UzCSD | Markaziy depozitariy
9.57K subscribers
2.76K photos
118 videos
2 files
3.19K links
web: www.uzcsd.uz
Facebook: https://www.facebook.com/uzcsd.uz
Instagram: https://www.instagram.com/uz.csd/
Youtube: https://www.youtube.com/@uzcsd

Murojaat uchun:
📞 +998 (71) 211-09-09
📨 info@uzcsd.uz

Takliflar uchun: @UzCSDask_bot
Download Telegram
🏛 Korporativ boshqaruvda zamonaviy raqamli yechimlarni joriy etish vaqti keldi. E-Vote tizimi — bu aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishlarini masofaviy tarzda, shaffof va tezkor o‘tkazish uchun eng qulay platformadir.

🔔 E-Vote tizimining afzalliklari

🌐 Masofadan ishtirok: Aksiyadorlar dunyoning istalgan nuqtasidan turib, internet orqali ovoz berishlari mumkin.

🔐 Shaffoflik va xavfsizlik: Ovozlar avtomatik tarzda hisoblanadi, bu esa inson omili bilan bog‘liq xatolarni bartaraf etadi.

💻 Resurslarni tejash: Bino ijarasi, qog‘oz byulletenlarni chop etish va pochta xarajatlari sezilarli darajada kamayadi.

🗣 Tezkorlik: Yig‘ilish bayonnomalari va ovoz berish natijalari bir zumda shakllantiriladi.

Aksiyadorlaringizga o‘z huquqlaridan foydalanish uchun zamonaviy sharoit yarating va kompaniyangizning investitsiyaviy jozibadorligini oshiring!

RU🇷🇺

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1254🔥2🤝1
✍️✍️✍️✍️

🌐 2026-yil mart oyida aksiya va obligatsiya chiqarilishlari dinamikasi

💻Qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariysining 2026-yil 1-aprel holatidagi ma’lumotlari mart oyida kapital bozorida barqaror o‘sish sur’atlari davom etganini ko‘rsatmoqda.

🗣Aksiyalar

Chiqarilishlar umumiy hajmi 264,9 trln so‘mni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan oyga nisbatan qariyb 900 mlrd so‘mga o‘sganligini ko‘rsatmoqda.

Umumiy hajmning 73,3 foizi (194,3 trln soʻm) davlat ulushi hissasiga toʻgʻri keldi.

Xorijiy egalarning ulushi 12,7 trln so‘m (4,8 foiz) miqdorida barqaror saqlanib qoldi.

🗣Korporativ obligatsiyalar

Korporativ obligatsiyalar bozori yuqori o‘sish sur’atlarini namoyish etdi: mart oyi yakuniga ko‘ra umumiy hajm 5,63 trln so‘mga yetib, fevral oyiga nisbatan 350 mlrd so‘mga ko‘paydi.

Bozorning 69,8 foizi xususiy sektor va banklarga tegishli bo‘lib, xorijiy investorlar ulushi 16,4 foizni (0,9 trln so‘m) tashkil qilmoqda.

🗣Emitentlar

Aksiyadorlik jamiyatlari soni 699 tani tashkil etib, barqarorlikni saqlab qoldi.

Korporativ obligatsiya emitentlari soni 34 tani tashkil etmoqda. Umumiy emitentlar soni esa (aksiyadorlik jamiyatlari va mas’uliyati cheklangan jamiyatlar) 723 taga yetdi.

🗣Qimmatli qog‘ozlar egalari

Aksiyadorlar safi bir oyda 3 060 taga kengayib, jami 1 030 105 tani tashkil etdi.

Jismoniy shaxslarning 964 659 nafarni (jami aksiyadorlarning 93,6 foizi) tashkil etishi aholining kapital bozoriga bo‘lgan qiziqishi ortayotganidan dalolat beradi.

RU🇷🇺

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍543👌1🏆1🤝1


🌐 Kapital bozori sohasida “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimi takomillashtirilmoqda

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining buyrug‘i bilan kapital bozori sohasida “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimini taqdim etish tartibiga kiritilgan o‘zgartirishlar Adliya vazirligi tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

🗂 Ushbu o‘zgartirishlar PF-254-son Farmon talablarini amalga tatbiq etishga qaratilgan bo‘lib, “Tartibga solish qumdoni” mexanizmining samaradorligini oshirish, uning funksional imkoniyatlarini kengaytirish va bozor ishtirokchilari uchun yangi sharoitlar yaratishni nazarda tutadi.

💬 Asosiy yangiliklardan biri - “Tartibga solish qumdoni” ishtirokchilari doirasi kengaytirilmoqda. Endilikda xorijiy kompaniyalar bilan bir qatorda O‘zbekiston rezidenti bo‘lgan yuridik shaxslar ham unda ishtirok etishlari mumkin. Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi va Toshkent RFB “Tartibga solish qumdoni”da ishtirokchi sifatida ro‘yxatdan o‘tmasdan turib, operatsiyalarni amalga oshirish huquqiga ega bo‘ladi.

🗣Shuningdek, mavjud instrumentlar va operatsiyalar ro‘yxati ham kengaytirilmoqda:

mahalliy emitentlar qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha depozitar tilxatlar chiqarish;
rezidentlar tomonidan xorijiy valyutada korporativ obligatsiyalar chiqarish;
kastodial va nominal saqlovchi xizmatlari, shu jumladan mahalliy emitentlar va investitsiya fondlari uchun;
benefitsiar mulkdor o‘zgarmagan holda, soliq majburiyatlarini keltirib chiqarmaydigan tartibda amalga oshiriladigan FOP (Free of Payment) o‘tkazmalari;
nominal saqlovchi tomonidan aksiyadorlar huquqlarini ishonchnomasiz amalga oshirish.

🔔 “Tartibga solish qumdoni” doirasida ichki bozorga xorijiy qimmatli qog‘ozlar ham kiritiladi. Ular bilan operatsiyalarni amalga oshirish uchun fond birjasi savdo maydonchalari va investitsiya vositachilari platformalariga nisbatan talablar belgilanadi. Shuningdek, “Tartibga solish qumdoni”ning amal qilish muddatiga doir cheklov bekor qilinmoqda.

Mazkur o‘zgartirishlar moliyaviy instrumentlarni joriy etish uchun yanada moslashuvchan va barqaror muhit yaratishga, mahalliy ishtirokchilar faolligini oshirishga hamda xalqaro kapital bozori bilan integratsiyani yanada chuqurlashtirishga xizmat qiladi.

RU🇷🇺

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
65👍4🔥1🤝1
☺️ Bugun mamlakatimiz moliya tizimining muhim bo‘g‘ini — “Toshkent” Respublika fond birjasi tashkil etilganiga 32 yil to‘ldi.

Markaziy depozitariy jamoasi ushbu sana munosabati bilan ko‘p yillik strategik hamkorimiz — Birja xodimlarini va barcha bozor ishtirokchilarini samimiy muborakbod etadi.

🔺 Hamkasblarimizga moliya bozorini rivojlantirish yo‘lidagi mas’uliyatli faoliyatlarida muvaffaqiyat, yangi instrumentlarni tatbiq etishda zafarlar va doimiy yuksalish tilaymiz.

🎉 Bayram muborak bo‘lsin, aziz hamkasblar!

RU🇷🇺

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏176🔥4🎉2🙏1
Adolat va tartib — kuchli davlat poydevori 💫

🔔 Bugun buyuk sarkarda, davlat arbobi va sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligi nishonlanmoqda.

🗣 Amir Temur o‘z tuzuklarida: "Qayerda tartib bo‘lsa, o‘sha yerda barqarorlik bo‘ladi", — deb ta’kidlagan edi. Bu tamoyil asrlar o‘tsa-da, bugungi zamonaviy moliya tizimi va kapital bozori uchun ham poydevor bo‘lib xizmat qilmoqda.

