UzCSD | Markaziy depozitariy
9.57K subscribers
2.76K photos
118 videos
2 files
3.19K links
web: www.uzcsd.uz
Facebook: https://www.facebook.com/uzcsd.uz
Instagram: https://www.instagram.com/uz.csd/
Youtube: https://www.youtube.com/@uzcsd

Murojaat uchun:
📞 +998 (71) 211-09-09
📨 info@uzcsd.uz

Takliflar uchun: @UzCSDask_bot
Download Telegram
Adolat va tartib — kuchli davlat poydevori 💫

🔔 Bugun buyuk sarkarda, davlat arbobi va sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligi nishonlanmoqda.

🗣 Amir Temur o‘z tuzuklarida: "Qayerda tartib bo‘lsa, o‘sha yerda barqarorlik bo‘ladi", — deb ta’kidlagan edi. Bu tamoyil asrlar o‘tsa-da, bugungi zamonaviy moliya tizimi va kapital bozori uchun ham poydevor bo‘lib xizmat qilmoqda.

🗣 Markaziy depozitariy jamoasi barcha yurtdoshlarimizni ushbu qutlug' sana bilan muborakbod etadi. Biz o‘z faoliyatimizda sohibqiron bobomizdek qat’iyat, adolat va shaffoflik tamoyillariga tayanamiz.

Buyuk ajdodimizning bunyodkorlik ruhi barchamizga yor bo‘lsin!

RU🇷🇺

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7🔥5👏2🎉1😍1
#kunraqami

🌐 O‘zbekiston korporativ obligatsiyalar bozoriga xorijiy investorlarning ishonchi ortib bormoqda. 2026-yil 10-aprel holatiga ko‘ra:

💻 25 ta xorijiy davlat investorlari tomonidan jami 1,03 trillion so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltirildi.

📊 Ma'lumot uchun, bugungi kunda bozordagi 35 ta emitent ishtirokidagi jami chiqarilishlar hajmi 6,13 trillion so‘mni tashkil etmoqda. Bu esa xorijiy sarmoyadorlar ulushi umumiy bozorning qariyb 17 foiziga yetganidan dalolat beradi.

RU🇷🇺

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8👍64👏2🔥1🏆1
Nima uchun kompaniyalar hisobot berishi shart?

🗣 Fond bozorining asosiy qoidasi — shaffoflik. Aksiyadorlik jamiyatlari muhim ma’lumotlarni barcha uchun bir vaqtda e’lon qilishi kerak.

Muhim faktlar: Rahbar almashishi, yirik bitimlar yoki sud jarayonlari haqidagi xabarlar.
Nega bu muhim? Agar ma’lumot faqat "tor doira"da qolsa, bu adolatsiz ustunlik (insayd) hisoblanadi.
Qayerdan bilish mumkin? Barcha muhim faktlar va choraklik hisobotlar Yagona axborot portalida (openinfo.uz) va kompaniya saytlarida e’lon qilinadi.

Aqlli investor qaror qabul qilishdan oldin kompaniyaning oxirgi hisobotini ko‘zdan kechiradi.

#MoliyaviySavodxonlik

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6👍53🔥1
🟦 INVESTITSIYA — BU SHAXMAT EMAS, POKER!

📚 Enni Dyuk — “Noaniqlik sharoitida qaror qabul qilish” (Thinking in Bets)

🗣 Ko‘pchilik investitsiyani shaxmatga o‘xshatadi: agar siz hamma narsani to‘g‘ri hisoblasangiz, albatta yutasiz deb o‘ylashadi. Ammo professional poker o‘yinchisi va kognitiv psixolog Enni Dyuk buni rad etadi. Shaxmatda barcha donalar ko‘rinib turadi. Investitsiyada esa ma’lumotlarning bir qismi har doim yashirin va omad omili juda katta.

Nega bu kitobni o‘qish shart?

Ushbu asar sizni natijadorlik tuzog‘idan qutqaradi. Bu — qarorning sifatiga qarab emas, uning yakuniy natijasiga qarab baho berish xatosidir. Agar siz noto‘g‘ri aksiya sotib olib, tasodifan foyda ko‘rgan bo‘lsangiz, bu sizning professional ekanligingizni anglatmaydi — bu shunchaki xavfli omad.

🗂 Investor uchun 3 ta asosiy xulosa:

1⃣ Jarayon natijadan muhimroq. Agar qaroringiz zarar bilan yakunlangan bo‘lsa, bu har doim ham xato qilganingizni anglatmaydi. Muhimi — qaror qabul qilish jarayonida mantiqiy tahlil bormidi? Yaxshi jarayon uzoq muddatda baribir g‘alaba keltiradi.

2⃣ “Ishonchim komil” deyishni to‘xtating. Bozorlarda 100%lik kafolat yo‘q. Buning o‘rniga “bu aktiv o‘sishiga 60% ishonaman, 40% esa xavf bor” degan ehtimolliklar bilan o‘ylang: Bu yondashuv sizni radikal qarorlardan va kutilmagan zarbalardan asraydi.

3⃣ “Pre-mortem” tahlili. Qaror qabul qilishdan oldin, uning ortidan investitsiyangiz barbod bo‘lishini ko‘z oldingizga keltiring. Nima sababdan shunday bo‘lishi mumkin edi? Bu usul sizga hozir ko‘rinmayotgan xavflarni aniqlashga yordam beradi.

Aqlli sarmoyador natijaning quli emas, u ehtimolliklar ustasidir. Agar tahlil jarayoningiz to‘g‘ri bo‘lsa, omad sizga kulib boqadi.

#InvestorKutubxonasi

RU🇷🇺

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5🔥5👍32
✍️✍️✍️✍️

📆 Haftalik sharh: O‘zbekiston kapital bozoridagi asosiy o‘zgarishlar
(03.04.2026 – 10.04.2026)

💻 Aksiyalar bozorida hisobga olingan aksiyadorlik jamiyatlari soni bittaga kamayib, 698 tani tashkil etdi. Jami chiqarilish hajmi esa qo‘shimcha chiqarilishlar hisobiga sezilarli o‘sib, 266,74 trillion so‘mga yetdi.

🗂 Xususan:

📈 “O'zbekiston texnologik metallar kombinati” AJ tomonidan aksiyalarning yirik qo‘shimcha chiqarilishi amalga oshirildi. Natijada jamiyatning qimmatli qog‘ozlar hajmi 647,46 mlrd so‘mdan 2 059,67 mlrd so‘mga yetdi.

“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ aksiyalari hajmi qo‘shimcha chiqarilish hisobiga 1 310,00 mlrd so‘mdan 1 528,23 mlrd so‘mgacha ko‘paydi.

Shuningdek, “Kafolat sug'urta kompaniyasi” AJ aksiyalari hajmi 240,0 mlrd so‘mga, “Apex Life Insurance” AJ aksiyalari 230,0 mlrd so‘mga va “Asia Insurance sug'urta kompaniyasi” AJ aksiyalari hajmi 107,0 mlrd so‘mga yetkazildi.

📉 Hafta davomida “Kosatka Fintech Invest” AJ aksiyalari hisobdan chiqarilishi munosabati bilan emitentlar ro‘yxatidan chiqarildi.

🗣 Korporativ obligatsiyalar bozorida barqarorlik saqlanib qolmoqda. Emitentlar soni 35 tani, hisobga olingan obligatsiyalarning umumiy nominal qiymati esa 6,13 trillion so‘mni tashkil qildi.

RU🇷🇺

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍542🔥1🤝1
👌Qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariysida amaliy bilimlarni rivojlantirishga qaratilgan o‘quv mashg‘uloti

Joriy yilning 9-aprel kuni Qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariysida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan hamkorlikda yosh mutaxassislar hamda stipendiantlar ishtirokida amaliy o‘quv sessiyasi tashkil etildi.

🟣Mashg‘ulot davomida ishtirokchilar qimmatli qog‘ozlarni hisobga olish, saqlash, ularning reyestrini yuritish hamda mulk huquqlarini qayd etish jarayonlari bilan batafsil tanishdilar. Shuningdek, aksiyadorlar umumiy yig‘ilishini o‘tkazishga mo‘ljallangan onlayn platforma –
e-Voting tizimining ishlash tartibi amalda namoyish etildi.

🟣Bundan tashqari post-treyding operatsiyalari - bitimlardan keyingi hisob-kitoblar, depo hisobvaraqlari o‘rtasidagi o‘tkazmalar va qimmatli qog‘ozlar harakatini qayd etish mexanizmlari amaliy tarzda ko‘rib chiqildi.

🟣Shu orqali ishtirokchilar bozorning savdodan keyingi infratuzilmasi qanday ishlashi, ya’ni hisob, saqlash va huquqlarni tasdiqlash tizimlarining amaliy ahamiyati haqida tasavvurga ega bo‘ldilar.

📌 Mazkur tashabbus yosh mutaxassislarning amaliy bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qilmoqda. Bunday formatdagi o‘quv mashg‘ulotlari kelgusida ham muntazam davom ettiriladi.

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11541🤝1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


🇺🇿Qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariysida amaliy o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi

📆 Joriy yilning 9-aprel kuni Markaziy depozitariyda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan hamkorlikda yosh mutaxassislar va stipendiyantlar uchun amaliy seminar tashkil etildi.

