UzCSD | Markaziy depozitariy
9.57K subscribers
2.76K photos
118 videos
2 files
3.18K links
web: www.uzcsd.uz
Facebook: https://www.facebook.com/uzcsd.uz
Instagram: https://www.instagram.com/uz.csd/
Youtube: https://www.youtube.com/@uzcsd

Murojaat uchun:
📞 +998 (71) 211-09-09
📨 info@uzcsd.uz

Takliflar uchun: @UzCSDask_bot
Download Telegram
💐 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni muborak bo‘lsin!
Aziz ayollar, muhtarama xonimlar!
Sizlarni bahorning eng go‘zal bayrami bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz. Hayotingiz har doim bahor kabi yorqin, qalbingiz esa quvonchga to‘la bo‘lsin.
Doimo sog‘-salomat va baxtli bo‘ling!
Hurmat bilan, Markaziy depozitariy jamoasi.

Рус🇷🇺

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
12🔥4🎉4🕊1
✍️✍️✍️✍️

📆 Haftalik sharh: O‘zbekiston kapital bozoridagi asosiy o‘zgarishlar
(27.02.2026 – 06.03.2026)

💻 Aksiyalar bozorida hisobga olingan aksiyadorlik jamiyatlari soni 698 tani tashkil etib, ularning jami chiqarilish hajmi 264,11 trillion so‘mga yetdi.

🗣Jumladan:

🔼 Qo‘shimcha chiqarilishi hisobiga “Hayot Bank” AJ aksiyalari hajmini 550,0 mlrd so‘mdan 650,0 mlrd so‘mga, “Toshkent viloyati suv ta'minoti” AJ esa 89,80 mlrd so‘mdan 96,92 mlrd so‘mga oshirdi.

🔽 “Gidroproekt” AJ aksiyalar hajmini 2,95 mlrd so‘mdan 2,77 mlrd so‘mga kamaytirgan bo’lsa, “Musaffo obi hayot magistral suv ta'minoti” AJ ning barcha chiqarilishlari hisobdan chiqarildi.

🗣 Korporativ obligatsiyalar bozorida emitentlar soni 34 tani, hisobga olingan obligatsiyalarning umumiy nominal qiymati esa 5,28 trillion so‘mni tashkil qildi.

Рус🇷🇺

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8👍54👌3
✍️✍️✍️✍️

💻 Mikromoliya tashkilotlari obligatsiyalar bozorida faollashmoqda

🇺🇿 So‘nggi yillarda O‘zbekiston moliya bozorida mikromoliya tashkilotlarining (MMT) roli faqatgina kredit berish bilan cheklanib qolmay, ularning kapital bozoridagi ishtiroki ham sezilarli darajada kengaymoqda.

📆 2026-yilning fevral oyi yakunlariga ko‘ra, MMT sektori bo‘yicha jami 21 ta obligatsiya chiqarilishi ro‘yxatga olingan. Ushbu qimmatli qog‘ozlarning umumiy nominal qiymati 431,0 mlrd so‘mni tashkil etdi.

🗣 E’tiborli jihati, jami 3 258 nafar obligatsiya egalaridan 3 190 nafari (yoki 98 foizi) jismoniy shaxslardir. Bu aholining moliya bozori instrumentlariga nisbatan ishonchi ortayotganidan dalolat beradi.

Obligatsiya chiqarish hajmi bo‘yicha mikromoliya tashkilotlari o‘rtasida “Agat Credit” AJ yetakchilik qilmoqda. Kompaniya 4 ta emissiya doirasida 150,0 mlrd so‘m mablag‘ jalb qilgan. Investorlar soni bo‘yicha ham ushbu tashkilot eng yuqori ko‘rsatkichga ega (1 885 nafar egalar).

💬 Shuningdek, “Biznes Finans” MMT 85,0 mlrd so‘m (4 ta chiqarilish), “Hamroh” MMT 65,0 mlrd so‘m (3 ta chiqarilish) miqdorida obligatsiyalar joylashtirib, kapital bozorining faol ishtikochilari qatoridan o‘rin olgan.

Рус🇷🇺

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤝85👌54🔥1
#KunSavoli

Kompaniya dividend berilishini e’lon qildi, lekin mening hisobimga pul tushmadi. Sababi nimada?


🗣 Bu holatda quyidagilarni tekshiring:

Reyestrdagi pasport ma’lumotlaringiz yoki bank rekvizitlaringiz eskirgan bo‘lishi mumkin.

Agar ma’lumotlaringiz to‘g‘ri bo‘lsa, kompaniyaning aksiyadorlar bilan ishlash bo‘limiga yoki o‘zingiz biriktirilgan investitsiya vositachisiga murojaat qiling.

Рус🇷🇺

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍95🔥2🤝22👌1
🟦 Bozorda qanday qilib xatoga yo‘l qo‘ymaslik kerak?

📚 Benjamin Grem — “Aqlli investor”

🗣 Uorren Baffet ushbu asarni investitsiya haqida yozilgan barcha kitoblarning eng yaxshisi deb atagan. Agar Siz aksiyalar va obligatsiyalar dunyosiga jiddiy kirishmoqchi bo‘lsangiz, Benjamin Grem o‘rgatgan tamoyillarni bilishingiz shart.

Kitob haqida: Nega uni o‘qish shart?

🗣 Grem bizga boyib ketishning tezkor yo‘llarini emas, balki kapitalni yo‘qotmaslikning fundamental usullarini o‘rgatadi. U bozorni vahimachi va beqaror “Janob Bozor” (Mr. Market) timsolida tasvirlab bergan.

🗂 Investor uchun 3 ta oltin dars:

“Janob Bozor” bilan tanishing. Bozor har kuni sizga yo judayam yuqori, yoki judayam past narxlarni taklif qiladi. Aqlli investor bozorning kayfiyatiga qarab qaror qabul qilmaydi, balki uning hissiyotlaridan foydalanib, aktivlarni arzon paytida sotib oladi.

Xavfsizlik chegarasi (Margin of Safety). Bu kitobning eng muhim g‘oyasi. Aktivni uning asl qiymatidan sezilarli darajada arzonroq sotib oling. Bu sizni kutilmagan xatolardan va bozor tushishidan himoya qiladi.

Spekulyatsiya va investitsiya farqi. Grem bu ikki tushunchani keskin ajratadi. Investitsiya — bu chuqur tahlil va xavfsizlikka asoslangan harakat. Spekulyatsiya esa ko‘pincha qimorga yaqinroqdir.

💻 Aqlli investor — bu eng yuqori IQ egasi emas, balki o'z hissiyotlarini jilovlay oladigan va faktlarga tayanib ish tutadigan insondir.

#InvestorKutubxonasi

Рус🇷🇺

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
11👌10👏33🔥2😍1
Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi nima?

🗣 Bu aksiyadorlik jamiyatining eng yuqori boshqaruv organi bo‘lib, unda kompaniyaning kelajagiga oid eng muhim masalalar hal qilinadi.

💬 Yig‘ilishda qanday qarorlar qabul qilinadi?

Dividentlar miqdorini tasdiqlash;
Jamiyat kuzatuv kengashi va rahbariyatni saylash;
Strategik rivojlanish rejalarini belgilash.

Yodda tuting: Har bir aksiyador (hatto bitta aksiyasi bo‘lsa ham) ushbu yig‘ilishda qatnashish va ovoz berish huquqiga ega.

Umumiy yig‘ilish — bu sizning ovozingiz kompaniya boshqaruvida haqiqiy kuchga ega bo‘ladigan maydon!

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10332🔥1🤝1
✍️✍️✍️✍️

📆 Haftalik sharh: O‘zbekiston kapital bozoridagi asosiy o‘zgarishlar
(06.03.2026 – 13.03.2026)

💻 Aksiyalar bozorida hisobga olingan aksiyadorlik jamiyatlari soni 698 tani tashkil etib, ularning jami chiqarilish hajmi 264,14 trillion so‘mga yetdi.

🗣 Jumladan:

📈 O‘sishlar:
“REGAL STAY GRAND” AJ aksiyalarining birlamchi chiqarilishi ro‘yxatdan o‘tkazilib, uning hajmi 34,20 mlrd so‘mni tashkil qildi.

📉 Kamayishlar:
“ENERGOTA'MIR MAXSUS TA'MIRLASH-ISHLAB CHIQARISH” AJ aksiyalari hisobdan chiqarildi (avvalgi hajmi 2,32 mlrd so‘m).

🗣 Korporativ obligatsiyalar bozorida emitentlar soni 34 tani, hisobga olingan obligatsiyalarning umumiy nominal qiymati esa 5,28 trillion so‘mni tashkil qildi.