🗣 Markaziy depozitariy jamoasi barcha yurtdoshlarimizni ushbu qutlug' sana bilan muborakbod etadi. Biz o‘z faoliyatimizda sohibqiron bobomizdek qat’iyat, adolat va shaffoflik tamoyillariga tayanamiz.

Buyuk ajdodimizning bunyodkorlik ruhi barchamizga yor bo‘lsin!

RU🇷🇺

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7🔥5👏2🎉1😍1
#kunraqami

🌐 O‘zbekiston korporativ obligatsiyalar bozoriga xorijiy investorlarning ishonchi ortib bormoqda. 2026-yil 10-aprel holatiga ko‘ra:

💻 25 ta xorijiy davlat investorlari tomonidan jami 1,03 trillion so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltirildi.

📊 Ma'lumot uchun, bugungi kunda bozordagi 35 ta emitent ishtirokidagi jami chiqarilishlar hajmi 6,13 trillion so‘mni tashkil etmoqda. Bu esa xorijiy sarmoyadorlar ulushi umumiy bozorning qariyb 17 foiziga yetganidan dalolat beradi.

RU🇷🇺

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8👍64👏2🔥1🏆1
Nima uchun kompaniyalar hisobot berishi shart?

🗣 Fond bozorining asosiy qoidasi — shaffoflik. Aksiyadorlik jamiyatlari muhim ma’lumotlarni barcha uchun bir vaqtda e’lon qilishi kerak.

Muhim faktlar: Rahbar almashishi, yirik bitimlar yoki sud jarayonlari haqidagi xabarlar.
Nega bu muhim? Agar ma’lumot faqat "tor doira"da qolsa, bu adolatsiz ustunlik (insayd) hisoblanadi.
Qayerdan bilish mumkin? Barcha muhim faktlar va choraklik hisobotlar Yagona axborot portalida (openinfo.uz) va kompaniya saytlarida e’lon qilinadi.

Aqlli investor qaror qabul qilishdan oldin kompaniyaning oxirgi hisobotini ko‘zdan kechiradi.

#MoliyaviySavodxonlik

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6👍53🔥1
🟦 INVESTITSIYA — BU SHAXMAT EMAS, POKER!

📚 Enni Dyuk — “Noaniqlik sharoitida qaror qabul qilish” (Thinking in Bets)

🗣 Ko‘pchilik investitsiyani shaxmatga o‘xshatadi: agar siz hamma narsani to‘g‘ri hisoblasangiz, albatta yutasiz deb o‘ylashadi. Ammo professional poker o‘yinchisi va kognitiv psixolog Enni Dyuk buni rad etadi. Shaxmatda barcha donalar ko‘rinib turadi. Investitsiyada esa ma’lumotlarning bir qismi har doim yashirin va omad omili juda katta.

Nega bu kitobni o‘qish shart?

Ushbu asar sizni natijadorlik tuzog‘idan qutqaradi. Bu — qarorning sifatiga qarab emas, uning yakuniy natijasiga qarab baho berish xatosidir. Agar siz noto‘g‘ri aksiya sotib olib, tasodifan foyda ko‘rgan bo‘lsangiz, bu sizning professional ekanligingizni anglatmaydi — bu shunchaki xavfli omad.

🗂 Investor uchun 3 ta asosiy xulosa:

1⃣ Jarayon natijadan muhimroq. Agar qaroringiz zarar bilan yakunlangan bo‘lsa, bu har doim ham xato qilganingizni anglatmaydi. Muhimi — qaror qabul qilish jarayonida mantiqiy tahlil bormidi? Yaxshi jarayon uzoq muddatda baribir g‘alaba keltiradi.

2⃣ “Ishonchim komil” deyishni to‘xtating. Bozorlarda 100%lik kafolat yo‘q. Buning o‘rniga “bu aktiv o‘sishiga 60% ishonaman, 40% esa xavf bor” degan ehtimolliklar bilan o‘ylang: Bu yondashuv sizni radikal qarorlardan va kutilmagan zarbalardan asraydi.

3⃣ “Pre-mortem” tahlili. Qaror qabul qilishdan oldin, uning ortidan investitsiyangiz barbod bo‘lishini ko‘z oldingizga keltiring. Nima sababdan shunday bo‘lishi mumkin edi? Bu usul sizga hozir ko‘rinmayotgan xavflarni aniqlashga yordam beradi.

Aqlli sarmoyador natijaning quli emas, u ehtimolliklar ustasidir. Agar tahlil jarayoningiz to‘g‘ri bo‘lsa, omad sizga kulib boqadi.

#InvestorKutubxonasi

RU🇷🇺

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5🔥5👍32
✍️✍️✍️✍️

📆 Haftalik sharh: O‘zbekiston kapital bozoridagi asosiy o‘zgarishlar
(03.04.2026 – 10.04.2026)

💻 Aksiyalar bozorida hisobga olingan aksiyadorlik jamiyatlari soni bittaga kamayib, 698 tani tashkil etdi. Jami chiqarilish hajmi esa qo‘shimcha chiqarilishlar hisobiga sezilarli o‘sib, 266,74 trillion so‘mga yetdi.

🗂 Xususan:

📈 “O'zbekiston texnologik metallar kombinati” AJ tomonidan aksiyalarning yirik qo‘shimcha chiqarilishi amalga oshirildi. Natijada jamiyatning qimmatli qog‘ozlar hajmi 647,46 mlrd so‘mdan 2 059,67 mlrd so‘mga yetdi.

“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ aksiyalari hajmi qo‘shimcha chiqarilish hisobiga 1 310,00 mlrd so‘mdan 1 528,23 mlrd so‘mgacha ko‘paydi.

Shuningdek, “Kafolat sug'urta kompaniyasi” AJ aksiyalari hajmi 240,0 mlrd so‘mga, “Apex Life Insurance” AJ aksiyalari 230,0 mlrd so‘mga va “Asia Insurance sug'urta kompaniyasi” AJ aksiyalari hajmi 107,0 mlrd so‘mga yetkazildi.

📉 Hafta davomida “Kosatka Fintech Invest” AJ aksiyalari hisobdan chiqarilishi munosabati bilan emitentlar ro‘yxatidan chiqarildi.

🗣 Korporativ obligatsiyalar bozorida barqarorlik saqlanib qolmoqda. Emitentlar soni 35 tani, hisobga olingan obligatsiyalarning umumiy nominal qiymati esa 6,13 trillion so‘mni tashkil qildi.

RU🇷🇺

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍542🔥1🤝1
👌Qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariysida amaliy bilimlarni rivojlantirishga qaratilgan o‘quv mashg‘uloti

Joriy yilning 9-aprel kuni Qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariysida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan hamkorlikda yosh mutaxassislar hamda stipendiantlar ishtirokida amaliy o‘quv sessiyasi tashkil etildi.

🟣Mashg‘ulot davomida ishtirokchilar qimmatli qog‘ozlarni hisobga olish, saqlash, ularning reyestrini yuritish hamda mulk huquqlarini qayd etish jarayonlari bilan batafsil tanishdilar. Shuningdek, aksiyadorlar umumiy yig‘ilishini o‘tkazishga mo‘ljallangan onlayn platforma –
e-Voting tizimining ishlash tartibi amalda namoyish etildi.

🟣Bundan tashqari post-treyding operatsiyalari - bitimlardan keyingi hisob-kitoblar, depo hisobvaraqlari o‘rtasidagi o‘tkazmalar va qimmatli qog‘ozlar harakatini qayd etish mexanizmlari amaliy tarzda ko‘rib chiqildi.

🟣Shu orqali ishtirokchilar bozorning savdodan keyingi infratuzilmasi qanday ishlashi, ya’ni hisob, saqlash va huquqlarni tasdiqlash tizimlarining amaliy ahamiyati haqida tasavvurga ega bo‘ldilar.

📌 Mazkur tashabbus yosh mutaxassislarning amaliy bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qilmoqda. Bunday formatdagi o‘quv mashg‘ulotlari kelgusida ham muntazam davom ettiriladi.

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11541🤝1