IMA Urganch shahar 1-son IMI
1.84K subscribers
7.41K photos
612 videos
38 files
2.4K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Urganch shahar 1-son IMI ning matbuot xizmati.
🏢Urganch 1-son IMI faoliyati;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika

Tel: +998622232031
Download Telegram
#SPEAKING_DEBATE

⚡️20-noyabr kuni Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida SPEAKING DEBATE CHEMPIONSHIP 1 bo'lib o'tdi.

🔹Musobaqada maktabimizdan 6-7-8- sinflardan tashkil topgan jami 14 guruh qatnashishdi.

📣Shulardan 6.01-sinf o'quvchilaridan tashkil topgan THE BEST TRIO, Va ISKANDAR'S GROUP 6.02- sinf GO GETTERS, 6.03-sinf LEADERS , 7.01-sinf DYNAMITE,  7.02-sinf MAGICS, 8.01-sinf SOUND OF FREEDOM,  8.02-sinf VALHALLA guruhlari raqib jamoasi ustidan g'alaba qozonib, keyingi bosqichga yo'llanmani qo'lga kiritishdi.

📌 Keyingi bosqich 27-noyabr 14.30 da faollar zalida bo'lib o'tadi.

🔷️Mavzular va bellashuvchi guruhlar juftligini hafta oxirida e'lon qilamiz.

🌐 Telegram | 🌐 Facebook |🌐 Youtube | 🌐 Instagram
#SPEAKING_DEBATE

🌟There was a SPEAKING DEBATE CHEMPIONSHIP in Urgench city specialized school N1 on the 20th of November.

🔷️ On this CHEMPIONSHIP , total 14 groups from 6th, 7th, 8th grade students attended.

🏆 The winners were: THE BEST TRIO  and ISKANDAR'S GROUP from 6.01, GO GETTERS from 6.02, LEADERS from 6.03, DYNAMITE from 7.01, MAGICS from 7.02, SOUND OF FREEDOM from 8.01, VALHALLA from 8.02.

📌 Next game will be on the Hall on 27th of November at 14.30 o'clock.

🔷️Topics and competitors will be announced till the weekend.

🌐 Telegram | 🌐 Facebook |🌐 Youtube | 🌐 Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yashil_makon
🌿🌿🌿🌿🌿🌿🌿🌿🌿🌿🌿🌿🌿🌿

☘️MAKTABIMIZNI YASHIL MAKONGA AYLANTIRAMIZ

🏢Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida"Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida ko'chat o'tqazish tadbiri bo'lib o'tdi.

🌿Maktab jamoasi va o'quvchilar birgalikda  maktab hovlisiga  turli xil manzarali daraxt koʻchatlarini oʻtqazishdi.


🌐 Telegram | 🌐 Facebook |🌐 Youtube | 🌐 Instagram
#vatanparvarlik_oyligi

🇺🇿Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida  Yoshlarni harbiy Vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bo'yicha direktor o'rinbosari -CHQBT rahbari, zahiradagi podpolkovnik Alisher Rajabov 8-9-sinf o'quvchilari bilan Xorazm viloyati QO'RIQLASH boshqarmasida tashkil etilgan " Ochiq eshiklar" kunida sayoxat uyushtirildi.

🌐 Telegram | 🌐 Facebook |🌐 Youtube | 🌐 Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Dastur_ijrosi_amalda

🗺Xabar berganimizdek, Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi oʻquvchilari "Oʻquvchi almashish" dasturi doirasida Ogahiy nomidagi ijod maktabida boʻlib turibdi.

Sirdaryolik oʻquvchilar Ogahiy uy-muzeyi va shoir yashab ijod etgan xonadon bilan tanishgan jarayonidan lavha.

🎞 Ushbu video Ogahiy nomidagi ijod maktabining "Audiovizual asarlar yaratish va qayta ishlash" toʻgaragi aʼzosi maktabning 11-sinf oʻquvchisi Asaloy Otaboyeva tomonidan tayyorlangan.

#ijod_maktablari #Xorazm #Sirdaryo #oʻquvchi_almashish

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Hilola Umarova
Bugun Prezident sovrini uchun o‘tkazilgan “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab" tanlovida g‘oliblikni qo‘lga kiritib, Buyuk Britaniyaga ta’lim sayohatiga jo‘nab ketayotgan o‘quvchilar bilan uchrashdim.

Rosti, beg‘ubor, orzulari osmon, ko‘zlarida kelajakka katta ishonch porlab turgan bu yoshlarni ko‘rib, zavqim oshdi. Ularning o‘z fikrlarini turli chet tillarida burro-burro bildirib muloqot qilishayotganidan xursand bo‘ldim.

Meni xursand qilgan yana bir jihat, sayohatga ketayotgan yoshlar orasida o‘quvchi-qizlarning ko‘pligi bo‘ldi. Demak qizlar ham chet tili tanlovlarida faol ishtirok etib, o‘z bilim va imkoniyatlarini ko‘rsatib kelishmoqda.

Tanlovda yurtimizdagi 7000 ga yaqin maktabdan qariyb 35 ming nafar o‘quvchi qatnashdi. Ularning 32 ming nafardan ortig‘i ingliz tilidan, ming nafardan ortig‘i nemis tilidan, ming nafarga yaqini fransuz tili yo‘nalishlarida ushbu tanlovlarda ishtirok etdi.

Bugun uchrashuvda qatnashgan 70 nafar o‘quvchilar mazkur tanlovning barcha bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tib, Respublika bosqichiga chiqqan eng baxtli o‘g‘il-qizlarimiz, desam adashmagan bo‘laman.

Davlatimiz rahbari ta’kidlaganlaridek, xorijiy tillarni egallash yoshlarimizga dunyo eshiklarini ochish barobarida, ularning jahon ilmu fanini o‘rganishlarida katta yordam beradi. Ham sayohat, ham ta’limga doir ushbu safar o‘quvchilarga katta motivatsiya beradi hamda yanada chuqur bilim egallashlariga zamin yaratadi. Ular O‘zbekistonga qaytganidan so‘ng, u yerda olgan taassurot va bilimlarini o‘z tengdoshlari bilan bo‘lishadi.

❗️Fursatdan foydalanib, tanlovda g‘olib chiqqan o‘quvchilarning ustozlariga ham o‘z minnatdorligimni bildirmoqchiman. O‘quvchilarga bilim berish bilan bir qatorda, ularni ushbu bellashuvlarga qiziqtira olish ham o‘qituvchilardan katta matonat va sabr talab etadi.

⚡️Sayohatingiz maroqli va boy taassurotlarga boy o‘tishiga ishonaman, aziz o‘quvchilar! Oq yo‘l sizlarga!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM