IMA Urganch shahar 1-son IMI
1.85K subscribers
7.16K photos
593 videos
38 files
2.34K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Urganch shahar 1-son IMI ning matbuot xizmati.
🏢Urganch 1-son IMI faoliyati;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika

Tel: +998622232031
Download Telegram
Forwarded from Sardor Palvanov
Yoshlar ishlari agentligi Xorazm viloyat boshqarmasi boshlig‘i va Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab internati yoshlari bilan uchrashuv tashkil etildi.

Fikr va munozaralarga boy uchrashuv davomida yoshlar "Ibrat farzandlari" loyihasi bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga Ibrat quiz loyihasi kordenatorlaridan javob olishdi. Jarayonlarda faol qatnashgan ishtirokchilar munosib taqdirlandilar.

@sardorpalvanov
Forwarded from Xushnudbek.uz
‼️Test sinovi topshiriladigan fanlar bo‘yicha savollar soni va baholash mezonlari tasdiqlandi

Mezonlar o‘tgan yilgi qabuldek bo’ladi, hech narsa o’zgarmagan. Ya’ni jami 5 ta fan, 90 ta savol. Maksimal ball — 189.

Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy 3 ta fan:

1) Ona tili
(o‘zbek, rus, qoraqalpoq v.b. tillar) — 10 ta savol;
2) Matematika — 10 ta savol;
3) O‘zbekiston tarixi — 10 ta savol.

🔘 30 ta savol uchun 1.1 balldan jami 33 ball.

2 ta mutaxassislik fanidan:

1️⃣-fan:
30 ta savol x 3.1 ball = 93.0 ball;
2️⃣-fan: 30 ta savol x 2.1 ball = 63.0 ball.

🔘 60 ta savol uchun jami 156,0 ball.

❗️Mana bu faylda 2024-yilgi test sinovlari uchun fanlar majmuasi ro’yxatini, ya’ni qaysi yo’nalishda qaysi fanlardan savol tushishini ko’rishingiz mumkin:
https://t.me/xushnudbek/22497


👉 @xushnudbek 👈
MAKTABIMIZ PREZIDENTLIGIGA NAVBATDAGI NOMZOD BILAN TANISHING

🧑‍💻Men Normatov Ulug'bek Mansurbek o'g'li Urganch shahar 1-sonli IMIning 9_02-guruh o'quvchisiman va  maktab prezidenti lavozimiga o’z nomzodimni taklif qilaman.

🦾O’zimda mujassam bo’lgan  xislatlar :

✔️Liderlik :
Men yoshligimdanoq o'z liderlik qobiliyatlarimni rivojlantirib kelaman. Oldingi maktabimda bir necha yil sinf sardori bo'lganman

✔️Mas'uliyatlilik :
Men qiyinchiliklarni o'z kuchim bilan yengaman va menga berilgan topshiriqlarni  mas’uliyat bilan  bajaraman.

✔️O’z ustida ishlash:
Men o'z ustimda tinmay ishlayman va rivojlanishga harakat qilaman.  boshqalarni hurmatini qozonish uchun o'z kamchiliklarimni  to'g'irlab yangiliklarga intilaman.

✔️Muloqot va tinglash :
Men  maktabimizdagi har bir o`quvchini tinglab , ular aytadigan muammolarini hal qilishga , bergan takliflarini amalga oshirishga harakat qilaman.

Mening  maktab hayotida  qo‘llashga rejalashtirgan yangiliklarim bilan tanishishingiz mumkin:

📶 Har bir fan bo'yicha maktab ichki fan olimpiadalarini ko'paytirish va darslardan keyin har xil  to’garaklar  faoliyatini kuchaytirish;

📶Maktabimizda sportga e’tiborni kuchaytirish, faqat  Futbol emas, balki, basketbol , voleybol , Ping-pong(stol tenis) va yana boshqa musobaqalarini yo’lga qo'yish ;

📶Maktab o‘quvchilarining chet el xalqaro universitetlariga   o‘qishga kirishi va o‘qishi  uchun IELTS , SAT imtihonlariga tayyorlashga tayanch bo’luvchi  tog’araklarini yo’lga qo‘yish;

📶Maktabimizda sinflar bo'yicha musobaqalar va kitobxonlik tanlovlari ro'yxatini tuzish va har oy olimpidalar o'tkazish ;                                        

📶Men o'quvchilarimizni volontyorlikka chorlamoqchiman va ularni maktab ishlarida faol qatnashishlari tarafdoriman.

💠Bizni ijtimoiy tarmoqlarda
kuzatib boring👇
🌐 Telegram | 🌐 Facebook |🌐 Youtube | 🌐 Instagram
#Tanlov

(Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi tasarrufidagi umumiy o’rta ta’lim maktablari va Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi viloyatimizdagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlar o'qituvchi va o'quvchilari uchun)


E’LON

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tasarrufidagi Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi ijod maktabi, Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi, "Xorazm haqiqati" va "Хорезмская правда" gazetalari birlashgan tahririyati va "Mangulik jamoli" jamoat birlashmasi bilan hamkorlikda Matnazar Abdulhakim tavalludining 7⃣6⃣ yilligi munosabati bilan Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi tasarrufidagi umumiy o’rta ta’lim maktablari va Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi viloyatimizdagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarning o'qituvchilari hamda 6-, 7-, 8, 9, 10-11-sinf o‘quvchilari uchun tanlov e’lon qiladi. Tanlov quyidagi yo‘nalishlarda o‘tkaziladi:

📄 1. “Eng yaxshi bag‘ishlov” mavzusida she’riyat tanlovi. Bunda ishtirokchilar tomonidan Matnazar Abdulhakim she’rlari (g‘azallari, Xorazmcha ijod namunalari) ga nazira bog‘langan yangi ijod namunasi yaratishlari lozim.

🖥 2.  “Eng yaxshi ijrochi” - Matnazar Abdulhakimning ijod namunalaridan ishtirokchi o‘zi xohlagan bir she'rni ifodali o'qib, videotaqdimot tayyorlashi lozim. Davomiyligi 2-4 daqiqa. Hajmi 90 mbdan oshmasligi lozim.

📝 Ijodiy ishlar Ogahiy nomidagi ijod maktabi rasmiy telegram kanaliga tashlab boriladi.
Har bir yo’nalishda 3 nafar eng munosib o'qituvchi va o'quvchi g’oliblar rasmiy kanalimiz orqali yig‘ilgan layklar va hakamlar hay'ati tomonidan alohida aniqlanib, joriy yilning 20-fevral kuni ijod maktabimizda o’tkaziladigan tantanali tadbirimizga taklif qilinadi, hamkor tashkilotlarning diplom hamda Ogahiy ijod maktabining maxsus esdalik sovg’alari bilan taqdirlanadi.

Xorazm adabiy muhitining o‘ziga xos darg‘alaridan biri bo‘lmish Matnazar Abdulhakim ijodini o‘rganish, uni keng ommaga targ‘ib qilish, shoir tavalludini bayramona tarzda o‘tkazish, ijodkor va iste'dodlilarni aniqlash, ularni rivojlantirish, rag'batlantirish reja va maqsadimizdir.

📩 Tanlov uchun tayyorlagan ishlaringizni
+998942364224 (@XorunMuso) telegram raqamiga yuboring! Tanlovga ijodiy ishlar 1-fevraldan 15-fevral sanasi yakunigacha qabul qilinadi. Tanlovga yuborilgan materiallar saralanib, Ogahiy ijod maktabining https://t.me/Ogahiy_ijod_Maktabi kanalida e’lon qilinadi. Kanalimizga obuna bo‘lishni unutmang!

🔘 Tanlov materiallari Xorazm viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi, Ogahiy ijod maktabi pedagoglaridan tuzilgan hakamlar hay'ati a'zolari tomonidan baholanadi.

‼️ Eslatma: tanlovda Ogahiy nomidagi ijod maktabi o'quvchilari ishtirok etmaydi.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram
#Jarayon
#Zakovat

📝📝📝

🏢Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Urganch shahar 1-son  ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 5-8-9-10-sinf oʻquvchilari o'rtasida tarix fani oʻqituvchisi Mo'minjon Salayev tomonidan "Zakovat" intellektual o'yinining navbatdagi turi o'tkazildi.

📌Zukkolar jangida 14 ta jamoa bellashdilar.

🖍Qizg'in bahslarga to'la kechgan uchrashuvda jamoalar qimmatli reyting ballarini qo‘lga kiritishdi.

🎯Barcha ishtirokchilarga minnatdorchilik bildiramiz va omad yor bo'lishini tilab qolamiz!


🌐 Telegram | 🌐 Facebook |🌐 Youtube | 🌐 Instagram
# 1-son IMI
# Uchrashuv

🏢 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi URGANCH shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida 31-yanvar kuni "Milliy Tadqiqot Yadro Universiteti" hamkorligida 11-sinf o'quvchilari bilan uchrashuv uyushtirildi.

📌Suhbat davomida O’zbekistonda yangi ochilgan va yagona bo'lgan energetika sohasiga yo'naltirilgan Universitet, undagi sharoitlar, imtixon jarayonlari, o'qish davomidagi imtiyozlar va stipendiyalar haqida to'liq ma'lumot berildi.

O'quvchilar o'zlarining qiziqtirgan savollariga javob olishdi va ulkan sharoitga ega Universitet bilan tanishganlaridan mamnun bo'lishdi.


🌐 Telegram | 🌐 Facebook |🌐 Youtube | 🌐 Instagram
"Ibrat farzandlari"dan SOVRINLI yangilik!


🏆Biz buni “Ibrat Academy” ilovasi yordamida aniqlaymiz va maktabimiz sizni rag'batlantiradi.

⭐️Eng kamida 100 ta sertifikat olgan sinflar "Ibrat farzandlari" logotipi tushirilgan sovg'alar jamlamasiga ega bo'ladi.

💣Bundan tashqari, eng ko'p sertifikat olgan o'quvchilar tashkilotchilar tomonidan alohida qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlanadilar.

📢G'oliblar 8-fevral kuni aniqlanadi.

P. S. Мukofotni qo'lga kiritishning yana bir muhim sharti - yoshlar yetakchisining o'zi ham "Ibrat Academy" orqali biror xorijiy tilni o'rganayotgan bo'lishi kerak.


🌐 Telegram | 🌐 Facebook |🌐 Youtube | 🌐 Instagram
#chellendj

🏢Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida "Fevral-salom berish oyligi" shiori ostida chellendj o'tkazilmoqda.

Maqsad: o'quvchilar o'rtasida kattalarga hurmat hissini uyg'otish, sog'lom muhitni barpo etish.


🌐 Telegram | 🌐 Facebook |🌐 Youtube | 🌐 Instagram