IMA Urganch shahar 1-son IMI
1.34K subscribers
7.83K photos
626 videos
39 files
2.49K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Urganch shahar 1-son IMI ning matbuot xizmati.
🏢Urganch 1-son IMI faoliyati;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika

Tel: +998622232031
Download Telegram
#vatanparvarlik_oyligi

🇺🇿Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida  ChQBT Alisher Rajabov rahbarligida harbiy vatanparvarlik oyligi doirasidagi tanlovlar davom etmoqda

⚡️Jumladan, 27-yanvar sanasida 6-sinf o'quvchilari o'rtasida "Men Jaloladdin Manguberdi va Amir Temur kabi buyuk sarkardalar avlodiman" mavzusida rasmlar tanlovi o'tkazildi.

🇺🇿Vatanparvarlik oyligi doirasidagi tadbirlar davom etmoqda.

🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹

🌐https://t.me/Urganch_IMI
#Vatanparvarlik_oyligi
#harbiy_qism
#Vatanga_qasam

        HARBIY QISMDA BIR KUN

✍️Harbiy qismda bir kun” va “Vatanga qasam”  tadbirlar turkumi orqali o‘quvchilarni harbiy xizmatning sharafli va masʼuliyatli jihatlari, harbiy qismda askar va zobitlarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishtirish va shu orqali ularni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 8-sinf o'quvchilari bilan Urganch shahridagi 53008 harbiy qismga sayohat uyushtirildi.

👨‍✈️
Sayohat davomida Urganch shahridagi 53008 harbiy qismning faollar zalida  bo'lib o'tgan suhbatda maktabning ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi M.Karimova o'quvchilarga harbiy-vatanparvarlik va ona-yurtga sadoqat, milliy g'urur va iftihor tushunchalari yuzasidan tushuntirdi . Nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni yana-da mustahkamlash borasida o'quvchilarga ma'lumot berdi. Suhbat davomida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

🌐https://t.me/Urganch_IMI
Forwarded from Eco-schools Uzbekistan
😉Barchaga xayrli kun! Bugun loyihada 5 yildan ortiq vaqt davomida ishtirok etayotgan britaniyalik bolalar o‘z tajribasi haqida so‘zlab beradilar.
🌳Keling, ularning hikoyalarini tinglab, qanday qilib maktabimizda ekologik holatni yaxshilashimiz mumkinligi haqida o‘ylab ko‘ramiz.



😉Доброго, солнечного дня всем! Сегодня нам расскажут о своём опыте британские ребята, которые участвуют в проекте больше 5 лет.
🌳Давайте послушаем их истории и подумаем, как вы сможете улучшить экологическую обстановку в своей школе.

Zamin | Facebook | Instagram
Forwarded from Grantlar.uz
Canada/USA Mathcamp: 13-18 yoshli oʻquvchilar uchun AQSHda yozgi matematika oromgohi; toʻliq moliyaviy yordam mavjud!

Oromgohda ingliz tilini biladigan va matematikaga qiziqadigan 13-18 yoshli maktab, oʻquvchilari, kollej va litsey oʻquvchilari qatnashishi mumkin.

Oromgoh mashgʻulotlari 2023-yil 2-iyuldan 6-avgustgacha Burlington shahrida (AQSH) boʻlib oʻtadi.

Moliyaviy yordam

Dastur bir necha turdagi toʻliq va qisman grantlarni taklif etadi. Ularning eng katta miqdorlisi quyidagi imkoniyatlarni beradi:
– Dasturda qatnashish haqi, jumladan turar joy, oziq-ovqat, ichki transport xarajatlari qoplanadi
– Borish va kelish uchun mablagʻ ajratiladi

Arizalar 2023-yil 9-martgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/canada-usa-mathcamp-for-13-18-year-olds/

@grantlar
❗️❗️❗️ “Mard o‘g‘lon” davlat mukofotining 2023-yilgi saralash bosqichiga start berildi!

Ayni paytda Davlat mukofotiga 2023-yilgi saralash jarayonlari amalga oshirilmoqda.

⚔️Shu munosabat bilan, Respublika hamda xalqaro miqyosida oʻtkazilgan musobaqalar, loyiha va tanlovlarda gʻolib boʻlgan, jamiyatimiz hayotining turli sohalarida yuqori natijalarga erishgan hamda mardlik va jasorat, qatʼiyatlilik, halollik, vatanparvarlik kabi fazilatlari, shuningdek, oʻzining chuqur bilimi, tashabbuskorligi, ishbilarmonligi, shijoati va fidoyiligi bilan ajralib turgan iqtidorli 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yigitlar oʻz hujjatlarini joriy yilning 1-martga qadar yashash manzili joylashgan hudud boʻyicha Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) boʻlimlariga topshirishi tavsiya etiladi.

😎 Nizom bilan tanishish

#MardOʻgʻlon
#ochiq_dars
#ixtisoslashtirilgan_maktab



⚡️Uragnch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida ingliz tili fani o'qituvchisi A. Narimanova 5-03 sinf o'quvchilari bilan "Infarmation and technology" mavzusida ochiq dars o'tkazdi.

🔰O'quvchilar dars davomida mavzuga doir bo'lgan yangi so'zlar bilan tanishib olishdi. Shu so'zlar bilan bog'liq turli xil mashqlar bajarishdi. Jumladan, tinglab tushinish , ta'riflab tushintirish kabi mashqlar bajarildi.

⚡️Darsning ikkinchi qismida o'quvchilar yangi gramatik mavzu bilan tanishishdi. " QILA OLMOQ" mavzusini o'tgan zamondagi shaklini o'rganib, shunga doir turli xil mashqlar va o'yinlar o'ynashdi.
🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹

🌐https://t.me/Urganch_IMI
#ota_onalar_yig'ilishi
#ixtisoslashtirilgan_maktab

📌Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida 10-11 -sinflar kesimida II chorak yakuni, III chorak davomida o'quv-tarbiya jarayonida amalga oshiriladigan rejalar, o'quvchilarning ta'lim va tarbiyaviy jihatdan bilim va ko'nikmalari holati yuzasidan OTA-ONALAR yig'ilishi o'tkazildi.

Yig‘ilishda ota-onalarga pedagog-o‘qituvchilar tomonidan II chorak yakuni va III chorak davomida amalga oshiriladigan rejalar haqida ma‘lumotlar berildi.

📌Yig'ilish davomidi maktab direktori G'.Axmedov 11-sinf o'quvchilarining ota-onalariga farzandini qaysi kasbga qiziqishlarini  va qaysi oliy ta'lim muassasasiga topshirishini bilishlari kerakligini aytib o'tdi.

Yig‘ilish yakunida iqtidorli, turli tanlov va fan  olimpiadalarda  faol qatnashgan o'quvchilarning  ota-onalariga maktab ma‘muriyati  tomonidan minnatdorchilik bildirish maqsadida Tashakkurnomalar
taqdim etildi.

🌐https://t.me/Urganch_IMI