UzCSD | Markaziy depozitariy
6.01K subscribers
2.58K photos
107 videos
2 files
3.07K links
web: www.uzcsd.uz
Facebook: https://www.facebook.com/uzcsd.uz
Instagram: https://www.instagram.com/uz.csd/
Youtube: https://www.youtube.com/@uzcsd

Murojaat uchun:
📞 +998 (71) 211-09-09
📨 info@uzcsd.uz

Takliflar uchun: @UzCSDask_bot
Download Telegram
Kapital bozorini yanada rivojlantirish hamda bank sektoriga xalqaro standartlarni joriy etish masalalari koʻrib chiqildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 15-dekabr kuni kapital bozorini yanada rivojlantirish hamda bank sohasida xalqaro standartlarni joriy etishni jadallashtirish yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.

Taqdimotda mahalliy kapital bozoriga kamida 1 milliard dollar investitsiya jalb qilishga qaratilgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Jumladan, mahalliy va xorijiy fond birjalarida xalqaro standartlar asosida qimmatli qogʻozlarni joylashtirish – “dual listing” amaliyotiga ruxsat berish, shuningdek, valyuta obligatsiyalari, global depozitar tilxatlar, xorijiy qimmatli qogʻozlar hamda birja investitsiya fondlari kabi yangi moliyaviy instrumentlarni joriy etish rejalashtirilgan.

Shuningdek, “tartibga solish qumdoni” huquqiy rejimini kengaytirishga alohida eʼtibor qaratildi.

Mahalliy investorlarni kapital bozoriga faol jalb etish boʻyicha takliflar koʻrib chiqildi.
Bunda mahalliy kompaniya va banklarga Toshkent fond birjasida xorijiy valyutada obligatsiyalar chiqarishga ruxsat berish orqali tashqi bozorga chiqmasdan turib valyuta mablagʻlarini jalb qilish imkoniyatlari yaratilishi qayd etildi.

Рус🇷🇺

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍92💯2👏1🕊1


Yangi depozitar qoidalar: tushunchalar, hisobvaraqlar va amaliyot


🏛 Markaziy depozitariyda “Depozitar operatsiyalar hisobini yuritish qoidalari” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.

Ushbu hujjat ilgari amalda bo‘lgan depozitar hisob standarti o‘rniga qabul qilingan;
Qimmatli qog‘ozlar hisobini yuritishning yagona tamoyillari belgilab berilgan;
Xorijiy markaziy depozitariylar va kastodian banklar bilan ishlash tartibi aniqlashtirilgan;
Depo hisobvaraqlarining yangi turlari joriy etilgan:
- xorijiy nominal saqlovchi;
- omnibus;
- segregatsiyalangan omnibus;
- to‘g‘ridan-to‘g‘ri individual hisobvaraq.

🗓Qoidalar 2025-yil 1-iyuldan kuchga kirgan.

Рус🇷🇺

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍72👌11
MARKAZIY DEPOZITARIYDA TRANSFORMATSIYA JARAYONI

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025 yil 11 dekabrdagi “Qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariysi” aksiyadorlik jamiyati faoliyatini transformatsiya qilish to‘g‘risidagi qaroriga muvofiq jamiyatning yangi tashkiliy tuzilmasi hamda 2026-2027 yillarga mo‘ljallangan yo‘l xaritasi tasdiqlandi.

Mazkur qarorda Qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariysi faoliyatini rivojlantirish, shu jumladan raqamli transformatsiya jarayonini jadallashtirish, xorijiy va mahalliy investorlarga xizmat ko‘rsatish sifatini xalqaro standartga muvofiqlashtirish hamda qimmatli qog‘ozlar bozorida post-treyding xizmatlari ko‘rsatishni takomillashtirish vazifalari ko‘zda tutilgan.

Shu munosabat bilan, jamiyatning transformatsiya masalalari bo‘yicha Loyiha ofisi hamda mazkur yo‘nalishga mas’ul bo‘lgan bosh direktorning birinchi o‘rinbosari lavozimi tashkil etildi.

Qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariysi Bosh direktorining birinchi o‘rinbosari lavozimiga Valiyev Sanjar Shavkatovich tayinlandi.

Bunga qadar S.Valiyev O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida Xalqaro zaxiralarni boshqarish departamenti direktori lavozimida ishlab kelgan. Xususan, xalqaro zaxiralar tarkibini diversifikatsiya qilish maqsadida xorijiy davlatlar qimmatli qog‘ozlariga birlamchi investitsiya kiritish hamda zaxiralarni boshqarish amaliyotini ilg‘or xorijiy tajriba asosida takomillashtirishda o‘z hissasini qo‘shgan. Shuningdek, ish faoliyati davomida xorijiy markaziy banklar, xalqaro moliya tashkilotlari hamda dunyoning yetakchi banklari bilan hamkorlik qilib kelgan.

