UzCSD | Markaziy depozitariy
6.09K subscribers
2.57K photos
106 videos
2 files
3.06K links
web: www.uzcsd.uz
Facebook: https://www.facebook.com/uzcsd.uz
Instagram: https://www.instagram.com/uz.csd/
Youtube: https://www.youtube.com/@uzcsd

Murojaat uchun:
📞 +998 (71) 211-09-09
📨 info@uzcsd.uz

Takliflar uchun: @UzCSDask_bot
Download Telegram
Oddiy aksiya nima?

🗣Oddiy aksiya egasi jamiyat boshqaruvida ovoz berish huquqiga ega. Shuningdek, foyda bo‘lsa, dividend oladi. Dividend miqdori jamiyatning moliyaviy natijalariga bog‘liq.

💻Oddiy aksiya — ovoz va dividend huquqini beruvchi aksiya.

#MoliyaviySavodxonlik

Рус🇷🇺

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1175
🟦 BOY BO‘LISH — BU SIZNING MAS’ULIYATINGIZ!

📚 Bodo Shefer — “Moliyaviy erkinlikka yo‘l”

🗣 Ko‘pchilik boylikni omad deb hisoblaydi. Bodo Shefer esa aksini isbotlaydi: boylik — bu siz o‘zingizga qo‘ygan intizom va qoidalarning natijasidir. Agar yetti yil ichida birinchi millioningizga ega bo‘lishni istasangiz, pul haqidagi qarashlaringizni tubdan o‘zgartirishingiz shart.

“Moliyaviy erkinlikka yo‘l” asarini nega o‘qish shart?

Ushbu kitob — shunchaki nazariya emas, balki kambag‘allik tafakkuridan qutulish va kapital yig‘ish bo‘yicha amaliy yo‘riqnomadir. Shefer sizga qanday qilib daromadni oshirish, xarajatni jilovlash va "oltin tuxum qo‘yuvchi g‘oz"ni yaratishni o‘rgatadi.

🔔 Investor uchun 3 ta qat’iy dars:

🔵 O‘zingizga to‘lang (10 foiz qoidasi). Har qanday daromad tushganda, eng birinchi qiladigan ishingiz — uning kamida 10 foizini jamg‘arish bo‘lsin. Bu pullar sizning kelajakdagi kapitalingiz uchun “daxlsiz fond”dir.

🔵 “Oltin tuxum qo‘yuvchi g‘oz”ni asrang. Sizning jamg‘armangiz — bu g‘oz. Undan keladigan foizlar esa — oltin tuxumlar. Hech qachon asosiy kapitalni (g‘ozni) sarflamang! Haqiqiy boy odam — bu o‘z kapitaliga emas, balki kapitalidan keladigan foyda (tuxum) hisobiga yashaydigan odamdir.

🔵 Daromad oshsa, xarajatni oshirmang. Ko‘pchilik ko‘proq pul topishi bilan qimmatroq mashina yoki telefon oladi. Sheferning maslahati: daromadingiz har gal oshganda, o‘sha oshgan qismning 50 foizini jamg‘armaga yo‘naltiring. Shundagina kapitalingiz geometrik progressiyada o‘sadi.

Boylik — bu sizning qancha topayotganingiz emas, balki o‘zingizda qancha pul olib qola olganingizdir. Bugungi tejamkorlik — ertangi moliyaviy erkinlikning narxidir.

#InvestorKutubxonasi

Рус🇷🇺

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍256👌33🔥2🆒1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
✍️✍️✍️✍️

🌐 Qimmatli qog'ozlar markaziy depozitariysi: Infratuzilmaviy transformatsiyaning yangi bosqichi

🇺🇿 Prezidentimizning PF-254-sonli Farmoni Markaziy depozitariyning kapital bozoridagi rolini tubdan o‘zgartirdi. Endilikda muassasa shunchaki hisob yurituvchi tizim emas, balki global bozorlar bilan integratsiyani ta’minlovchi asosiy infratuzilmalardan biriga aylanmoqda.

🗣Ushbu islohotlar xalqaro moliya instrumentlarini joriy etish, valyutadagi hisob-kitoblar shaffofligini ta'minlash va obligatsiyalar bo‘yicha to‘lovlarni kafolatlash orqali O‘zbekiston bozorini jahon kapitali uchun jozibador qiladi.

📹 Batafsil videoda.

Рус🇷🇺

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
12👍75🔥1💯1
#KunSavoli

Dividend olish huquqiga ega aksiyadorlar reyestriga kiritilganligimni qanday aniqlash mumkin?


Dividendlar to‘lash to‘g‘risidagi qaror (shu jumladan, dividendlar miqdori, aksiyalarning har bir turi bo‘yicha ularni to‘lash muddati va tartibi) Jamiyat aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishi tomonidan qabul qilinadi.

Agar emitent Markaziy depozitariy bilan dividendlarni to‘lash to‘g‘risida shartnoma tuzgan va aksiyadorlar reyestrini shakllantirish hamda ushbu reyestrga muvofiq dividendlar to‘lash uchun buyurtma bergan bo‘lsa, Markaziy depozitariy reyestrga kiritilgan barcha aksiyadorlarga dividendlar hisoblanganligi to‘g‘risida tegishli SMS-xabarlar yuboradi. Bu holda, aksiyadorning shaxsiy ma’lumotlarida joriy mobil aloqa vositasi raqamining mavjudligi muhim shart hisoblanadi.

Рус🇷🇺

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤝95👌431👍1🔥1🆒1
✍️✍️✍️✍️

🇺🇿O‘ZBEKISTON KAPITAL BOZORI: DIVIDEND VA FOIZ TO‘LOVLARI TAHLILI

🌐 2025-yilda 104 ta emitent tomonidan investorlarga Markaziy depozitariy orqali jami 1 677,95 mlrd so‘m miqdorida dividend va foiz to‘lovlari amalga oshirildi. Ushbu mablag‘larning 75 foizi - yuridik shaxslar (1 264,64 mlrd so‘m), 25 foizi - jismoniy shaxslar (413,31 mlrd so‘m) hissasiga to‘g‘ri keldi.

💻 Top-10 emitent

🗣 To‘lovlar hajmi bo‘yicha “Yagona umumrespublika protsessing markazi” AJ (Uzcard) yetakchilik qilmoqda - 779,30 mlrd so‘m. Shuningdek, “Akfa medline” MChJ (262,16 mlrd so‘m) va “O‘zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi” AJ (100,77 mlrd so‘m) kuchli uchlikdan joy oldi.

🗣 O‘ntalikka kirgan emitentlar tomonidan amalga oshirilgan jami to‘lovlar hajmi 1 453,72 mlrd so‘mni, ya’ni umumiy ko‘rsatkichning qariyb 86 foizini tashkil etdi.

🔔 Investorlar segmentatsiyasi

Jismoniy shaxslarga eng ko‘p to‘lovni amalga oshirgan emitentlar ro‘yxatida Uzcard (202,42 mlrd so‘m) yetakchilik qilmoqda. Undan keyingi o‘rinlarda “HAYOT BIRJA” AJ (65,14 mlrd so‘m) va “GOODWILL CAPITAL” AJ (16,13 mlrd so‘m) turibdi. Bu segmentda jami 358,41 mlrd so‘mlik to‘lov eng faol 10 ta emitent hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Yuridik shaxslar segmentida esa “O‘ztemiryo‘lkonteyner” AJ, “Ipak Yo‘li” AITB va “MAKESENSE” MChJ (“UZUM NASIYA”) kabi kompaniyalar o‘z aksiyadorlari va obligatsiya egalari oldidagi majburiyatlarini yuqori darajada bajargan. Bu segmentda top-10 talikning jami to‘lovi 1 160,79 mlrd so‘mni tashkil etdi.

