IMA Urganch shahar 1-son IMI
1.34K subscribers
7.83K photos
626 videos
39 files
2.49K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Urganch shahar 1-son IMI ning matbuot xizmati.
🏢Urganch 1-son IMI faoliyati;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika

Tel: +998622232031
Download Telegram
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Talabalarimiz Germaniyaning eng yirik kompaniyalarida amaliyot o‘tashadi

💫 Davlatimiz rahbarining topshirig‘iga binoan 2021-yil Myunxen texnika universiteti bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan edik.

🌐 Shunda “Yangi O‘zbekiston” universiteti Germaniya bilan nafaqat ta’lim, balki ishlab chiqarish, ilm-fan va madaniy sohalarda ham aloqalarni kuchaytiruvchi maskan bo‘lishi maqsad qilingan edi.

Oradan 3 yil o‘tib, maqsadlarimiz o‘z mevasini berayotganidan xursandman.

Xususan, Myunxen texnika universitetida Germaniyaning nufuzli universitetlari hamda nemis va o‘zbek sanoat korxonalarini birlashtiruvchi xalqaro simpozium o‘tkazildi.

Bunda, “Yangi O‘zbekiston” universiteti Germaniya universitetlari tomonidan tan olinib, mazkur tadbir doirasida Germaniyaning 5 ta ilg‘or universiteti bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri kelishuvlar imzolandi.

Shuningdek, mahalliy sanoat vakillarimiz nemis hamkasblari bilan birgalikda ta’lim borasida hamkorlikni kuchaytirishga kelishib olishdi.

Eng quvonarlisi, bu ishlarimiz yoshlarimizning “BMW“, ”Siemens”, “Deloitte”, “Linde”, “Airbus” kabi dunyoning eng rivojlangan sanoat korxonalarida amaliyot o‘tash, mahalliy sanoat korxonalarimiz esa sohadagi ilmiy yondashuvni talab etadigan masalalarni ilg‘or tajriba asosida hal etish imkonini yaratadi.

Bundan tashqari, Germaniyadagi eng yirik madaniy muassasalar va Bavariya parlamenti vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi. Ular bilan kelishib olingan hamkorlik yo‘nalishlari har tomonlama rivojlanishimizga yo‘l ochadi.

🎗 Ishonchim komil, bu ishlar o‘zining bundanda katta natijasini beradi.

#Germaniya #simpozium #tashrif
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bizning_shunday_o'quvchilarimiz_bor_

🔰Urganch shahar ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 11-sinf o'quvchisi Axmedova Shirinjon ona tili va adabiyoti fanidan o'tkazilgan milliy sertifikat imtihonidan universitet kirish imtihonlarida maksimal ball beradigan 77.37 %lik sertifikat sohibasi bo'ldi.

Umumiy ball 50.29 bo'lib, C+ darajada belgilangan.

🎉O'quvchimizning keyingi o'qishlarida muvaffaqiyat va zafarlar tilaymiz!

🌐 Telegram | 🌐 Facebook |🌐 Youtube | 🌐 Instagram
#Bizning_shunday_o'quvchilarimiz_bor_

🔰Urganch shahar ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 11-sinf o'quvchisi Abdusharipova Gulruh ona tili va adabiyoti fanidan o'tkazilgan milliy sertifikat imtihonidan universitet kirish imtihonlarida maksimal ball beradigan 85.05 %lik sertifikat sohibasi bo'ldi.

Umumiy ball 55.22 bo'lib, B darajada belgilangan.

🎉O'quvchimizning keyingi ishlarida muvaffaqiyat va zafarlar tilaymiz!

🌐 Telegram | 🌐 Facebook |🌐 Youtube | 🌐 Instagram
#Sayohat_haftaligi

🇺🇿 Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 8-03 sinf o'quvchilari Xiva Ichan Qal'a bo‘ylab sayohatga chiqdilar.

📝 Sayohatga sinf rahbari,  ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi Gulshan Raximova rahbarlik qildi.


🌐 Telegram | 🌐 Facebook |🌐 Youtube | 🌐 Instagram
#Xalqaro_hamkorlik

WOOSONG UNIVERSITETI VAKILLARI BILAN UCHRASHUV

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligida Koreya Respublikasining Woosong universiteti Xalqaro fakultetlar ijrochi direktori Yu Tek Li, Raqamli kampus dasturi bosh menejeri Seung Jun Li bilan uchrashuv tashkil etildi.