Рус🇷🇺

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6👌5🤝2👍1
#KunSavoli

Yangi pasport oldim. Aksiyalarimni yo‘qotib qo‘ymaymanmi?


🗣 Xavotirga o‘rin yo‘q! Aksiyalar sizning shaxsingizga (JShShIR - PINFL) biriktirilgan.

Nima qilish kerak? Shunchaki sizga xizmat ko‘rsatuvchi investitsiya vositachisiga murojaat qilib, pasport ma’lumotlaringizni tizimda yangilab qo‘ying. Bu dividendlar o‘z vaqtida yetib kelishi va ovoz berish jarayonida muammolar bo‘lmasligi uchun juda muhim.

Рус🇷🇺

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
9🔥53👍2💯1🤝11
💻 Hamkor Invest Lizingning yangi obligatsiyalari ro‘yxatga olindi

🗣 Qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariysi hisob tizimida "Hamkor Invest Lizing" MCHJning yangi obligatsiyalari ro‘yxatga olindi.

💬 Asosiy ko‘rsatkichlar:

Umumiy hajm: 6,8 mlrd so‘m
Nominal qiymati: 1 000 000 so‘m
Yillik stavka: 19%
To‘lov davriyligi: Har 30 kunda
Muomala muddati: 1 080 kun
Joylashtirish: Yopiq obuna

Рус🇷🇺

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏64👍2🤝11
💻 Yangi emissiya: «Hamkormazlizing» MCHJ obligatsiyalari ro‘yxatga olindi

🗣 Qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariysi hisob tizimiga «Hamkormazlizing» mas’uliyati cheklangan jamiyatining yangi emissiyasi haqidagi ma’lumotlar kiritildi.

💬 Asosiy ko‘rsatkichlar:

Umumiy hajm: 21 mlrd so‘m
Nominal qiymati: 1 000 000 so‘m
Yillik stavka: 19%
To‘lov davriyligi: Har 30 kunda
Muomala muddati: 1 080 kun
Joylashtirish usuli: Yopiq obuna

Рус🇷🇺

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
74👍4🔥2🤝2
📆 Qimmatli qog'ozlar Markaziy depozitariysining bayram kunlaridagi ish tartibi

🔔 Ramazon hayiti va Navruz bayrami munosabati bilan belgilangan dam olish kunlariga muvofiq, Qimmatli qog'ozlar markaziy depozitariysi quyidagi grafik asosida ishlaydi:

20-mart (juma) — Ramazon hayiti kuni (barcha uchun dam olish kuni);

21-mart (shanba) — Navro‘z bayrami kuni (barcha uchun dam olish kuni);

22-mart (yakshanba) — barcha uchun odatiy dam olish kuni;

23-mart (dushanba) — 5 kunlik ish haftasidagilar uchun ko‘chirilgan dam olish kuni (6 kunliklar uchun ish kuni).

2026-yil 24-martdan (seshanba) boshlab barcha operatsiyalar odatiy ish tartibida davom ettiriladi.

Рус🇷🇺

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
11👍6🔥4🎉11
Hurmatli yurtdoshlar va qadrli hamkorlar!

🌙 Qimmatli qog’ozlar Markaziy depozitariysi jamoasi sizni poklik, shukronalik va saxovat ayyomi — Ramazon hayiti bilan chin qalbdan muborakbod etadi.

Ushbu muqaddas kunda xonadoningizga tinchlik-totuvlik, fayz-u baraka va sihat-salomatlik tilaymiz. Yurtimiz osmoni hamisha musaffo, moliya bozorimiz barqaror va ishlaringiz unumli bo‘lsin!

🏛 Markaziy depozitariy jamoasi

Рус🇷🇺

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍654👏2🎉2🕊1😍1
🌸 Navro‘zi olam muborak!

Qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariysi jamoasi barcha yurtdoshlarimizni yangilanish va yasharish ayyomi — Navro‘zi olam bilan samimiy muborakbod etadi!

💐 Ushbu qutlug‘ ayyom har bir xonadonga tinchlik-omonlik, xotirjamlik va qut-baraka olib kelsin. Tabiatning fusunkor uyg‘onishi ezgu niyatlar hamda yangi tashabbuslarga bitmas-tuganmas g‘ayrat-shijoat bag‘ishlasin.

