Forwarded from Hilola Umarova
Hurmatli ota-onalar, aziz oʻgʻil-qizlar!
Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktablarimizda oʻqish istagida boʻlgan yoshlarimizning safi yil sayin ortib borayotganligi bizni behad quvontiradi.
Bu yil mazkur maktablarda oʻqish istagini bildirgan oʻquvchilar soni 244 378 nafarni tashkil etdi.
Bunda Respublika miqyosida Prezident maktablariga bir o‘quvchi oʻrniga oʻrtacha 185 nafar, ijod maktablariga 15 nafar, ixtisoslashtirilgan maktablarga 20 nafar, tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarimizga 80 nafar, Toshkent shahridagi Muhammad al-Xorazmiy maktabiga esa 145 nafar talabgor toʻgʻri keldi.
Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjatlar qabuli va imtihon jarayonlarini tashkil etish amaliyoti yildan yilga soddalashtirilib, takomillashtirilib borilmoqda.
Xususan, tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjat topshirgan talabgorlar uchun imtihonlar o‘z hududlari (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri)da o‘tkazildi. Bu orqali yurtdoshlarimizning vaqt va mablagʻlari tejaldi.
Hurmatli ota-onalar!
Farzandingizni ilm olishga boʻlgan ishtiyoqini qoʻllab-quvvatlayotganingiz tahsinga loyiq. Uchinchi Renessans vakillari aynan sizning oʻgʻil-qizlaringiz boʻlishi shubhasiz.
Ilmga chanqoq, zukko, bilimdon o‘g‘il-qizlarimiz!
Sizlar hayotingizdagi ilk masʼuliyatli va ayni damda juda hayajonli imtihonlarda oʻz bilimlaringizni sinovdan oʻtkazdingiz.
Har biringizni kelajakda dunyoning nufuzli universitetlari imtihonlarida ishtirok etib, muvaffaqiyat qozonishingizga tilakdoshman.
Hurmatli Prezidentimiz taʼkidlaganlaridek, Siz ozod va farovon yangi Oʻzbekiston, yangi Renessans bunyodkorisizlar. Hech qachon izlanishdan, intilishdan to‘xtamang!
Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri

Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
#imtihon_2024
❓PREZIDENT, IJOD, IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARGA KIRISH IMTIHONLARI NATIJALARI QACHON EʼLON QILINADI?
❗️O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-maydagi “Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga o‘quvchilarni saralab olish hamda qabul qilish tartibiga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 214-son qaroriga koʻra:
➖Prezident maktablariga kirish imtihonlari natijalari birinchi bosqichda imtihon topshirilgan kundan keyin 20 kun ichida, ikkinchi bosqichda imtihon topshirilgan kundan keyin 30 kun ichida;
➖Ijod maktablariga kirish imtihonlarining yakuniy natijalari 3-bosqich kirish imtihonlari o‘tkazilgan kundan keyin 20 kun ichida;
➖Hududiy ixtisoslashtirilgan maktablar, Muhammad al-Xorazmiy, Mirzo Ulug‘bek hamda Abu Ali ibn Sino nomidagi tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari natijalari imtihon topshirilgan kundan keyin 20 kun ichida
IXTISOSLASHTIRILGAN TAʼLIM MUASSASALARI AGENTLIGINING RASMIY SAHIFALARIDA E’LON QILINADI.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal

#New_Uzbekistan_university
⚡️“Yangi O‘zbekiston” universitetida Iqtisodiyot va Matematika yozgi ilmiy maktablarining yopilish marosimi oʻtkazildi
Ilmiy maktablarning maqsadi — iqtisod va matematika yoʻnalishlarida isteʼdodli yoshlarni aniqlash va ularni dunyo tan olgan olimlarning ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb etish orqali mamlakatimizda iqtisodiy islohotlar samaradorligini yanada oshirishdan iborat.
Iqtisodiyot va Matematika yozgi ilmiy maktablarida oʻzbekistonlik yoshlar qatorida Xitoyning turli oliygohlarida tahsil oluvchi 35 nafar talaba ishtirok etdi.
❗️Mazkur loyiha doirasida matematika va iqtisodiyot sohalari rivojiga oʻz hissasini qoʻshuvchi yosh olimlar hamjamiyati tuziladi.

Forwarded from Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
#Сўровнома
Farzandingiz yozgi ta’tilni qanday o‘tkazmoqda?

Anonymous Poll
11%
Bolangiz ta’til davomida oromgohga bordi/borishi rejalashtirilgan
43%
Farzandingiz uyda, uy ishlariga yordamlashmoqda
13%
Bolangiz yozgi ta’tilni bobo-buvisinikida o‘tkazmoqda
51%
Farzandingiz ta’tilda qo‘shimcha darslarga qatnashmoqda
6%
Yozgi ta’tilni xorijda o‘tkazmoqda/o‘tkazishi rejalashtirilgan
Forwarded from Hilola Umarova
O‘z ustida tinimsiz ishlayotgan, yuqori natijalarni qo‘lga kiritayotgan ustozlarimiz soni kundan-kunga oshib bormoqda va bu juda quvonarli holat.
Xususan, joriy yilda xalqaro sertifikatga ega ustozlar soni o‘tgan yilgiga nisbatan 8178 nafarga oshgani bunga yaqqol dalildir.
Bu — shunchaki raqamlar emas, ular ortida jonkuyar ustozlarimizning ulkan mehnati yotibdi.
Ishonamanki, ushbu statistika bundan keyin ham faqat yuqorilaydi, keyingi yilda bundan ham balandroq natijalar qayd etamiz.

