UzCSD | Markaziy depozitariy
6.02K subscribers
2.58K photos
107 videos
2 files
3.06K links
web: www.uzcsd.uz
Facebook: https://www.facebook.com/uzcsd.uz
Instagram: https://www.instagram.com/uz.csd/
Youtube: https://www.youtube.com/@uzcsd

Murojaat uchun:
📞 +998 (71) 211-09-09
📨 info@uzcsd.uz

Takliflar uchun: @UzCSDask_bot
Download Telegram


🏛 Qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariysi 21-28 noyabr kunlarida aksiya va korporativ obligatsiya chiqarilishlari bo‘yicha ro‘y bergan o‘zgarishlarni e’lon qiladi. Ushbu statistika qimmatli qog‘ozlar chiqarilishlaridagi yangilanishlar, hajm o‘zgarishlari hamda faol emitentlarni qamrab oladi.

Aksiyalar bo‘yicha emitentlar soni 691 tani, aksiya chiqarilishlarining umumiy hajmi esa o‘tgan haftaga nisbatan o‘sishni qayd etib, 256,97 trln so‘mni tashkil etdi.

Obligatsiyalar bo‘yicha 7 ta korporativ obligatsiya emitentlari — “Turist Biznes Trade”, “Trust Trade Asia”, “Trust Important Trade”, “Trust Valley Trade”, “Star Sity Senter”, “Prosperous Large Future” va “Evolution Networks” mas’uliyati cheklangan jamiyatlari obligatsiya egalariga jami 65 milliard so‘mlik obligatsiya chiqarilishlari bo‘yicha kupon to‘lovlarini amalga oshirdi. Shu tariqa, emitentlar korporativ obligatsiya chiqarilishlarini so‘ndirish bo‘yicha o‘z majburiyatlarini to‘liq bajardilar.

🇷🇺Рус 🇬🇧Eng

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍86
🏛 Bugun, 5 dekabr kuni Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 33 yilligiga bag‘ishlangan ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Ta’kidlanganidek, so‘nggi yillardagi islohotlar, xususan kapital bozorining tub o‘zgarishlari Konstitutsiyada belgilangan mulk daxlsizligi, erkin tadbirkorlik va fuqarolar huquqlarining amaldagi ifodasidir.

– Har bir ish kunimiz, har bir yangi loyihamiz, har bir muvaffaqiyatimiz Bosh Qomusimizdagi kafolatlarga tayanadi, – deydi bosh direktor Sherali Abdujabbarov. – Bu hujjat biz uchun faqat qonun emas, balki kelajakka ishonch bilan qadam tashlash imkonidir.


🇷🇺Рус

📱 Videoreportaj

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🔥321👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🏛 Konstitutsiya kuni – Vatanimiz Mustaqilligining yorqin ramzidir!
Qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariysi O‘zbekiston ahlini Konstitutsiya bayrami bilan samimiy muborakbod etadi.
O‘zbekiston Respublikasi bosh qomusining 33 yilligi barchamizga muborak bo‘lsin!

День Конституции – это яркий символ независимости нашей Родины!
Центральный депозитарий ценных бумаг искренне поздравляет всех жителей Узбекистана с Днем Конституции.
Выражаем свою признательность каждому, кто вносит свой вклад в общее будущее нашей Родины!

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍52🕊1


🏛 QIMMATLI QOG‘OZLAR BOZORIDA YANGI INVESTITSIYA VOSITACHISI

Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysida TBC Capital kompaniyasi bilan investitsiya vositachisi bilan vakillik munosabatlarini o‘rnatish hamda pul mablag‘laridagi hisobvaraqni yuritish bo‘yicha shartnoma imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Imzolash marosimida Markaziy depozitariy Bosh direktori Sherali Abdujabbarov, TBC Capital kompaniyasining moliyaviy mahsulotlarni rivojlantirish yo‘nalishi rahbari Nina Sandler ishtirok etdilar.

Ma’lumot uchun: TBC Capital aksiyalari London fond birjasida sotiladigan TBC Bank Group PLC kompaniyasi tarkibiga kiradigan TBC Bank (Gruziya) AJning sho‘ba korxonasi hisoblanadi. TBC Capital joriy yilda O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tomonidan O‘zbekiston kapital bozorida “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimi ishtirokchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan.

Рус🇷🇺 Eng🇬🇧

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍94😁1


🏛 KAPITAL BOZORIDA FAOLLIK ORTMOQDA

O‘tgan haftada (28-noyabr-5-dekabr) kapital bozorida faollik ortgani qayd etildi.

Jumladan, aksiyadorlik jamiyatlari soni 693 taga, aksiya chiqarilishlari hajmi esa 257,32 trln so‘mga yetdi. Korporativ obligatsiyalar yo‘nalishida 34 ta emitentning umumiy chiqarilishlari hajmi 3,68 trln so‘mni tashkil etdi.

Hafta davomida qimmatli qog‘ozlar chiqarilishlari bo‘yicha ham o‘sish qayd etildi: SOLIQ-SERVIS — 20 mlrd., OLSON — 0,65 mlrd. so‘mlik birlamchi aksiya chiqarilishlarini amalga oshirdi.

Qo‘shimcha chiqarilishlar bo‘yicha esa PAYNET o‘z aksiyalari hajmini 559,35 mlrd. so‘mdan 813,45 mlrd. so‘mgacha, APEX INSURANCE - 820 mlrd. so‘mdan 900 mlrd so‘mgacha yetkazdi, Ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi obligatsiyalari esa 790 mlrd. so‘mdan 990 mlrd. so‘mga oshdi. Bu kompaniyalarning kapital jalb qilish faolligi kuchayayotganini ko‘rsatadi.

Рус🇷🇺

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6👍3👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 10-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun!

Madhiyamiz — xalqimizning g‘ururi, mustaqilligimizning ovozi. Uning har bir satrida tariximiz, orzu-intilishlarimiz va ertangi kunimizning ishonchi mujassam.

Ushbu qutlug‘ sana munosabati bilan barcha yurtdoshlarimizni chin dildan tabriklaymiz!

Рус🇷🇺

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏42🔥1🕊1
🏛 9 dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni

Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysida “Korrupsiyaga nisbatan mutlaqo toqatsizlik muhitini shakllantirish: korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuvi xavf-xatarlari” mavzusida tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida korrupsiyaning mohiyati, iqtisodiy taraqqiyotga salbiy ta’siri, manfaatlar to‘qnashuvi xavf-xatarlari hamda “korrupsiyaga mutlaqo toqatsizlik” tamoyili yuzasidan ma’lumot berildi.

Shuningdek, Markaziy depozitariyda amalga oshirilgan komplayens-monitoring natijalari taqdim etilib, komplayens tizimi, ichki nazorat mexanizmlari va anonim murojaatlar kanallari bo‘yicha qo‘shimcha tushuntirishlar berildi.

Рус🇷🇺

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍86👌1


2025-yil noyabr oyidagi aksiya va obligatsiya chiqarilishlari dinamikasi

🏛 Qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariysining 1-dekabr holatidagi ma’lumotlari noyabr oyida chiqarilishlarga doir korporativ harakatlar ortganligini ko‘rsatmoqda.

📈 Aksiyalar

Oy davomida aksiya chiqarilishlari hajmi 1,0 trln so‘mga oshib, jami 256,9 trln so‘mga yetdi.
Ushbu o‘sish 9 ta aksiyadorlik jamiyatidagi yangi va qo‘shimcha chiqarilishlar hisobiga amalga oshdi.
Joylashtirilgan aksiyalar ulushi - 253,9 trln so‘m.

💼 Korporativ obligatsiyalar

Korporativ obligatsiyalar umumiy hajmi 135 mlrd so‘mga oshdi va 3,68 trln so‘mni tashkil etdi.
Joylashtirilgan korporativ obligatsiyalar hajmi - 2,7 trln so‘m.

🏢 Emitentlar

Aksiya emitentlari soni – 691 ta.
Korporativ obligatsiya emitentlari - 34 ta (shundan 8 ta AJ, 26 ta MCHJ).

👥 Qimmatli qog‘ozlar egalari

Aksiyadorlar umumiy soni: 1 011 449 nafar.
Korporativ obligatsiya egalari: 2 854 nafar.

Рус🇷🇺

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍102
Noyabr oyida davlat ulushi hajmidagi o‘zgarishlar dinamikasi

🏛Qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariysining 2025 yil 1 dekabr holatidagi ma’lumotlariga ko‘ra:

Noyabr oyida aksiyadorlik jamiyatlari ustav kapitalidagi davlat ulushi hajmi 592,5 mlrd. so‘mga ortdi va 183,5 trln. so‘mni tashkil etdi.
Davlat ulushi tuzilmasiga ko‘ra:
Iqtisodiyot va moliya vazirligi jami davlat ulushining 66,7 foiziga (122,5 trln. so‘m);
Taraqqiyot va tiklanish jamg‘armasi 25,7 foiz (47,1 trln. so‘m);
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi 7,1 foiz (12,9 trln. so‘m);
Boshqa vazirlik va idoralar esa 0,5 foiz (980,0 mlrd. so‘m) davlat ulushlariga egalik qilmoqda.

Рус🇷🇺

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏5
Noyabr oyida aksiyadorlik jamiyatlaridagi xorijiy investorlar ulushi bo‘yicha o‘zgarishlar dinamikasi

🏛Qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariysining 2025 yil 1 dekabr holatidagi ma’lumotlariga ko‘ra:

O‘zbekiston kapital bozorida 60 ta xorijiy davlatning 4 mingdan ziyod xorijiy sarmoyadori 335 ta mahalliy emitentning 11,8 trln. so‘mlik aksiyalariga egalik qilmoqda.
Chet ellik yuridik shaxslar aksiyalardagi xorijiy ulushning 98,2 foiziga, jismoniy shaxslar esa 1,8 foiziga egalik qilmoqda.
Xorijiy sarmoyalarning eng yirik hajmi moliya sektori tomonidan chiqarilgan aksiyalar hissasiga (10,3 trln. so‘m) to‘g‘ri kelmoqda.
Mamlakatlar kesimida eng yirik ulush Buyuk Britaniya rezidentlariga (3,6 trln. so‘m) taalluqli.

Рус🇷🇺

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍51
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 Milliy liboslar kuni — dildan chiqqan birlik hissi

Bugun Markaziy depozitariyda har bir milliy libos, har bir rang va har bir naqsh jamoamizning ichki ruhini yanada yorqin aks ettirdi.

Bugun oddiy ish kuni emas — iftixor, ilhom va o‘zlikni his qilish kuni bo‘ldi.

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
14👏5🕊1