IMA Urganch shahar 1-son IMI
1.84K subscribers
7.54K photos
617 videos
38 files
2.43K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Urganch shahar 1-son IMI ning matbuot xizmati.
🏢Urganch 1-son IMI faoliyati;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika

Tel: +998622232031
Download Telegram
#Ochiq_dars

#Ixtisoslashtirilgan_maktab

⚡️Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida ingliz tili fani o'qituvchisi Yakubova Dilnoza 6-01 sinf o'quvchilariga  " What a great job!" mavzusida ochiq dars o'tkazdi.

📝The lesson was focused on the vocabulary related to the jobs.Reading listening,and speaking skills were enhanced as well. Variety of interactive methods of teaching,board games,video were used effectively during the lesson.
Forwarded from Bekposhsha
#psixologik_trening
#1-son IMI

🏢Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi URGANCH shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida 26-yanvar kuni maktab psixologi L.Atajonova 5-sinflar bilan "IMPULS" nomli trening o'tkazdi.

📌Bu treningni o'tkazishdan maqsad-o'quvchilarning tezkorlik, fikrlash va diqqatini bir joyga to'plash.
O'quvchilar bu treningda juda faol qatnashishdi va yangi energiya oldilar.
#Jarayon
#Zakovat_Quiz
#Aql_jangi

📝📝📝

🏢Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Urganch shahar 1-son  ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 5-8-9-10-sinf oʻquvchilari o'rtasida tarix fani oʻqituvchisi Mo'minjon Salayev tomonidan "Zakovat Quiz " intellektual o'yini  o'tkazildi.

📌Zukkolar jangida 14 ta jamoa bellashdilar.

🖍Qizg'in bahslarga to'la kechgan uchrashuvda jamoalar qimmatli reyting ballarini qo‘lga kiritishdi.

🎯Barcha ishtirokchilarga minnatdorchilik bildiramiz.


🌐 Telegram | 🌐 Facebook |🌐 Youtube | 🌐 Instagram
#to'garak_jarayonlari
#kitobxonlik

🏢Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab kutubxonasida tashkil qilingan "Yosh kitobxonlar" to'garagidan foto lavhalar.
🎯To'garak davomida o'quvchilar, kitob o'qish qoidalari, kitob oqishning foydalari to'g'risidagi bilimlarga ega bo'ldilar.

🌐 Telegram | 🌐 Facebook |🌐 Youtube | 🌐 Instagram
Forwarded from IMA Urganch shahar 1-son IMI (Iroda_Seyitnazarovna Urganch shahar 1-son IMI)
DIQQAT E‘LON!!

Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘quvchilari orasida  MAKTAB PREZIDENTIni saylash uchun tanlov e'lon qilindi.
📣📣📣 Kuchli yetakchilik, boshqaruvchanlik va liderlik qobiliyati bor deb hisoblangan 9-10-sinf o‘quvchilarimizni ushbu tanlovda ishtirok etishadi.

‼️Talablar:
Vatanparvarlik;
Adolatlilik;
Mas'uliyatlilik;
Ingliz tili yoki boshqa xorijiy tillarni bilishi;
Zamonaviy kompyuter texnologiyalarini tushuna olish yoki ularda ishlay olish qobiliyati;
Intiluvchanlik;
Yaratuvchanlik;


Kerakli hujjatlar:
-tarjimayi  hol(CV, resume);
-telefon raqam;
-kelajakdagi rejalar va amalga oshirishni ko'zlagan maqsadlar haqida taqdimot.

Maktab Prezidentligi uchun o'z nomzodingizga ovoz bering:
✔️O'ktamov Amirbek.   
✔️Normatov Ulug'bek  
✔️ Ollaberganov Akmalbek
✔️Sobirova Maftuna.   
✔️ Sobirov Mirzobek. 
✔️Xajiyev Jo'rabek.    
✔️Allayarova Amina
✔️Komiljonova Komila


Yuqorida ko‘rsatilgan hujjatlarni 10-fevral (shu kuni ham) sanasigacha MMIBDO‘- I.Seytirzayevaga topshirishingiz so'raladi!

🇺🇿🇺🇿 Tanlov nomzodlari maktabimizda darsdan tashqari vaqtlarda tashviqot va targ'ibot ishlarini olib borishadi.

17-fevral sanasida maktab o‘quvchilari prezidentligiga saylov bo‘lib o‘tadi!


🎉ISHTIROKCHILARNING BARCHASIGA OMAD TILAB QOLAMIZ!!

🌐 Telegram | 🌐 Facebook |🌐 Youtube | 🌐 Instagram
Prezident Shavkat Mirziyoyev maktab ta’limi sifatini yaxshilash chora-tadbirlariga oid taqdimot bilan tanishdi.

Bugungi kunda hududlardagi 500 ta maktabda Prezident va ixtisoslashgan maktablarning baholash tizimi joriy etilgan. Natijada ilg‘or xorijiy tajriba asosida vaziyatni tahlil qilish, muammoni yechish, jamoada ishlash kabi amaliy mashg‘ulotlar ulushi 60 foizga yetkazilgan.

Kelgusi o‘quv yiliga qadar ushbu baholash tizimini xalqaro testologiya mezonlariga moslashtirish zarurligi aytildi. Maktablarning o‘zi ham akkreditatsiyadan o‘tkaziladi. Bu xalqaro baholash mezonlarini milliy tizimga joriy qilish, maktablarni boshqarish va ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladi.


#Mirziyoyev #taqdimot #talim #maktablar

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube