UzCSD | Markaziy depozitariy
6.08K subscribers
2.57K photos
107 videos
2 files
3.06K links
web: www.uzcsd.uz
Facebook: https://www.facebook.com/uzcsd.uz
Instagram: https://www.instagram.com/uz.csd/
Youtube: https://www.youtube.com/@uzcsd

Murojaat uchun:
📞 +998 (71) 211-09-09
📨 info@uzcsd.uz

Takliflar uchun: @UzCSDask_bot
Download Telegram
✍️✍️✍️✍️

🌐Yanvar oyi sarhisobi: Investorlarga qancha dividend to‘landi?

🗣Qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariysi bozor ishtirokchilari uchun dividend va kupon to‘lovlari bo‘yicha kengaytirilgan oylik hisobotni taqdim etadi.

🗂Asosiy ko‘rsatkichlar

1-fevral holatiga ko‘ra, daromadlar to‘lovi uchun jamlangan mablag‘lar 1 769,8 mlrd so‘mga tashkil qildi. Bu avvalgi oyga nisbatan qariyb 92 mlrd so‘mga ko‘p.

Yanvar oyida jami 6 ta emitent o‘z aksiyadorlariga 91 mlrd so‘m dividend to‘lab berdi. To‘lovlar jami 4 643 nafar aksiyadorni qamrab oldi.

Qarz bozori ishtirokchilari ham faol bo‘ldi. Xususan, "Agat Credit" AJ va "Biznes Finans mikromoliya tashkiloti" MChJ tomonidan kupon to‘lovlari bo‘yicha majburiyatlar to‘liq bajarildi.

Batafsil ma’lumot va raqamlar — infografikada! 📊

Рус🇷🇺

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1775🔥2👏2🤝2👌1
📊 E-VOTE: 2025-yil sarhisobi

Korporativ boshqaruvda masofaviy format nafaqat qulaylik, balki shaffoflik va ishonch ko‘rsatkichiga aylanmoqda. Qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariysining E-VOTE platformasi 2025-yil sarhisobi bu fikrning amaliy tasdig'idir.

💬 Asosiy raqamlar

19 ta aksiyadorlik jamiyati platformadan faol foydalandi.

49 ta umumiy yig‘ilish elektron shaklda o‘tkazildi. Shundan:

🟢 18 tasi — yillik yig‘ilishlar;
🟢 31 tasi — navbatdan tashqari yig‘ilishlar.

💬 Yig‘ilishlarda jami 822 nafar aksiyador masofaviy ovoz berdi. Faollikning asosiy qismi navbatdan tashqari yig‘ilishlarga (498 nafar) to‘g‘ri keldi.

💬 Yuqoridagi tahlillar 2020-yilda joriy etilgan raqamli platforma bugungi kunda AJ aksiyadorlari, Kuzatuv kengashlari va MCHJ ta’siscilari uchun masofaviy qarorlar qabul qilishda ishonchli vositaga aylanganidan dalolat beradi. OneID bilan integratsiya esa jarayonning xavfsizligini kafolatlaydi.

Рус🇷🇺

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1212👍8🔥1
#kunraqami

🗣 “Asakabank” AJ aksiyalarining navbatdagi chiqarilishi depozitar ro‘yxatga olindi

Chiqarilishning umumiy hajmi: 1,2 trln so‘m
Aksiya soni: 8 679 231 710 dona
Aksiya turi: Oddiy
Nominal qiymati: 139,01 so‘m

Qimmatli qog‘ozlar yopiq obuna usulida joylashtiriladi.

🔐 Qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariysi ushbu qo‘shimcha chiqarilishni depozitar ro‘yxatdan o‘tkazganligini ma’lum qiladi.

Рус🇷🇺

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
87👍3💯1
#kunraqami

📊 Rekord ko‘rsatkich: Korporativ obligatsiyalar bozori 5 trln so‘mdan oshdi

🌐 2026-yil 13-fevral holatiga ko‘ra, Markaziy depozitariy tomonidan hisobga olingan korporativ obligatsiyalar hajmi rekord daraja — 5,28 trillion so‘mga yetdi.

🗂 Tahlillar oxirgi bir yillik dinamika bozorning nafaqat hajm jihatidan, balki sifat jihatidan ham yangi pog‘onaga ko‘tarilganini ko‘rsatmoqda.

🗣 Bir yillik o‘sish besh yillikdan ustun

2025-yil boshida bozor hajmi 1,9 trln so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, bugungi kunga kelib bu ko‘rsatkich 2,7 barobarga oshdi. Eng e’tiborli jihati, oxirgi bir yilda bozorga kirib kelgan kapital miqdori (3,3 trln so‘m), avvalgi besh yillikdagi (2020–2024) jami o‘sish ko‘rsatkichidan bir necha barobar ko‘pdir.

🗣 Emitentlar konsolidatsiyasi

Garchi emitentlar soni 43 tadan 34 taga kamaygan bo‘lsa-da, bozor hajmi deyarli 3 barobar o‘sdi. Bu bozorning sinov emissiyalari davridan ishonchli resurs jalb qilish maydoniga aylanganidan dalolat beradi.

🗣 Xususiy sektor - asosiy "o'yinchi"

Emitentlarning qariyb 76 foizi (26 tasi) mas’uliyati cheklangan jamiyatlar (MChJ) hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Bu xususiy biznesning an’anaviy bank kreditlariga muqobil ravishda to‘g‘ridan-to‘g‘ri kapital bozoridan resurs jalb qilishga bo‘lgan ishonchi mustahkamlanayotgani belgisidir.

🗣 Chakana investorlar uchun imkoniyatlar

Muomaladagi obligatsiyalar soni bir yil ichida 170 milliondan 223,5 million donaga oshdi. Obligatsiyalar sonining bunday ko‘payishi ularning nominal qiymati optimallashayotganini va kengroq investorlar qatlami, jumladan, jismoniy shaxslar uchun ham jozibador aktivga aylanayotganini tasdiqlaydi.

Рус🇷🇺

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏12💯5322👌1🤝1
Aksiyadorlik jamiyati (AJ) nima?

Ko‘p joyda AJ qo‘shimchasini ko‘ramiz, lekin uning mohiyati nimada? Keling, qisqacha tushunib olamiz:

🗣Aksiyadorlik jamiyati — bu ustav kapitali ma’lum miqdordagi aksiyalarga bo‘lingan korxonadir. Bu yerda biznesga egalik qilish huquqi aynan shu aksiyalar orqali taqsimlanadi.

🗣 AJ faoliyati O‘zbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni bilan tartibga solinadi.

🗣 Jamiyat yil yakuni bo‘yicha foyda ko‘rsa, ushbu mablag‘ aksiyadorlar o‘rtasida ularning ulushiga qarab dividend sifatida taqsimlanishi mumkin.

📊 Bugungi kunda mamlakatimizda 694 ta aksiyadorlik jamiyati ro‘yxatdan o‘tgan.

 Moliya va investitsiya dunyosiga oid foydali ma’lumotlarni kuzatib boring!

#MoliyaviySavodxonlik

Рус🇷🇺

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13🔥543👌1💯1
📚 BOY BO‘LISH UCHUN INTIZOMLI BO‘LISH QANCHALIK MUHIM?

🟦Morgan Hauzel — “Pul psixologiyasi”

💻 Investitsiya — bu raqamlar va formulalar emas, balki sizning o‘zingizni qanday tutishingizdir. Dunyodagi eng bilimli daho ham his-tuyg‘ularini jilovlay olmasa, moliyaviy halokatga uchrashi mumkin. Aksincha, moliyaviy ma’lumoti bo‘lmagan, lekin sabrli inson boyib ketishi hech gap emas.

“Pul psixologiyasi” asarini nega o‘qish shart?

Morgan Hauzel ushbu kitobda pul bilan bog‘liq qarorlarimiz laboratoriyada emas, balki qo‘rquv, nafs va shaxsiy dunyoqarashlar ta’sirida qabul qilinishini isbotlab beradi.

🔔Investor uchun 3 ta muhim dars:

🔵 Hech qachon "yetarli" degan to‘xtamga kelmaslik xavfi. Ko‘pchilik investorlar ko‘proq foyda quvib, o‘zlariga kerak bo‘lgan narsani (erkinlik, xotirjamlik) xavfga qo‘yadilar. Baxtning siri — "yetarli" degan chegarani bilishda.

🔵 Murakkab foiz (Compound interest) — bu sehr emas, bu sabr. Uorren Baffetning boyligining 90% dan ortig‘i u 65 yoshdan oshganidan keyin shakllangan. Investitsiyada eng kuchli qurol — bu vaqt.

