UNIVERSE_FANFICS
109 subscribers
11.6K photos
4.82K videos
58 files
748 links
🦋 안녕하세요

💘 ᴡᴇʟᴄᴏᴍᴇ ᴛᴏ​ ᴜɴɪᴠᴇʀsᴇ ꜰᴀɴꜰɪᴄs

You can find #hot #mafia, #drama, #tragedy ᴀɴᴅ #comedy fanfics

🦄 𝙰𝚍𝚖𝚒𝚗𝚜: #Mia #Jena #Nara #Runa #Mina

💌 Fanfics catalog: @universe_fanfics_catalog
Download Telegram
New #fanfic by #Mia

𝚄𝙽𝙵𝙾𝚁𝙶𝙴𝚃𝚃𝙰𝙱𝙻𝙴 𝙻𝙾𝚅𝙴

Janr: #drama #melodrama
Rollarda:
#Seokjin #Taehyung #Jungkook

#Yunsi #Taehee #Sumin

#Jimin #Jena


•|Nuqtadan keyin tugamagan jumlalar bor

"Soʻzim tugadi"-degandan keyin tugamagan mavzular bor

"Oʻtib ketdi "-degandan keyin oʻtmagan ogʻriqlar bor •|


#Mia
@Universe_fanfics
New #fanfic by #Mia

𝚄𝙽𝙵𝙾𝚁𝙶𝙴𝚃𝚃𝙰𝙱𝙻𝙴 𝙻𝙾𝚅𝙴

#20qism

Yunsi bo'ynida biriz achishishni his qilib, ko'zyoshalrdan ishib og'riq berayotgan ko'zlarini ochdi. Boshini ko'tarib o'tirarkan, yonida mudrab qolgan Taeheeni ko'rdi. Uni uyg'otmaslik uchun sekinlik bilan yotqdan turdi, ammo Taehee sezgandek uygʻonib Yunsiga qaradi va quchoqlab oldi
-onni ahvoling yaxshimi?) biroz avval qoʻrquvdan qaltirayotgan Taehee Yunsini quchgach biroz oʻziga keldi -nima istaysan? Qorning ham ochgandir? Kechadan beri suv ham ichmading
-hammasi joyida. Men ketishim kerak) Yunsi shunday deb javondan kiyimlarini oldi
-qayerga?... Yoki Jin bilan koʻrishasanmi?
-xa
-ammo Yunsi u senga ishonmadi. Koʻrmadingmi u tentak seni qanday ayblaganini?
-u majbur edi. Agar menga ham shunday qilishganda men ham albatta atrofdagilarni ayiblardi.... Nima boʻlsa ham men u bilan gaplashishim shart. Undan boshqa suyanchigʻim yoʻq. Undan boshqa hechkim bizga yordam berolmaydi Taehee
-ammo u yanada seni ayblasachi, ishonmasachi. Qiynalgan yana faqat sen boʻlsanmi? Yana ogʻriqlarda yashaysanmi onni? Men bunga chiday olmayman. Seni qiynalayotganingni kuzatish qanchalik menga qiyinligini bilasanmi? Men faqat... Men faqat seni baxtli boʻlishingni xohlayman
-baxtli boʻlaman albatta. Biz baxtli boʻlamiz. Jin nega menga ishonmasin, axir u meni sevadi. Men unga ishonaman-ku, u ham albatta menga ishonadi
-Yunsi...
-bas qil. Men dadam kelmasidan ketmoqchiman
-ammo dadam eshik tagida 20ga yaqin qoʻriqchilar qoldirgan, qanday chiqib ketmoqchisan onni?
-menga sen yordam berasan. Axir qochishga ustasan-ku
-...yaxshi urinib koʻraman

Nihoyat Yunsi nafasni boʻgʻadigan bu uydan chiqib ketdi. Endigi navbat Jinni qidirib topish edi. U avvaliga kompaniyaga bordi. U yerda endi Jin direktor emasligini eshitib, oʻzini yomon his qila boshladi

Pov Yunsi 🍃
Nahotki dada shunchalikka bordingiz... Nima uchun?...
Men Jinni 2 soatdan ortiq qidirdim. Uning barcha doʻstlaridan, kompaniya hodimlaridan soʻradim. Ammo hechkim hechnimani bilmasdi
Nima qilishni ham qayerga borishni ham bilmay qoldim
"Hoʻsh men Jin boʻlganimda qayerga borardim"
Bu savolni juda koʻp marotaba oʻylab chiqdim ammo befoyda. Hayolimdagi barcha tahminlar notoʻgʻri edi. Soʻnggi manzil biz doim boradigan va soʻnggi bor Jin menga turmush qurish taklifini bergan qahvaxonaga bordim
Men eshikdan kirarkanman, eshik ochilganida yuqoridagi yoqimli qoʻngʻiroqchalar jaranglay boshladi. Hozir tun boʻlgani sabab qahvaxonada hechkim koʻrinmasdi. Men Jin bilan doimo oʻtiradigan oyna oldidagi stol oldiga bordim. Oynadan tashqariga qaradim va birdan hayollarimda xotiralay tasviri namoyon boʻldi

Pov Av.
Memory 🫧

Noutbukdan boshini koʻtarmay nimadirlar qilayotgan Yunsiga tikilgancha oʻtirgan Jinni koʻzlari toʻsatdan oyna ortidagi manzaraga tushdi
-bugun birinchi qor yogʻdi
Jinning gapidan soʻng Yunsi noutbukdan koʻzlarini olib yogʻayotgan qorga qaradi
-bunchalar chiroyli) Yunsi jilmaygancha smartfonini olib bu goʻzal tabiat manzarasini rasmga ola boshladi
-bilasanmi Yunsi agar birinchi qor kuni sevishganlar bir-birga oʻz hislarini izhor qilsa, ular abadiy birga boʻlishar ekan. Bugun esa birinchi qor yogʻdi
-har yili birinchi qor yogʻadi-ku. Har yili sevishganlar shuni takrorlashadimi?
-aysh Yunsi... Doim shunday romantik lahzalarni buzasan
-...) Yunsi indamagach, Jin unga tikilishdan toʻxtab oyna oldiga qarab oldi. Shunda Yunsi jilmayib -agar bu rost boʻlsa sizga har yili sevishimni aytishga tayyorman)dedi
Shu on Jin Yunsiga qaradi. Yunsi hechnima boʻlmagandek qayta noutbukda ishini davom ettirdi. Ammo toʻsatdan Jin unga yaqinlashib qizning peshonasidan oʻpib oldi
Yunsi qizargancha Jinni koyiy boshladi -axir odamlar bizga qarashyabdi
-qarashaverishsin. Men oʻz sevganimni oʻpolmaymanmi
-Seokjin) Yunsi koʻzlarini katta-katta ochib, stol tagidan Jinni oyogʻini bosdi
-aaaah....men ham seni sevaman
-bas qiling) Yunsi shunday deb qizargan yuzlarini berkitish uchun qoʻllari bilan yopdi

Memory End 🫧
Qahvaxona oshxonasidan Jin qoʻllarini sochiqqa artgancha chiqib, stol oldida boshini egib koʻzyoshlarini artayotgan qizni ortidan -kechirasiz biz yopilyabmiz) dedi
-Seokjin) Yunsi shunday deb orriga burildi va Jinni quchib oldi
Bu Yunsi ekanligini unga qarab soʻng quchoqlaganidan bilgan Jin jiddiylik bilan uni oʻzidan itardi
-Seokjin...
-nega kelding?
-sen bilan gaplashib olishimiz kerak
-meni senda hechqanday gapim yoʻq. Endi ket
-ammo meni gapim bor. Bir marotaba boʻlsa ham meni eshit
-...) Jin indamadi. Rozi boʻlgandek xoʻrsinib qoʻydi
-oʻtir) Yunsi shunday degach Jin noiloj uning toʻgʻrisiga oʻtirdi -Seokjin meni dadam sizga va oilangizga nima qilganini bilmayman. Ammo senga toʻgʻrisini aytyabman bulardan na meni va na Taeheeni habari bor edi. Biz hechnimani bilmagandik. Barchasini dadam uyishtirgan...
-bas qil. Yana seni yolgʻonlaringni eshitishni istamayman
-bu yolgʻon emas. Men sizga hechqachon yolgʻon gapirmadim Jin. Tuygʻularimda ham zarracha yolgʻon yoʻq edi qasam ichaman
-endi kech. Seni qasamlaringga ham soʻzlaringga ham ishonmaydigan darajada gʻazablanyabman...
-tushunaman. Sen qatori men ham. Otam bunchalikka boradi deb oʻylamagandim. Oʻz nafsi yoʻlida hatto meni ham qurbon qildi. Menga ishoning Jin men ham azoblanyabman. Otamning qilganlaridan, bizga bunday hayotni berganidan gʻazabdaman...) Yunsi yegʻlagancha, boʻgʻiq ovoz bilan gapirarkan Jinning qoʻllaridan tutdi -menga ishoning. Axir meni sevasiz-ku toʻgʻrimi?
-hammasi tugadi) Jin shunday deb qoʻlini Yunsidan tortib oldi va oʻrnidan turdi -bu yerdan ket va qaytib kelma
-Nega menga ishonging kelmaydi? Menda nima ayib? Nega men doim azob chekishim kerak nima uchun?
-meni aybim nimada edi? Bizni oilamizning aybi nima edi gapir? Sen, singling va otang bizni azobga qoʻydingiz. Bizni, meni hayotimni shunday ahvolga keltirdingiz
-Hech boʻlmasa siz menga ishonasiz deb oʻylagandim... Axmoq ekanman. Aslida menda oʻzimdan boshqa hechkim yoʻq ekan hechkim. Sizga ishongandim. Endi hayotim yaxshilanadi siz bilan baxtli boʻlaman degandim. Sizni sevgandim Jin
-qaniydi sevmasang edi. Qaniydi men seni sevmaganimda) Jin shunday deb koʻrsatkich barmogʻi bilan har bir soʻzni aytganida Yunsining koʻksidan itarardi
-afsuslanyabsizmi?
-xa afsusdaman. Hayotimga kirib kelgan kuninga lanatlar boʻlsin
Yunsining quloqlarida Jinning gapi aks-sado boʻlgandek takrorlana boshladi. Ortiq bu yerda uni hechnima ushlab turolmadi. U ortga burilib sekin qadamlar bilan qahvaxonadan chiqib ketdi

Pov Seokjin 🍃
Yunsini koʻrib oʻzimga tushunmay qoldim. Tuygʻularimga tushunmayabman. Bir tomondan undan nafratlanishim kerakligini tushunsam, bir tomondan unga nisbatan boʻlgan tuygʻular qarshiligiga uchrardim. Uni koʻrganimda birinchi hayolimni tortgan narsa boʻynidagi kesilgan iz edi. Bu qachon boʻldi? Axir kechagina yoʻq edi-ku. Buni kim qildi?
Savollar tufayli bir vaqt uning soʻzlariga ishongim keldi va uni tinglashga rozi boʻldim. Ammo keyin negaligini bilmayman ichimdan gʻazab qaynab chiqqandek boʻldi. Miyyamda uni aldayotgani isbotlab berilayotgandek edi
Nima uchun aynan men? Nega Yunsi men bilan Taehyung esa uning singlisi bilan toʻqnash keldi va yana aynan nega meni otam bilan uning otasi toʻy qilishni xohlab qolishdi. Buni taqdirga yoʻyish juda kulguli tuyulardi. Shu sababli men unga ishonolmadim... Barcha alamimni undan olishni xohladimmi bilmayman, unga yolgʻon aralash gaplar aytdim... Ammo nima qilgan boʻlsam ham yakunni men qoʻydim. Balki u hech qachon menga qaytmaydi. Balki sevgi qissamiz shu yerda yakun topdi...

Pov Av.
Yunsi oʻzini zoʻrgʻa tutib uyga kirarkan darvoza oldida qoʻriqchilarni urshayotgan otasini koʻrdi
-YUNSI QAYERDA EDING????
-...) Yunsi indamadi
-SENGA GAPIRYABMAN MENGA JAVOB BER!) janob Chxve Xansuk baqirishda davom etdi
-dada umringizda bir marta yaxshilik qiling! Iltimos ayni damda meni oʻz holimga qoʻying
-Yunsi) Taehee otasining ovozini eshitib xonasidan yugurib, Yunsining oldiga bordi
-yaxshi. Sen shuni xohlar ekansan mayli. Hozir xonanga borishing mumkin, ammo ertaga uchrashuving bor. Qarshiliklaring kimga ziyon keltirishini bilasan) Chxve shunday deb Taeheega qaradi
-hoʻp dada) Yunsi shunday deb uyga kirib ketdi
-nima? Onni nimalar deyabsan? Yunsi toʻxta) Taehee Yunsini ortidan kelarkan Yunsi xonasiga kirib eshikni qulfladi
-eshikni och Yunsi. Meni qoʻrqitma) Taehee eshikni qattiq taqillata boshladi
-Taehee meni ahvolim yaxshi. Endi xonanga bor men yolgʻiz qolmoqchiman. Ertaga bafurja gaplashamiz) Yunsi xona ichkarisidan gapira boshladi
-ammo...
-iltimos aytganimni qil!
-yaxshi onni. Hayrli tun
Jena uygʻongach oshxonaga chiqdi va chiqish eshigi oldida turgan chamadonlarni koʻrdi. Soʻng oshxonada nonushta tayyorlayotgan Park xonimga qarab
-oyi Jimin bugun uchib ketyabdimi?) deb soʻradi
-xa 2 soatdan keyin
-nega bunchalar tez?
-samalyot vaqti shunday ekan qizim. Undan koʻra bor tezroq ukangni uygʻot. Yana Jiminni kuzatishga kech qolmaylik
-Jimin qayerda?
-u erta tongdan uygʻonib, doʻstlari bilan hayrlashish uchun uydan chiqib ketdi
Jena indamay qoldi. Jimin ketayotgani uchun oxirgi kunlarda oʻzini gʻalati his qilayotgan Jena Jimin ketishiga endi soatlargina qolganini eshitib battarroq ahvolga tushdi

Nonushtadan soʻng Jena Jiminni xonasiga kirdi. Jena xonadagi suratlar va bir-qancha narsalar yoʻqligini koʻrib, huddi xona boʻshab qolgandek his qildi. Soʻng Jenaning koʻzlari yotoq oldidagi kichik stol ustidagi rasmga tushdi. Borib rasmni olarkan yuragi ogʻrib, koʻzyoshlari koʻzlariga toʻldi. Suratda Jimin 5-6 yoshlardagi Jenani qoʻllarida koʻtarib, olgancha yuzlaridan oʻpayotgani tasvirlangandi
Toʻsatdan xona eshigi ochilib ichkariga Jimin kirib keldi. U Jenani yegʻlayotganini koʻrib, havotirlanib uni oldiga bordi
-Jena hammasi yaxshimi? Nega yegʻlayabsan?
-iltimos Jimin ketma. Yolvoraman meni yolgʻiz qoldirma
-...) Jimin Jenani gaplariga biroz jimib qoldi. Soʻng hayollarini toʻplab -Jena biz doim suratdagi kabi yoshbola boʻlib qolmaymiz toʻgʻrimi? Tushun sen oʻz yoʻlingdan men esa oʻz yoʻlimdan ketish vaqti keldi
Jimin oʻz gapirayotgan gaplaridan yuragi siqildi
-kelmasin. Xohlamayman
Jimin chuqur nafas olgach, Jenaga qayta yuzlandi -endi yuraqol. Meni ayraportga qadar kuzatib qoʻyarsan


