IMA Urganch shahar 1-son IMI
2.36K subscribers
7.89K photos
633 videos
39 files
2.51K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Urganch shahar 1-son IMI ning matbuot xizmati.
🏢Urganch 1-son IMI faoliyati;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika

Tel: +998622232031
Download Telegram
XORAZM VILOYATIDA JOYLASHGAN PREZIDENT TA'LIM MUASSASALARI AGENTLIGI TIZIMIDA 2022-YILDA O‘Z FAOLIYATINI BOSHLAGAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB VA MAKTAB-INTERNATLARNING ENG FAOLIGA OVOZ BERING!
Anonymous Poll
9%
Urganch shahar 1- son IMI
8%
Xiva shahar 2-son IM
11%
Shovot tumani IMI
6%
Yangibozor tumani IM
17%
Xonqa tumani IM
16%
Bog‘ot tumani IM
9%
Hazorasp tuman IM
3%
Tuproqqal'a tumani IM
9%
Yangiariq tumani IM
12%
Qo‘shko‘pir tumani IM
6-tur bahsidan qizg'in lavhalar

@URGANCH_IMI_ZAKOVAT
🏛Maktabimizda o'tkazilayotgan "Zakovat" intellektual o'yini 6-tur natijalari va qiziqarli ma'lumotlar bilan tanishing👇🏻
🗓 2022.12.12 kuni maktabimiz kutubxonasida "Zakovat" intellektual o'yini 6-tur bahsi bo'lib o'tdi.

📌 Turnirda jami 10 ta jamoa qatnashdi;
Turnirda 2 raundda jami 24 ta savol o'ynaldi, 6ta savolga hech bir jamoa ⚰️dan qutqarib qololmadi ya'ni 6ta savolga hech bir jamoa javob berolmadi, 4ta savolga 3ta jamoa bittadan javob berib savolni ⚰️dan qutqarib qoldi;
Ushbu jamoalar:
1⃣ Power team 1-raund 6,8-savollarida;
2⃣ Parvoz jamoasi 1-raund 9-savolida va 2-raund 6-savolida;
3⃣ Adrenalin jamoasi 1-raund 4-savolida javob topganlar;

Bu turda Adrenalin jamoasi biroz kamroq ball yig'ishgan bo'lsada "⚰️"dan qutqarishda Leaders va Yuksalish jamoalariga yordam bergan;
6-tur faol ishtirok etgan jamoalar: "Power team", "Parvoz","Leaders" va "Adrenalin" jamoalari bo'ldi;

Eslatib o'tamiz, 7-tur bahsi 14-dekabr kuni maktabimiz kutubxonasida bo'lib o'tadi.

🌐@URGANCH_IMI_ZAKOVAT
Forwarded from Grantlar.uz
Ocean Awareness Contest: 11-18 yoshli maktab, litsey va kollej oʻquvchilari uchun ijodiy ishlar tanlovi!

Tanlov 6 nominatsiya boʻyicha oʻtkaziladi: vizual san’at asarlari, sheʼriyat, ijodiy yozma ish, video (film), musiqa va raqs, interaktiv va multimedia ishlari.

Tanlovga ishlar 2 kategoriya boʻyicha qabul qilinadi:
– Junior divison – 11-14 yoshlilar kategoriyasi.
– Senior division – 15-18 yoshlilari kategoriyasi.

Mukofot: Har ikkala kategoriyada 6 nominatsiya boʻyicha 5 ta sovrinli oʻrin mavjud boʻlib, gʻoliblar 100 dollardan 1500 dollargacha pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Tanlovga ishlar 2023-yil 13-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/aqsh-ocean-awareness-contest-18-yoshgacha-bolgan/

@grantlar
🔊🔊DIQQAT, TANLOV!!!

💥 Prezident ta'lim muassasalari agentligi Xorazm viloyati hududiy bo‘limi kirib kelayotgan 2023-yil munosabati bilan "ENG ORIGINAL TABRIK" tanlovini e'lon qiladi!

