UzCSD | Markaziy depozitariy
6.03K subscribers
2.57K photos
107 videos
2 files
3.06K links
web: www.uzcsd.uz
Facebook: https://www.facebook.com/uzcsd.uz
Instagram: https://www.instagram.com/uz.csd/
Youtube: https://www.youtube.com/@uzcsd

Murojaat uchun:
📞 +998 (71) 211-09-09
📨 info@uzcsd.uz

Takliflar uchun: @UzCSDask_bot
Download Telegram
#kunraqami

🌐O‘zbekiston kapital bozoriga xorijiy investorlarning qiziqishi yuqori!

Umumiy ulush: 336 ta AJ ustav fondlaridagi xorijiy sarmoya miqdori qariyb 12,3 trln so‘mga yetdi. 2025-yil davomida xorijiy ulush hajmi 24% ga (2,35 trln so‘mga) ortdi.

Obligatsiyalar bozoridagi faollik: Korporativ obligatsiyalardagi xorijiy egalar ulushi yil boshiga nisbatan 14 baravarga yoki 1 433,5% ga o‘sib, 689,5 mlrd so‘mni tashkil etdi.

Рус🇷🇺

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍175👏332🕊2😍2💯2👌1
✍️✍️✍️✍️

🌐2025-YILNING ENG YIRIK TOP-5 EMITENTI

🗣O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan aksiyadorlik jamiyatlarining jami emissiya hajmi (nominal qiymati bo'yicha) 265,14 trln so‘mga yetdi. Ushbu ko‘rsatkichning salmoqli qismi mamlakat iqtisodiyotining "tayanch nuqtalari" bo‘lgan quyidagi beshta yirik kompaniya hissasiga to‘g‘ri keladi:

1️⃣ “O'zbekiston Respublikasi milliy investitsiya jamg'armasi” AJ — 27,88 trln so‘m. Bozorning mutlaq yetakchisi bo‘lib, jami kapitalning qariyb 10,5% qismini o‘zida jamlagan.

2️⃣ “O'zbekneftgaz” AJ — 22,48 trln so‘m. Energetika sohasidagi eng yirik kapital egasi.

3️⃣ “O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ — 17,76 trln so‘m. Bank-moliya sektori bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichga ega emitent.

4️⃣ “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ — 15,07 trln so‘m. Sanoat giganti va hududlar kesimida (Navoiy viloyati) eng yirik aksiyadorlik jamiyati.

5️⃣ “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ13,31 trln so‘m. Elektr energiyasi ishlab chiqarish tarmog‘idagi eng yirik emissiya egasi.

Рус🇷🇺

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
14👍104🔥2👏2🤝2🎉1👌1💯1🆒1
✍️✍️✍️✍️

🌐TOP-10: O‘ZBEKISTON KAPITAL BOZORINING YETAKCHI INVESTITSIYA VOSITACHILARI

🗣O‘zbekiston kapital bozorida faoliyat yuritayotgan investitsiya vositachilari bugungi kunda 80 emitentning jami 40,8 trln so‘mlik aksiya chiqarilishlariga xizmat ko‘rsatmoqda. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, yuqorida qayd etilgan miqdorning, ya’ni aksiyalar bozorining qariyb 33,5 trln so‘mlik portfeli 10 ta investitsiya vositachisi tomonidan boshqarilmoqda. Bu, sohada yuqori darajadagi institutsional jamlanish mavjudligidan dalolat beradi.

🗣Investitsiya vositachilari aktivlarining qariyb 37 foizi reyting peshqadamlari - “Dalal standard” (7,86 trln so‘m) va “Kapital-depozit” (7,51 trln so‘m) kompaniyalari hissasiga to‘g‘ri keladi.

🗣Shuningdek, “Leader Finance Capital” (3,55 trln so‘m), “Portfolio Investments” (2,87 trln so‘m) va “Finance invest brok” (2,76 trln so‘m) kompaniyalari ham bozorda mustahkam poydevorga ega ekanliklarini namoyon etmoqda.

💻Investitsiya vositachilari kapital bozorining muhim bo‘g‘ini hisoblanadi. Ularning portfelidagi o‘sish va bozordagi o‘rni O‘zbekiston kapital bozorining shaffofligi hamda investitsiyaviy jozibadorligini oshirishda drayver bo‘lib xizmat qiladi.

Рус🇷🇺

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1475🔥4💯3🙏2👏1🎉1😍1🏆1
📊 Siz qaysi hududdansiz?

Biz auditoriya geografiyasini o‘rganmoqdamiz. Bu xizmatlarimizni va tahliliy ma’lumotlarni sizga manzilli yetkazishda yordam beradi. Iltimos, hududingizni belgilang:
Final Results
36%
Toshkent shahri
14%
Toshkent viloyati
7%
Andijon viloyati
7%
Buxoro viloyati
4%
Jizzax viloyati
12%
Qashqadaryo viloyati
4%
Navoiy viloyati
17%
Namangan viloyati
1410🤝9👏3👍1
📊 Siz qaysi hududdansiz?

Biz auditoriya geografiyasini o‘rganmoqdamiz. Bu xizmatlarimizni va tahliliy ma’lumotlarni sizga manzilli yetkazishda yordam beradi. Iltimos, hududingizni belgilang:
Final Results
19%
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
13%
Samarqand viloyati
12%
Surxondaryo viloyati
8%
Sirdaryo viloyati
24%
Farg‘ona viloyati
15%
Xorazm viloyati
9%
🌍 Xorijdan kuzataman
2911👍10👏3🕊3


🌐«Sardoba Tekstil»dan kapital bozoridagi debyut chiqarilish

🗣Mahalliy ishlab chiqaruvchilarning kapital bozori orqali sarmoya jalb qilish ko‘lami kengayib bormoqda. Xususan, «Sardoba Tekstil» mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan ilk korporativ obligatsiyalarning chiqarilishi Qimmatli qog’ozlar Markaziy depozitariysi tomonidan rasman ro‘yxatga olindi.

💻Emissiyaning asosiy ko‘rsatkichlari:

Turi: Korporativ obligatsiyalar.
Umumiy hajm: 7,0 mlrd so‘m.
Nominal qiymati: 5 000 000 so‘m.
Yillik daromadlilik: 27%.
Muomala muddati: 1 095 kun (3 yil).
Joylashtirish usuli: Yopiq obuna.
Kupon daromadi to‘lovi oraliq davri: 91-94 kun (choraklik to‘lov).

🔔Ta’kidlash joizki, ushbu emissiya jamiyat uchun hisob bo‘yicha birinchisi (debyut) hisoblanadi. To‘qimachilik sohasida faoliyat yurituvchi kompaniyaning qimmatli qog‘ozlar bozoriga kirib kelishi, real sektor korxonalari uchun muqobil moliyalashtirish manbalaridan foydalanishda muhim qadamdir.

Mazkur chiqarilish bo‘yicha hisob-kitoblar va investorlarning egalik huquqini tasdiqlash Markaziy depozitariy tomonidan kafolatlangan tartibda amalga oshiriladi.

Рус🇷🇺

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1410👍43😍2👏1
✍️✍️✍️✍️

🗓 Kapital bozorida emissiyalar dinamikasi: haftalik tahliliy sharh. (16.01.2026 – 23.01.2026)

🌐Hisobot haftasida kapital bozorida korporativ aktivlar tarkibini optimallashtirish va samaradorlikni oshirish jarayonlari ustuvorlik qildi. Mazkur tendensiya bozor ishtirokchilarining kapitallashuv darajasini joriy iqtisodiy konyunkturaga muvofiqlashtirishga bo‘lgan intilishini aks ettiradi.

🗣AKSIYALAR BOZORI
Aksiyadorlik jamiyatlari soni barqarorligini saqlab qolgan bo‘lsa-da (694 ta), jami nominal hajmning biroz pasayishi bozorni sog‘lomlashtirish bosqichi davom etayotganini ko‘rsatmoqda.

“TALIMARJON ISSIQLIK ELEKTR STANSIYASI” va “O‘ZBEKEKSPERTIZA” AJ tomonidan aksiyalar hajmining kamaytirilishi moliyaviy tarkibni unifikatsiya qilishga xizmat qildi.

💻KORPORATIV OBLIGATSIYALAR
Segmentda emitentlar soni o‘zgarishsiz qolgan bo‘lsa-da (32 ta), qarz kapitali yo‘nalishlarida diversifikatsiya kuzatildi.

“SARDOBA TEKSTIL” MChJ tomonidan 7 mlrd so‘mlik korporativ obligatsiyalar muomalaga kiritildi. Bu real sektor korxonalarining muqobil moliyalashtirish instrumentlariga bo‘lgan ishonchini tasdiqlaydi.

“BIZNES FINANS” MChJ kapital hajmini oshirgan bo‘lsa, lizing sektoridagi (“VARIANT RETAIL FINANCE”, “HAMKOR INVEST LIZING”) pasayish joriy majburiyatlarning ijro etilishi va resurslarning qayta taqsimlanishi bilan izohlanadi.

🎥 Batafsil video-tahlil

Рус🇷🇺

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1285👏2


🗣Mamlakatimiz moliya tizimining yetakchi ishtirokchilaridan biri — “Asakabank” AJ tomonidan chiqarilgan navbatdagi yirik korporativ obligatsiyalar emissiyasi Qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariysi hisob tizimida ro‘yxatga olindi.

💻Emissiyaning asosiy ko‘rsatkichlari:

Umumiy hajm: 1 trln so‘m.
Nominal qiymati: 500 mln so‘m.
Yillik daromadlilik: 18%.
Muomala muddati: 1 710 kun.

🔔Ushbu obligatsiyalar ochiq obuna orqali joylashtiriladi, bu esa keng doiradagi investorlarga mazkur moliya instrumentini sotib olish imkonini beradi.

Рус🇷🇺

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
106👍5👏2🤝2🙏1😍1🏆1
✍️✍️✍️✍️

💻QAYSI BANKLAR AKSIYADORLARIGA ENG KO‘P DIVIDEND TO‘LADI?

2025-yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston bank sektori aksiyadorlarga dividend to‘lash va investitsion majburiyatlarni bajarishda yuqori faollik namoyon etdi. Markaziy depozitariy tizimi orqali amalga oshirilgan to‘lovlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, banklar tomonidan yo‘naltirilgan jami mablag‘larning asosiy qismi reytingdagi yetakchi banklar hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Reytingning mutloq peshqadami - “Ipak Yo'li” banki bo‘lib, u 2025 yil davomida 66,1 mlrd so‘mlik dividend to‘lovlari bilan bozorda yaqqol ustunlikka ega. Bu ko‘rsatkich bankning xususiy investitsiyalarni jalb qilish va aksiyadorlar bilan ishlashdagi strategik yondashuvidan dalolat beradi.

Shuningdek, “Anor bank” (12,5 mlrd so‘m) va “Hamkorbank” (8,8 mlrd so‘m) ham dividend siyosatining barqarorligi bo‘yicha bozorda mustahkam mavqega ega ekanliklarini namoyon etmoqda.

🗣Dividend to‘lovlarining Markaziy depozitariy orqali amalga oshirilishi kapital bozorining shaffofligini ta’minlovchi asosiy omildir. Banklarning dividend siyosatidagi bunday ochiqlik O‘zbekiston moliya bozorining ishonchlilik darajasini oshirishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

Рус🇷🇺

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
15👏107🔥31😍1🤝1


🌐Kapital bozorida navbatdagi investitsiya imkoniyati

🗣Qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariysi hisob tizimiga «Contact Finance» mas’uliyati cheklangan jamiyatining yangi korporativ obligatsiyalar chiqarilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar kiritildi.

💻Emissiyaning asosiy ko‘rsatkichlari:

Umumiy hajm: 10,0 mlrd so‘m.
Nominal qiymati: 100 000 so‘m.
Yillik daromadlilik: 25%.
Muomala muddati: 1 080 kun.
Joylashtirish usuli: Ochiq obuna.
To‘lovlar davriyligi: Har 30 kunda

🔔Mazkur obligatsiyalar ochiq obuna orqali joylashtiriladi, bu esa keng doiradagi investorlar uchun ushbu daromadli moliya instrumentiga ega bo‘lish imkonini beradi. Har 30 kunda amalga oshiriladigan kupon to‘lovlari esa investorlar uchun barqaror pul oqimini ta’minlaydi.

Рус🇷🇺

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1285👏2💯2


🌐Bo’lajak moliya mutaxassislari Markaziy depozitariy mehmoni bo‘lishdi

🔔2026-yil 28-yanvar kuni Qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariysida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 40 nafarga yaqin stipendiatlari — bitiruvchi talabalar uchun ochiq eshiklar tadbiri tashkil etildi.

🗣Tadbirda Markaziy depozitariyning mamlakat moliya tizimidagi o‘rni hamda sohada zamonaviy bilimlarga ega yosh kadrlar uchun yaratilayotgan istiqbolli imkoniyatlarga alohida to‘xtalib o‘tildi.

🗣Talabalar, shuningdek, kapital bozori arxitekturasi, qimmatli qog‘ozlar hisobini yuritishning zamonaviy mexanizmlari haqida batafsil ma’lumotga ega bo’ldilar.

E’tiborli jihati, tadbir doirasida bo’lajak mutaxassislar nafaqat nazariy ma’lumotlar olishdi, balki Markaziy depozitariyning real ish jarayoni bilan ham yaqindan tanishib, qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq amaliyotlar qanday amalga oshirilishini bevosita kuzatish imkoniga ega bo‘ldilar.

🎬Tadbirdan tayyorlangan maxsus videolavha

Рус🇷🇺

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10🔥764👌2😍2🆒2👏1
#kunraqami

🌐O‘zbekiston kapital bozori tizimidagi aksiyadorlar soni 1 mln 20 mingdan oshdi. E’tiborlisi, miqdoriy o‘sish bilan birga, bozorda sifat o‘zgarishlari — xalqaro investorlar ulushining keskin ortishi kuzatilmoqda.

🗣So‘nggi 5 yillikdagi o‘sish dinamikasi:

Chet ellik jismoniy shaxslar: +36,4%
Jami chet ellik investorlar: +31,6%
Mahalliy jismoniy shaxslar: +11,2%

Рус🇷🇺

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1265👏4🆒1
🌐 O‘tgan haftada biz aksiyalar bozoridagi yetakchi brokerlarni taqdim etgan edik. Bugungi tahlilimiz esa kapital bozorining yana bir strategik segmenti — korporativ obligatsiyalarni boshqarayotgan eng yirik investitsiya vositachilariga qaratiladi.

🗣 Bozor yetakchilari: Obligatsiyalar sektorida “ALKES RESEARCH” va “FREEDOM FINANCE” kompaniyalari peshqadamlikni qo‘ldan boy bermayapti. Ushbu vositachilarning har biri 850 mlrd so‘mdan ortiq aktivlarni boshqarmoqda.

🗣 Diversifikatsiya: “LEADER FINANCE CAPITAL” va “PORTFOLIO INVESTMENTS”kabi kompaniyalar ham aksiyalar, ham obligatsiyalar bo‘yicha TOP-10 ro‘yxatidan joy oldi. Bu ularning investitsiya portfellarini professional darajada diversifikatsiya qilganidan dalolat beradi.

🗣 Institutsional jamlanish: Markaziy depozitariy tizimida hisobga olingan korporativ obligatsiyalar jami portfelining 86 foizi atigi 10 ta eng yirik investitsiya vositachisi tomonidan boshqarilmoqda.

💻 Obligatsiyalar bozorining rivojlanishi biznes uchun muqobil moliyalashtirish manbasini, investorlar uchun esa qat’iy daromadli ishonchli vositalarni yaratadi.

Рус🇷🇺

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍19🔥3👏3211