Park oilasi ayraportga yetib keldi. Samalyot uchushiga 20 daqiqa qolgandi
-Jimin biror muammo chiqsa oʻzing hal qilishga urunma. Avval mendan yordam soʻra. Men doim yoningdaman
-hoʻp rahmat dada) Jimin shunday deb otasini quchoqladi
-u yerda issiq kiyinib yur. Amerika qishda bu yerdan ham sovuq boʻladi. Vaqtida ovqatlanishni unutma. Oʻqishim kerak deb sogʻligʻing haqida unutib qoʻyma. Dam olishga ham vaqt top
-men ham oyi) Jimin shunday deb jilmaygancha onasining yuzidan oʻpib qoʻydi
-hayr Jimin hyung. Taʼtilda albatta sizni koʻrgani boraman. Sizni sogʻinamiz
-men ham sizlarni sogʻinaman. Oilamizga gʻamxoʻrlik qil. Ayniqsa tinch yurmas Jenaga koʻz quloq boʻl) Jimin Jackni quchib
-yaaaaa) Jena yigʻi aralash jahl qilib qoʻydi
Jimin Jena bilan hayrlashish uchun uni toʻgʻrisiga turdi
-aslo... Aslo menga hayr dema. Men hayrlashishni yomon koʻraman
-hayr Jena
-...) Jena yuzlarini berkitdi. Biroz jimlikdan soʻng koʻzyoshlarini artib choʻntagidan boyagi rasmni chiqardi va Jiminni qoʻliga tutqazdi -buni doim koʻradigan joyga qoʻy. Bu rasmni koʻrganingda qanchalik mehribon aka ekanligingni va men... Va men qanchalar seni yaxshi koʻrishimni eslatib tursi
Jenani gaplaridan soʻng Jimin suratga qaradi. Biroz sukunatdan soʻng bir tomchi koʻz yoshi suratga tegdi. Soʻng Jimin koʻzlarini ishqalab Jenaga qaradi va -hoʻp) dedi -sen aytganingdek qilaman
Jimin soʻngi bor oilasi bilan hayrlashgach ayraport ichkarisiga kirib ketdi. Jena oʻsha joyda uzoq turdi. Ota-onasi mashina tomon yurisharkan hali hamon Jimin ketgan yoʻlakchaga qarab turgan Jenani koʻrishdi
-Jena yuraqol
Jenani ota-onasi chaqirgach oʻziga kelib, mashinaga oʻtirdi. Ammo hamon yuragida qandaydir notinchlik va gʻamginlik bor edi. Mashina deyarli uyga yetganida Jena chiday olmadi. Chuqur nafas olib -men Jiminni sevaman) dedi
-nima?) mashina toʻxtadi
-men Jiminsiz nafas ham ololmayman. Shu sababli menga ham u bilan ketishimga ruhsat bering
Biroz sukunatdan soʻng janob Park qayta mashinani yurgazdi va ortga qayildi
-mashinani tez haydasak samalyot uchib ketishidan avval ulguramiz
Jena otasining javobidan hursand boʻlib ketdi

Park oilasi bugun ham oʻgʻli bilan ham qizi bilan hayrlashdi
-kechirasiz. Yoningizdagi oʻrindiq boʻshmi) Jena Jimin oʻtirgan oʻrindiqlar oldiga borib, biroz ovozini oʻzgartirib gapirdi
-xa mar...) Jimin avvaliga Jenaning ovozini tanimadi. Soʻng tepasida unga qarab jilmayib turgan Jenani koʻrib hayron qarab qoldi -sen bu yerda...
-dadam va oyim Amerikada adashib qolib, qaysidir qizlar bilan gaplashib ketmasin deb senga koʻz-quloq boʻlishim uchun meni yuborishdi
-nima?
-ufff nega tushunmaysan oppa
-Jena sen nimalar deyabsan? Nega bu yerga kelding? Yoki bu hazilmi?
-Men ularga seni sevishimni aytdim
-nima?
-men seni sevaman Jimin
-...) Jiminning quloqlari qizarib ketdi. Nigohlarini Jenadan uzib toʻgʻriga qarab oldi
-Jimin ahvoling yaxshimi? Oqarib ketdingmi?
-huddi bu gapni koʻp marotaba aytgandek qanday hotirjamlik bilan gapirding
-nimani aytyabsan?
-haligi... Anavi.... Men
-nima sen?
-men seni
-sen meni???
-men seni se...vaman... Deding-ku shuni qanday hotirjamlik bilan ayta olasan
-...) Jena kulib yubordi. Soʻng jiddiy tortib Jiminni qoʻlidan ushladi va unga qarab -Jimin endi seni hech qachon qoʻyib yubormayman. Senga qanchalik bogʻlanib oʻrganib qolganimni sezmay, sendan osonlikcha kechmoqchi boʻlibman. Bu xato boshqa umuman takrorlanmaydi
-...) Jimin jilmayib, Jenaning qoʻlidan oʻpib qoʻydi

Baʼzan tan olishga qoʻrqamiz. Ammo bir kuni tan olmaganimiz uchun oʻzimizni ayblaymiz.
Ertaga qalbimizni birovlar yaramasligi uchun, hozir oʻzimiz unga bir-ikki saboqlarni beraylik. Zero oʻzini harkimga ham bagʻshlamasin
Sevdikmi buni ayta olaylik
Jungkook bosh ogʻrigʻidan uygʻondi. Stol ustida ichimlik butilkalari va bir nechta sigaret qoldiqlari
-jin ursin*) Jungkook zoʻrgʻa oʻrnidan turib, telefoniga qaradi. Avvaliga soatga qaradi. Soat kunduzgi 2. Soʻng oʻtkazib yuborilgan qoʻngʻiroqlarga qaradi. Jimin 21 marta, Jeon xonim 2marta, Taehyungdan 1 marta oʻtkazib yuborilgan qoʻngʻiroq. Jungkook avvaliga Taehyungga qoʻngʻiroq qildi. Ammo u goʻshakni koʻtarmagach Jiminga qoʻngʻiroq qildi
-Jeon tirikmisan?) Jiminning hursandchilikdan baqirgan ovozi eshitildi
-...tinchlikmi qoʻngʻiroq qilgan ekansan
-bu qanday savol boʻldi. Tentak necha kundan beri yoʻqsan. Qayerlardasan? Taehyung haqida sen ham eshitdingmi?
-nimani?
-demak eshitmading. Televizorni yoq
Jungkook goʻshakni qoʻymay, televizorni yoqdi
- Janob Kim Xesuk narkotika kontrabandachilikda aybdor deb topilib hibsga olingan edi. Bugun uning sud ishi boʻlib oʻtdi. Sud vaziyatni muhokama qilib, javobgar Kim Xesukni 12 yilga ozodlikdan mahrum qildi
-jin ursin* bu qachon boʻldi?
-3 kun avval
-nega meni habarim yoʻq? Nega menga aytmading) Jungkook shoshgancha ustiga kiyim kiydi
-goʻshakni koʻtarsang aytaman-da. Uyinga borib qancha taqillatdim. Hech kim chiqmadi. Seni qayerdan topishni ham bilmay qoldim
-Taehyung hozi qayerda?
-men bugun uni uy manzilini topgandim. Hozir oʻsha yerga ketyabman xohlasang seni ham olib ketaman
-yaxshi men uydan chiqyabman) Jungkook goʻshakni qoʻyib, oyoq kiymini kiygach uydan chiqib ketdi

-salo... Oh Jungkook 3kun faqat ichdingmi?) Jimin mashinaga chiqqan Jeonga qarab burnini yopdi
-jim boʻl va hayda
-menga qara) Jimin mashinani haydarkan -bir qizni deb oʻzingni bunday holga solma. Taqdiring shunday ekan nima ham qila olarding. Suminni endi qoʻyib yubor. U ham seni qoʻyib yubora oldi-ku. Sen ham harakat qilib koʻr
-...
-yoki nimadir boʻldimi? Qandaydir tentaklikka qoʻl urmagansan degan umiddaman
-...) Jungkook yana indamadi. Mashina oynasidan tashqarini kuzatarkan, hayolida Sumin bilan boʻlgan uchrashuv qaytalayverdi.

Flashback 🕊

Jungkook hech Sumin bilan ajralganiga ishonolmay, u bilan gaplashish uchun Kang xonimning kompaniyasiga bordi
-iltimos menga Kang Suminni chaqortirib bersangiz) Jungkook kraverishdagi kotibaga yuzlanib
-yaxshi sizni kim deb tanishtiray
-Jeon Jungkook
-yaxshi. Iltimos shu yerda kuting) kotiba shunday deb u yerdagi eshiklardan birini ochdi. Biroz oʻtib u yerdan kotiba soʻng Sumin chiqdi
Sumin butunlay oʻzgargandi. U huddi onasi kabi boʻlib qokgandek edi. Avvalgi sodda va yoqimtoy Sumin oʻrniga biznes va ishi muhim boʻlgan Sumin paydo boʻlgandi
-salom) Jungkook kamtarona jilmaydi
-hayrli kech. Nima istaysiz suv, qahva...
-Sumin...
-Kang xonim) Sumin taʼkidlab gapirdi
-Sumin. Nega bunchalar oʻzgarib ketding?
-janob Jeon agar yana munosabatlarimiz haqida gapirmoqchi boʻlsangiz iltimos vaqtimni olmang. Siz bilan barchasi tugagan
-tushunmadim...
-xayr Jeon Jungkook. Umid qilamanki oʻzingga mos, oilangga mos bir qizni topasan) Sumin jiddiylik bilangapirarkan oʻrnidan turdi va ketmoqchi boʻldi. Ammo uni bilagidan ushlab Jk toʻxtatdi
-Sumin bunday qilma. Ishon menga sensiz qiyin...
-janob Jeon iltimos boshqa kompaniyaga kelmang) Sumin shunday deb qoʻlini Jeonni qoʻlidan tortib oldi va xonasi tomon qaytib ketdi