📌TANLOV SHARTLARI:

Tanlovda ishtirokchi-o'quvchilar YANGI YIL bayramiga ORIGINAL, KREATIV VIDEOTABRIK tayyorlab qatnashadi.

📽
Taqdim qilingan ish tanlovda maktab nomidan qatnashadi va videorolikda shu maktab o'quvchilarining o'zlari ishtirok qillishi, rolik 2 daqiqadan oshmasligi va hajmi kichraytirilgan bo'lishi shart. Ishtirokchilarning ism familiyalari va sinfi videoda qayd qilinishi kerak.

Tanlovga har maktabdan faqat bitta tabrik 21-dekabrgacha qabul qilinadi. Videoroliklar @yuld_uz manziliga yuboriladi.

12 ta videotabrik @piima_xorazm kanaliga ovoz berish uchun joylanadi. Ovoz berish 29-dekabr kuniga qadar davom etadi.

Yig‘ilgan ovozlar natijasiga ko‘ra 3 ta o‘rin g‘oliblari aniqlanadi.

Tanlov g‘oliblari 30-dekabr kuni e'lon qilinadi va hududiy bo'lim tomonidan taqdirlanadi.

🌐
Telegram | Facebook
📢 7-8-sinf o'quvchilari diqqatiga.

💠 Bugun 14-dekabr soat 20:00 da @olympiad_training guruhida 7-8-sinf o'quvchilari uchun "Al-Xorazmiy olimpiadasiga hamda Xalqaro olimpiadalarga tayyorgarlik ko'rish yuzasidan "Onlayn Master Class" bo'lib o'tadi.

Bunday imkoniyatni qo'ldan oy bermang hamda do'stlaringizni ham taklif qiling.

Ushbu muloqot ochiq tarzda barcha uchun mutlaqo bepul olib boriladi.

Muloqotda olimpiadalarga tayyorlanishga qiziquvchi 5-6-sinf o'quvchilarini hamda O'qituvchilarni ham taklif qilamiz.

📈 Telegram kanalimizga a'zo bo‘ling va biz bilan Prezident maktablari,Ixtisoslashtirilgan maktablar hamda Xalqaro olimpiadalarga birga tayyorlaning.

➡️ https://t.me/olympiad_edu

➡️ https://t.me/piimaolympiad_edu
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Al-Xorazmiy _olimpiadasi


⚡️Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab- internatida 7-8-sinflar o'rtasida matematika, fizika, kimyo, biologiya fanlaridan Al-Xorazmiy fan olimpiadasining maktab bosqichi o'tkazildi
🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹
🌐https://t.me/Urganch_IMI
#Yangi_ixtisoslashtirilgan_maktablar
#Toshkent_viloyati

⚡️TOSHKENT VILOYATIDA YANGI IXTISOSLASHGAN MAKTABLAR OCHILDI!

Bugun Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimida Toshkent viloyatida tashkil etilgan Bekobod shahar ixtisoslashtirilgan maktab va Chinoz tuman ixtisoslashtirilgan maktablarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Ochilish tadbirlarida Agentlik rahbari Hilola Umarova so‘zga chiqib, yig‘ilganlarni samimiy tabrikladi:

– Yurtimizda taʼlim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, hamma sharoitlarga ega bunday maktablarning ochilishi Siz yoshlarga qaratilayotgan ulkan eʼtibor natijasidir. Aminmanki, siz o’zingizga bildirilgan ishonchni oqlaysiz va yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo’shasiz!

Tadbirda tuman hokimlari hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

Ochilish marosimidan so‘ng Agentlik rahbari maktab o‘quvchilari bilan suhbatlashdi hamda dars jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.

📌Ma’lumot o’rnida, Bekobod shahar ixtisoslashtirilgan maktab 360 o’ringa, Chinoz tuman ixtisoslashtirilgan maktabi esa 480 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, aniq va tabiiy fanlarga ixtisoslashgan.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube