UzCSD | Markaziy depozitariy
9.57K subscribers
2.76K photos
118 videos
2 files
3.19K links
web: www.uzcsd.uz
Facebook: https://www.facebook.com/uzcsd.uz
Instagram: https://www.instagram.com/uz.csd/
Youtube: https://www.youtube.com/@uzcsd

Murojaat uchun:
📞 +998 (71) 211-09-09
📨 info@uzcsd.uz

Takliflar uchun: @UzCSDask_bot
Download Telegram
✍️✍️✍️✍️

🌐 2026-yil aprel oyida aksiya va obligatsiya chiqarilishlari dinamikasi

💻Qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariysining 2026-yil 1-may holatidagi ma’lumotlari aprel oyida kapital bozorida o‘sish sur’atlari yanada jadallashganini ko‘rsatmoqda.

🗣Aksiyalar

Chiqarilishlar umumiy hajmi 267,8 trln so‘mni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich mart oyiga nisbatan qariyb 2,9 trln so‘mga o‘sganligini ko‘rsatadi.

Umumiy hajmning 72,7 foizi (194,8 trln soʻm) davlat ulushi hissasiga toʻgʻri keldi.

Xorijiy egalarning ulushi 12,7 trln so‘m miqdorida barqaror saqlanib qolmoqda.

🗣Korporativ obligatsiyalar

Ushbu segmentda rekord o‘sish qayd etildi: aprel oyi yakuniga ko‘ra umumiy hajm 6,18 trln so‘mga yetdi. Bu mart oyidagi ko‘rsatkichdan (5,63 trln so‘m) 550 mlrd so‘mga ko‘pdir.

Bozor hajmining 68,3 foizi “Boshqa egalar” (xususiy sektor va banklar) hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Xorijiy investorlar ulushi esa 1,0 trln so‘mni (16,6%) tashkil etdi.

🗣Emitentlar

Aksiyadorlik jamiyatlari (AJ) soni mart oyidagi 699 tadan 700 taga yetdi.

Korporativ obligatsiya emitentlari soni esa 34 tadan 36 taga ko‘paydi. Umumiy emitentlar soni (AJ va MCHJlar) 726 tani tashkil etmoqda.

🗣Qimmatli qog‘ozlar egalari

Aksiyadorlar safi aprel oyida 4 505 taga kengayib, jami 1 034 610 tani tashkil qildi.

Jismoniy shaxslar soni 969 178 nafarga (jami aksiyadorlarning 93,6% dan ortig'i) yetishi aholi o‘rtasida investitsion faollik barqaror o‘sayotganini tasdiqlaydi.

RU🇷🇺

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍944🔥2


🏦 “Asakabank” AJ obligatsiyalari bo‘yicha kupon to‘lovlari amalga oshirildi

🏛 Qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariysi “Asakabank” AJ tomonidan chiqarilgan quyidagi qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha navbatdagi kupon daromadlari to‘lanishi kutilayotganini ma’lum qiladi:

Obligatsiya chiqarilishi: Beshinchi chiqarilish
Yillik daromadlilik: 18%
Obligatsiyaning nominal qiymati: 500 000 000 so‘m
Obligatsiyalarning muomala muddati: 1 710 kun
Bir dona obligatsiyaga hisoblangan miqdor: 22 191 780,82 so‘m
Jami to‘lov summasi: 44 383 561 640 so‘m
Chiqarilgan obligatsiyalar soni: 2 000 dona
Umumiy qiymati: 1 000 000 000 000 so‘m
Kupon to‘lovi davriyligi: har 90 kunda

🗣Mazkur to‘lovlar emitentning chiqaruv shartlarida belgilangan muddatlarda va tartibda amalga oshiriladi. Qo‘shimcha ma’lumot uchun emitentga yoki xizmat ko‘rsatuvchi investitsiya vositachisiga murojaat qilishingiz mumkin.

RU🇷🇺

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6👏53👌2👍1
1454👍4👌2💯2
🗓 Qimmatli qog'ozlar Markaziy depozitariysining bayram kunlaridagi ish tartibi

🕊9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan belgilangan bayram va qo‘shimcha dam olish kunlariga muvofiq, Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi quyidagi grafik asosida ishlaydi:

9-may (shanba) — Xotira va qadrlash kuni (bayram, barcha uchun dam olish kuni);

10-may (yakshanba) — barcha uchun odatiy dam olish kuni;

11-may (dushanba) — ko‘chirilgan dam olish kuni.

2026-yil 12-maydan (seshanba) boshlab barcha operatsiyalar va xizmat ko‘rsatish odatiy ish tartibida davom ettiriladi.

RU🇷🇺

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍94🤝3🔥1🎉1😍11
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🗳 E-vote: aksiyadorlar yig‘ilishida masofadan turib ishtirok eting!

🗣 Aksiyadorlar va kuzatuv kengashi a’zolari uchun yig‘ilishlarda qatnashish endi geografik chegaralarni bilmaydi. E-vote elektron ovoz berish platformasi orqali siz emitentlar yig‘ilishlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanib, jarayonlarni jonli efirda kuzatishingiz, kun tartibidagi materiallar bilan oldindan tanishishingiz va elektron byulletenlar orqali onlayn ovoz berishingiz mumkin. Buning uchun sizda internet va OneID orqali tasdiqlangan akkaunt bo‘lsa kifoya.

Tizimning yagona va tushunarli interfeysi barcha jarayonlarni ochiq-oydin ko‘rsatib turadi. Shuningdek, emitent bilan onlayn muloqot qilish va kerakli xizmatlarni masofadan tanlash imkoniyati yaratilgan. Barcha ma’lumotlar xavfsiz aloqa kanallari orqali himoyalanadi.


🔔Platformadan foydalanish bo‘yicha batafsil yo‘riqnoma bilan evote.uz saytida tanishishingiz mumkin.

Murojaat uchun:
📞 +998 (71) 211-09-09 (ichki raqam: 162)
🛜 www.evote.uz

RU🇷🇺

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍886👏1💯1🤝1
🇺🇿9-may — Xotira va qadrlash kuni muborak bo‘lsin!

Bugun biz tariximizning o‘chmas sahifalarini esga olamiz, xalqimizning jasorati va matonati oldida ta’zim qilamiz. Bu kun — tinchlik va ozodlik yo‘lida jonini fido qilgan ajdodlarimiz xotirasini yod etish, safimizda bo‘lgan faxriylarimizga cheksiz minnatdorchilik bildirish kunidir.

🗣Markaziy depozitariy jamoasi barcha yurtdoshlarimizni ushbu qutlug‘ ayyom bilan chin qalbdan muborakbod etadi.

🕊Yurtimiz osmoni hamisha musaffo, xonadonlarimizda esa tinchlik-osoyishtalik va qut-baraka hukm sursin. Bizga bugungi yorug‘ kunlarni tuhfa etgan qahramonlarimizning jasorati hech qachon unutilmaydi.

RU🇷🇺

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
17👏62👍1🎉1🕊1
Emitent kim?

🗣 Fond bozorida tez-tez “Emitent” so‘zini eshitamiz. Bu atama ortida kim turibdi?

O‘z faoliyatini rivojlantirish uchun aksiya yoki obligatsiya chiqaradigan kompaniya yoki davlat organi — emitent deyiladi.

Emitent investorlardan pul oladi va evaziga ularga foyda (divident yoki foiz) to‘lash majburiyatini oladi.

Har bir emitent o‘z aksiyadorlari oldida hisobdor bo‘lib, Markaziy depozitariyda o‘z qimmatli qog‘ozlarining hisobini yuritishi shart.

Siz aksiya sotib olganingizda, o‘sha emitentning biznes hamkoriga aylanasiz.

#moliyaviysavodxonlik #emitent #kompaniya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍833👌2🔥1💯1
✍️✍️✍️✍️

🗓 Haftalik sharh: O‘zbekiston kapital bozoridagi asosiy o‘zgarishlar
(01.05.2026 – 08.05.2026)

🗣Aksiyalar bozorida Markaziy depozitariy tizimida hisobga olingan aksiyadorlik jamiyatlari soni 700 tani tashkil etib, barqaror saqlanib qoldi. Jami chiqarilish hajmi esa yirik emitentlarning ustav kapitallari tarkibidagi o‘zgarishlar fonida 267,41 trillion so‘m miqdorida shakllandi:

“Aloqabank” AJ aksiyalari chiqarilish hajmi 3 218,22 mlrd so‘mdan 2 832,88 mlrd so‘mga kamaytirildi.

Shuningdek, “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ (658,73 mlrd so‘mdan 629,93 mlrd so‘mga) va “Quva don mahsulotlari” AJ ustav kapitallarida ham kamayish kuzatildi.

Ijobiy dinamika sifatida “Infinity insurance” AJ tomonidan aksiyalarning qo‘shimcha chiqarilishi amalga oshirilib, hajm 82,30 mlrd so‘mga yetkazildi.


🗣Korporativ obligatsiyalar segmentida ijobiy o‘sish sur’atlari qayd etildi. Emitentlar soni 36 ta darajasida saqlanib qolgan bo‘lsa-da, umumiy nominal qiymat 6,28 trillion so‘mga yetdi.

Mazkur o‘sishga “Agat credit” AJ tomonidan korporativ obligatsiyalarning qo‘shimcha chiqarilishi (150,0 mlrd so‘mdan 250,0 mlrd so‘mga) asosiy turtki bo‘ldi.


RU🇷🇺

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍44🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📣 E-vote — zamonaviy aksiyadorlar va ilg‘or emitentlar tanlovi!

🗣Bugungi shiddatli zamonda masofa korporativ qarorlar qabul qilishga to‘sqinlik qilmasligi kerak. E-vote platformasi aynan shu maqsadda — jarayonlarni soddalashtirish va shaffoflikni ta’minlash uchun yaratilgan.

Nima uchun aynan E-vote?

🗣Aksiyadorlar uchun

Geografik erkinlik: Dunyoning istalgan nuqtasidan turib yig‘ilishda to‘laqonli ishtirok etish imkoniyati.

Tezkorlik: Elektron byulletenlar kutishlarsiz, bir zumda yetkaziladi.

Xavfsizlik: Ovoz berish jarayoni eng zamonaviy himoya tizimlari bilan ta’minlangan.


🗣Emitentlar uchun

Xalqaro standart: Korporativ boshqaruvni xalqaro talablar darajasiga olib chiqadi.

Jozibadorlik: Shaffoflik investorlar va hamkorlar oldida kompaniya nufuzini oshiradi.

Faollik: Aksiyadorlarning yig‘ilishlardagi ishtiroki va qaror qabul qilishdagi ulushi sezilarli darajada o‘sadi.


Eng asosiysi: Barcha natijalar inson omilisiz, real vaqt rejimida avtomatik shakllanadi. Bu — xatolik va noaniqliklarga o‘rin qoldirmaydi.

Markaziy depozitariyning E-vote platformasi bilan har bir ovoz muhim, har bir yig‘ilish esa samarali!

Murojaat uchun:
📞 +998 (71) 211-09-09 (ichki raqam: 162)
🛜 www.evote.uz

RU🇷🇺

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
9👍54🔥2🤝2
🗓 2026-YIL 1-CHORAKNING TOP-5 EMITENTI
 
🗣Markaziy depozitariy tizimida hisobga olingan aksiyadorlik jamiyatlari va ularning ustav kapitallari bo‘yicha 2026-yilning 1-chorak yakunlari sarhisob qilinganda, jami AJlar soni 699 tani, ularning umumiy ustav kapitali hajmi esa 264,94 trln so‘mni tashkil etdi.
 
💻 Bozorning qariyb 35,4 foizi quyidagi beshta yirik emitent hissasiga to‘g‘ri kelmoqda:
 
1⃣“O'zbekiston Milliy Investitsiya Jamg'armasi” AJ — 25,27 trln so‘m
2⃣“O'zbekneftgaz” AJ — 22,48 trln so‘m
3⃣“O'zmilliybank” AJ — 17,77 trln so‘m
4⃣“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ — 15,07 trln so‘m
5⃣“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ — 13,31 trln so‘m

RU🇷🇺

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7👏75🔥1🎉1
Korporativ harakatlar nima?

🗣Ba’zida kompaniyalar o‘z aksiyalari bilan turli o‘zgarishlarni amalga oshiradilar. Bular korporativ harakatlar deyiladi. Eng ko‘p uchraydiganlari:

Split (bo‘linish): Aksiyaning narxi juda baland bo‘lib ketsa, uni maydalashadi (masalan, 1 ta aksiya 10 taga aylanadi). Bu ko‘proq odam sotib olishi uchun qilinadi.

Konsolidatsiya: Splitning teskarisi — bir nechta kichik aksiyalar bitta yirik aksiyaga birlashtiriladi.

Qo‘shimcha chiqarish: Kompaniya kengayish uchun bozorgami yana yangi aksiyalar chiqarishi mumkin.

Natija: Bunday holatlarda sizning hisobingizdagi aksiyalar soni avtomatik o‘zgaradi va Markaziy depozitariy buni aniq hisoblab boradi.

#moliyaviysavodxonlik #korporativ #aksiya

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7👍3🔥3🤝11
✍️✍️✍️✍️

🗓 Haftalik sharh: O‘zbekiston kapital bozoridagi asosiy o‘zgarishlar
(08.05.2026 – 15.05.2026)

🗣Markaziy depozitariy tizimida hisobga olingan aksiyadorlik jamiyatlari soni o‘sib, 701 tani tashkil etdi. Jami chiqarilish hajmi esa tizimdagi tarkibiy o‘zgarishlar fonida 267,08 trillion so‘m miqdorida shakllandi:

“Azza qandolat” AJ tomonidan aksiyalarning birlamchi chiqarilishi amalga oshirildi va hajm 0,05 mlrd so‘mni tashkil etdi.

“Rizo-qandolat” AJ ham aksiyalarning birlamchi chiqarilishini ro‘yxatdan o‘tkazdi — 0,01 mlrd so‘m.

“Issiqlikta'minoti” AJ tomonidan 328,84 mlrd so‘mlik aksiyalar chiqarilishi hisobdan chiqarildi. Aynan ushbu yirik hajmning chiqib ketishi umumiy emissiya ko‘rsatkichining biroz pasayishiga sabab bo‘ldi.


🗣Korporativ obligatsiyalar segmentida barqarorlik saqlanib qoldi. Emitentlar soni 36 ta darajasida o‘zgarishsiz qoldi, umumiy nominal qiymat esa 6,28 trillion so‘mni tashkil etdi.

RU🇷🇺

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍33🔥1👌1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


🌐 Global moliyaviy ko‘prik: O‘zbekiston kapital bozoridagi tarixiy IPO

🗣2026-yil 18-may kuni O‘zbekiston o‘z iqtisodiy tarixida yangi sahifa ochdi — O‘zbekiston Respublikasi Milliy investitsiya jamg‘armasi (UzNIF) aksiyalari bir vaqtning o‘zida ham Toshkent fond birjasida aksiya shaklida, ham London fond birjasida global depozitar tilxatlar (GDR) shaklida muvaffaqiyatli joylashtirildi. Bu voqea nafaqat mamlakat kapital bozorining xalqaro moliyaviy tizimga integratsiyalashuvida muhim burilish nuqtasi bo‘ldi, balki milliy infratuzilmaning xalqaro amaliyot va zamonaviy talablarga mos ravishda rivojlanayotganini ham namoyon etdi.

Mazkur murakkab va ko‘lamli global jarayonda Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi asosiy infratuzilmaviy institutlardan biri hisoblanadi.

💬 Xalqaro amaliyotga ko‘ra, The Bank of New York Mellon tomonidan global depozitar tilxatlar (GDR) chiqarilishi uchun, eng avvalo, ushbu tilxatlarning zamirida turgan bazaviy aktiv — ya’ni UzNIF aksiyalarining ishonchli va markazlashgan hisob tizimida saqlanishi talab etiladi. Markaziy depozitariy ushbu poydevor vazifasini to‘liq ta’minlab berdi.

Aynan Markaziy depozitariyda xorijiy kastodian bankning depozitar hisobvarag‘i ochildi va Londonda savdoga chiqarilgan GDRlar uchun asos bo‘lgan milliy aksiyalar mazkur hisobvaraqqa o‘tkazilishi ta’minlab berildi. E’tiborli jihati, Markaziy depozitariy o‘z tarixida birinchi marta xorijiy va xalqaro banklar uchun depozitar vakillik (nominal saqlovchi) hisobvaraqlarini ochdi. Bu xorijning eng yirik moliya institutlari va kastodianlari O‘zbekistonning mahalliy depozitar infratuzilmasiga to‘liq ishonch bildirayotganidan dalolat beradi.


Markaziy depozitariyning roli faqatgina aksiyalarni xavfsiz saqlash bilan cheklanib qolmaydi. Endilikda u emitent (UzNIF) va global investorlar o‘rtasidagi muhim axborot hamda korporativ kommunikatsiya ko‘prigiga aylandi.

Jamg‘arma tomonidan qabul qilinadigan har qanday muhim korporativ qarorlar — dividend to‘lovlari, aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi, ovoz berish jarayonlari, aksiyalar konvertatsiyasi yoki boshqa korporativ harakatlar haqidagi ma’lumotlar Markaziy depozitariy orqali xalqaro bozorga tizimli va tezkor ravishda uzatiladi.


Markaziy depozitariy o‘zining aksiyadorlar reyestri va zamonaviy hisob tizimi asosida dividend olish huquqiga ega bo‘lgan investorlarni aniq belgilaydi va mablag‘larning o‘z vaqtida, aniq taqsimlanishini kafolatlaydi.

Yangi tizimga ko‘ra, GDR egalari bo‘lgan xorijiy investorlarga ham dividendlar va muhim korporativ ma’lumotlar Markaziy depozitariydan xorijiy depozitar bank va kastodian infratuzilmasi orqali zanjirsimon tarzda, xalqaro standartlar asosida yetkazib beriladi.


🗣UzNIFning Londondagi muvaffaqiyatli debyuti O‘zbekiston kapital bozori uchun yangi davrni boshlab berdi. Ushbu davrda Markaziy depozitariy o‘z faoliyatini xalqaro andozalarga muvofiq transformatsiya qilishda davom etadi va milliy bozorning xalqaro investorlar uchun xavfsiz, shaffof hamda jozibador bo‘lishini ta’minlashda muhim ko‘prik bo‘lib xizmat qiladi.

RU🇷🇺 EN🇬🇧

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
10🔥55👏3👍1💯1
💻Korporativ obligatsiyalar bo‘yicha kupon to‘lovlari

🗣Qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariysi 2026-yil 19-may holatiga yuqorida keltirilgan korporativ obligatsiyalar bo‘yicha navbatdagi kupon daromadlari to‘lanishi kutilayotganini ma’lum qiladi.

Mazkur to‘lovlar emitentning chiqaruv shartlarida belgilangan muddatlarda va tartibda amalga oshiriladi. Qo‘shimcha ma’lumot uchun emitentga yoki xizmat ko‘rsatuvchi investitsiya vositachisiga murojaat qilishingiz mumkin.

RU🇷🇺 EN🇬🇧

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
87👏2👌1