Flashback end 🦢



Eshik qoʻngʻirogʻi chalingach, eshikni ustiga fartuk taqib olgan Taehyung ochdi. Eshik ortida uning doʻstlari turganini koʻrib nogahon koʻzlarini yerda kezdirdi
-Taehyung) Jimin Taeni quchib oldi -seni qancha qidirganimni bilasanmi? Nega qoʻngʻiroqlarimga javob bermaysan?
-kechirasan Jimin men...) Taehyung gapirarkan Jeon ham uni quchib oldi. Natijada Taehyung gapini tugatolmadi
Ular uyga kirib, kichik stol atrofiga oʻtirishdi
-boʻlganlardan afsusdaman doʻstim. Senga sabr tilayman
-...Bu Taehee va uning oilasini deb
-nima?) Taening gaplaridan Jeon ham Jimin ham hayron qarab qolishdi
-ularning otasi janob Chxve barchasini uyishtirdi. Tushunyabsizmi? Men va Taeheening uchrashuvimiz, akam va Yunsining unashtiruvi, janob Chxve va meni dadamning doʻstligi bularning bari tasodif deb oʻylagandim. Adashibman
-Taehyung bu boʻlishi mumkin emas. Balki bu yerda qandaydir tushunmovchilik boʻlib oʻtgandir
-Jimin men ham shunday deyishni xohlardim. Qaniydi bu yolgʻon boʻlsa... Ammo dalillar ham bor. Otamga Yunsi hujjatlar olib kelgan va otam hujjatlarga qaramay qoʻl qoʻygan. Ammo u hujjatlar narkotika savdo kontrakti va aksiyalarni Chxvega oʻtish hujjati boʻlgan. Soʻng uning otasi Chxve otamning kompanuyasiga kelib, narkotik moddalarni joylagan. Natijada otam qamaldi, biz esa hechnimasiz qoldik
-Taehyung biz doim oldingdamiz
-...
-buni ol. Doʻstligimiz haqqi-hurmati ol. Bu oʻzimni pulim. Unchalik koʻp boʻlmasa ham qabul qil. Olaqol. Ol) Jilin shunday deb hamyonidan chiqargan oq konvert oʻralgan pulni berdi
-shart emas...
-shart! Olmasang xafa boʻlaman) Taehyung konvertni oldi
-Tae xohlasangiz meni uyimga koʻchib oʻting. U yerda xonalar koʻp. Qolaversa men ham oyimni oldida yashamoqchiman
-yoʻq yoʻq
-nega? Baribir uy boʻsh qoladi. Jin hyung bilan maslahatlashib koʻr
-rostdan ham kerakmas Jungkook. Bu yer yaxshi. Qolaversa akam ham bunga qarshilik qilishi aniq
-...mayli
-menga bir yordam qila olasizmi?
-albatta
-menga ish kerak. Qanday boʻlsa ham mayli. Akamga biroz boʻlsada yordam qilsam deyman
-haligi seni ishlay olasan deb oʻylayabman
-Jungkook) Jimin Jkni boshiga urdi
-aysh nimaaa?
-yigitlar boʻldi bas qiling) Taehyung ularning odatiy tortishuvidan kula boshladi
-...Taehyung men bugun ketyabman. Shunga ish topishda men ojizman
-nima?
-nega buncha tez?) Jungkook hayron boʻlib
-tez emas. Sen 3kun uxlaganingda samalyot uchish vaqti ham keldi) Jimin kula boshladi
-judayam kulguli) Jungkook jiddiylik bilan qovoqlarini uydi
-Jimin ketgach qoʻngʻiroq qilibdur. Albatta qaytib kelish haqida oʻyla
-...) Jimin "hoʻp" degandek boshini silkidi
-bizga nima boʻldi? Taehyung bu ahvolda, Jimin ketyabdi va men onamni oldiga qaytyabman
-bechora. Hammamizdan ham senga qiyin) Jimin kesatiqli gapirgach, oʻrnidan turdi va yigitlarga qarab -qani bugun soʻngi bor mazza qilaylik
-men hozir kambagʻaldan ham pul soʻraydigan ahvoldaman. Oʻzing toʻlasang boraman albatta) Jungkook Jiminga qarab bir koʻzini qisib qoʻydi
-aysh senga kim puling tugaguncha boʻkib ich dedi... Turing oʻzim toʻlayman
-bunisi boshqa gap Jimin~shii

