UzCSD | Markaziy depozitariy
9.56K subscribers
2.76K photos
118 videos
2 files
3.19K links
web: www.uzcsd.uz
Facebook: https://www.facebook.com/uzcsd.uz
Instagram: https://www.instagram.com/uz.csd/
Youtube: https://www.youtube.com/@uzcsd

Murojaat uchun:
📞 +998 (71) 211-09-09
📨 info@uzcsd.uz

Takliflar uchun: @UzCSDask_bot
Download Telegram
Emitent kim?

🗣 Fond bozorida tez-tez “Emitent” so‘zini eshitamiz. Bu atama ortida kim turibdi?

O‘z faoliyatini rivojlantirish uchun aksiya yoki obligatsiya chiqaradigan kompaniya yoki davlat organi — emitent deyiladi.

Emitent investorlardan pul oladi va evaziga ularga foyda (divident yoki foiz) to‘lash majburiyatini oladi.

Har bir emitent o‘z aksiyadorlari oldida hisobdor bo‘lib, Markaziy depozitariyda o‘z qimmatli qog‘ozlarining hisobini yuritishi shart.

Siz aksiya sotib olganingizda, o‘sha emitentning biznes hamkoriga aylanasiz.

#moliyaviysavodxonlik #emitent #kompaniya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍833👌2🔥1💯1
✍️✍️✍️✍️

🗓 Haftalik sharh: O‘zbekiston kapital bozoridagi asosiy o‘zgarishlar
(01.05.2026 – 08.05.2026)

🗣Aksiyalar bozorida Markaziy depozitariy tizimida hisobga olingan aksiyadorlik jamiyatlari soni 700 tani tashkil etib, barqaror saqlanib qoldi. Jami chiqarilish hajmi esa yirik emitentlarning ustav kapitallari tarkibidagi o‘zgarishlar fonida 267,41 trillion so‘m miqdorida shakllandi:

“Aloqabank” AJ aksiyalari chiqarilish hajmi 3 218,22 mlrd so‘mdan 2 832,88 mlrd so‘mga kamaytirildi.

Shuningdek, “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ (658,73 mlrd so‘mdan 629,93 mlrd so‘mga) va “Quva don mahsulotlari” AJ ustav kapitallarida ham kamayish kuzatildi.

Ijobiy dinamika sifatida “Infinity insurance” AJ tomonidan aksiyalarning qo‘shimcha chiqarilishi amalga oshirilib, hajm 82,30 mlrd so‘mga yetkazildi.


🗣Korporativ obligatsiyalar segmentida ijobiy o‘sish sur’atlari qayd etildi. Emitentlar soni 36 ta darajasida saqlanib qolgan bo‘lsa-da, umumiy nominal qiymat 6,28 trillion so‘mga yetdi.

Mazkur o‘sishga “Agat credit” AJ tomonidan korporativ obligatsiyalarning qo‘shimcha chiqarilishi (150,0 mlrd so‘mdan 250,0 mlrd so‘mga) asosiy turtki bo‘ldi.


RU🇷🇺

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍44🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📣 E-vote — zamonaviy aksiyadorlar va ilg‘or emitentlar tanlovi!

🗣Bugungi shiddatli zamonda masofa korporativ qarorlar qabul qilishga to‘sqinlik qilmasligi kerak. E-vote platformasi aynan shu maqsadda — jarayonlarni soddalashtirish va shaffoflikni ta’minlash uchun yaratilgan.

Nima uchun aynan E-vote?

🗣Aksiyadorlar uchun

Geografik erkinlik: Dunyoning istalgan nuqtasidan turib yig‘ilishda to‘laqonli ishtirok etish imkoniyati.

Tezkorlik: Elektron byulletenlar kutishlarsiz, bir zumda yetkaziladi.

Xavfsizlik: Ovoz berish jarayoni eng zamonaviy himoya tizimlari bilan ta’minlangan.


🗣Emitentlar uchun

Xalqaro standart: Korporativ boshqaruvni xalqaro talablar darajasiga olib chiqadi.

Jozibadorlik: Shaffoflik investorlar va hamkorlar oldida kompaniya nufuzini oshiradi.