🔵 "Boy bo‘lish" va "Boy bo‘lib qolish" — ikki xil narsa.
Boy bo‘lish uchun tavakkal va optimizm kerak. Boy bo‘lib qolish uchun esa kamtarlik va "hamma narsadan ayrilib qolish" qo‘rquvi (ehtiyotkorlik) kerak.

💻 Pul — bu matematika emas, bu psixologiya. Sizning boyligingiz qanchalik ko‘p kitob o‘qiganingizga emas, balki bozordagi vahima paytida o‘zingizni qanchalik bosiq tutishingizga bog‘liq.

#InvestorKutubxonasi

Рус🇷🇺

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
15👍8💯3🔥2🤝2🆒211
✍️✍️✍️✍️

📆 Haftalik sharh: O‘zbekiston kapital bozoridagi asosiy o‘zgarishlar
(06.02.2026 – 13.02.2026)


🌐 O‘tgan hafta davomida O‘zbekiston kapital bozorining ham aksiyalar, ham korporativ obligatsiyalar segmentida sezilarli o‘sish va faollik kuzatildi.

🗣 Hisobot davri yakunida bozorning umumiy holati quyidagicha shakllandi:

💬 Aksiyalar bozorida hisobga olingan aksiyadorlik jamiyatlari soni 695 tani tashkil etib, ularning jami chiqarilish hajmi 263,94 trillion so‘mga yetdi.

Jumladan, qo‘shimcha chiqarilishlar hisobiga quyidagi bank va korxonalarning aksiyalar hajmi ortdi:

“Asakabank” AJ: 7 774,34 mlrd so‘mdan 8 980,84 mlrd so‘mga;

“TBC Bank” AJ: 2 120,46 mlrd so‘mdan 2 360,46 mlrd so‘mga;

“Andijon suv ta’minoti” AJ: 94,95 mlrd so‘mdan 108,80 mlrd so‘mga yetkazildi.

Shuningdek, “LETI EDU” AJ tomonidan 0,10 mlrd so‘mlik aksiyalarning birlamchi chiqarilishi qayd etildi.

💻 Korporativ obligatsiyalar bozorida hisobga olingan obligatsiyalarning umumiy nominal qiymati rekord darajani — 5,28 trillion so‘mni tashkil qildi.

Xususan, “MAKESENSE” MChJ qo‘shimcha chiqarilish hisobiga obligatsiyalar hajmini 700,00 mlrd so‘mdan 1 trln so‘mga yetkazdi.

Haftalik dinamika shuni ko‘rsatadiki, moliya muassasalari o‘z kapitalini mustahkamlashda davom etmoqda. Shu bilan birga, korporativ obligatsiyalar segmenti o‘z jozibadorligini saqlab qolgan holda barqaror o‘sish namoyish etmoqda.

Рус🇷🇺

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
136👍6🔥1
Ustav kapitali nima?

🗣Ustav kapitali - jamiyat faoliyatini boshlash uchun tuzilgan umumiy mablag‘. U aksiyalar chiqarish orqali shakllantiriladi. Har bir aksiya ustav kapitalidagi muayyan ulushni anglatadi.

💻Ustav kapitali — jamiyatning
moliyaviy poydevori.


#MoliyaviySavodxonlik

Рус🇷🇺

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1253👏1
#BuMuhim

🇺🇿 Prezident Farmoni: Kapital bozorining yangi imkoniyatlari

🗣 Prezidentimiz tomonidan o‘tgan yilning 18-dekabrida qabul qilingan “Kapital bozorida investitsiya muhitini yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni kapital bozorida investitsiya muhitini yaxshilashda muhim poydevor bo‘ldi.

Xo’sh, kapital bozorida “Tartibga solish qumdoni” (Regulatory Sandbox) doirasida qanday huquq va imtiyozlar berilgan?

💬 Endilikda:

O‘zbekiston rezident-emitentlarining korporativ obligatsiyalarini xorijiy valyutada ifodalash
Investitsiya vositachilariga bank, kastodian, savdo maydonchalari va investitsiya platformalarida chet el qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha hisobvaraqlar ochish
Xalqaro ETF va indeks fondlari savdosini tashkil etish imkoniyatlari mavjud.

📊 Ushbu yo‘nalishlarning har biri bo‘yicha batafsil ma’lumotlar bilan yuqoridagi infografika orqali tanishishingiz mumkin.

Biz Farmon doirasidagi o‘zgarishlarni tushuntirishda davom etamiz.

Рус🇷🇺

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1283🙏1👌1🤝1