IMA Urganch shahar 1-son IMI
2.36K subscribers
7.89K photos
633 videos
39 files
2.51K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Urganch shahar 1-son IMI ning matbuot xizmati.
🏢Urganch 1-son IMI faoliyati;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika

Tel: +998622232031
Download Telegram
#Bizning_shunday_oʼquvchilarimiz_bor
#Faxrimiz

🏢Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi URGANCH shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati 11-sinf o'quvchilari Urazmatova Sevinchoy va Sobirov Sanjarbek O'ZBEKISTONning eng nufuzli Universitetlaridan biri "New Uzbekistan" Universitetiga 100% lik grant asosida imtixonlardan ozod etilgan holda qabul qilindi.

O'quvchilarimizni yutuqlari bilan tabriklaymiz va kelgusi o'qishlarida omad tilaymiz!
❗️Eslatib o'tamiz! Ushbu o'quvchilarimiz IELTS va SAT sertifikatlariga ega.

Urazmatova Sevinchoy SAT 1380(Math 790)  IELTS 7

Sobirov Sanjarbek SAT 1300(Math 780) IELTS 6,5

🌐 Telegram | 🌐 Facebook |🌐 Youtube | 🌐 Instagram
Forwarded from Hilola Umarova
#Bobur_tavalludining_541_yilligi

Bugun O‘rta asr sharq tarixi, madaniyati va she’riyatida o‘ziga xos o‘rin egallagan shoir, tarixnavis va yirik davlat arbobi — Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun.

Bobur o'zining beqiyos aql-zakovati bilan tarixda munosib iz qoldirdi, Hindistonda buyuk Boburiylar sulolasiga asos soldi, o‘z davrining ilm-fan hamda madaniyati rivojiga munosib hissa qo‘shdi.

Uning o‘zbek tilida yozilgan "Boburnoma" asari o‘sha davrga oid bebaho tarixiy manba hisoblanadi. Unda Bobur yashagan davr, ijtimoiy-siyosiy hayot hamda voqealar go‘zal badiiy tasvir va mahorat bilan aks ettirilgan.

Bobur Mirzoning boshqa o‘nlab asarlari, g‘azal va ruboiylari o‘zbek she’riyati tarixida katta o‘rin tutuvchi ulkan xazina hisoblanadi.

Bobur — shaxs va ijodkor sifatida bugungi avlod uchun o‘lmas namunadir.
#Ibrat_Quiz

🏢 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi URGANCH shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati 7-8-9-sinf o'quvchilari 13-fevral kuni Xorazm viloyati Yoshlar Ishlari Agentligiga qarashli Ibrat Farzandlari loyihasining "Ibrat Quiz" musobaqasida ishtirok etishdi.
🏆Musobaqada maktabdan jami 7 guruh qatnashishdi va 8-sinf o'quvchilaridan tashkil topgan "TEENAGERS" jamoasi🥈 2-o'rinni, 9-sinf o'quvchilaridan tashkil topgan " GIRLS' POWER" jamoasi🥉 3-o'rinni egallashdi.


🎊Musobaqada faol qatnashgan jamoalar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlanishdi.

🌐 Telegram | 🌐 Facebook |🌐 Youtube | 🌐 Instagram
#psixolog_faoliyati
#Urganch_1_IMI

🏫Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida maktab psixologi Laylo Otajanova 8-sinf o'quvchilari bilan "Qo'rquvni yengish" treningini o'tkazdi.

📍Maqsad: O'quvchilarda qo'rquvni yengish, qo'rquv evaziga har xil vaziyatlarga tushib qolmasliklarini oldini olish.


🌐 Telegram | 🌐 Facebook |🌐 Youtube | 🌐 Instagram
#Al_Xorazmiy_olimpiadasi
#Urganch_1_IMI


Xorazm viloyatidagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktab va maktab-internatlari o'quvchilari o'rtasida o'tkazilgan Al -Xorazmiy nomidagi aniq va tabiiy fanlar  olimpiadasida o'quvchilarimiz faol qatnashib, faxrli o'rinlarni egallashdi.

📌Matematika fanidan 7-02 sinf o'quvchisi Sharipov Dilshod faxrli 🥉o'rin;

📌Kimyo fanidan 8-03 sinf o'quvchisi Sharifboyeva Bonu faxrli 🥉o'rin.

🏆O'quvchilarni yutuq bilan tabriklab, keyingi bosqichda muvaffaqiyat yor bo'lishini tilab qolamiz.

🌐 Telegram | 🌐 Facebook |🌐 Youtube | 🌐 Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Maktablarga "Tashvish tugmasi" o'rnatiladi

Ta'lim muassasalarida xavfsizlikni ta'minlash maqsadida 2024-yil yakuniga qadar barcha maktablarga "Tashvish tugmasi" o'rnatiladi. Bunda ta'lim muassasasida ko'ngilsiz holat kuzatilgan taqdirda "Tashvish tugmasi"dan foydalaniladi.

Bunda "Tashvish tugmasi" ta'lim muassasasi mas'ul xodimi yoki pedagog xodim tomonidan bosilganda mazkur maktabga 3-5 daqiqa ichida Milliy gvardiyaning qo'riqlash xizmati xodimlari yetib kelib, holatning oldini oladi.

Bu haqida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi va Milliy gvardiya hamkorligi doirasida amalga oshirilayotgan ishlarga bag‘ishlangan matbuot anjumanida ma'lum qilindi.

👉https://t.me/xalqtaliminfo
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Maʼrifat

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi, Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi hamda "Ma'rifat
" gazetasi hamkorligida "Yangi O‘zbekistonda ta'lim islohotlari" mavzusida videorolik tayyorlandi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#buyuk_siymolarga_ehtirom

#adabiy_bellashuv

🏢Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida buyuk shoir va mutafakkir, atoqli davlat va jamoat arboblari Alisher Navoiy tavaluddining 583 yilligi hamda, Zahiriddin Muhammad Bobur  tavalludi  541 yilligi munosabati bilan Navoiy va Bobur haftaligi doirasida “Nazm boʻstonida ikki buyuk chinor’’ mavzusida  maktabimizning 6-sinf oʻquvchilari oʻrtasida bellashuv   boʻlib oʻtdi.

📌Bellashuv 3 shartdan iborat shaklda oʻtkazildi.

1⃣-shart. Buyuk siymolar hayoti va ijodi boʻyicha tezkor savol-javob.

2⃣-shart. Navoiy va Bobur ijodidan she'riy mushoira.

3⃣-shart. Ularning hayoti va ijodi aks etgan Loyiha ishi.

📍Musobaqa qizgʻin shaklda boʻlib oʻtdi.

🥇-oʻrin 53 ball bilan 6.03 sinfi jamoasi;

🥈oʻrin 46 ball bilan 6.01 sinfi jamoasi;

🥉oʻrin 38 ball bilan 6.02 sinfi jamoasi egalladi.


🌐 Telegram | 🌐 Facebook |🌐 Youtube | 🌐 Instagram