IMA Urganch shahar 1-son IMI
1.84K subscribers
7.41K photos
612 videos
38 files
2.4K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Urganch shahar 1-son IMI ning matbuot xizmati.
🏢Urganch 1-son IMI faoliyati;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika

Tel: +998622232031
Download Telegram
Bugun Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova boshchiligida ma’muriy islohotlar bilan tanishtirish maqsadida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Maktabgacha ta’lim agentligi va Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi jamoasi ishtirok etdi.

✔️Hilola Umarova yig'ilganlarga islohotlar mohiyati haqida gapirarkan, jumladan shunday dedi:

- Davlatimiz rahbari maktablarda ta'lim sifati hamda jamiyatda o‘qituvchi kasbi nufuzini oshirish va sharoitlarini yaxshilash 2023-yildagi eng asosiy vazifalarimizdan biri bo‘lishini ta'kidlaganlar.

Shunga asosan bizning eng asosiy maqsadimiz, bu — farzandlarimizga sifatli ta'lim berishda bog‘cha, maktab va oliy ta'lim uyg‘unligini ta'minlashdan iborat. Bu yo‘lda hammamiz hamjihatlikda ishlashimiz lozim.

❗️Shundan so‘ng vazir tizimiga oid masalalar bo‘yicha muammo hamda takliflar bo'yicha shaxsan o‘zi nazorat qiladigan yangi telegram bot va e-mail manzilini yig‘ilish ishtirokchilariga taqdim etdi.
TAYINLOV

Prezident qarori bilan Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi direktori tayinlandi

Аlisher Ubbiyev
— Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi direktori lavozimiga tayinlandi.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#vatanparvarlik_oyligi

🇺🇿Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida  Yoshlarni harbiy Vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bo'yicha direktor o'rinbosari -CHQBT rahbari, zahiradagi podpolkovnik Alisher Rajabov  rahbarligida harbiy vatanparvarlik oyligi doirasidagi dars mashg'ulotlari davom etmoqda.

🇺🇿Xorazm viloyati Mudofaa ishlari boshqarmasi tibbiy hodimlari  bilan hamkorlikda " Jarohat to'g'risida tushuncha, suyak sinishi va uning belgilari, birinchi tibbiy yordam ko'rsatish usullari" mavzusi orqali 10-sinflar kesimida amaliy mashg'ulot darsi bo'lib o'tdi.
🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹
🌐https://t.me/Urganch_IMI
#Olimpiada
#STEAM

🇺🇿Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida STEAM fanlari bo'yicha Agentlik olimpiadasining maktab bosqichi o'tkazilmoqda.

📌Bugun matematika, kimyo, biologiya, tabiiy fanlaridan yozma ishlar olindi.

🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹
🌐https://t.me/Urganch_IMI
⭕️⭕️⭕️⭕️
Diqqat-diqqat!

🇺🇿Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika bolalar kutubxonasi buyuk ajdodlarimiz Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Bobur asarlarining milliy va umuminsoniy mohiyatini anglash, ilmiy va ijodiy merosini yanada chuqur o‘rganish va targ‘ib etish maqsadida umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida “Ikki buyuk siymo” shiori ostida quyidagi g‘azalxonlik haftaligini e’lon qiladi!

🧡“Navoiy vorislari”
🧡“Navoiyni anglash”
🧡“Navoiy asarlarining bilimdoni”
🧡“Bobur asarlarining bilimdonlari”
🧡“Boburni anglash”
🧡“Bobur milliy bog‘i majmuasi”

⭕️⭕️⭕️
☑️Har bir ko‘rik-tanlovning o‘tkazilish tartibi haqidagi to‘liq ma’lumotlar Respublika bolalar kutubxonasining telegramdagi rasmiy sahifasida e‘lon qilib boriladi.

😀Ushbu ko‘rik-tanlovlarda faol ishtirok eting va g‘oliblikni qo‘lga kiritib, Respublika bolalar kutubxonasining esdalik sovg‘alariga ega bo‘ling!

Respublika bolalar kutubxonasi Axborot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM