This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 10-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun!
Madhiyamiz — xalqimizning g‘ururi, mustaqilligimizning ovozi. Uning har bir satrida tariximiz, orzu-intilishlarimiz va ertangi kunimizning ishonchi mujassam.
Ushbu qutlug‘ sana munosabati bilan barcha yurtdoshlarimizni chin dildan tabriklaymiz!
Рус🇷🇺
📱 Web 📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 Youtube 📱 Linkedin

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏4❤2🔥1🕊1
Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysida “Korrupsiyaga nisbatan mutlaqo toqatsizlik muhitini shakllantirish: korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuvi xavf-xatarlari” mavzusida tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida korrupsiyaning mohiyati, iqtisodiy taraqqiyotga salbiy ta’siri, manfaatlar to‘qnashuvi xavf-xatarlari hamda “korrupsiyaga mutlaqo toqatsizlik” tamoyili yuzasidan ma’lumot berildi.
Shuningdek, Markaziy depozitariyda amalga oshirilgan komplayens-monitoring natijalari taqdim etilib, komplayens tizimi, ichki nazorat mexanizmlari va anonim murojaatlar kanallari bo‘yicha qo‘shimcha tushuntirishlar berildi.
Рус🇷🇺
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8❤6👌1
2025-yil noyabr oyidagi aksiya va obligatsiya chiqarilishlari dinamikasi
📈 Aksiyalar
💼 Korporativ obligatsiyalar
🏢 Emitentlar
👥 Qimmatli qog‘ozlar egalari
Рус🇷🇺
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10❤2
Noyabr oyida davlat ulushi hajmidagi o‘zgarishlar dinamikasi
🏛 Qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariysining 2025 yil 1 dekabr holatidagi ma’lumotlariga ko‘ra:
Noyabr oyida aksiyadorlik jamiyatlari ustav kapitalidagi davlat ulushi hajmi 592,5 mlrd. so‘mga ortdi va 183,5 trln. so‘mni tashkil etdi.
Davlat ulushi tuzilmasiga ko‘ra:
⏺ Iqtisodiyot va moliya vazirligi jami davlat ulushining 66,7 foiziga (122,5 trln. so‘m);
⏺ Taraqqiyot va tiklanish jamg‘armasi 25,7 foiz (47,1 trln. so‘m);
⏺ Davlat aktivlarini boshqarish agentligi 7,1 foiz (12,9 trln. so‘m);
⏺ Boshqa vazirlik va idoralar esa 0,5 foiz (980,0 mlrd. so‘m) davlat ulushlariga egalik qilmoqda.
Рус🇷🇺
📱 Web 📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 Youtube 📱 Linkedin
Noyabr oyida aksiyadorlik jamiyatlari ustav kapitalidagi davlat ulushi hajmi 592,5 mlrd. so‘mga ortdi va 183,5 trln. so‘mni tashkil etdi.
Davlat ulushi tuzilmasiga ko‘ra:
Рус🇷🇺
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏5
Noyabr oyida aksiyadorlik jamiyatlaridagi xorijiy investorlar ulushi bo‘yicha o‘zgarishlar dinamikasi
🏛 Qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariysining 2025 yil 1 dekabr holatidagi ma’lumotlariga ko‘ra:
⏺ O‘zbekiston kapital bozorida 60 ta xorijiy davlatning 4 mingdan ziyod xorijiy sarmoyadori 335 ta mahalliy emitentning 11,8 trln. so‘mlik aksiyalariga egalik qilmoqda.
⏺ Chet ellik yuridik shaxslar aksiyalardagi xorijiy ulushning 98,2 foiziga, jismoniy shaxslar esa 1,8 foiziga egalik qilmoqda.
⏺ Xorijiy sarmoyalarning eng yirik hajmi moliya sektori tomonidan chiqarilgan aksiyalar hissasiga (10,3 trln. so‘m) to‘g‘ri kelmoqda.
⏺ Mamlakatlar kesimida eng yirik ulush Buyuk Britaniya rezidentlariga (3,6 trln. so‘m) taalluqli.
Рус🇷🇺
📱 Web 📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 Youtube 📱 Linkedin
Рус🇷🇺
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5❤1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 Milliy liboslar kuni — dildan chiqqan birlik hissi
Bugun Markaziy depozitariyda har bir milliy libos, har bir rang va har bir naqsh jamoamizning ichki ruhini yanada yorqin aks ettirdi.
Bugun oddiy ish kuni emas — iftixor, ilhom va o‘zlikni his qilish kuni bo‘ldi.
📱 Web 📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 Youtube 📱 Linkedin
Bugun Markaziy depozitariyda har bir milliy libos, har bir rang va har bir naqsh jamoamizning ichki ruhini yanada yorqin aks ettirdi.
Bugun oddiy ish kuni emas — iftixor, ilhom va o‘zlikni his qilish kuni bo‘ldi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤14👏5🕊1
05-12-dekabr 2025-yil
- Emitentlar soni: 694
- Aksiya chiqarilishlarining umumiy hajmi: 257,54 trln. so‘m
(haftalik ko‘rsatkichda o‘sish qayd etildi).
- Emitentlar soni: 34
- Obligatsiya chiqarilishlarining umumiy hajmi: 3 737,8 mlrd. so‘m
(haftalik ko‘rsatkichda o‘sish qayd etildi).
Hafta davomida qimmatli qog‘ozlar chiqarilishlaridagi o‘zgarishlar
Amaliyot turi: Qo‘shimcha aksiya chiqarilishi
Hajmi: AJ ustav kapitali 200 mlrd. so‘mga ortdi va 286,8 mlrd. so‘mni tashkil etdi.
Amaliyot turi: Qo‘shimcha korporativ obligatsiya chiqarilishi
Hajmi: AJ ustav kapitali 168,0 mlrd. so‘mdan 217,6 mlrd so‘mga ortdi.
Рус🇷🇺
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7❤2
Kapital bozorini yanada rivojlantirish hamda bank sektoriga xalqaro standartlarni joriy etish masalalari koʻrib chiqildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 15-dekabr kuni kapital bozorini yanada rivojlantirish hamda bank sohasida xalqaro standartlarni joriy etishni jadallashtirish yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.
Taqdimotda mahalliy kapital bozoriga kamida 1 milliard dollar investitsiya jalb qilishga qaratilgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.
Jumladan, mahalliy va xorijiy fond birjalarida xalqaro standartlar asosida qimmatli qogʻozlarni joylashtirish – “dual listing” amaliyotiga ruxsat berish, shuningdek, valyuta obligatsiyalari, global depozitar tilxatlar, xorijiy qimmatli qogʻozlar hamda birja investitsiya fondlari kabi yangi moliyaviy instrumentlarni joriy etish rejalashtirilgan.
Shuningdek, “tartibga solish qumdoni” huquqiy rejimini kengaytirishga alohida eʼtibor qaratildi.
Mahalliy investorlarni kapital bozoriga faol jalb etish boʻyicha takliflar koʻrib chiqildi.
Bunda mahalliy kompaniya va banklarga Toshkent fond birjasida xorijiy valyutada obligatsiyalar chiqarishga ruxsat berish orqali tashqi bozorga chiqmasdan turib valyuta mablagʻlarini jalb qilish imkoniyatlari yaratilishi qayd etildi.

👍9⚡2💯2👏1🕊1
Yangi depozitar qoidalar: tushunchalar, hisobvaraqlar va amaliyot
- xorijiy nominal saqlovchi;
- omnibus;
- segregatsiyalangan omnibus;
- to‘g‘ridan-to‘g‘ri individual hisobvaraq.
Рус🇷🇺
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7❤2👌1 1
MARKAZIY DEPOZITARIYDA TRANSFORMATSIYA JARAYONI
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025 yil 11 dekabrdagi “Qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariysi” aksiyadorlik jamiyati faoliyatini transformatsiya qilish to‘g‘risidagi qaroriga muvofiq jamiyatning yangi tashkiliy tuzilmasi hamda 2026-2027 yillarga mo‘ljallangan yo‘l xaritasi tasdiqlandi.
Mazkur qarorda Qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariysi faoliyatini rivojlantirish, shu jumladan raqamli transformatsiya jarayonini jadallashtirish, xorijiy va mahalliy investorlarga xizmat ko‘rsatish sifatini xalqaro standartga muvofiqlashtirish hamda qimmatli qog‘ozlar bozorida post-treyding xizmatlari ko‘rsatishni takomillashtirish vazifalari ko‘zda tutilgan.
Shu munosabat bilan, jamiyatning transformatsiya masalalari bo‘yicha Loyiha ofisi hamda mazkur yo‘nalishga mas’ul bo‘lgan bosh direktorning birinchi o‘rinbosari lavozimi tashkil etildi.
Qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariysi Bosh direktorining birinchi o‘rinbosari lavozimiga Valiyev Sanjar Shavkatovich tayinlandi.
Bunga qadar S.Valiyev O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida Xalqaro zaxiralarni boshqarish departamenti direktori lavozimida ishlab kelgan. Xususan, xalqaro zaxiralar tarkibini diversifikatsiya qilish maqsadida xorijiy davlatlar qimmatli qog‘ozlariga birlamchi investitsiya kiritish hamda zaxiralarni boshqarish amaliyotini ilg‘or xorijiy tajriba asosida takomillashtirishda o‘z hissasini qo‘shgan. Shuningdek, ish faoliyati davomida xorijiy markaziy banklar, xalqaro moliya tashkilotlari hamda dunyoning yetakchi banklari bilan hamkorlik qilib kelgan.

👏9❤7🔥6😍1💯1