UzCSD | Markaziy depozitariy
6.03K subscribers
2.57K photos
107 videos
2 files
3.06K links
web: www.uzcsd.uz
Facebook: https://www.facebook.com/uzcsd.uz
Instagram: https://www.instagram.com/uz.csd/
Youtube: https://www.youtube.com/@uzcsd

Murojaat uchun:
📞 +998 (71) 211-09-09
📨 info@uzcsd.uz

Takliflar uchun: @UzCSDask_bot
Download Telegram
📱 UzCSD Instagram’da: Yangi format, yangi sifat va rekord o‘sish!

🗣Bizning Instagram sahifamiz qisqa vaqt ichida nafaqat tashqi ko‘rinishini o‘zgartirdi, balki haqiqiy o‘sish markaziga aylandi: kuzatuvchilarimiz soni 3 barobarga ortdi! 📈

💬Nima uchun Instagram sahifamizga obuna bo‘lish manfaatli?

Zerikarli emas: Murakkab moliya va qimmatli qog‘ozlar olamini qiziqarli Reels va dinamik videolar orqali tushuntiramiz.

Jonli jarayon: Depozitariyning ichki hayoti va muhim yangiliklar — birinchi bo‘lib bizning Stories'da.

Sifatli kontent: Har bir post — bu vizual estetika va foydali ma’lumot uyg‘unligi.

O‘zbekiston moliya bozoridagi eng zamonaviy sahifalardan birini kuzatib boring. Biz bilan moliya tili osonroq!

🟣Obuna bo‘ling: www.instagram.com/uz.csd

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
105👍3🔥31
🗣RASMIY MUNOSABAT

2026-yil 12-yanvar kuni “Bakiroo” telegram kanalida aksiyadorlik jamiyatlaridagi (AJ) davlat ishtiroki statistikasi va undagi tasniflarning qo‘llanilish tartibi yuzasidan bildirilgan tahliliy mulohazalarga nisbatan Qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariysi quyidagilarni ma’lum qiladi:

Ma’lumotlar izchilligi — professional tahlil asosi

Avvalo, mamlakatimiz kapital bozoridagi transformatsiya jarayonlariga befarq bo‘lmagan ekspertlarning diqqat-e’tiborini yuqori baholaymiz. Postda keltirilgan "tasnif o‘zgartirilgani" haqidagi xavotirlar yuzasidan shuni ta’kidlaymizki, Markaziy depozitariyning statistik hisob yuritish metodologiyasi yillar davomida izchillikni saqlab kelmoqda.

Muallif havola bergan xo‘jalik boshqaruvi organlarining ulushlariga oid ma’lumotlar yangi ko‘rsatkich emas. Mazkur ma’lumotlar Markaziy depozitariyning rasmiy manbalarida, xususan, 2025-yil 7-yanvardagi batafsil hisobotda ham o‘z aksini topgan. Unga ko‘ra, 2025-yil 1-yanvar holatiga xo‘jalik boshqaruvi organlari ulushi mavjud AJlar soni 100 tani tashkil etgan. Bu esa 2026-yil 1-yanvar holatidagi ko‘rsatkich (96 ta) bilan solishtirganda, iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirish borasidagi trendlarni xolis baholash imkonini beradi.

Huquqiy mezonlar va tasniflash tartibi

Statistikadagi segmentatsiya “Davlat mulkini boshqarish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 17-oktabrdagi PQ-2635-son qarori talablariga asoslangan, ya’ni:

Xo‘jalik jamiyatlari ustav fondlaridagi davlat boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga, davlat muassasalariga, shu jumladan Markaziy bankka hamda Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasiga tegishli bo‘lgan aksiyalar yoki ulushlar - davlat ulushi hisoblanadi.

Xo‘jalik boshqaruvi organlariga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan aksiyalar esa davlat ulushi hisoblanmaydi.

Ma’lumotlarning turli sanalarda yoki alohida infografikalarda taqdim etilishi texnik tasnifning o‘zgarganini emas, balki axborotni ko‘proq detallashtirish maqsadini anglatadi.

Professional muloqotga tayyormiz

Markaziy depozitariy ma’lumotlarni faqat texnik jihatdan qayd etuvchi va shaffoflikni ta’minlovchi tuzilma sifatida ekspertlar hamjamiyati bilan doimiy muloqotga ochiq. Biz iqtisodiy tahlilchilarning kapital bozoriga oid xulosalarini qadrlaymiz va kelgusida statistik ma’lumotlarni talqin qilishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan texnik anglashilmovchiliklarni oldini olish uchun zaruriy axborotlarni taqdim etishga hamisha tayyormiz.

Markaziy depozitariy Axborot xizmati

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1512👏7💯3
✍️✍️✍️✍️

Kapital bozorida chiqarilishlar dinamikasi barqaror

🗓26-dekabr 2025 — 9-yanvar 2026

🗣Hisobot davrida kapital bozorida chiqarilishlar dinamikasi barqaror saqlanib qoldi. Bu bozor ishtirokchilari tomonidan kapital jalb qilishga bo‘lgan ehtiyoj hamda institutsional faollik davom etayotganini ko‘rsatadi.

Aksiyalar bozorida aksiyadorlik jamiyatlari soni o‘zgarishsiz qolgani holda, chiqarilishlarning umumiy hajmi 265,21 trln so‘mga yetdi. Bu, asosan, amaldagi kompaniyalar tomonidan qo‘shimcha aksiya chiqarish orqali kapitalni oshirish tendensiyasi saqlanib qolayotganini anglatadi. Emissiya faolligining xizmatlar va infratuzilma segmentlarida jamlangani e’tiborga molik.

Korporativ obligatsiyalar bozorida esa emitentlar soni 34 tani tashkil etib, chiqarilishlar hajmi 3,98 trln so‘mga qadar oshdi. Bu kompaniyalar uzoq muddatli qarz instrumentlari orqali moliya jalb qilishni davom ettirayotganini ko‘rsatadi.

Umuman olganda, hisobot davridagi ko‘rsatkichlar kapital bozorida emissiyalar hisobiga o‘sish modeli saqlanib qolayotganini va bozor infratuzilmasi barqaror ishlayotganini tasdiqlaydi.

Рус🇷🇺

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1377👏2💯1
#MoliyaviySavodxonlik

Aksiyador kim?

🗣Aksiyador — aksiyaga egalik qiluvchi shaxs. Aksiyador jamiyat foyda qilsa, dividend olish huquqiga ega. Shuningdek, aksiyador jamiyat faoliyatiga oid muhim qarorlar qabul qilishda ishtirok etadi.

Aksiyador — bu jamiyatning ham egasi, ham manfaatdor shaxsi.

Рус🇷🇺

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1265🔥3
🗣Markaziy depozitariy jamoasiga qo‘shiling!

🔔Siz moliya va qimmatli qog‘ozlar bozorida o‘z o‘rningizni topmoqchimisiz? Bizning professional jamoamizda Siz uchun imkoniyat bor!

🔎 Ayni damda quyidagi yo‘nalishlarda vakansiyalar ochiq:

🌐Strategik rivojlantirish va xalqaro aloqalar boshqarmasi boshlig‘i
Batafsil ma’lumot va talablar

🔐Axborot texnologiyalarini boshqarish va axborot xavfsizligi bo‘limi boshlig‘i
Batafsil ma’lumot va talablar

📱IT-texnologiyalarni rivojlantirish va dasturiy ta’minot ishlab chiqish bo‘limi bosh mutaxassisi
Batafsil ma’lumot va talablar

Biz nima taklif qilamiz?
O‘zbekiston qimmatli qog‘ozlar bozorining markaziy bo‘g‘inida ishlash tajribasi.
Rasmiy ishga joylashtirish va ijtimoiy paket.
Doimiy o‘sish va malaka oshirish.

📩Rezyumeingizni (CV) info@uzcsd.uz elektron pochtasiga yuboring.

Рус🇷🇺 Eng🇬🇧

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍135🔥43
14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni muborak bo‘lsin!🇺🇿

💫Vatan himoyasi — nafaqat sarhadlar daxlsizligi, balki yurt tinchligi, iqtisodiy barqarorlik va har bir sohadagi fidokorona mehnatdir. Markaziy depozitariy jamoasi barcha yurtdoshlarimizni, mard va jasur himoyachilarimizni ushbu qutlug‘ bayram bilan samimiy tabriklaydi.

🗣Sizlarga mustahkam sog‘liq, oilaviy xotirjamlik va mamlakatimiz ravnaqi yo‘lidagi mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan zafarlar tilaymiz.

🇺🇿Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo bo‘lsin!

Рус🇷🇺

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
10👏7🔥5🕊2😍2
🌐2025-yilda Markaziy depozitariy orqali aksiyadorlarga jami 1,65 trln so‘mdan ortiq dividend to‘lab berildi.

Bu nimani anglatadi? Ilgari aksiyadorlar o‘z dividendlarini olish uchun har bir korxonaga alohida murojaat qilishlari kerak edi. Endi esa Markaziy depozitariy barcha daromadlarni jamlab, avtomatik va shaffof tarzda egalariga yetkazmoqda.

🗣Barchasi bitta ilovada! O'z portfelingizni kuzatish, hisoblangan dividendlarni ko'rish va mablag'larni to'g'ridan-to'g'ri bank kartangizga qabul qilish uchun "UzCSD" mobil ilovasidan foydalaning.

📱 Ilovani yuklab olish:
App Store | Google Play

Рус🇷🇺

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍28👏96🏆33
#KunTarixi

Aksiyalar tarixi — sandiqdagi qog'ozlardan raqamli kodlargacha

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
12👏8👍51
🗣Markaziy depozitariy — shunchaki raqamlar emas, bu katta mahorat maktabi!

Nima uchun kapital bozorida Markaziy depozitariyda ishlagan mutaxassislar doim qadrlanadi?

🌐Sababi oddiy: bizda ishlash — bu kapital dunyosining “yuragi”ni ichidan o‘rganish demakdir. Bizning xodimlarimiz shunchaki ma’lumot kiritishmaydi, ular:

Murakkab korporativ harakatlarning me’moriga aylanishadi;

Xalqaro (ISIN, CFI) standartlar tilida gaplashishni o‘rganishadi;

Yuqori texnologiyali bazalar va kiberxavfsizlik tizimlari bilan ishlashadi.

🗣Ko‘pgina sobiq hamkasblarimiz bugungi kunda yirik banklar, investitsiya institutlari va xalqaro moliya tashkilotlarida yetakchi lavozimlarni egallab kelmoqdalar.

🔔Markaziy depozitariy — bu karyera yo‘lidagi eng mustahkam poydevordir!

🛡Siz ham professionallar safida bo‘lishni istaysizmi? Bizning bo‘sh ish o‘rinlarimizni kuzatib boring!

Рус🇷🇺

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1186💯3👏2
✍️✍️✍️✍️

🗓 Kapital bozorida chiqarilishlar dinamikasi: haftalik tahlil (9-yanvar-16-yanvar)

🌐Hisobot haftasida kapital bozorida korporativ harakatlarning o‘ziga xos o‘zgarishi kuzatildi. Bu bozor ishtirokchilari tomonidan kapital tarkibini maqbullashtirish hamda yangi emitentlarning bozorga kirib kelishi bilan izohlanadi.

🗣AKSIYALAR bozorida aksiyadorlik jamiyatlari soni bittaga ko‘payib, 695 taga yetdi. Chiqarilishlarning umumiy hajmi biroz pasayib, 265,19 trln so‘mni tashkil etdi. Ushbu dinamikaga quyidagi korporativ harakatlar ta'sir ko‘rsatdi:

“OCTO” AJ tomonidan 39,13 mlrd so‘mlik aksiyalarning birlamchi chiqarilishi amalga oshirildi.

Bir qator emitentlar, xususan “O‘ZBEKISTON” DAM OLISH-SOG‘LOMLASHTIRISH“, “OHONGORON SEMENT MS” va “TOSHKENT QISHLOQ XO‘JALIK MAHSULOTLARI ULGURJI BOZORI” AJlar tomonidan aksiyalar hajmini kamaytirish holatlari qayd etildi.

💻KORPORATIV OBLIGATSIYALAR bozorida emitentlar soni o‘zgarishsiz qolgan bo‘lsa-da, chiqarilishlarning umumiy hajmi 3,85 mlrd so‘mga kamaydi. Bunga “HAMKOR INVEST LIZING” MChJ obligatsiyalari hajmining qisqartirilishi sabab bo‘ldi.

💬Umuman olganda, hisobot davri bozorda ham yangi instrumentlar paydo bo‘lishi, ham mavjud kapitallarni qayta tartibga solish jarayonlari bilan xarakterlanadi.

Рус🇷🇺

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1274👏2


🌐“Biznes Finans MMT”dan yangi investitsion imkoniyat

🗣Kapital bozorida emitentlar tomonidan qarz mablag‘larini jalb qilish dinamikasi barqaror o‘sib bormoqda. Jumladan, “Biznes Finans mikromoliya tashkiloti” MCHJ tomonidan navbatdagi korporativ obligatsiyalarning chiqarilishi Qimmatli qog’ozlar Markaziy depozitariysi tomonidan ro‘yxatga olindi.

💬Emissiyaning asosiy ko‘rsatkichlari:

Turi: Korporativ obligatsiyalar.

Umumiy hajm: 10,0 mlrd so‘m.

Nominal qiymati: 100 000 so‘m (bu investorlar qamrovini kengaytirishga xizmat qiladi).

Yillik daromadlilik: 27%.

Muomala muddati: 720 kun.

Kupon daromadi to‘lovi oraliq davri: 30 kun.

Joylashtirish usuli: Ochiq obuna.

📱Ushbu emissiya jamiyat uchun hisob bo‘yicha beshinchisi hisoblanadi. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, mazkur chiqarilish yakunlangach, emitentning qimmatli qog‘ozlar bozoridagi jami obligatsiyalari hajmi 91,56 mlrd so‘mga yetadi. Ta’kidlash joizki, jamiyat ushbu yo’nalishdagi faoliyatini 1,0 mln so‘mlik nominalda obligatsiya chiqarish bilan boshlagan bo‘lsa, hozirda kichikroq nominal (100 000 so‘m) orqali chakana investorlar uchun jozibadorlikni oshirmoqda.

Рус🇷🇺

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1611🔥4🤝3🆒2
#kunraqami

🌐O‘zbekiston kapital bozoriga xorijiy investorlarning qiziqishi yuqori!

Umumiy ulush: 336 ta AJ ustav fondlaridagi xorijiy sarmoya miqdori qariyb 12,3 trln so‘mga yetdi. 2025-yil davomida xorijiy ulush hajmi 24% ga (2,35 trln so‘mga) ortdi.

Obligatsiyalar bozoridagi faollik: Korporativ obligatsiyalardagi xorijiy egalar ulushi yil boshiga nisbatan 14 baravarga yoki 1 433,5% ga o‘sib, 689,5 mlrd so‘mni tashkil etdi.

Рус🇷🇺

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍175👏332🕊2😍2💯2👌1
✍️✍️✍️✍️

🌐2025-YILNING ENG YIRIK TOP-5 EMITENTI

🗣O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan aksiyadorlik jamiyatlarining jami emissiya hajmi (nominal qiymati bo'yicha) 265,14 trln so‘mga yetdi. Ushbu ko‘rsatkichning salmoqli qismi mamlakat iqtisodiyotining "tayanch nuqtalari" bo‘lgan quyidagi beshta yirik kompaniya hissasiga to‘g‘ri keladi:

1️⃣ “O'zbekiston Respublikasi milliy investitsiya jamg'armasi” AJ — 27,88 trln so‘m. Bozorning mutlaq yetakchisi bo‘lib, jami kapitalning qariyb 10,5% qismini o‘zida jamlagan.

2️⃣ “O'zbekneftgaz” AJ — 22,48 trln so‘m. Energetika sohasidagi eng yirik kapital egasi.

3️⃣ “O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ — 17,76 trln so‘m. Bank-moliya sektori bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichga ega emitent.

4️⃣ “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ — 15,07 trln so‘m. Sanoat giganti va hududlar kesimida (Navoiy viloyati) eng yirik aksiyadorlik jamiyati.

5️⃣ “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ13,31 trln so‘m. Elektr energiyasi ishlab chiqarish tarmog‘idagi eng yirik emissiya egasi.

Рус🇷🇺

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
14👍104🔥2👏2🤝2🎉1👌1💯1🆒1
✍️✍️✍️✍️

🌐TOP-10: O‘ZBEKISTON KAPITAL BOZORINING YETAKCHI INVESTITSIYA VOSITACHILARI

🗣O‘zbekiston kapital bozorida faoliyat yuritayotgan investitsiya vositachilari bugungi kunda 80 emitentning jami 40,8 trln so‘mlik aksiya chiqarilishlariga xizmat ko‘rsatmoqda. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, yuqorida qayd etilgan miqdorning, ya’ni aksiyalar bozorining qariyb 33,5 trln so‘mlik portfeli 10 ta investitsiya vositachisi tomonidan boshqarilmoqda. Bu, sohada yuqori darajadagi institutsional jamlanish mavjudligidan dalolat beradi.

🗣Investitsiya vositachilari aktivlarining qariyb 37 foizi reyting peshqadamlari - “Dalal standard” (7,86 trln so‘m) va “Kapital-depozit” (7,51 trln so‘m) kompaniyalari hissasiga to‘g‘ri keladi.

🗣Shuningdek, “Leader Finance Capital” (3,55 trln so‘m), “Portfolio Investments” (2,87 trln so‘m) va “Finance invest brok” (2,76 trln so‘m) kompaniyalari ham bozorda mustahkam poydevorga ega ekanliklarini namoyon etmoqda.

💻Investitsiya vositachilari kapital bozorining muhim bo‘g‘ini hisoblanadi. Ularning portfelidagi o‘sish va bozordagi o‘rni O‘zbekiston kapital bozorining shaffofligi hamda investitsiyaviy jozibadorligini oshirishda drayver bo‘lib xizmat qiladi.

Рус🇷🇺

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1475🔥4💯3🙏2👏1🎉1😍1🏆1
📊 Siz qaysi hududdansiz?

Biz auditoriya geografiyasini o‘rganmoqdamiz. Bu xizmatlarimizni va tahliliy ma’lumotlarni sizga manzilli yetkazishda yordam beradi. Iltimos, hududingizni belgilang:
Final Results
36%
Toshkent shahri
14%
Toshkent viloyati
7%
Andijon viloyati
7%
Buxoro viloyati
4%
Jizzax viloyati
12%
Qashqadaryo viloyati
4%
Navoiy viloyati
17%
Namangan viloyati
1410🤝9👏3👍1
📊 Siz qaysi hududdansiz?

Biz auditoriya geografiyasini o‘rganmoqdamiz. Bu xizmatlarimizni va tahliliy ma’lumotlarni sizga manzilli yetkazishda yordam beradi. Iltimos, hududingizni belgilang:
Final Results
19%
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
13%
Samarqand viloyati
12%
Surxondaryo viloyati
8%
Sirdaryo viloyati
24%
Farg‘ona viloyati
15%
Xorazm viloyati
9%
🌍 Xorijdan kuzataman
2911👍10👏3🕊3


🌐«Sardoba Tekstil»dan kapital bozoridagi debyut chiqarilish

🗣Mahalliy ishlab chiqaruvchilarning kapital bozori orqali sarmoya jalb qilish ko‘lami kengayib bormoqda. Xususan, «Sardoba Tekstil» mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan ilk korporativ obligatsiyalarning chiqarilishi Qimmatli qog’ozlar Markaziy depozitariysi tomonidan rasman ro‘yxatga olindi.

💻Emissiyaning asosiy ko‘rsatkichlari:

Turi: Korporativ obligatsiyalar.
Umumiy hajm: 7,0 mlrd so‘m.
Nominal qiymati: 5 000 000 so‘m.
Yillik daromadlilik: 27%.
Muomala muddati: 1 095 kun (3 yil).
Joylashtirish usuli: Yopiq obuna.
Kupon daromadi to‘lovi oraliq davri: 91-94 kun (choraklik to‘lov).

🔔Ta’kidlash joizki, ushbu emissiya jamiyat uchun hisob bo‘yicha birinchisi (debyut) hisoblanadi. To‘qimachilik sohasida faoliyat yurituvchi kompaniyaning qimmatli qog‘ozlar bozoriga kirib kelishi, real sektor korxonalari uchun muqobil moliyalashtirish manbalaridan foydalanishda muhim qadamdir.

Mazkur chiqarilish bo‘yicha hisob-kitoblar va investorlarning egalik huquqini tasdiqlash Markaziy depozitariy tomonidan kafolatlangan tartibda amalga oshiriladi.

Рус🇷🇺

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1410👍43😍2👏1
✍️✍️✍️✍️

🗓 Kapital bozorida emissiyalar dinamikasi: haftalik tahliliy sharh. (16.01.2026 – 23.01.2026)

🌐Hisobot haftasida kapital bozorida korporativ aktivlar tarkibini optimallashtirish va samaradorlikni oshirish jarayonlari ustuvorlik qildi. Mazkur tendensiya bozor ishtirokchilarining kapitallashuv darajasini joriy iqtisodiy konyunkturaga muvofiqlashtirishga bo‘lgan intilishini aks ettiradi.

🗣AKSIYALAR BOZORI
Aksiyadorlik jamiyatlari soni barqarorligini saqlab qolgan bo‘lsa-da (694 ta), jami nominal hajmning biroz pasayishi bozorni sog‘lomlashtirish bosqichi davom etayotganini ko‘rsatmoqda.

“TALIMARJON ISSIQLIK ELEKTR STANSIYASI” va “O‘ZBEKEKSPERTIZA” AJ tomonidan aksiyalar hajmining kamaytirilishi moliyaviy tarkibni unifikatsiya qilishga xizmat qildi.

💻KORPORATIV OBLIGATSIYALAR
Segmentda emitentlar soni o‘zgarishsiz qolgan bo‘lsa-da (32 ta), qarz kapitali yo‘nalishlarida diversifikatsiya kuzatildi.

“SARDOBA TEKSTIL” MChJ tomonidan 7 mlrd so‘mlik korporativ obligatsiyalar muomalaga kiritildi. Bu real sektor korxonalarining muqobil moliyalashtirish instrumentlariga bo‘lgan ishonchini tasdiqlaydi.

“BIZNES FINANS” MChJ kapital hajmini oshirgan bo‘lsa, lizing sektoridagi (“VARIANT RETAIL FINANCE”, “HAMKOR INVEST LIZING”) pasayish joriy majburiyatlarning ijro etilishi va resurslarning qayta taqsimlanishi bilan izohlanadi.

🎥 Batafsil video-tahlil

Рус🇷🇺

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1285👏2