Рус🇷🇺

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏97🔥6😍1💯1


Investitsiya vositachisi faoliyati toʼxtatib turilganda, depozitar operatsiyalar boʼyicha harakatlar tartibi belgilandi

Аdliya vazirligi "Investitsiya vositachisi faoliyati toʼxtatib turilgan va tugatilgan taqdirda, depozitar operatsiyalar boʼyicha harakatlar tartibi toʼgʼrisida"gi nizomni davlat roʼyxatidan oʼtkazdi (roʼyxat raqami 3727, 18.12.2025 y.).

Nizomga koʼra, investitsiya vositachisining litsenziyasi toʼxtatib turilganda, u depozitar operatsiyalarni toʼxtatadi hamda bu haqida 2 ish kunida OАV va fond birjasining veb-saytida eʼlon qiladi.

Investitsiya vositachisi uning litsenziyasi tugatilganda yoki bekor qilinganda, deponentlarning hisobvaraqlaridan koʼchirmalarni shakllantiradi va faoliyati tugatilganligi toʼgʼrisidagi xabarnomani deponentga yuboradi.

Deponent xabarnoma 1 hafta muddatda tugatilayotgan investitsiya vositachisiga oʼz qimmatli qogʼozlarini boshqa investitsiya vositachisiga oʼtkazish toʼgʼrisida topshiriq beradi.

Deponent tomonidan bunday topshiriq taqdim etilmaganda, investitsiya vositachisi qimmatli qogʼozlarni «Qimmatli qogʼozlar markaziy depozitariysi» АJga oʼtkazadi.

«Qimmatli qogʼozlar markaziy depozitariysi» АJga vaqtincha saqlash uchun topshirilgan qimmatli qogʼozlarni 1 kun ichida deponent tanlagan investitsiya vositachisiga oʼtkazib berish orqali deponentlarga qaytaradi.

Рус🇷🇺

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍86👏1


Oʼtgan hafta Oʼzbekiston kapital bozorida qimmatli qogʼozlar chiqarilishlari hajmida ijobiy oʼsish qayd etildi

Bugungi kunda aksiyadorlik jamiyatlari soni 695 taga yetdi, aksiya chiqarilishlarining umumiy hajmi esa 264,37 trillion soʼmni tashkil qildi.

Hafta davomida qator emitentlar tomonidan qoʼshimcha aksiya chiqarilishlari amalga oshirildi:

- “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy investitsiya jamgʻarmasi” АJ — qoʼshimcha aksiya chiqarilishi;
- “Oʻzbekneftgaz” АJ — ustav kapitali oshirilishi doirasida qoʼshimcha emissiya;
- “Mosaic Insurance Group” АJ, “Agros Hayot Sugʻurta kompaniyasi” АJ, “Kafolat Hayot Insurance” АJ — sugʼurta sektoridan qoʼshimcha aksiya chiqarilishlari;
- “Toshkent shahar suv taʼminoti” АJ, “Paynet” АJ va “Sirgʻali dehqon bozori” АJ — aksiya chiqarilishlari boʼyicha oʼzgarishlar qayd etildi.


Shuningdek, “Digital Pay” АJ tomonidan 20 mlrd soʼmlik birlamchi aksiya chiqarilishi depozitar roʼyxatdan oʼtkazildi.

Korporativ obligatsiyalar chiqarilishlarida ham ijobiy oʼsish saqlanib qoldi.

Emitentlar soni 34 ta, obligatsiya chiqarilishlarining umumiy hajmi 3,94 trillion soʼmga yetdi.

Jumladan, “Oʻzbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi” АJ tomonidan korporativ obligatsiyalarning qoʼshimcha chiqarilishi amalga oshirildi.

Рус🇷🇺

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
11👍5🔥1👏1


2025 yil 18 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kapital bozorida investitsiya muhitini yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-254-son Farmoni qabul qilindi.


Farmonning ijrosini ta’minlash doirasida, kapital bozorini rivojlantirish va zamonaviy moliyaviy instrumentlarni joriy etishga yo‘naltirilgan islohotlarda Qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariysi muhim infratuzilmaviy bo‘g‘inga aylanmoqda.

Farmonda ko‘zda tutilgan yangi rivojlanish bosqichida Qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariysining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat bo‘ladi:

yangi moliyaviy instrumentlarni joriy etish – Markaziy depozitariy mahalliy investitsiya vositachilari tomonidan xalqaro bozorlarda xarid qilingan hamda “Toshkent” RFBning maxsus savdo maydonchalarida sotiladigan xorijiy aktivlar (aksiyalar, obligatsiyalar, ETF, depozitar tilxatlar) chiqarilishini hisobga olish hamda ularning egalari reyestrini yuritishni amalga oshiradi.

kliring va xorijiy valyutadagi hisob-kitoblarni ta’minlash – Markaziy depozitariy “Toshkent” RFB maydonchalarida xorijiy qimmatli qog‘ozlar bilan o‘tkaziladigan savdo yakunlari bo‘yicha kliringni amalga oshiradi hamda agent-bank orqali xorijiy valyutadagi hisob-kitoblarni ta’minlaydi.

“Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimi doirasida – Markaziy depozitariy O‘zbekiston rezidentlari tomonidan xorijiy valyutada chiqarilgan korporativ obligatsiyalar bo‘yicha operatsiyalarga kliring, hisob-kitob va depozitar xizmatlarni ko‘rsatadi.

jarayonlarni avtomatlashtirish – Davlat organlari bilan ma’lumotlar almashinuvi bo‘yicha avtomatlashtirilgan tizimlar takomillashtiriladi. Ushbu omil bitimlarni ro‘yxatga olish va korporativ harakatlarni o‘tkazish tezkorligini hamda ishonchliligini oshiradi.

Mazkur chora-tadbirlar sarmoyadorlar ishonchini mustahkamlash, xalqaro kapital bozorlariga kirish imkoniyatlarini kengaytirish hamda O‘zbekiston qimmatli qog‘ozlar bozorida zamonaviy, xavfsiz va shaffof infratuzilmani shakllantirishga xizmat qiladi.

Рус🇷🇺

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
10👍6👏22


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kapital bozorida investitsiya muhitini yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmonning ijrosini ta’minlash doirasida kapital bozorini rivojlantirish va zamonaviy moliyaviy instrumentlarni joriy etishga yo‘naltirilgan islohotlarda Qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariysi muhim infratuzilmaviy bo‘g‘inga aylanmoqda.

Farmonda ko‘zda tutilgan yangi rivojlanish bosqichida Qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariysining asosiy vazifalari bilan yuqoridagi infografikada tanishish mumkin.

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8👍76🕊3
Ayni paytda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomani taqdim etmoqda.

Murojaatnomani Uzreport TVning YouTubedagi rasmiy kanalida tomosha qiling.

📱 https://www.youtube.com/watch?v=3XhDztShmdw
👍62💯1
Davlatimiz rahbari kapital bozorni iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantiradigan muhim institutsional ustun sifatida belgilab, global depozitariylarni milliy fond bozorimizga olib kirish kerakligini qayd etdi.

Buning uchun xalqaro moliya tashkilotlari bilan ishlab chiqilgan “Kapital bozori to‘g‘risida”gi yangi qonun loyihasini tez fursatda qabul qilish lozimligi ta’kidlandi.

Kurs tebranishi bo‘yicha xatarlarni kamaytirish uchun mahalliy kompaniyalarga ichki bozorda ham xorijiy valyutada obligatsiya chiqarishga ruxsat beriladi.

Kelgusi yili korxonalarimiz ilk bor xalqaro bozorlarda ham aksiyalarini joylashtirishi mumkin bo‘ladi.

Umuman, kapital bozorni rivojlantirish orqali tadbirkorlarga qo‘shimcha 1 milliard dollar jalb qilish imkoniyati yaratiladi.

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
12👏106🔥5🙏1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12🔥85🏆2


Raiffeisen Bank International AG kapital bozori sohasida tartibga solish qumdoniga qo‘shildi


O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi Avstriyaning Raiffeisen Bank International AG bankini kapital bozori sohasida “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimi ishtirokchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazdi.

Shu tariqa, Raiffeisen Bank kapital bozori yo‘nalishida “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimining oltinchi ishtirokchisiga aylandi.

Bank O‘zbekiston Respublikasi Valyuta birjasi hamda “Toshkent” Respublika fond birjasi orqali sotib olinadigan O‘zbekiston qimmatli qog‘ozlarini saqlash va ular bo‘yicha hisob-kitoblarni amalga oshirish imkoniyatini taqdim etish maqsadida xorijiy nominal saqlovchi sifatida faoliyat yuritishni rejalashtirmoqda.

Рус🇷🇺

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍19124👏3


O‘tgan haftada O‘zbekiston kapital bozorida qimmatli qog‘ozlar chiqarilishlari borasida o‘zgarishlar qayd etildi.

Aksiyadorlik jamiyatlarining umumiy soni 694 tani tashkil etdi, aksiya chiqarilishlarining umumiy hajmi esa 774,7 mlrd. so‘mga ko‘paydi.

Jumladan:

O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va Surxondaryo suv ta'minoti tomonidan jami 780,6 mlrd. so‘mlik qo‘shimcha aksiya chiqarilishlari amalga oshirildi;

“Zaytun tech” aksiyadorlik jamiyatining 20 mlrd so‘mlik birlamchi aksiya chiqarilishi depozitar ro‘yxatdan o‘tkazildi.

Buxoroparranda tashkiliy huquqiy shaklini o‘zgartirganligi, Elsis-savdo esa tugatilganligi sababli ushbu jamiyatlarning aksiya chiqarilishlari depozitar hisobdan chiqarildi;

Korporativ obligatsiya chiqarilishlari hajmida hafta davomida o‘zgarish yuz bermadi.

Рус🇷🇺

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
10👍95👏1