🇺🇿 Yurtimiz ahliga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt va xayrli ishlarda zafarlar yor bo‘lsin. Navro‘z bayrami har bir qalbga yangi umidlar, ulkan imkoniyatlar va yuksak marralarni hadya etsin!

🍃 Navro‘z ayyomingiz qutlug‘ bo‘lsin!

Рус🇷🇺

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
10🎉4🕊3👍22
🟦 MUVAFFAQIYAT — BU BILIMMI YOKI SHUNCHAKI OMAD?

📚 Nassim Taleb — «Tasodifga aldanganlar»

🗣 Nima uchun ba’zi investorlar yillar davomida katta foyda ko‘radi-yu, keyin bir kunda hammasidan ayriladi? Talebning javobi qisqa: Ular daho emas, ular shunchaki "omadli yovvoyilar" edi.

Nega bu kitobni o‘qish shart?

Ushbu asar bizga hayotda va bozorda tasodifning o‘rni biz o‘ylagandan ancha kattaroq ekanini isbotlab beradi. Kitobni o‘qigach, siz "muvaffaqiyatli" insonlarga boshqacha ko‘z bilan qarashni boshlaysiz.

🗂 Investor uchun 3 ta muhim dars:

1⃣ Omadni mahorat bilan adashtirmang. Agar kimdir bozorda oson pul ishlayotgan bo‘lsa, bu uning aqlli ekanini anglatmaydi. Balki u shunchaki tasodifan to‘g‘ri to‘lqinga tushib qolgandir. Haqiqiy mahorat — natijaning barqarorligida.

2⃣ Omon qolganlarning xatosi (Survivorship Bias). Biz faqat boyib ketgan 1% investorlarni ko‘ramiz va ulardan o‘rnak olamiz. Ammo xuddi shunday strategiya bilan xonavayron bo‘lgan 99% odam haqida hech kim gapirmaydi. Xulosa chiqarishdan oldin o’sha mag‘lublarni ham hisobga oling.

3⃣ Kutilmagan hodisalarga tayyor turish. Bozor — bu chiziqli matematik progressiya emas. Unda har doim hamma hisob-kitoblarni yo‘qqa chiqaruvchi tasodiflar yuz beradi. Aqlli investor "men haqman" deb emas, "agar adashsam, nima bo‘ladi?" degan savol bilan ish tutadi.

💻 Bozorda uzoq vaqt qolishning siri — o‘zini daho deb hisoblashda emas, balki tasodifiy zarbalarga chidamli portfel yaratishdadir.

#InvestorKutubxonasi

Рус🇷🇺

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥154👍4🆒2👌1
Aksiyadorlar reestri nima?

🗣 Tasavvur qiling, kompaniya — bu katta bir kitob, unda har bir egasining ismi yozilgan. Mana shu "kitob" Aksiyadorlar reestri deyiladi.

U yerda nimalar yoziladi? Aksiyadorning ismi-sharifi, qancha aksiyasi borligi va ularning turi.
Kim yuritadi? O‘zbekistonda bu vazifani Markaziy depozitariy yuritadi.
Nima uchun muhim? Faqat reestrda bor bo‘lgan shaxslargina divident olish va umumiy yig‘ilishda ovoz berish huquqiga ega.

Reestrdagi ma’lumotlaringiz (pasport, telefon raqami) eskirgan bo‘lsa, ularni yangilab qo‘yishni unutmang!

#MoliyaviySavodxonlik

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1264🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Biz birgamiz, biz bir oilamiz! 🤝

Navro‘z — bu shunchaki taqvimdagi sana emas. Bu bir-birimizga bo‘lgan cheksiz ehtirom, bir maqsad yo‘lida birlashgan dillar bayrami. Bugun Markaziy depozitariy ofisida bahor nafasini emas, balki jamoamizning samimiy mehrini his qildik. 🌸

Har bir kulgu, har bir tabassum va har bir ezgu tilak qalbimizga iliqlik bag‘ishladi. Ushbu yangilanish fasli barchamizga yangi muvaffaqiyatlar va unutilmas lahzalar hadya etsin.

Navro‘z — yangi hayot, yangi orzular va yangi zafarlar fasli! 🌱

#MarkaziyDepozitariy #BizningJamoa #Navroz2026 #Samimiyat #UzCSD #Birdamlik

Рус🇷🇺

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍106👏43🔥2🎉21🕊1🤝1🆒1