🗣Mashg‘ulot davomida mutaxassislarimiz ishtirokchilarga quyidagi asosiy yo‘nalishlarni batafsil yoritib berdilar:

Qimmatli qog‘ozlarni hisobga olish, saqlash va mulk huquqlarini qayd etish;
e-Voting — aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishlarini masofaviy o‘tkazish onlayn platformasining ishlash mexanizmi;
Post-treyding operatsiyalari: bitimlardan keyingi hisob-kitoblar va depo hisobvaraqlari o‘rtasidagi o‘tkazmalar.


🔔 Markaziy depozitariy Markaziy bank bilan hamkorlikda kelgusida ham kadrlarni tayyorlashning bunday formatdagi tadbirlarini davom ettiradi.

📱 Batafsil — videoreportajimizda.

RU🇷🇺

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8👏52🔥1💯11


🏛 Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi tomonidan qonunchilikda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda kelib tushayotgan murojaatlarga tezkor javob berish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi ma’lumotlar bazalari o‘rtasida elektron axborot almashinuvi yo‘lga qo‘yildi.

Shu munosabat bilan ijro ishi doirasida harakatlarni amalga oshirish uchun qarzdorlarning mol-mulki, jumladan, qimmatli qog‘ozlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) markazi orqali olish imkoniyati yaratilgan.

🗣 Shuningdek, tugatish boshqaruvchilari tomonidan o‘z ish yurituvidagi yuridik shaxslarning qimmatli qog‘ozlarga doir ma’lumotlarini “Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi” AJning pc.uzcsd.uz rasmiy veb-sayti orqali shaxsiy kabinetdan foydalangan holda elektron raqamli imzo (ERI) yordamida elektron tarzda olish amalga oshiriladi.

📱 Qo‘shimcha ma‘lumot uchun: +998 71 211 0909 (ichki raqamlar: 164, 168, 169,172)

RU🇷🇺

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7👍662👏1👌1


🗣«O‘zRTXB» AJ aksiyadorlari diqqatiga: Dividend to‘lovlari kutilmoqda

🏛 Qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariysi “O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi” AJ tomonidan chiqarilgan quyidagi qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha navbatdagi dividend to‘lovlari to‘lanishi kutilayotganini ma’lum qiladi:

Aksiya turi: oddiy aksiya

Oddiy aksiyalar soni: 374 792 100 dona

Aksiyaning nominal qiymati: 630 so‘m

Jismoniy shaxs uchun bir dona aksiyaga to‘langan miqdor: 780 so‘m

Yuridik shaxs uchun bir dona aksiyaga to‘langan miqdor: 741 so‘m

Jami to‘lov summasi: 267 617 595 375 so‘m

🗣 Mazkur to‘lovlar 2026-yil 12-mart holatiga shakllantirilgan aksiyadorlar reestri asosida emitent tomonidan to‘liq amalga oshirildi. Qo‘shimcha ma’lumot uchun emitentga yoki xizmat ko‘rsatuvchi investitsiya vositachisiga murojaat qilishingiz mumkin.

📱Mablag‘lar tushumini “UzCSD” ilovasida kuzatib boring.

RU🇷🇺

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍20128👌2
✍️✍️✍️✍️

📆 Haftalik sharh: O‘zbekiston kapital bozoridagi asosiy o‘zgarishlar
(10.04.2026 – 17.04.2026)

💻Aksiyalar bozorida hisobga olingan aksiyadorlik jamiyatlari soni barqaror saqlanib, 698 tani tashkil etmoqda. Jami chiqarilish hajmi esa qo‘shimcha emissiyalar hisobiga o‘sishda davom etib, 267,04 trillion so‘mga yetdi.

🗂 Xususan:

📈 “O‘zbektelekom” AJ tomonidan aksiyalarning yirik qo‘shimcha chiqarilishi qayd etildi. Natijada jamiyatning qimmatli qog‘ozlar hajmi 326,17 mlrd so‘mdan 978,51 mlrd so‘mga yetdi (3 barobar o‘sish).

📉 “NBU Invest Group” AJ aksiyalari hajmida esa kamayish kuzatildi. Jamiyatning jami aksiyalari qiymati 1 710,25 mlrd so‘mdan 1 356,64 mlrd so‘mga tushdi.

🗣 Korporativ obligatsiyalar bozorida ko‘rsatkichlar o‘zgarishsiz qoldi. Emitentlar soni 35 tani, hisobga olingan obligatsiyalarning umumiy nominal qiymati esa 6,13 trillion so‘mni tashkil etmoqda.

📱Mablag‘laringiz va qimmatli qog‘ozlaringiz holatini UzCSD mobil ilovasi orqali onlayn kuzatib boring.

RU🇷🇺

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
64👍2🔥1👌1🆒1