Faollik: Aksiyadorlarning yig‘ilishlardagi ishtiroki va qaror qabul qilishdagi ulushi sezilarli darajada o‘sadi.


Eng asosiysi: Barcha natijalar inson omilisiz, real vaqt rejimida avtomatik shakllanadi. Bu — xatolik va noaniqliklarga o‘rin qoldirmaydi.

Markaziy depozitariyning E-vote platformasi bilan har bir ovoz muhim, har bir yig‘ilish esa samarali!

Murojaat uchun:
📞 +998 (71) 211-09-09 (ichki raqam: 162)
🛜 www.evote.uz

RU🇷🇺

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
9👍54🔥2🤝2
🗓 2026-YIL 1-CHORAKNING TOP-5 EMITENTI
 
🗣Markaziy depozitariy tizimida hisobga olingan aksiyadorlik jamiyatlari va ularning ustav kapitallari bo‘yicha 2026-yilning 1-chorak yakunlari sarhisob qilinganda, jami AJlar soni 699 tani, ularning umumiy ustav kapitali hajmi esa 264,94 trln so‘mni tashkil etdi.
 
💻 Bozorning qariyb 35,4 foizi quyidagi beshta yirik emitent hissasiga to‘g‘ri kelmoqda:
 
1⃣“O'zbekiston Milliy Investitsiya Jamg'armasi” AJ — 25,27 trln so‘m
2⃣“O'zbekneftgaz” AJ — 22,48 trln so‘m
3⃣“O'zmilliybank” AJ — 17,77 trln so‘m
4⃣“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ — 15,07 trln so‘m
5⃣“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ — 13,31 trln so‘m

RU🇷🇺

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7👏75🔥1🎉1
Korporativ harakatlar nima?

🗣Ba’zida kompaniyalar o‘z aksiyalari bilan turli o‘zgarishlarni amalga oshiradilar. Bular korporativ harakatlar deyiladi. Eng ko‘p uchraydiganlari:

Split (bo‘linish): Aksiyaning narxi juda baland bo‘lib ketsa, uni maydalashadi (masalan, 1 ta aksiya 10 taga aylanadi). Bu ko‘proq odam sotib olishi uchun qilinadi.

Konsolidatsiya: Splitning teskarisi — bir nechta kichik aksiyalar bitta yirik aksiyaga birlashtiriladi.

Qo‘shimcha chiqarish: Kompaniya kengayish uchun bozorgami yana yangi aksiyalar chiqarishi mumkin.

Natija: Bunday holatlarda sizning hisobingizdagi aksiyalar soni avtomatik o‘zgaradi va Markaziy depozitariy buni aniq hisoblab boradi.

#moliyaviysavodxonlik #korporativ #aksiya

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7👍3🔥3🤝11
✍️✍️✍️✍️

🗓 Haftalik sharh: O‘zbekiston kapital bozoridagi asosiy o‘zgarishlar
(08.05.2026 – 15.05.2026)

🗣Markaziy depozitariy tizimida hisobga olingan aksiyadorlik jamiyatlari soni o‘sib, 701 tani tashkil etdi. Jami chiqarilish hajmi esa tizimdagi tarkibiy o‘zgarishlar fonida 267,08 trillion so‘m miqdorida shakllandi:

“Azza qandolat” AJ tomonidan aksiyalarning birlamchi chiqarilishi amalga oshirildi va hajm 0,05 mlrd so‘mni tashkil etdi.

“Rizo-qandolat” AJ ham aksiyalarning birlamchi chiqarilishini ro‘yxatdan o‘tkazdi — 0,01 mlrd so‘m.

“Issiqlikta'minoti” AJ tomonidan 328,84 mlrd so‘mlik aksiyalar chiqarilishi hisobdan chiqarildi. Aynan ushbu yirik hajmning chiqib ketishi umumiy emissiya ko‘rsatkichining biroz pasayishiga sabab bo‘ldi.


🗣Korporativ obligatsiyalar segmentida barqarorlik saqlanib qoldi. Emitentlar soni 36 ta darajasida o‘zgarishsiz qoldi, umumiy nominal qiymat esa 6,28 trillion so‘mni tashkil etdi.

RU🇷🇺

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍33🔥1👌1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


🌐 Global moliyaviy ko‘prik: O‘zbekiston kapital bozoridagi tarixiy IPO

🗣2026-yil 18-may kuni O‘zbekiston o‘z iqtisodiy tarixida yangi sahifa ochdi — O‘zbekiston Respublikasi Milliy investitsiya jamg‘armasi (UzNIF) aksiyalari bir vaqtning o‘zida ham Toshkent fond birjasida aksiya shaklida, ham London fond birjasida global depozitar tilxatlar (GDR) shaklida muvaffaqiyatli joylashtirildi. Bu voqea nafaqat mamlakat kapital bozorining xalqaro moliyaviy tizimga integratsiyalashuvida muhim burilish nuqtasi bo‘ldi, balki milliy infratuzilmaning xalqaro amaliyot va zamonaviy talablarga mos ravishda rivojlanayotganini ham namoyon etdi.

Mazkur murakkab va ko‘lamli global jarayonda Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi asosiy infratuzilmaviy institutlardan biri hisoblanadi.

💬 Xalqaro amaliyotga ko‘ra, The Bank of New York Mellon tomonidan global depozitar tilxatlar (GDR) chiqarilishi uchun, eng avvalo, ushbu tilxatlarning zamirida turgan bazaviy aktiv — ya’ni UzNIF aksiyalarining ishonchli va markazlashgan hisob tizimida saqlanishi talab etiladi. Markaziy depozitariy ushbu poydevor vazifasini to‘liq ta’minlab berdi.

Aynan Markaziy depozitariyda xorijiy kastodian bankning depozitar hisobvarag‘i ochildi va Londonda savdoga chiqarilgan GDRlar uchun asos bo‘lgan milliy aksiyalar mazkur hisobvaraqqa o‘tkazilishi ta’minlab berildi. E’tiborli jihati, Markaziy depozitariy o‘z tarixida birinchi marta xorijiy va xalqaro banklar uchun depozitar vakillik (nominal saqlovchi) hisobvaraqlarini ochdi. Bu xorijning eng yirik moliya institutlari va kastodianlari O‘zbekistonning mahalliy depozitar infratuzilmasiga to‘liq ishonch bildirayotganidan dalolat beradi.


Markaziy depozitariyning roli faqatgina aksiyalarni xavfsiz saqlash bilan cheklanib qolmaydi. Endilikda u emitent (UzNIF) va global investorlar o‘rtasidagi muhim axborot hamda korporativ kommunikatsiya ko‘prigiga aylandi.

Jamg‘arma tomonidan qabul qilinadigan har qanday muhim korporativ qarorlar — dividend to‘lovlari, aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi, ovoz berish jarayonlari, aksiyalar konvertatsiyasi yoki boshqa korporativ harakatlar haqidagi ma’lumotlar Markaziy depozitariy orqali xalqaro bozorga tizimli va tezkor ravishda uzatiladi.


Markaziy depozitariy o‘zining aksiyadorlar reyestri va zamonaviy hisob tizimi asosida dividend olish huquqiga ega bo‘lgan investorlarni aniq belgilaydi va mablag‘larning o‘z vaqtida, aniq taqsimlanishini kafolatlaydi.

Yangi tizimga ko‘ra, GDR egalari bo‘lgan xorijiy investorlarga ham dividendlar va muhim korporativ ma’lumotlar Markaziy depozitariydan xorijiy depozitar bank va kastodian infratuzilmasi orqali zanjirsimon tarzda, xalqaro standartlar asosida yetkazib beriladi.


🗣UzNIFning Londondagi muvaffaqiyatli debyuti O‘zbekiston kapital bozori uchun yangi davrni boshlab berdi. Ushbu davrda Markaziy depozitariy o‘z faoliyatini xalqaro andozalarga muvofiq transformatsiya qilishda davom etadi va milliy bozorning xalqaro investorlar uchun xavfsiz, shaffof hamda jozibador bo‘lishini ta’minlashda muhim ko‘prik bo‘lib xizmat qiladi.

