UzCSD | Markaziy depozitariy
6.03K subscribers
2.57K photos
107 videos
2 files
3.06K links
web: www.uzcsd.uz
Facebook: https://www.facebook.com/uzcsd.uz
Instagram: https://www.instagram.com/uz.csd/
Youtube: https://www.youtube.com/@uzcsd

Murojaat uchun:
📞 +998 (71) 211-09-09
📨 info@uzcsd.uz

Takliflar uchun: @UzCSDask_bot
Download Telegram
✍️✍️✍️✍️

🗓 Kapital bozorida emissiyalar dinamikasi: haftalik tahliliy sharh. (16.01.2026 – 23.01.2026)

🌐Hisobot haftasida kapital bozorida korporativ aktivlar tarkibini optimallashtirish va samaradorlikni oshirish jarayonlari ustuvorlik qildi. Mazkur tendensiya bozor ishtirokchilarining kapitallashuv darajasini joriy iqtisodiy konyunkturaga muvofiqlashtirishga bo‘lgan intilishini aks ettiradi.

🗣AKSIYALAR BOZORI
Aksiyadorlik jamiyatlari soni barqarorligini saqlab qolgan bo‘lsa-da (694 ta), jami nominal hajmning biroz pasayishi bozorni sog‘lomlashtirish bosqichi davom etayotganini ko‘rsatmoqda.

“TALIMARJON ISSIQLIK ELEKTR STANSIYASI” va “O‘ZBEKEKSPERTIZA” AJ tomonidan aksiyalar hajmining kamaytirilishi moliyaviy tarkibni unifikatsiya qilishga xizmat qildi.

💻KORPORATIV OBLIGATSIYALAR
Segmentda emitentlar soni o‘zgarishsiz qolgan bo‘lsa-da (32 ta), qarz kapitali yo‘nalishlarida diversifikatsiya kuzatildi.

“SARDOBA TEKSTIL” MChJ tomonidan 7 mlrd so‘mlik korporativ obligatsiyalar muomalaga kiritildi. Bu real sektor korxonalarining muqobil moliyalashtirish instrumentlariga bo‘lgan ishonchini tasdiqlaydi.

“BIZNES FINANS” MChJ kapital hajmini oshirgan bo‘lsa, lizing sektoridagi (“VARIANT RETAIL FINANCE”, “HAMKOR INVEST LIZING”) pasayish joriy majburiyatlarning ijro etilishi va resurslarning qayta taqsimlanishi bilan izohlanadi.

🎥 Batafsil video-tahlil

Рус🇷🇺

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1285👏2


🗣Mamlakatimiz moliya tizimining yetakchi ishtirokchilaridan biri — “Asakabank” AJ tomonidan chiqarilgan navbatdagi yirik korporativ obligatsiyalar emissiyasi Qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariysi hisob tizimida ro‘yxatga olindi.

💻Emissiyaning asosiy ko‘rsatkichlari:

Umumiy hajm: 1 trln so‘m.
Nominal qiymati: 500 mln so‘m.
Yillik daromadlilik: 18%.
Muomala muddati: 1 710 kun.

🔔Ushbu obligatsiyalar ochiq obuna orqali joylashtiriladi, bu esa keng doiradagi investorlarga mazkur moliya instrumentini sotib olish imkonini beradi.

Рус🇷🇺

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
106👍5👏2🤝2🙏1😍1🏆1
✍️✍️✍️✍️

💻QAYSI BANKLAR AKSIYADORLARIGA ENG KO‘P DIVIDEND TO‘LADI?

2025-yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston bank sektori aksiyadorlarga dividend to‘lash va investitsion majburiyatlarni bajarishda yuqori faollik namoyon etdi. Markaziy depozitariy tizimi orqali amalga oshirilgan to‘lovlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, banklar tomonidan yo‘naltirilgan jami mablag‘larning asosiy qismi reytingdagi yetakchi banklar hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Reytingning mutloq peshqadami - “Ipak Yo'li” banki bo‘lib, u 2025 yil davomida 66,1 mlrd so‘mlik dividend to‘lovlari bilan bozorda yaqqol ustunlikka ega. Bu ko‘rsatkich bankning xususiy investitsiyalarni jalb qilish va aksiyadorlar bilan ishlashdagi strategik yondashuvidan dalolat beradi.

Shuningdek, “Anor bank” (12,5 mlrd so‘m) va “Hamkorbank” (8,8 mlrd so‘m) ham dividend siyosatining barqarorligi bo‘yicha bozorda mustahkam mavqega ega ekanliklarini namoyon etmoqda.

🗣Dividend to‘lovlarining Markaziy depozitariy orqali amalga oshirilishi kapital bozorining shaffofligini ta’minlovchi asosiy omildir. Banklarning dividend siyosatidagi bunday ochiqlik O‘zbekiston moliya bozorining ishonchlilik darajasini oshirishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

Рус🇷🇺

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
15👏107🔥31😍1🤝1


🌐Kapital bozorida navbatdagi investitsiya imkoniyati

🗣Qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariysi hisob tizimiga «Contact Finance» mas’uliyati cheklangan jamiyatining yangi korporativ obligatsiyalar chiqarilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar kiritildi.

💻Emissiyaning asosiy ko‘rsatkichlari:

Umumiy hajm: 10,0 mlrd so‘m.
Nominal qiymati: 100 000 so‘m.
Yillik daromadlilik: 25%.
Muomala muddati: 1 080 kun.
Joylashtirish usuli: Ochiq obuna.
To‘lovlar davriyligi: Har 30 kunda

🔔Mazkur obligatsiyalar ochiq obuna orqali joylashtiriladi, bu esa keng doiradagi investorlar uchun ushbu daromadli moliya instrumentiga ega bo‘lish imkonini beradi. Har 30 kunda amalga oshiriladigan kupon to‘lovlari esa investorlar uchun barqaror pul oqimini ta’minlaydi.

Рус🇷🇺

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1285👏2💯2


🌐Bo’lajak moliya mutaxassislari Markaziy depozitariy mehmoni bo‘lishdi

🔔2026-yil 28-yanvar kuni Qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariysida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 40 nafarga yaqin stipendiatlari — bitiruvchi talabalar uchun ochiq eshiklar tadbiri tashkil etildi.

🗣Tadbirda Markaziy depozitariyning mamlakat moliya tizimidagi o‘rni hamda sohada zamonaviy bilimlarga ega yosh kadrlar uchun yaratilayotgan istiqbolli imkoniyatlarga alohida to‘xtalib o‘tildi.

🗣Talabalar, shuningdek, kapital bozori arxitekturasi, qimmatli qog‘ozlar hisobini yuritishning zamonaviy mexanizmlari haqida batafsil ma’lumotga ega bo’ldilar.

E’tiborli jihati, tadbir doirasida bo’lajak mutaxassislar nafaqat nazariy ma’lumotlar olishdi, balki Markaziy depozitariyning real ish jarayoni bilan ham yaqindan tanishib, qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq amaliyotlar qanday amalga oshirilishini bevosita kuzatish imkoniga ega bo‘ldilar.

🎬Tadbirdan tayyorlangan maxsus videolavha

Рус🇷🇺

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10🔥764👌2😍2🆒2👏1
#kunraqami

🌐O‘zbekiston kapital bozori tizimidagi aksiyadorlar soni 1 mln 20 mingdan oshdi. E’tiborlisi, miqdoriy o‘sish bilan birga, bozorda sifat o‘zgarishlari — xalqaro investorlar ulushining keskin ortishi kuzatilmoqda.

🗣So‘nggi 5 yillikdagi o‘sish dinamikasi:

Chet ellik jismoniy shaxslar: +36,4%
Jami chet ellik investorlar: +31,6%
Mahalliy jismoniy shaxslar: +11,2%

Рус🇷🇺

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1265👏4🆒1
🌐 O‘tgan haftada biz aksiyalar bozoridagi yetakchi brokerlarni taqdim etgan edik. Bugungi tahlilimiz esa kapital bozorining yana bir strategik segmenti — korporativ obligatsiyalarni boshqarayotgan eng yirik investitsiya vositachilariga qaratiladi.

🗣 Bozor yetakchilari: Obligatsiyalar sektorida “ALKES RESEARCH” va “FREEDOM FINANCE” kompaniyalari peshqadamlikni qo‘ldan boy bermayapti. Ushbu vositachilarning har biri 850 mlrd so‘mdan ortiq aktivlarni boshqarmoqda.

🗣 Diversifikatsiya: “LEADER FINANCE CAPITAL” va “PORTFOLIO INVESTMENTS”kabi kompaniyalar ham aksiyalar, ham obligatsiyalar bo‘yicha TOP-10 ro‘yxatidan joy oldi. Bu ularning investitsiya portfellarini professional darajada diversifikatsiya qilganidan dalolat beradi.

🗣 Institutsional jamlanish: Markaziy depozitariy tizimida hisobga olingan korporativ obligatsiyalar jami portfelining 86 foizi atigi 10 ta eng yirik investitsiya vositachisi tomonidan boshqarilmoqda.

💻 Obligatsiyalar bozorining rivojlanishi biznes uchun muqobil moliyalashtirish manbasini, investorlar uchun esa qat’iy daromadli ishonchli vositalarni yaratadi.

Рус🇷🇺

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍19🔥3👏3211


🗣Qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariysi hisob tizimiga "Dorkomplektsnab Plus" MCHJning yangi emissiyasi haqidagi ma’lumotlar kiritildi.

💻Emissiyaning asosiy ko‘rsatkichlari:

Umumiy hajmi: 50 000 000 000 so‘m
Nominal qiymati: 10 000 000 so‘m
Yillik daromadlilik: 28%
Muomala muddati: 720 kun
Joylashtirish usuli: Yopiq obuna

Рус🇷🇺

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1344🔥2
✍️✍️✍️✍️

🗓 Kapital bozorida emissiyalar dinamikasi: haftalik tahliliy sharh (23.01.2026 – 30.01.2026)

🌐 Hisobot haftasida kapital bozorida faollikning sezilarli o‘sishi kuzatildi. Ayniqsa, korporativ obligatsiyalar segmentida yirik emitentlarning paydo bo‘lishi qarz bozorining jozibadorligi oshib borayotganidan dalolat beradi.

🗣 AKSIYADORLIK jamiyatlari soni (694 ta) o‘zgarishsiz qolgan bo‘lsa-da, chiqarilishlar hajmi 262,48 trln so‘mni tashkil etmoqda.

“ANOR BANK” AJ o‘z kapitallashuvini oshirish maqsadida 50 mlrd so'mlik qo‘shimcha aksiyalarni joylashtirdi. “AVO BANK” AJ va “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MILLIY INVESTITSIYA JAMG‘ARMASI” AJda esa ustav kapitalini optimallashtirish doirasida hajmlarning pasayishi kuzatildi.

🗣 KORPORATIV OBLIGATSIYALAR segmenti haftalik o‘sishning mutlaq yetakchisiga aylandi. Emitentlar soni 33 taga, jami hajm esa 4,93 trln so‘mga yetdi.

“ASAKABANK” AJ tomonidan 1 trln so‘mlik yirik korporativ obligatsiyalar chiqarilishining hisobga olinishi bozor hajmini sezilarli darajada kengaytirdi. Bu bank sektori tomonidan resurs bazasini shakllantirishda fond birjasi imkoniyatlaridan keng foydalanilayotganini ko‘rsatadi.

“CONTACT FINANCE” MChJ o‘z obligatsiyalari hajmini 3 mlrd so‘mdan 13 mlrd so‘mga oshirib, qarz bozoridagi ishtirokini faollashtirdi.

Рус🇷🇺

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1052💯2
✍️✍️✍️✍️

🌐2025-yil yakunlari tahlili shuni ko‘rsatadiki, bank sektori nafaqat kapitallashuv hajmi, balki aksiyadorlar qamrovi bo‘yicha ham kapital bozorining eng ommabop segmenti bo‘lib qolmoqda. Bugungi kunda 38 ta bank tomonidan chiqarilgan aksiyalarning umumiy hajmi 95,9 trln so‘mdan oshdi.

🗣Aksiyadorlar sonining ko‘pligi — bu aholi va biznes vakillarining ushbu moliya muassasasiga bo‘lgan ishonchi belgisidir. Jami 234 531 nafar aksiyadorning qariyb 75 foizi (174 089 nafari) jismoniy shaxslar ekanligi aholining qimmatli qog‘ozlar bozoriga bo‘lgan qiziqishi ortib borayotganini tasdiqlaydi.

Agrobank — umumiy aksiyadorlar soni bo‘yicha reytingning mutloq yetakchisi. Bank 92 789 nafar aksiyador bilan bozorda yaqqol ustunlikka ega.
Sanoatqurilishbank (40 145) va Mikrokreditbank (34 603) aksiyadorlar bazasining ko‘lami bo‘yicha kuchli uchlikni mustahkam egallab turibdi.
Ipoteka-bank (22 003) va Turonbank (10 715) ham yirik aksiyadorlar tarkibiga ega banklar sifatida ro‘yxatda yuqori o‘rinlarni band etgan.

Aksiyadorlar reestrining Markaziy depozitariyda yuritilishi har bir investor huquqlarining himoyasi va ma’lumotlar shaffofligining kafolatidir. Ushbu raqamlar mamlakatimiz bank tizimining xalqchil va ochiq bo‘lib borayotganini yaqqol aks ettiradi.

Рус🇷🇺

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏12115
#kunraqami

🌐2026-yil 1-fevral holatiga ko‘ra, xorijiy sarmoyadorlar tomonidan O‘zbekiston kapital bozoriga kiritilgan umumiy investitsiya hajmi qariyb 12,3 trln so‘mga yetdi.

💻Bugungi kunda dunyoning 61 ta davlati rezidentlari mamlakatimiz iqtisodiyotiga qimmatli qog‘ozlar orqali investitsiya kiritgan.

Mazkur ko‘rsatkich investorlar geografiyasi kengayib borayotgani, milliy emitentlarning xalqaro maydonda nufuzi oshayotgani hamda kapital bozoridagi investitsiya muhiti barqarorligidan dalolat beradi.

Рус🇷🇺

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
10👍8🆒41
✍️✍️✍️✍️

TOP-10: Kapitallashuvi eng yuqori bo‘lgan sug‘urta kompaniyalari

🌐2026-yil 1-fevral holatiga ko‘ra, sug‘urta sektori kapitallashuv hajmi va aksiyadorlar qamrovi bo‘yicha kapital bozorining eng barqaror segmentlaridan biri bo‘lib qolmoqda. Bugungi kunda 49 ta sug‘urta kompaniyasi tomonidan chiqarilgan aksiyalarning umumiy hajmi 4,3 trln so‘mdan oshdi.

💻Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, sug‘urta bozoridagi jami kapitallashuvning 55,3% (2,4 trln so‘m) aynan reytingdagi TOP-10 kompaniyalar hissasiga to‘g‘ri keladi. Diqqatga sazovor jihati, sohada davlat ulushiga ega kompaniyalar bor-yo‘g‘i 7 tani (jami chiqarilishning 2%) tashkil etadi. Bu sug‘urta bozorining asosan xususiy sektor hisobiga shakllanganini va erkin raqobat muhiti mavjudligini anglatadi.

🗣Jami 13 081 nafar investorning qariyb 98% (12 907 nafari) jismoniy shaxslardir. Bu aholining sug‘urta kompaniyalari aksiyalariga ishonchli investitsiya vositasi sifatida qiziqishi ortayotganini tasdiqlaydi.

Apex Insurance — ustav kapitali hajmi (900 mlrd so‘m) bo‘yicha bozorning mutloq yetakchisi.

O'zbekinvest va Euroasia Insurance kuchli uchlikni yakunlab, sohadagi eng yirik kapitallashuvga ega kompaniyalar hisoblanadi.

Aksiyadorlar reestrining Markaziy depozitariyda yuritilishi har bir investor huquqlarining himoyasi va ma’lumotlar shaffofligining kafolatidir.

#tahlil

Рус🇷🇺

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
12👍124🙏3👏1