***

Yigitlar uzoq suhbatlashishdi. Toki Jimin ketmagunicha kunlarini huddi avallari boʻlgani kabi oʻtqazishdi
-Jimin uchun) yigitlar soʻnggi bakal viskini tugatishdi va Jimin bilan hayrlashishdi

Taehyung uyga qaytarkan, uyi tomonda mashina turganini koʻrdi
-uyga kim keldi?) Taehyung uyga kirarkan, oshxonadan akasining kimdir bilan suhbatlashayotgan ovozi eshitildi. Taehyung oyoq kiymini yechgach oshxonaga kirdi va akasini oldida necha yillardan beri koʻrinmay qolgan Seokjinni yaqin doʻsti oʻtirganini koʻrdi
-Namjoon hyung) Taehyung hursand boʻlganidan Namjoonni quchib oldi
-salom Taehyung. Katta boʻlib ketibsanmi?
-qachon keldingiz. Sizni Germaniyaga ketgansiz deyishgandi
-kecha kelgandim
-Taehyung oyimga qara. Uyni yegʻishtirayotgan edilar. Yordamlash) Seokjin Namjoon bilan yolgʻiz gaplashib olmoqchi boʻlib
-yaxshi hyung
-...Namjoon men faqat ish taklifingni qila olaman. Uyni oʻzim ishlab olaman degandim
-Jin sen meni yaqin doʻstimsan, yoki yolgʻonmi?
-albatta toʻgʻri
-shunday ekan indamay aytganimni qil. Uy pulini maoshingdan olib qolaveraman
-ammo...
-Jin qaysarlik qilma. Menda ham shunga oʻxshash xolat boʻlmadimi? Hechkim yordam berishni xohlamadi, ammo sen doim meni yonimda turding. Bu huddi qarz olib endi qaytarishdek gap. Endi meni navbatim. Qarzini qaytaryabdi deb tushun
-rahmat doʻstim... Rahmat
-...yaxshi. Hammasi hal boʻlgan boʻlsa ertaga gaplashamiz. Ertaga 9 dan kech qolmay kompaniyaga kel
-hoʻp
-unday boʻlsa ertagacha koʻrishguncha) Namjoon shunday deb uydan chiqib ketdi



#To_be_continued
#Mia
@Universe_fanfics
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hayrli tong Yorobun💗

Erta tongdan sizga qaynoqqina fanfic ob keldim😃
Anchadan beri kutvotgan fanficila nihoyat yana davom etmoqda

Silaga oldingi safar akkauntimi ochomayotganim uchun fanfici tashomayaman dganidim. Akkauntim haliyam yopiq, ochomayaman😭🤦‍♀

Shu sababli fanfici qaytadan yozishga to'gri kevoti. Sizdan iltimos fanficga fikr va reaksiya bildirila. Qaytadan yozish bu osonmas. Agar fikrlaga qornim to'ymasa aniq boshqa bu fanfici yozmiman😶


#Mia
@Universe_fanfics
Namjoonning Rolling Hallda Live in Seoul konsertidan suratlar.


#Nara
@universe_fanfics
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Coldplay | Twitter

— Bir yil oldin... The Voice finalida BTS gologrammalari bilan chiqish


#Nara
@universe_fanfics