UzCSD | Markaziy depozitariy
9.57K subscribers
2.76K photos
118 videos
2 files
3.19K links
web: www.uzcsd.uz
Facebook: https://www.facebook.com/uzcsd.uz
Instagram: https://www.instagram.com/uz.csd/
Youtube: https://www.youtube.com/@uzcsd

Murojaat uchun:
📞 +998 (71) 211-09-09
📨 info@uzcsd.uz

Takliflar uchun: @UzCSDask_bot
Download Telegram
✍️✍️✍️✍️

📆 Haftalik sharh: O‘zbekiston kapital bozoridagi asosiy o‘zgarishlar
(10.04.2026 – 17.04.2026)

💻Aksiyalar bozorida hisobga olingan aksiyadorlik jamiyatlari soni barqaror saqlanib, 698 tani tashkil etmoqda. Jami chiqarilish hajmi esa qo‘shimcha emissiyalar hisobiga o‘sishda davom etib, 267,04 trillion so‘mga yetdi.

🗂 Xususan:

📈 “O‘zbektelekom” AJ tomonidan aksiyalarning yirik qo‘shimcha chiqarilishi qayd etildi. Natijada jamiyatning qimmatli qog‘ozlar hajmi 326,17 mlrd so‘mdan 978,51 mlrd so‘mga yetdi (3 barobar o‘sish).

📉 “NBU Invest Group” AJ aksiyalari hajmida esa kamayish kuzatildi. Jamiyatning jami aksiyalari qiymati 1 710,25 mlrd so‘mdan 1 356,64 mlrd so‘mga tushdi.

🗣 Korporativ obligatsiyalar bozorida ko‘rsatkichlar o‘zgarishsiz qoldi. Emitentlar soni 35 tani, hisobga olingan obligatsiyalarning umumiy nominal qiymati esa 6,13 trillion so‘mni tashkil etmoqda.

📱Mablag‘laringiz va qimmatli qog‘ozlaringiz holatini UzCSD mobil ilovasi orqali onlayn kuzatib boring.

RU🇷🇺

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
64👍2🔥1👌1🆒1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM


Aksiyalaringizdan tushgan dividendlarni qanday olishni bilasizmi?

💻 Dividendlar mavsumi boshlanishi bilan ko‘plab aksiyadorlarda to‘lovlarni qanday va qayerdan olish haqida savollar tug‘iladi. Siz UzCSD mobil ilovasi orqali hisoblangan mablag‘larni ortiqcha hujjatlarsiz va ovoragarchiliksiz, to‘g‘ridan-to‘g‘ri bank kartangizga o‘tkazib olishingiz mumkin.

🗂 Buning uchun 4 ta oddiy qadam kifoya:

1⃣ Identifikatsiya: Ilovani yuklab oling va OneID tizimi orqali kiring. Bu sizning barcha aktivlaringizni avtomatik tarzda shakllantiradi.
2⃣ Monitoring: “Mening aksiyalarim” bo‘limida sizga tegishli qimmatli qog‘ozlar va ular bo‘yicha hisoblangan dividendlar miqdori bilan tanishing.
3⃣ Rekvizitlar: Mablag‘larni qabul qilish uchun o‘z bank kartangizni ilovaga bog‘lang.
4⃣ O‘tkazma: Dividendlarni bir necha soniya ichida kartangizga o‘tkazish bo‘yicha so‘rov yuboring.

📱 Bundan tashqari, ilovaning “Qayta aloqa” bo‘limi orqali mutaxassislar bilan bog‘lanib, o‘zingizni qiziqtirgan savollarga tezkor javob olishingiz mumkin.

Muhim ma’lumot: Mazkur xizmatdan Markaziy depozitariy bilan dividendlar to‘lovi bo‘yicha shartnoma imzolagan emitentlarning aksiyadorlari foydalanishlari mumkin (aksiyadorlik jamiyatlari ro‘yxati).

📱Ilovani yuklab olish:

📱 Google Play 📱 App Store

Batafsil jarayon yuqoridagi video-yo‘riqnomada tushuntirilgan.

RU🇷🇺

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10109🔥2🙏1🤝1


Qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariysi va Raiffeisen Bank International o‘rtasida hamkorlik o‘rnatildi

🗣Joriy yilning 22-aprel kuni Iqtisodiyot va moliya vazirligida Qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariysi va Raiffeisen Bank International (RBI) o‘rtasida hisobvaraq ochish hamda korrespondentlik munosabatlarini o‘rnatish bo‘yicha shartnoma imzolandi.

Ushbu hamkorlik O‘zbekiston kapital bozori infratuzilmasini xalqaro moliya tizimi bilan integratsiya qilish yo‘lidagi muhim qadamdir. RBI bilan o‘rnatilgan munosabatlar xorijiy investorlar uchun O‘zbekistonning davlat va korporativ qimmatli qog‘ozlar bozoriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirish imkonini yaratadi.

Bu, o’z navbatida, milliy kapital bozori likvidliligini oshirish bilan bir qatorda, investorlar bazasini kengaytirish hamda qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha hisob-kitoblar, saqlash va xizmat ko‘rsatish jarayonlariga eng ilg‘or xalqaro tajribalarni joriy etishga xizmat qiladi.

Hamkorlik doirasida milliy valyutadagi obligatsiyalar bozorini rivojlantirish, depozitar xizmatlar sifatini yaxshilash va global sarmoyadorlarning mahalliy aktivlarga bo‘lgan ishonchini oshirish masalalari ustuvor yo'nalish etib belgilandi. Markaziy depozitariyning operatsion ishonchliligi va zamonaviy texnologiyalarga asoslangan infratuzilmasi mahalliy emitentlar hamda global investorlar o‘rtasida samarali “moliyaviy ko‘prik” vazifasini o‘taydi.

Mazkur kelishuv kelgusida boshqa yirik global depozitariylar va xalqaro kastodian banklarning mamlakatimiz bozoriga kirib kelishi uchun ijobiy signal bo‘lib xizmat qiladi. Eng muhimi, ushbu hamkorlik transchegaraviy qimmatli qog‘ozlar amaliyotlarini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqib, O‘zbekistonning jahon moliya xaritasidagi o‘rnini yanada mustahkamlaydi.

RU🇷🇺

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1388👏3🔥1💯1🤝1🆒1
✍️✍️✍️✍️

📆 Haftalik sharh: O‘zbekiston kapital bozoridagi asosiy o‘zgarishlar
(17.04.2026 – 24.04.2026)

💻 Hisobot haftasi yakuniga ko‘ra, Markaziy depozitariy tizimida hisobga olingan aksiyadorlik jamiyatlari soni 699 tani tashkil etdi. Jami chiqarilish hajmi esa qo‘shimcha emissiyalar hisobiga o‘sishda davom etib, 267,12 trillion so‘mga yetdi.

📈 Depozitar tizimda “ASTERIUM” AJ tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlarning birlamchi hisobga olinishi amalga oshirildi. Mazkur amaliyot natijasida bozor aylanmasiga 85,68 mlrd so‘mlik yangi aktivlar kiritildi.

🗣 Korporativ obligatsiyalar segmentida barqaror ko‘rsatkichlar saqlanib qolmoqda. Markaziy depozitariyda jami 35 ta emitentning 6,13 trillion so‘mlik korporativ obligatsiyalari hisobga olingan.

📱Mablag‘laringiz va qimmatli qog‘ozlaringiz holatini UzCSD mobil ilovasi orqali onlayn kuzatib boring.

RU🇷🇺

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
66👍5🤝1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


🌐 Markaziy depozitariyda inson kapitalini boshqarish yangi bosqichga chiqmoqda

📆 25-aprel kuni Toshkent viloyatida Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi xodimlari uchun timbilding tashkil etildi. Tadbir xodimlarning o‘zaro ishonchini oshirish, jamoaviy muhitni sog‘lomlashtirish hamda tashkilotning strategik kelajagini birgalikda tahlil qilish uchun samarali maydon yaratdi. 