RU🇷🇺 EN🇬🇧

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
10🔥55👏3👍1💯1
💻Korporativ obligatsiyalar bo‘yicha kupon to‘lovlari

🗣Qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariysi 2026-yil 19-may holatiga yuqorida keltirilgan korporativ obligatsiyalar bo‘yicha navbatdagi kupon daromadlari to‘lanishi kutilayotganini ma’lum qiladi.

Mazkur to‘lovlar emitentning chiqaruv shartlarida belgilangan muddatlarda va tartibda amalga oshiriladi. Qo‘shimcha ma’lumot uchun emitentga yoki xizmat ko‘rsatuvchi investitsiya vositachisiga murojaat qilishingiz mumkin.

RU🇷🇺 EN🇬🇧

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
87👏2👌1
💻Korporativ obligatsiyalar bo‘yicha kupon to‘lovlari

🗣Qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariysi 2026-yil 20-may holatiga yuqorida keltirilgan korporativ obligatsiyalar bo‘yicha navbatdagi kupon daromadlari to‘lanishi kutilayotganini ma’lum qiladi.

Mazkur to‘lovlar emitentning chiqaruv shartlarida belgilangan muddatlarda va tartibda amalga oshiriladi. Qo‘shimcha ma’lumot uchun emitentga yoki xizmat ko‘rsatuvchi investitsiya vositachisiga murojaat qilishingiz mumkin.

RU🇷🇺 EN🇬🇧

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍43👏2🤝1
Aksiyalar bo‘yicha dividend to‘lovlari

🗣Qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariysi 2026-yil 20-may holatiga yuqorida keltirilgan aksiyalar bo‘yicha navbatdagi dividend daromadlari to‘lanishi kutilayotganini ma’lum qiladi.

Mazkur to‘lovlar amaldagi qonunchilikda hamda aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi qarorida belgilangan muddatlarda va tartibda amalga oshiriladi. Qo‘shimcha ma’lumot uchun emitentga yoki xizmat ko‘rsatuvchi investitsiya vositachisiga murojaat qilishingiz mumkin.

RU🇷🇺 EN🇬🇧

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
65👍5🔥2💯1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


🏛 Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi O‘zbekiston Respublikasi Milliy investitsiya jamg‘armasining IPOsiga bag‘ishlangan tadbirda ishtirok etdi

🌐 2026-yil 20-may kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Milliy investitsiya jamg‘armasi (UzNIF) IPOsiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda davlat organlari, xalqaro moliya institutlari, fond bozori infratuzilmasi, shu jumladan, Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi hamda kapital bozorining professional ishtirokchilari vakillari qatnashdilar.

🗣O‘zbekiston Respublikasi Milliy investitsiya jamg‘armasi kapital bozorini rivojlantirish, investitsiya imkoniyatlarini kengaytirish hamda xalqaro investorlarning O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotiga bo‘lgan qiziqishini oshirishga qaratilgan eng muhim strategik loyihalardan biri hisoblanadi.


🗣Ishtirokchilarning alohida e’tibori London fond birjasida (LSE) O‘zbekiston Respublikasi Milliy investitsiya jamg‘armasi savdolarining ochilish marosimi hamda London fond birjasi va “Toshkent” respublika fond birjasidagi yakuniy narxlar aks ettirilgan bozor yopilish marosimi (Market Close) videolavhalari namoyishiga qaratildi.

🗣Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysining ushbu tadbirdagi ishtiroki O‘zbekiston Respublikasi kapital bozori infratuzilmasini rivojlantirish, qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan huquqlarni hisobga olishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish, depozitar tizimining ishonchliligini oshirish hamda milliy bozorning xalqaro moliyaviy makonga integratsiyalashuviga ko‘maklashish borasidagi tizimli ishlarning uzviy davomidir.


🗣Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi investorlar va bozorning professional ishtirokchilari zamonaviy talablariga javob beradigan qimmatli qog‘ozlar bozorining shaffof, ishonchli va samarali infratuzilmasini rivojlantirishga ko‘maklashishda davom etadi.

RU🇷🇺 EN🇬🇧

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏10🔥5421👍1
💻Korporativ obligatsiyalar bo‘yicha kupon to‘lovlari

🗣Qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariysi 2026-yil 21-may holatiga yuqorida keltirilgan korporativ obligatsiyalar bo‘yicha navbatdagi kupon daromadlari to‘lanishi kutilayotganini ma’lum qiladi.

Mazkur to‘lovlar emitentning chiqaruv shartlarida belgilangan muddatlarda va tartibda amalga oshiriladi. Qo‘shimcha ma’lumot uchun emitentga yoki xizmat ko‘rsatuvchi investitsiya vositachisiga murojaat qilishingiz mumkin.

RU🇷🇺 EN🇬🇧

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍3🔥3🤝1
Aksiyalar bo‘yicha dividend to‘lovlari

🗣Qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariysi 2026-yil 21-may holatiga yuqorida keltirilgan aksiyalar bo‘yicha navbatdagi dividend daromadlari to‘lanishi kutilayotganini ma’lum qiladi.

Mazkur to‘lovlar amaldagi qonunchilikda hamda aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi qarorida belgilangan muddatlarda va tartibda amalga oshiriladi. Qo‘shimcha ma’lumot uchun emitentga yoki xizmat ko‘rsatuvchi investitsiya vositachisiga murojaat qilishingiz mumkin.

RU🇷🇺 EN🇬🇧

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍64👏3👌2
✍️✍️✍️✍️

🔝I chorak yakunlari: Top-10 investitsiya vositachisi

📊 Qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariysining hisobga olish tizimi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning I choragi yakunlari bo‘yicha milliy kapital bozorida hisobga olingan aksiyalarning umumiy qiymati 40 198,6 mlrd so‘mni tashkil etdi.

🗣Joriy davrda aksiyalar kesimida investitsiya vositachilari (brokerlar) o‘rtasida sezilarli kapital konsentratsiyasi kuzatilmoqda: reytingdagi yetakchi o‘nlikka kirgan tashkilotlar hisobvaraqlarida jami bozor portfelining qariyb 81,7% qismi (32 859,90 mlrd so‘m) jamlangan.

Mijozlarning hisobda turgan aksiyalari umumiy qiymati bo‘yicha “Dalal standard” (7 902,28 mlrd so‘m) va “Kapital-depozit” (7 353,26 mlrd so‘m) tizimli ustunlikka ega bo‘lib, bozorda yetakchilik qilmoqda. Ushbu ko‘rsatkichlar yirik korporativ va institutsional portfellarni jalb qilish hamda ularga xizmat ko‘rsatish yo‘nalishida mazkur vositachilarning infratuzilmaviy roli yuqori ekanligidan dalolat beradi.

Markaziy depozitariy bozorning barcha ishtirokchilari uchun qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan huquqlarni hisobga olishning xavfsiz, shaffof va xalqaro standartlarga mos tizimini ta’minlashda davom etadi.

RU🇷🇺 EN🇬🇧

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
76👏5👍2🔥2🕊1
Aksiyalar bo‘yicha dividend to‘lovlari

🗣Qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariysi 2026-yil 22-may holatiga "Euroasia Insurance" AJ tomonidan yuqorida keltirilgan aksiyalar bo‘yicha navbatdagi dividend daromadlari to‘lanishi kutilayotganini ma’lum qiladi.

Mazkur to‘lovlar amaldagi qonunchilikda hamda aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi qarorida belgilangan muddatlarda va tartibda amalga oshiriladi. Qo‘shimcha ma’lumot uchun emitentga yoki xizmat ko‘rsatuvchi investitsiya vositachisiga murojaat qilishingiz mumkin.

RU🇷🇺 EN🇬🇧

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏63🆒22
💻Korporativ obligatsiyalar bo‘yicha kupon to‘lovlari

🗣Qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariysi 2026-yil 22-may holatiga "Makesense" MChJ tomonidan yuqorida keltirilgan korporativ obligatsiyalar bo‘yicha navbatdagi kupon daromadlari to‘lanishi kutilayotganini ma’lum qiladi.

Mazkur to‘lovlar emitentning chiqaruv shartlarida belgilangan muddatlarda va tartibda amalga oshiriladi. Qo‘shimcha ma’lumot uchun emitentga yoki xizmat ko‘rsatuvchi investitsiya vositachisiga murojaat qilishingiz mumkin.

RU🇷🇺 EN🇬🇧

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
85🔥3👏2