moliya bozorlariga innovatsion yechimlarni joriy etish va mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan tematik munozaralar bo‘lib o‘tdi. Konferensiyaning panel muhokamalarida raqamli texnologiyalarni qo‘llash hamda infratuzilmaviy tashkilotlar faoliyati samaradorligini oshirish tendensiyalari tahlil qilindi.

🗣Konferensiya davomida xorijiy moliya institutlari hamda dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchilari bilan o‘tkazilgan ishchi uchrashuvlarda ilg‘or xorijiy tajriba hamda milliy kapital bozorini rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.

RU🇷🇺 EN🇬🇧

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
10🔥5🎉32👍1👏1
🇺🇿🇦🇲O‘zbekiston va Armaniston Markaziy depozitariylari o‘rtasida korrespondentlik munosabatlari o‘rnatildi

💻Yerevan shahridagi xalqaro tadbirlar doirasida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy depozitariysi va Armaniston Markaziy depozitariysi o‘rtasida korrespondentlik munosabatlarini yo‘lga qo‘yish va nominal saqlovchi hisobvarag‘ini ochish to‘g‘risida shartnoma imzolandi.

🗣Mazkur shartnoma ikki davlat kapital bozorlari o‘rtasida transchegaraviy qimmatli qog‘ozlar muomalasini kengaytirish va depozitar xizmatlar ko‘rsatish tizimini takomillashtirish yo‘lidagi muhim qadamdir. Nominal hisobvaraqning ochilishi qimmatli qog‘ozlarni saqlash va hisobga olish uchun zarur infratuzilmaviy bazani shakllantiradi hamda xorijiy moliyaviy instrumentlarning O‘zbekiston kapital bozoriga kirib kelishiga zamin yaratadi.

Ushbu amaliy qadam O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining kapital bozorida investitsiya muhitini yaxshilash, xorijiy qimmatli qog‘ozlar muomalasi mexanizmlarini rivojlantirish va xalqaro investorlarning mahalliy bozordagi ishtirokini kengaytirishni nazarda tutuvchi PF-254-sonli Farmoni ijrosini ta’minlashga xizmat qiladi.

RU🇷🇺 EN🇬🇧

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7🔥6👏5👍33🤝1