Agentlik hamda Woosong universiteti vakillari oʻrtasidagi muloqotda mamlakatlarimizning koʻplab sohalar qatori taʼlim yoʻnalishida ham manfaatli aloqalari izchil rivojlanayotgani taʼkidlandi.

Xususan, Agentlik va Koreya taʼlim markazi oʻrtasida hamkorlik aloqalari oʻrnatilgan. Tizimdagi maktablarning koʻplab bitiruvchilari Koreya Respublikasidagi nufuzli oliygohlarda tahsil olib kelmoqda.

Uchrashuvda Woosong universiteti vakillariga Agentlik faoliyati, tizimdagi taʼlim muassasalarida tashkil etilgan oʻquv jarayonlari haqida batafsil maʼlumot berildi.

Muloqot davomida oʻzaro hamkorlik asosida Agentlik tizimidagi maktablar bitiruvchilarini to‘liq grant asosida Woosong universitetida tahsil olishiga shart-sharoitlar yaratish, o’qituvchilarga moʻljallangan gibrid tizimidagi PhD va magistratura bo’yicha loyihalarni amalga oshirish va grantlar taklif etish, informatika va robototexnika fanlari o’qituvchilari uchun malaka oshirish kurslarini tashkil etish kabi takliflar ilgari surildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Xorijiy_hamkorlik
#Finlandiya

Finlyandiya Milliy ta’lim agentligi vakillari bugun kunning ikkinchi qismida Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda bo’lishdi.

❗️Uchrashuv davomida xorijlik mehmonlar maktabdagi o‘quv jarayoni bilan yaqindan tanishishdi. O’quvchilar tomonidan yaratilgan ixtirolar, xususan robototexnika hamda mobil ilovalar finlyandiyalik ekspertlarda katta qiziqish uyg‘otdi.

📍 Shundan so’ng, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi vakillari bilan uchrashuv o’tkazildi.

Unda xorijlik ekspertlar hozirda Respublikamiz maktablarida joriy qilinayotgan yangicha baholash tizimi bilan yaqindan tanishishdi.

✔️Baholash materiallarini tayyorlovchi mahalliy ekspertlar bilan muzokaralar o‘tkazgan holda, joriy qilinayotgan yangicha baholash tizimini fin tajribasi asosida takomillashtirish, shuningdek mahalliy ekspertlarning salohiyatini oshirish bo‘yicha amaliy ko‘mak va hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Here we gooooooooooooo💥

📌 Biz maktabimiz uchun rejalashtirilgan Debat o'yinini e'lon qilishdan xursandmiz 🏫

(1-IMI)

📌 Talablar 👇🏻

SIZNI GURUHINGIZDA  KAMIDA 3 TA ISHTIROKCHI VA  GURUHINGIZ NOMI BO’LISHI KERAK.
IELTS YOKI CEFR BO’LISHI SHART EMAS, LEKIN BOSHQALAR BILAN INGLIZ TILIDA GAPLASHISHINGIZ KERAK (O'ZBEK TILI ISHLATILMAYDI)

Vaqt: 24–aprel, chorshanba, soat 13:30

📍Joy: FAOLLAR ZALI

📌 Ro'yxatdan o'tish uchun
@Asalxon_Yuldasheva ga yozing
(Muddati 20-aprel soat 22:00 gacha)

📌 Dalillaringizni aniqlang va qiziqarli fikr almashishga tayyorlaning. O'sha yerda ko'rishamiz !

📌 G’oliblar albatta tantanali ravishda mukofotlanadi 🥳


🌐 Telegram | 🌐 Facebook |🌐 Youtube | 🌐 Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
YANGI LOYIHA

"XORAZM FARZANDLARI.."

"Qat'iyatli o'quvchining muvaffaqiyati"

Yosh bo'lishiga qaramasdan
Xalqaro IELTS imtixonidan 7.5 darajani qo'lga kiritgan Matyakupov Doniyorbek maktabimizning 9-sinf o'quvchisidir.

O'ziga nisbatan o'ta talabchan bo'lgan bu o'quvchining kelajakdagi maqsadlari juda katta
.

Bugun Doniyorbek ushbu muffaqiyatning sirlari haqida....

🌐 Telegram | 🌐 Facebook |🌐 Youtube | 🌐 Instagram
#Sayohat_haftaligi

🇺🇿 Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 8-01 sinf o'quvchilari Xiva Ichan Qal'a bo‘ylab sayohatga chiqdilar.

📝 Sayohatga sinf rahbari, matematika fani o'qituvchisi Yulduz Bagibekova  rahbarlik qildi.


🌐 Telegram | 🌐 Facebook |🌐 Youtube | 🌐 Instagram