05-12-dekabr 2025-yil
- Emitentlar soni: 694
- Aksiya chiqarilishlarining umumiy hajmi: 257,54 trln. so‘m
(haftalik ko‘rsatkichda o‘sish qayd etildi).
- Emitentlar soni: 34
- Obligatsiya chiqarilishlarining umumiy hajmi: 3 737,8 mlrd. so‘m
(haftalik ko‘rsatkichda o‘sish qayd etildi).
Hafta davomida qimmatli qog‘ozlar chiqarilishlaridagi o‘zgarishlar
Amaliyot turi: Qo‘shimcha aksiya chiqarilishi
Hajmi: AJ ustav kapitali 200 mlrd. so‘mga ortdi va 286,8 mlrd. so‘mni tashkil etdi.
Amaliyot turi: Qo‘shimcha korporativ obligatsiya chiqarilishi
Hajmi: AJ ustav kapitali 168,0 mlrd. so‘mdan 217,6 mlrd so‘mga ortdi.
Рус🇷🇺
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7❤2
Kapital bozorini yanada rivojlantirish hamda bank sektoriga xalqaro standartlarni joriy etish masalalari koʻrib chiqildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 15-dekabr kuni kapital bozorini yanada rivojlantirish hamda bank sohasida xalqaro standartlarni joriy etishni jadallashtirish yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.
Taqdimotda mahalliy kapital bozoriga kamida 1 milliard dollar investitsiya jalb qilishga qaratilgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.
Jumladan, mahalliy va xorijiy fond birjalarida xalqaro standartlar asosida qimmatli qogʻozlarni joylashtirish – “dual listing” amaliyotiga ruxsat berish, shuningdek, valyuta obligatsiyalari, global depozitar tilxatlar, xorijiy qimmatli qogʻozlar hamda birja investitsiya fondlari kabi yangi moliyaviy instrumentlarni joriy etish rejalashtirilgan.
Shuningdek, “tartibga solish qumdoni” huquqiy rejimini kengaytirishga alohida eʼtibor qaratildi.
Mahalliy investorlarni kapital bozoriga faol jalb etish boʻyicha takliflar koʻrib chiqildi.
Bunda mahalliy kompaniya va banklarga Toshkent fond birjasida xorijiy valyutada obligatsiyalar chiqarishga ruxsat berish orqali tashqi bozorga chiqmasdan turib valyuta mablagʻlarini jalb qilish imkoniyatlari yaratilishi qayd etildi.
Рус🇷🇺
📱 Web 📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 Youtube 📱 Linkedin

👍9⚡2💯2👏1🕊1
Yangi depozitar qoidalar: tushunchalar, hisobvaraqlar va amaliyot
- xorijiy nominal saqlovchi;
- omnibus;
- segregatsiyalangan omnibus;
- to‘g‘ridan-to‘g‘ri individual hisobvaraq.
Рус🇷🇺
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7❤2👌1 1
MARKAZIY DEPOZITARIYDA TRANSFORMATSIYA JARAYONI
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025 yil 11 dekabrdagi “Qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariysi” aksiyadorlik jamiyati faoliyatini transformatsiya qilish to‘g‘risidagi qaroriga muvofiq jamiyatning yangi tashkiliy tuzilmasi hamda 2026-2027 yillarga mo‘ljallangan yo‘l xaritasi tasdiqlandi.
Mazkur qarorda Qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariysi faoliyatini rivojlantirish, shu jumladan raqamli transformatsiya jarayonini jadallashtirish, xorijiy va mahalliy investorlarga xizmat ko‘rsatish sifatini xalqaro standartga muvofiqlashtirish hamda qimmatli qog‘ozlar bozorida post-treyding xizmatlari ko‘rsatishni takomillashtirish vazifalari ko‘zda tutilgan.
Shu munosabat bilan, jamiyatning transformatsiya masalalari bo‘yicha Loyiha ofisi hamda mazkur yo‘nalishga mas’ul bo‘lgan bosh direktorning birinchi o‘rinbosari lavozimi tashkil etildi.
Qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariysi Bosh direktorining birinchi o‘rinbosari lavozimiga Valiyev Sanjar Shavkatovich tayinlandi.
Bunga qadar S.Valiyev O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida Xalqaro zaxiralarni boshqarish departamenti direktori lavozimida ishlab kelgan. Xususan, xalqaro zaxiralar tarkibini diversifikatsiya qilish maqsadida xorijiy davlatlar qimmatli qog‘ozlariga birlamchi investitsiya kiritish hamda zaxiralarni boshqarish amaliyotini ilg‘or xorijiy tajriba asosida takomillashtirishda o‘z hissasini qo‘shgan. Shuningdek, ish faoliyati davomida xorijiy markaziy banklar, xalqaro moliya tashkilotlari hamda dunyoning yetakchi banklari bilan hamkorlik qilib kelgan.

👏9❤7🔥6😍1💯1
Investitsiya vositachisi faoliyati toʼxtatib turilganda, depozitar operatsiyalar boʼyicha harakatlar tartibi belgilandi
Аdliya vazirligi "Investitsiya vositachisi faoliyati toʼxtatib turilgan va tugatilgan taqdirda, depozitar operatsiyalar boʼyicha harakatlar tartibi toʼgʼrisida"gi nizomni davlat roʼyxatidan oʼtkazdi (roʼyxat raqami 3727, 18.12.2025 y.).
Рус🇷🇺
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8❤6👏1
Oʼtgan hafta Oʼzbekiston kapital bozorida qimmatli qogʼozlar chiqarilishlari hajmida ijobiy oʼsish qayd etildi
Bugungi kunda aksiyadorlik jamiyatlari soni 695 taga yetdi, aksiya chiqarilishlarining umumiy hajmi esa 264,37 trillion soʼmni tashkil qildi.
Hafta davomida qator emitentlar tomonidan qoʼshimcha aksiya chiqarilishlari amalga oshirildi:
- “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy investitsiya jamgʻarmasi” АJ — qoʼshimcha aksiya chiqarilishi;
- “Oʻzbekneftgaz” АJ — ustav kapitali oshirilishi doirasida qoʼshimcha emissiya;
- “Mosaic Insurance Group” АJ, “Agros Hayot Sugʻurta kompaniyasi” АJ, “Kafolat Hayot Insurance” АJ — sugʼurta sektoridan qoʼshimcha aksiya chiqarilishlari;
- “Toshkent shahar suv taʼminoti” АJ, “Paynet” АJ va “Sirgʻali dehqon bozori” АJ — aksiya chiqarilishlari boʼyicha oʼzgarishlar qayd etildi.
Shuningdek, “Digital Pay” АJ tomonidan 20 mlrd soʼmlik birlamchi aksiya chiqarilishi depozitar roʼyxatdan oʼtkazildi.
Korporativ obligatsiyalar chiqarilishlarida ham ijobiy oʼsish saqlanib qoldi.
Emitentlar soni 34 ta, obligatsiya chiqarilishlarining umumiy hajmi 3,94 trillion soʼmga yetdi.
Jumladan, “Oʻzbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi” АJ tomonidan korporativ obligatsiyalarning qoʼshimcha chiqarilishi amalga oshirildi.
Рус🇷🇺
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤11👍5🔥1👏1
2025 yil 18 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kapital bozorida investitsiya muhitini yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-254-son Farmoni qabul qilindi.
Farmonning ijrosini ta’minlash doirasida, kapital bozorini rivojlantirish va zamonaviy moliyaviy instrumentlarni joriy etishga yo‘naltirilgan islohotlarda Qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariysi muhim infratuzilmaviy bo‘g‘inga aylanmoqda.
Farmonda ko‘zda tutilgan yangi rivojlanish bosqichida Qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariysining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat bo‘ladi:
Mazkur chora-tadbirlar sarmoyadorlar ishonchini mustahkamlash, xalqaro kapital bozorlariga kirish imkoniyatlarini kengaytirish hamda O‘zbekiston qimmatli qog‘ozlar bozorida zamonaviy, xavfsiz va shaffof infratuzilmani shakllantirishga xizmat qiladi.
Рус🇷🇺
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤10👍6👏2 2
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kapital bozorida investitsiya muhitini yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmonning ijrosini ta’minlash doirasida kapital bozorini rivojlantirish va zamonaviy moliyaviy instrumentlarni joriy etishga yo‘naltirilgan islohotlarda Qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariysi muhim infratuzilmaviy bo‘g‘inga aylanmoqda.
Farmonda ko‘zda tutilgan yangi rivojlanish bosqichida Qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariysining asosiy vazifalari bilan yuqoridagi infografikada tanishish mumkin.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤8👍7 6🕊3
Ayni paytda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomani taqdim etmoqda.
Murojaatnomani Uzreport TVning YouTubedagi rasmiy kanalida tomosha qiling.
📱 https://www.youtube.com/watch?v=3XhDztShmdw
Murojaatnomani Uzreport TVning YouTubedagi rasmiy kanalida tomosha qiling.
📱 https://www.youtube.com/watch?v=3XhDztShmdw
👍6❤2💯1
Davlatimiz rahbari kapital bozorni iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantiradigan muhim institutsional ustun sifatida belgilab, global depozitariylarni milliy fond bozorimizga olib kirish kerakligini qayd etdi.
Buning uchun xalqaro moliya tashkilotlari bilan ishlab chiqilgan “Kapital bozori to‘g‘risida”gi yangi qonun loyihasini tez fursatda qabul qilish lozimligi ta’kidlandi.
Kurs tebranishi bo‘yicha xatarlarni kamaytirish uchun mahalliy kompaniyalarga ichki bozorda ham xorijiy valyutada obligatsiya chiqarishga ruxsat beriladi.
Kelgusi yili korxonalarimiz ilk bor xalqaro bozorlarda ham aksiyalarini joylashtirishi mumkin bo‘ladi.
Umuman, kapital bozorni rivojlantirish orqali tadbirkorlarga qo‘shimcha 1 milliard dollar jalb qilish imkoniyati yaratiladi.

❤12👏10 6🔥5🙏1