🗣Tadbir doirasida Markaziy depozitariyning 2030-yilgacha mo‘ljallangan rivojlanish strategiyasi loyihasi qizg‘in muhokama qilinib, tizimni raqamlashtirish va xalqaro integratsiya masalalari ko‘rib chiqildi. Xodimlarning o‘z takliflari bilan faol ishtirok etishi har bir jamoa a’zosida umumiy muvaffaqiyat uchun daxldorlik hissini yanada oshirdi.

Dasturning amaliy qismi futbol, shaxmat, suzish va badminton kabi sport musobaqalari bilan davom etdi. Ushbu bahslar xodimlar o‘rtasida o‘zaro ishonchni mustahkamlashga va sog‘lom ish muhitini yaratishga xizmat qildi. Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-421-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, Kasaba uyushmalari Toshkent shahar Kengashi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Markaziy depozitariy kelgusida ham jamoaviy jipslikka qaratilgan tizimli tadbirlarni davom ettirishni rejalashtirgan.

RU🇷🇺

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
13👍94🏆3🤝1
🗓 28-aprel — Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni!

🌱 Xodimning salomatligi va xavfsizligi har qanday muvaffaqiyatli tashkilotning poydevoridir. 2026-yilda ushbu butunjahon kun global miqyosda “Ijobiy psixoijtimoiy ish muhiti: xodimlar farovonligi va kuchli tashkilot sari yo‘l” tamoyili ostida nishonlanmoqda.

🗣 Ijobiy muhit deganda biz nafaqat jismoniy xavfsizlikni, balki xodimlarning ruhiy xotirjamligi, o‘zaro ishonch va jamoaviy birdamlik ta’minlangan ish joyini tushunamiz. Zero, xodimlari o‘zini qadrli va himoyalangan his etgan tashkilotgina yuksak marralarni zabt eta oladi.

Markaziy depozitariy jamoasi uchun ham xavfsiz va motivatsiyaga boy muhit yaratish korporativ madaniyatimizning ajralmas qismidir. Barcha soha vakillarini ushbu muhim sana bilan tabriklaymiz!

Xavfsiz mehnat — barqaror kelajak garovidir!

RU🇷🇺

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
9👍66🤝1
Nominal qiymat va bozor bahosi: Farqi nimada?

🗣 Ko‘p investorlar aksiyaning nominal qiymati bilan birjadagi narxini adashtirib yuborishadi. Keling, oydinlik kiritamiz:

Nominal qiymat: Bu aksiya chiqarilganda belgilangan narxi (masalan, 1000 so‘m). Bu raqam kompaniya ustav kapitalini hisoblash uchun kerak.

Bozor bahosi: Bu ayni damda birjada investorlar to‘lashga tayyor bo‘lgan narx. U talab va taklifga qarab har kuni o‘zgarishi mumkin.

Investor uchun bozor bahosining o‘sishi muhim, chunki u aksiyani nominal narxidan qat’i nazar, bozor narxida sotadi.

Nominal qiymat — tarix, bozor bahosi — bugungi haqiqat.

#moliyaviysavodxonlik #aksiya #bozor

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥108👍4🤝2
🟦 HAYOT VA BIZNES ALGORITMLARI

📚 Rey Dalio — “Tamoyillar”

🗣Dunyodagi eng yirik xedj-fondi “Bridgewater Associates” asoschisi Rey Dalio muvaffaqiyatni tasodif emas, balki aniq ishlaydigan mexanizm deb hisoblaydi. Uning “Tamoyillar” kitobi — bu shaxsiy va professional hayot uchun yozilgan “qomus”dir.

Nega bu kitobni o‘qish shart?

Dalio bizga hissiyotlarni chetga surib, xatolardan dars olishning eng samarali usulini ko‘rsatadi. Uning yondashuvi: “Og‘riq + Mulohaza = Taraqqiyot”. Bu formula har qanday sarmoyador uchun inqiroz davrida omon qolish kalitidir.

🗂 Investor uchun 3 ta asosiy tamoyil:

1⃣ Haqiqatga tik qarang. Ko‘p investorlar bozor ularga qarshi yurganda, haqiqatni tan olishdan qo‘rqib, ta’bir joiz bo’lsa, ko‘zlarini yumib olishadi. Dalio esa haqiqat qanchalik og‘riqli bo‘lmasin, uni qabul qilish va unga moslashish kerakligini uqtiradi.

2⃣ “Aqliy xarita” tuzing. Har bir xato - bu kelajakda takrorlanmasligi kerak bo‘lgan saboq. Dalio har bir muvaffaqiyatsizlikdan so‘ng yangi tamoyil yozib borishni tavsiya qiladi. Shunda qaror qabul qilish vaqt o‘tishi bilan avtomatlashadi va aniqlashadi.

3⃣ Radikal ochiqlik. Atrofingizda sizning fikringizga qo’shilmaydigan, lekin aqlli insonlarni to’plang. Baffetning “Anti-diversifikatsiya”siga qarama-qarshi o’laroq, Dalio “fikrlar diversifikatsiyasi” - ya'ni xato qilmaslik uchun turli nuqtai nazarlarni eshitish tarafdori.

Investitsiya - bu shunchaki pul tikish emas, bu o‘z fe’l-atvoringiz va dunyoqarashingiz ustida ishlashdir. Dalio sizga o‘z shaxsiy “operatsion tizimingizni” yangilashni taklif qiladi.

#InvestorKutubxonasi

RU🇷🇺

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍148🔥2🙏1👌1🆒1
✍️✍️✍️✍️

🗓 Haftalik sharh: O‘zbekiston kapital bozoridagi asosiy o‘zgarishlar
(24.04.2026 – 01.05.2026)

🗣Aksiyalar bozorida Markaziy depozitariy tizimida hisobga olingan aksiyadorlik jamiyatlari soni 700 tani tashkil etdi. Jami chiqarilish hajmi esa yirik emitentlarning qo‘shimcha emissiyalari hisobiga sezilarli o‘sib, 267,82 trillion so‘mga yetdi.

🗂 Xususan:

📈 “Ipoteka-bank” AJ tomonidan aksiyalarning yirik qo‘shimcha chiqarilishi qayd etildi. Natijada bankning jami chiqarilish hajmi 3 834,22 mlrd so‘mdan 4 225,52 mlrd so‘mga yetdi.

📈 Shuningdek, “Apex bank” AJ (600,0 mlrd so‘mdan 800,0 mlrd so‘mga) va “O‘zbekgidroenergo” AJ (731,11 mlrd so‘mdan 785,16 mlrd so‘mga) ustav kapitallari qo‘shimcha emissiyalar hisobiga oshirildi.

“Fast financing service MKT” AJ tomonidan aksiyalarning birlamchi chiqarilishi amalga oshirilib, bozorga 53,56 mlrd so‘mlik yangi aktivlar kiritildi.

🗣Korporativ obligatsiyalar bozorida o‘sish tendensiyasi davom etmoqda. Emitentlar soni bittaga ko‘payib, 36 taga yetdi. Hisobga olingan obligatsiyalarning umumiy nominal qiymati esa 6,18 trillion so‘mni tashkil qildi.

“Anor bank” AJ tomonidan amalga oshirilgan 50,0 mlrd so‘mlik yangi korporativ obligatsiyalar chiqarilishining hisobga olinishi mazkur ko‘rsatkichning o‘sishiga asosiy turtki bo‘ldi.

RU🇷🇺

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7👍4🔥2🤝11
✍️✍️✍️✍️

🌐 2026-yil aprel oyida aksiya va obligatsiya chiqarilishlari dinamikasi

💻Qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariysining 2026-yil 1-may holatidagi ma’lumotlari aprel oyida kapital bozorida o‘sish sur’atlari yanada jadallashganini ko‘rsatmoqda.

🗣Aksiyalar

Chiqarilishlar umumiy hajmi 267,8 trln so‘mni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich mart oyiga nisbatan qariyb 2,9 trln so‘mga o‘sganligini ko‘rsatadi.

Umumiy hajmning 72,7 foizi (194,8 trln soʻm) davlat ulushi hissasiga toʻgʻri keldi.

Xorijiy egalarning ulushi 12,7 trln so‘m miqdorida barqaror saqlanib qolmoqda.

🗣Korporativ obligatsiyalar

Ushbu segmentda rekord o‘sish qayd etildi: aprel oyi yakuniga ko‘ra umumiy hajm 6,18 trln so‘mga yetdi. Bu mart oyidagi ko‘rsatkichdan (5,63 trln so‘m) 550 mlrd so‘mga ko‘pdir.

Bozor hajmining 68,3 foizi “Boshqa egalar” (xususiy sektor va banklar) hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Xorijiy investorlar ulushi esa 1,0 trln so‘mni (16,6%) tashkil etdi.

🗣Emitentlar

Aksiyadorlik jamiyatlari (AJ) soni mart oyidagi 699 tadan 700 taga yetdi.

Korporativ obligatsiya emitentlari soni esa 34 tadan 36 taga ko‘paydi. Umumiy emitentlar soni (AJ va MCHJlar) 726 tani tashkil etmoqda.

🗣Qimmatli qog‘ozlar egalari

Aksiyadorlar safi aprel oyida 4 505 taga kengayib, jami 1 034 610 tani tashkil qildi.

Jismoniy shaxslar soni 969 178 nafarga (jami aksiyadorlarning 93,6% dan ortig'i) yetishi aholi o‘rtasida investitsion faollik barqaror o‘sayotganini tasdiqlaydi.

RU🇷🇺

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍944🔥2


🏦 “Asakabank” AJ obligatsiyalari bo‘yicha kupon to‘lovlari amalga oshirildi

🏛 Qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariysi “Asakabank” AJ tomonidan chiqarilgan quyidagi qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha navbatdagi kupon daromadlari to‘lanishi kutilayotganini ma’lum qiladi:

Obligatsiya chiqarilishi: Beshinchi chiqarilish
Yillik daromadlilik: 18%
Obligatsiyaning nominal qiymati: 500 000 000 so‘m
Obligatsiyalarning muomala muddati: 1 710 kun
Bir dona obligatsiyaga hisoblangan miqdor: 22 191 780,82 so‘m
Jami to‘lov summasi: 44 383 561 640 so‘m
Chiqarilgan obligatsiyalar soni: 2 000 dona
Umumiy qiymati: 1 000 000 000 000 so‘m
Kupon to‘lovi davriyligi: har 90 kunda

🗣Mazkur to‘lovlar emitentning chiqaruv shartlarida belgilangan muddatlarda va tartibda amalga oshiriladi. Qo‘shimcha ma’lumot uchun emitentga yoki xizmat ko‘rsatuvchi investitsiya vositachisiga murojaat qilishingiz mumkin.

RU🇷🇺

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6👏53👌2👍1
1454👍4👌2💯2
🗓 Qimmatli qog'ozlar Markaziy depozitariysining bayram kunlaridagi ish tartibi

🕊9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan belgilangan bayram va qo‘shimcha dam olish kunlariga muvofiq, Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi quyidagi grafik asosida ishlaydi:

9-may (shanba) — Xotira va qadrlash kuni (bayram, barcha uchun dam olish kuni);

10-may (yakshanba) — barcha uchun odatiy dam olish kuni;

11-may (dushanba) — ko‘chirilgan dam olish kuni.

2026-yil 12-maydan (seshanba) boshlab barcha operatsiyalar va xizmat ko‘rsatish odatiy ish tartibida davom ettiriladi.

RU🇷🇺

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍94🤝3🔥1🎉1😍11