Рус🇷🇺

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8👏7🔥2👌2💯1🏆1
🟦 BOYLIKKA ELTUVCHI 5 TA OLTIN QOIDA: QADIMGI BOBIL SIRLARI

📚 Jorj Kleyson — “Bobillik eng boy odam”

🗣 Nima uchun ba’zi odamlar tinmay mehnat qilsa-da, hamon hamyoni bo‘sh, boshqalari esa boyib boraveradi? Javob qadimgi Bobilning qumloq ko‘chalari kabi oddiy, ammo o‘zgarmas qoidalarda yashiringan.

“Bobillik eng boy odam”ni nega o‘qish shart?

Ushbu asar 100 yildan beri dunyo investorlarining kitob javonidan mustahkam o’rin olib kelmoqda. Muallif boylikka erishishning murakkab formulalarini emas, balki asrlar davomida sinovdan o‘tgan oddiy tamoyillarni hikoya qiladi.

Investor uchun 3 ta hayotiy dars:

Hamyoningizni semirtirishni boshlang. Har qanday daromadingizning kamida 1/10 qismini o’zingizga olib qo'ying. Bu pul — sizning kelajakdagi investitsion “armiyangiz” uchun birinchi askarlardir.

Oltinni asrashni o‘rganing. Pulni ko‘paytirishdan oldin uni yo‘qotmaslikni o‘rganish kerak. Maslahatni ushbu sohada tajribasi bor odamdan oling. G'isht teruvchidan oltin haqida maslahat so'rash — bu xatodir.

Uyingiz — bu investitsiya emas, boshpana. Kitobda o'z uyingga ega bo'lish xarajatlarni kamaytirishi aytiladi, lekin zamonaviy investor uchun eng muhim dars — aktiv va passivni ajrata olishdir.

💻 Boylik — bu kutilmagan omad emas, balki aniq intizom natijasidir. Agar siz bugun daromadingizning bir qismini investitsiya qilishni boshlamasangiz, ertaga ham xuddi hozirgidek yashashga majbur bo'lasiz.

#InvestorKutubxonasi

Рус🇷🇺

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
145👍52🔥1
✍️✍️✍️✍️

📆 O‘zbekiston kapital bozoridagi asosiy o‘zgarishlar
(13.02.2026 – 27.02.2026)


🌐 O‘tgan vaqt davomida O‘zbekiston kapital bozorida yangi emitentlarning kirib kelishi va mavjud aktivlarning qayta shakllanishi hisobiga yuqori dinamika kuzatildi.

🗣Hisobot davri yakunida bozorning umumiy holati quyidagicha shakllandi:

💬 Aksiyalar bozorida hisobga olingan aksiyadorlik jamiyatlari soni 699 tani tashkil etib, ularning jami chiqarilish hajmi 264,01 trillion so‘mga yetdi.

💻 Hisobot davrida bir qator yangi ishtirokchilar birlamchi chiqarilish orqali bozorga kirib keldi:

“Enterprise Uzbekistan” raqamli texnologiyalar xalqaro markazi direksiyasi” AJ: 40,00 mlrd so‘m;

“Mehr-Saodat” AJ: 25,48 mlrd so‘m;

“Emit-Solution” AJ: 20,24 mlrd so‘m;

“Defos” AJ: 0,33 mlrd so‘m.

📊 Shuningdek, “TBC Sug'urta” AJ aksiyalar hajmini 34,00 mlrd so‘mdan 25,00 mlrd so‘mga kamaytirgani qayd etildi.

💻 Korporativ obligatsiyalar bozorida barqarorlik saqlanib qolmoqda. Emitentlar soni 34 tani, hisobga olingan obligatsiyalarning umumiy nominal qiymati esa 5,28 trillion so‘mni tashkil qildi.

Рус🇷🇺

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👏2👌2


🌐 2026-yil 27-fevral kuni Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysida Deutsche Bank vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muloqot davomida global depozitar tilxatlarni (GDR) chiqarish va ularga xizmat ko‘rsatish, shuningdek, Deutsche Bank hamda Markaziy depozitariy o‘rtasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

🗣 Uchrashuvda GDR dasturi tuzilmasida Deutsche Bank'ning o‘rni, mazkur sohadagi boy tajribasi, xususan, MDH mamlakatlari kompaniyalari qimmatli qog‘ozlarini London Stock Exchange (LSE) listingiga kiritish amaliyoti atroflicha ko‘rib chiqildi.

Shu bilan birga, tomonlar o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, aktivlarni saqlash va hisob-kitob xizmatlarini tashkil etish, GDR dasturini tartibga solishning huquqiy jihatlari hamda ushbu instrumentdan xususiylashtirish jarayonlarida foydalanish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashdilar.

Рус🇷🇺

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
76👍4👏1
✍️✍️✍️✍️

🌐 Fevral oyi sarhisobi: Investorlarga qancha dividend to‘landi?

🗣 Qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariysi bozor ishtirokchilari uchun dividend va kupon to‘lovlari bo‘yicha kengaytirilgan oylik hisobotni taqdim etadi.

🗂 Asosiy ko‘rsatkichlar

1-mart holatiga ko‘ra, daromadlar to‘lovi uchun jamlangan mablag‘larning umumiy hajmi 2 306,7 mlrd so‘mni tashkil qildi. Bu o‘tgan oyga nisbatan 536,9 mlrd so‘mga yoki 30,3% ga ko‘p demakdir.

Fevral oyida jami 11 ta emitent o‘z qimmatli qog‘oz egalariga 536,8 mlrd so‘m mablag‘ to‘lab berdi. To‘lovlar jami 5 471 nafar (o‘tgan oyga nisbatan 17,8% ga ko‘p) investorlarni qamrab oldi.

Obligatsiya bozori ishtirokchilari ham rekord faollik ko‘rsatdi. Xususan, "M K LEASING" MChJ, "Agat Credit" AJ va "Biznes Finans MMT" MChJ tomonidan kupon to‘lovlari bo‘yicha majburiyatlar to‘liq bajarildi. Ushbu segmentda to‘langan jami summa 47,33 mlrd so‘mni tashkil etib, yanvardagi ko‘rsatkichdan (3,03 mlrd so‘m) 15,6 baravarga oshdi.

Рус🇷🇺

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7👍5👏4
✍️✍️✍️✍️

🌐 2026-yil fevral oyida aksiya va obligatsiya chiqarilishlari dinamikasi

💻 Qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariysining 2026-yil 1-mart holatidagi ma’lumotlari fevral oyida kapital bozorida o‘sish sur’atlari davom etayotganini ko‘rsatmoqda.

🗣Aksiyalar

Chiqarilishlar umumiy hajmi 264,0 trln so‘mni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan oyga nisbatan 1,5 trln so‘mga o‘sganligini ko‘rsatmoqda.

Davlat ulushi o’tgan oyga nisbatan kamayib 191,4 trln so‘mni tashkil etdi.

Xorijiy egalarning ulushi 12,7 trln so‘mga yetdi, bu yanvar oyidagi ko‘rsatkichdan 400 mlrd so‘mga ko‘pdir.

🗣 Korporativ obligatsiyalar

Korporativ obligatsiyalar bozori jadal o‘sishda davom etmoqda: fevral oyi yakuniga ko‘ra umumiy hajm 5,28 trln so‘mga yetib, o‘tgan oyga nisbatan 350 mlrd so‘mga ko‘paydi.

Bozorning 74,1% qismi "Boshqa egalar" toifasiga tegishli ekani korporativ qarz instrumentlarining investitsion jozibadorligi oshib borayotganidan dalolat beradi.

🗣 Emitentlar

Aksiya emitentlari (AJ) soni 5 taga ko‘payib, 699 tani tashkil etdi.

Korporativ obligatsiya emitentlari soni esa 33 tadan 34 taga yetdi.

🗣 Qimmatli qog‘ozlar egalari

Aksiyadorlar safi 4 870 nafarga kengayib, jami 1 027 045 nafarga yetdi. Jismoniy shaxslarning 961 573 nafarni tashkil etishi aholi o‘rtasida investitsion madaniyat izchil yuksalayotganini ko‘rsatadi.

Рус🇷🇺

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
43👍3👏1