IMA Urganch shahar 1-son IMI
2.36K subscribers
7.89K photos
635 videos
39 files
2.51K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Urganch shahar 1-son IMI ning matbuot xizmati.
🏢Urganch 1-son IMI faoliyati;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika

Tel: +998622232031
Download Telegram
#Ertalabki_saflanish
#Urganch_shahar_1_son_IMI

📌Har juma kuni Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan  maktab-internatida ertalabki saflanishda bir hafta mobaynida o'tkazilgan tanlovlar, dars va to'garak mashg'ulotlari va boshqa masalalar tahlili o'tkaziladi.

📝 Ertalabki_saflanishda maktab ma'muriyati, barcha sinf rahbarlari va o'quvchilar ishtirok etishdi.


📌Saflanishda maktab direktori G'. Axmedov qatnashib, hafta davomida o'tkazilgan tanlov va tadbirlarda faxrli o'rinlarni olgan o'quvchilarni diplom va qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirladi.

📌📚Shuningdek, MMIBDO'  I.Seytirzayeva o'quvchilarga davomat, forma va oshxonada ovqatlanish madaniyati bo'yicha tushuntirib o'tdi.

🔱Saflanish so'ngida O'zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi yangradi.

🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹

🌐 Telegram | 🌐 Facebook  |🌐 Youtube
#Saylov
#Natija

📌Urganch shahar 1-son ixtososlashtirilgan maktab-internatida o'tkazilgan " Yoshlar Prezident"ligiga nomzodlar orasidan eng ko'p ovoz to'plab 9-03 sinf o'quvchisi Komiljanova Komila saylandi.

📌❇️Bugun ertalabki saflanishda maktab direktori tomonidan Komiljanova Komilaga maktab "Yoshlar Prezidenti" sertfikati topshirildi.

📝Komilaga mas'uliyatli faoliyatida omad tilab qolamiz va maktab yoshlarini birlashtirib, o'quvchilar g'oyalarini qo'llab quvvatlashiga ishonch bildiramiz.

📌Eslatib o'tamiz , "Yoshlar Prezident"ligiga jami 6 nafar nomzod qatnashgan edi.



🌐 Telegram | 🌐 Facebook  |🌐 Youtube
#ochiq_dars

🔰Bugun Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi Bekchanov Qudrat ustoz 6-02 sinf o‘quvchilariga Rahmat Fayziyning " Hazrati inson asarida o'zbekona bag'rikenglikning aks ettirilishi" mavzusida ochiq dars o'tdi.

📌Tajribali ustozning say-harakatlari bilan o'quvchilarning dars jarayonida faolligi ta'minlandi.

📝Mavzu asosida qizg'in bahs-munozara o'tkazildi.


🌐 Telegram | 🌐 Facebook |🌐 Youtube
#uchrashuv

#targ'ibot_tadbiri


🔰Bugun Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga Urganch shahar VYEMB inspektor psixologi Mayor Ollanazarov Sanjarbek tashrif buyurib, o'quvchilarga jinoyatchilik, giyohvandlik va uni oldini olish bo'yicha tushuntirish va targ'ibot tadbiri o'tkazdi.

📌O'z nutqida voyaga yetmagan o'quvchilar tunda bemaqsad ko'cha-kuyda yurmasliklari, ularning maqsadi faqat o'qish va ilm olib, kasb -hunar egallashlari haqida gapirdi.


🌐 Telegram | 🌐 Facebook  |🌐 Youtube
Forwarded from Hilola Umarova
Namunali ota-ona bo‘la olyapmizmi?

So‘nggi kunlarda maktab o‘quvchilari bilan bog‘liq turli holatlarni kuzata turib, yurtimizdagi barcha ota-onalarga bir savol bilan murojaat qilishni istadim: bugun biz namunali ota-ona bo‘la olyapmizmi? Namunali ota-ona kim o‘zi?

Ijtimoiy tarmoqlarda farzandlarimiz tarbiyasi, aniqrog‘i tarbiyasizligi bilan bog‘liq ko‘plab videolar tarqalmoqda. Birida o‘g‘il bola o‘quvchi hech tap tortmay ustozi va qiz bola sinfdoshlari oldida kurakda turmaydigan mavzuda gapirishga haddi sig‘ayotgan bo‘lsa, boshqasida bir-bir bilan mushtlashayotgan o‘g‘il-qizlarga guvoh bo‘lish mumkin. Afsuski, bunday holatlar kam emas.

Kelajagimizni ta’minlashda har tomonlama yetuk avlodni tarbiyalash, mustaqil fikrlaydigan, ezgu fazilatlarga ega yoshlarni voyaga yetkazish bugungi kunning eng muhim vazifalaridan biriga aylanib bormoqda.

Xo‘sh, bunda bugungi ota-onalarning o‘rni va xizmatlari qanday bo‘lyapti? Bugungi namunali ota-onalarning hayotiy mezonlari nimalardan iborat?

Qayd etish joizki Vazirlik tomonidan ishlab chiqilgan “Namunali ota-ona” mezonlarida bu haqida quyidagicha muhim ta’riflar keltirib o‘tilgan.

Unga ko‘ra, o‘z farzandining ta’lim-tarbiyasi bilan muntazam shug‘ullanadigan, uni tinglash uchun doim vaqt topa oladigan, farzandida o‘qishga bo‘lgan ishtiyoqni oshirib, unga motivatsiya beradigan ota-onalar bu borada yetakchilik qiladi.

Farzandi ongida ma’naviy qadriyatlarni shakllantira oladigan, uni umuminsoniy va milliy qadriyatlar hamda jamiyatdagi qonun va qoidalarga hurmat ruhida tarbiyalaydigan, bu borada o‘zi shaxsiy namuna bo‘la oladigan ota-onalar ham ushbu mezonga to‘la mosdir.

Farzandining bo‘sh vaqtini kimlar bilan va qanday o‘tkazayotganini doimiy nazorat qilib boradigan, uni ta’lim oladigan maktab jamoasiga nisbatan hurmat ruhida tarbiyalayotgan insonlar namunali ota-onalardir.

Sababi, yuqorida keltirib o‘tilgan o‘quvchilar ishtirokidagi salbiy holatlarning tag zamirida ota-onalarning o‘z farzandi tarbiyasi, kelajak taqdiriga befarqligi va uning bo‘sh vaqtini qanday o‘tkazayotgani bilan qiziqmasligi yotibdi.

Istardimki, ota-onalarimiz, mahalla-ko‘y va bobo-buvilarimiz bolalarimiz bilan ko‘proq suhbat olib borishsa, ularning hayot, odob-axloq, kelajak orzulari, qiziqishlari haqida bolaning o‘zi bilan muloqot olib borsa.

Farzand tarbiyasidagi muvaffaqiyat kaliti bu albatta unga bo‘lgan muhabbat, g‘amxo‘rlik va hurmatdir. Farzand har jihatda namunani ota-onasidan oladi. Namunali ota-ona bo‘lishning shartlari esa juda oddiy va shu bilan birga juda murakkabdir. Ammo uning mevasi shirin, bu – farzand kamoloti va baxtidir.

Shunday ekan, aziz ota-onalar! Zimmangizga yuksak va ma’suliyatli vazifa yuklatilgan, oilangizda o‘rnatilgan namunali tartib va ijobiy muhit nafaqat farzandingiz tarbiyasiga, balki sizning kelajagingizga bevosita ta’sir etishini unutmasligingizni so‘rab qolaman.


Suratda bugungi kunda ikki nafar farzandi Prezident maktabida tahsil olayotgan, ularning ta’lim-tarbiyasida barchaga namuna bo‘la oladigan ota-onalardan biri Abdulhay va Nargiza Jo‘raevlar oilasi.
#loyiha

#tanlov

⚡️Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Urganch shahar 1-son Ixtisoslashtirilgan maktab internati SCIENCE fani o'qituvchisi Nurmetova Muyassar Jumanazarovna tashkilotchiligida "Yosh tadqiqotchi "(Young researcher) tanlovi bo'lib o'tdi.

📌📌 Tanlovda o'quvchilar juda faol qatnashishdi.Eng yaxshi deb topilgan loyihalar egalari mos ravishda taqdirlandilar.
🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹

🌐 Telegram | 🌐 Facebook |🌐 Youtube | 🌐 Instagram