Forwarded from Bilimni baholash agentligi
Test sinovi o‘tkaziladigan binolar
📌 Bilimni baholash agentligining rasmiy saytiga 2024-2025-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovi o‘tkaziladigan binolar bo‘yicha ma’lumotlar joylashtirildi.
✅ Unda quyidagi ma’lumotlar aks etgan:
🔹 Test sinovi o‘tkaziladigan hududning rasmi;
🔹 Hududga kirish joylari;
🔹 Test sinovi o‘tkaziladigan joy nomi;
🔹 Test sinovi o‘tkaziladigan joy manzili;
🔹 Bino raqami;
🔹 Test sinovi o‘tkaziladigan guruhlar;
🔹 Joylarning google xaritadagi joylashuvi (geolokatsiyasi).
Test sinovlarini o‘tkaziladigan binolar:
👉 https://uzbmb.uz/page/test_2024
👨🏻💻 Mazkur sahifadan tegishli hududni tanlab, ushbu hududdagi test sinovi o‘tkaziladigan binolar bo‘yicha ma’lumotlar bilan tanishishingiz mumkin. Shuningdek, "Abituriyent ruxsatnomasi"da berilgan QR-kod orqali bino joylashgan manzilni aniqlash imkoni mavjud.
⚡️ Hurmatli abituriyentlar! Test sinovlariga kech qolmang! O‘zingiz bilan pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasini olishni unutmang (aks holda test sinoviga kira olmaysiz).
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
📌 Bilimni baholash agentligining rasmiy saytiga 2024-2025-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovi o‘tkaziladigan binolar bo‘yicha ma’lumotlar joylashtirildi.
✅ Unda quyidagi ma’lumotlar aks etgan:
🔹 Test sinovi o‘tkaziladigan hududning rasmi;
🔹 Hududga kirish joylari;
🔹 Test sinovi o‘tkaziladigan joy nomi;
🔹 Test sinovi o‘tkaziladigan joy manzili;
🔹 Bino raqami;
🔹 Test sinovi o‘tkaziladigan guruhlar;
🔹 Joylarning google xaritadagi joylashuvi (geolokatsiyasi).
Test sinovlarini o‘tkaziladigan binolar:
👉 https://uzbmb.uz/page/test_2024
👨🏻💻 Mazkur sahifadan tegishli hududni tanlab, ushbu hududdagi test sinovi o‘tkaziladigan binolar bo‘yicha ma’lumotlar bilan tanishishingiz mumkin. Shuningdek, "Abituriyent ruxsatnomasi"da berilgan QR-kod orqali bino joylashgan manzilni aniqlash imkoni mavjud.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
#Renessans_oromgohi
⏩ Ma'lumki, yozgi ta'til davomida o‘quvchilarni sog‘lomlashtirish, ularni sog‘lom turmush tarziga o‘rgatish va jismoniy tayyorgarliklarini oshirish maqsadida oromgohlar tashkil qilinmoqda.
Bugun Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarning bir guruh o'quvchilari:
▫️Baxtiyorov Oybek- Xiva shahridagi Prezident maktabi
▫️Sadullayev Jasur- Xiva shahridagi Prezident maktabi
▫️Aminboyeva Nafisa- Ogahiy ijod maktabi
▫️Ramonova Gulbonu -Ogahiy ijod maktabi
▫️Farxadov Bunyod - Urganch shahar 1-son IMI
▫️Baxtiyorov Izzatbek- Bog'ot tumani IM
▫️Azodov Jamoladdin -Shovot tumani IMI
▫️Otajonov Karimboy- Xiva shahar 2-son IM
▫️Jonibekov Umidbek- Yangiariq tumani IM
▫️ Saparboyev Sarvarbek- Qo‘shko‘pir tumani IM
🏕 Toshkent viloyatidagi “Renessans” sog'lomlashtirish oromgohida hordiq chiqarish uchun jo‘nab ketdilar.
Ularga Yangibozor tumani ixtisoslashtirilgan maktabi rus tili fani o‘qituvchisi Dilrabo Saparboyeva hamrohlik qilmoqda.
🌐 Telegram | Facebook

#Сўровнома_натижаси
✅ Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi Axborot xizmati tomonidan bolalarning yozgi ta'til davomida nimalar bilan band ekanligini aniqlash maqsadida ota-onalar o‘rtasida ijtimoiy so’rovnoma o‘tkazildi.
❗️Unda 4668 kishi ishtirok etdi. Natijalar quyidagicha:
Ishtirokchilar javoblaridan ko‘rish mumkinki, yozgi ta'til davomida
o‘quvchilarning katta qismi qo‘shimcha darslarga qatnashadi (51 %).
❕Bu bilan ular yangi o‘quv yiliga tayyorlanishadi, yozning 3 oyidan unumli foydalanib, yangi ko‘nikmalarni qo‘lga kiritishadi.
🏡 So‘rovnomada qatnashgan 42 % ota-onalar esa farzandim ta'til davomida uyda, uy ishlariga yordamlashadi, deb javob berishgan.
🏕Undan keyingi o‘rinda bolalarning ta'til davomida bobo-buvisinikida (12 %) va oromgohlarda (10 %) o‘tkazishi ko‘rsatkichi egallaydi.
✈️ Ishtirokchilarning 5 foizi bolalari ta’tilni xorijda o‘tkazishlarini bildirishgan.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin