UzCSD | Markaziy depozitariy
6.09K subscribers
2.57K photos
106 videos
2 files
3.06K links
web: www.uzcsd.uz
Facebook: https://www.facebook.com/uzcsd.uz
Instagram: https://www.instagram.com/uz.csd/
Youtube: https://www.youtube.com/@uzcsd

Murojaat uchun:
📞 +998 (71) 211-09-09
📨 info@uzcsd.uz

Takliflar uchun: @UzCSDask_bot
Download Telegram
🟦 BOYLIKKA ELTUVCHI 5 TA OLTIN QOIDA: QADIMGI BOBIL SIRLARI

📚 Jorj Kleyson — “Bobillik eng boy odam”

🗣 Nima uchun ba’zi odamlar tinmay mehnat qilsa-da, hamon hamyoni bo‘sh, boshqalari esa boyib boraveradi? Javob qadimgi Bobilning qumloq ko‘chalari kabi oddiy, ammo o‘zgarmas qoidalarda yashiringan.

“Bobillik eng boy odam”ni nega o‘qish shart?

Ushbu asar 100 yildan beri dunyo investorlarining kitob javonidan mustahkam o’rin olib kelmoqda. Muallif boylikka erishishning murakkab formulalarini emas, balki asrlar davomida sinovdan o‘tgan oddiy tamoyillarni hikoya qiladi.

Investor uchun 3 ta hayotiy dars:

Hamyoningizni semirtirishni boshlang. Har qanday daromadingizning kamida 1/10 qismini o’zingizga olib qo'ying. Bu pul — sizning kelajakdagi investitsion “armiyangiz” uchun birinchi askarlardir.

Oltinni asrashni o‘rganing. Pulni ko‘paytirishdan oldin uni yo‘qotmaslikni o‘rganish kerak. Maslahatni ushbu sohada tajribasi bor odamdan oling. G'isht teruvchidan oltin haqida maslahat so'rash — bu xatodir.

Uyingiz — bu investitsiya emas, boshpana. Kitobda o'z uyingga ega bo'lish xarajatlarni kamaytirishi aytiladi, lekin zamonaviy investor uchun eng muhim dars — aktiv va passivni ajrata olishdir.

💻 Boylik — bu kutilmagan omad emas, balki aniq intizom natijasidir. Agar siz bugun daromadingizning bir qismini investitsiya qilishni boshlamasangiz, ertaga ham xuddi hozirgidek yashashga majbur bo'lasiz.

#InvestorKutubxonasi

Рус🇷🇺

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
145👍52🔥1
✍️✍️✍️✍️

📆 O‘zbekiston kapital bozoridagi asosiy o‘zgarishlar
(13.02.2026 – 27.02.2026)


🌐 O‘tgan vaqt davomida O‘zbekiston kapital bozorida yangi emitentlarning kirib kelishi va mavjud aktivlarning qayta shakllanishi hisobiga yuqori dinamika kuzatildi.

🗣Hisobot davri yakunida bozorning umumiy holati quyidagicha shakllandi:

💬 Aksiyalar bozorida hisobga olingan aksiyadorlik jamiyatlari soni 699 tani tashkil etib, ularning jami chiqarilish hajmi 264,01 trillion so‘mga yetdi.

💻 Hisobot davrida bir qator yangi ishtirokchilar birlamchi chiqarilish orqali bozorga kirib keldi:

“Enterprise Uzbekistan” raqamli texnologiyalar xalqaro markazi direksiyasi” AJ: 40,00 mlrd so‘m;

“Mehr-Saodat” AJ: 25,48 mlrd so‘m;

“Emit-Solution” AJ: 20,24 mlrd so‘m;

“Defos” AJ: 0,33 mlrd so‘m.

📊 Shuningdek, “TBC Sug'urta” AJ aksiyalar hajmini 34,00 mlrd so‘mdan 25,00 mlrd so‘mga kamaytirgani qayd etildi.

💻 Korporativ obligatsiyalar bozorida barqarorlik saqlanib qolmoqda. Emitentlar soni 34 tani, hisobga olingan obligatsiyalarning umumiy nominal qiymati esa 5,28 trillion so‘mni tashkil qildi.

Рус🇷🇺

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👏2👌2


🌐 2026-yil 27-fevral kuni Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysida Deutsche Bank vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muloqot davomida global depozitar tilxatlarni (GDR) chiqarish va ularga xizmat ko‘rsatish, shuningdek, Deutsche Bank hamda Markaziy depozitariy o‘rtasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

🗣 Uchrashuvda GDR dasturi tuzilmasida Deutsche Bank'ning o‘rni, mazkur sohadagi boy tajribasi, xususan, MDH mamlakatlari kompaniyalari qimmatli qog‘ozlarini London Stock Exchange (LSE) listingiga kiritish amaliyoti atroflicha ko‘rib chiqildi.

Shu bilan birga, tomonlar o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, aktivlarni saqlash va hisob-kitob xizmatlarini tashkil etish, GDR dasturini tartibga solishning huquqiy jihatlari hamda ushbu instrumentdan xususiylashtirish jarayonlarida foydalanish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashdilar.

Рус🇷🇺

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
76👍4👏1
✍️✍️✍️✍️

🌐 Fevral oyi sarhisobi: Investorlarga qancha dividend to‘landi?

🗣 Qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariysi bozor ishtirokchilari uchun dividend va kupon to‘lovlari bo‘yicha kengaytirilgan oylik hisobotni taqdim etadi.

🗂 Asosiy ko‘rsatkichlar

1-mart holatiga ko‘ra, daromadlar to‘lovi uchun jamlangan mablag‘larning umumiy hajmi 2 306,7 mlrd so‘mni tashkil qildi. Bu o‘tgan oyga nisbatan 536,9 mlrd so‘mga yoki 30,3% ga ko‘p demakdir.

Fevral oyida jami 11 ta emitent o‘z qimmatli qog‘oz egalariga 536,8 mlrd so‘m mablag‘ to‘lab berdi. To‘lovlar jami 5 471 nafar (o‘tgan oyga nisbatan 17,8% ga ko‘p) investorlarni qamrab oldi.

Obligatsiya bozori ishtirokchilari ham rekord faollik ko‘rsatdi. Xususan, "M K LEASING" MChJ, "Agat Credit" AJ va "Biznes Finans MMT" MChJ tomonidan kupon to‘lovlari bo‘yicha majburiyatlar to‘liq bajarildi. Ushbu segmentda to‘langan jami summa 47,33 mlrd so‘mni tashkil etib, yanvardagi ko‘rsatkichdan (3,03 mlrd so‘m) 15,6 baravarga oshdi.

Рус🇷🇺

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7👍5👏4
✍️✍️✍️✍️

🌐 2026-yil fevral oyida aksiya va obligatsiya chiqarilishlari dinamikasi

💻 Qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariysining 2026-yil 1-mart holatidagi ma’lumotlari fevral oyida kapital bozorida o‘sish sur’atlari davom etayotganini ko‘rsatmoqda.

🗣Aksiyalar

Chiqarilishlar umumiy hajmi 264,0 trln so‘mni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan oyga nisbatan 1,5 trln so‘mga o‘sganligini ko‘rsatmoqda.

Davlat ulushi o’tgan oyga nisbatan kamayib 191,4 trln so‘mni tashkil etdi.

Xorijiy egalarning ulushi 12,7 trln so‘mga yetdi, bu yanvar oyidagi ko‘rsatkichdan 400 mlrd so‘mga ko‘pdir.

🗣 Korporativ obligatsiyalar

Korporativ obligatsiyalar bozori jadal o‘sishda davom etmoqda: fevral oyi yakuniga ko‘ra umumiy hajm 5,28 trln so‘mga yetib, o‘tgan oyga nisbatan 350 mlrd so‘mga ko‘paydi.

Bozorning 74,1% qismi "Boshqa egalar" toifasiga tegishli ekani korporativ qarz instrumentlarining investitsion jozibadorligi oshib borayotganidan dalolat beradi.

🗣 Emitentlar

Aksiya emitentlari (AJ) soni 5 taga ko‘payib, 699 tani tashkil etdi.

Korporativ obligatsiya emitentlari soni esa 33 tadan 34 taga yetdi.

🗣 Qimmatli qog‘ozlar egalari

Aksiyadorlar safi 4 870 nafarga kengayib, jami 1 027 045 nafarga yetdi. Jismoniy shaxslarning 961 573 nafarni tashkil etishi aholi o‘rtasida investitsion madaniyat izchil yuksalayotganini ko‘rsatadi.

Рус🇷🇺

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍43👏1
#KunSavoli

Qaysi emitentlarning qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha dividendlar UzCSD mobil ilovasi orqali to’lalanishini qanday aniqlash mumkin?


Markaziy depozitariy bilan daromadlar (aksiyalar bo‘yicha dividendlar, obligatsiyalar bo‘yicha kupon to‘lovlari) to‘lovi to’g’risida shartnoma tuzgan aksiyadorlik jamiyatlari ro‘yxati Markaziy depozitariyning rasmiy veb-saytida (https://uzcsd.uz/contracts) joylashtirilgan, ushbu ro’yxat har kuni yangilanadi va yangi shartnomalar bilan to‘ldiriladi.

Shuningdek, dividendlar to’lash to’risidagi ma’lumotlarni aksiyadorlik jamiyatlarining veb-saytlaridan olishingiz mumkin.

Рус🇷🇺

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍832