UNIVERSE_FANFICS
109 subscribers
11.6K photos
4.82K videos
58 files
748 links
🦋 안녕하세요

💘 ᴡᴇʟᴄᴏᴍᴇ ᴛᴏ​ ᴜɴɪᴠᴇʀsᴇ ꜰᴀɴꜰɪᴄs

You can find #hot #mafia, #drama, #tragedy ᴀɴᴅ #comedy fanfics

🦄 𝙰𝚍𝚖𝚒𝚗𝚜: #Mia #Jena #Nara #Runa #Mina

💌 Fanfics catalog: @universe_fanfics_catalog
Download Telegram
Mina- o‘zini kim deb o‘ylaydi hayronman ahmoq to‘nka

Mina xona bo‘ylab yurarkan eshik ochilib jin kirib keldi

Jin - ko‘rdingmi

Mina- ko‘rdim o‘zicha osmon hih seni deb obro‘yimga putur yetadi deydiya yaramas

Jin - buni aytmadim

Mina- unda nima

Jin - u seni rashk qildi

Mina- xaxaxaxaxaxax nima park jimina u hech qachon meni rashk qilmaydi senga oldin aytganimdek u meni sev-may-di

Mina gapirar ekan ovozi pasayib bordi bo‘g‘ziga nimadir tiqilganday bo‘ldi

Jin - adashasan u seni rashk qildi

Mina- ammo u

Jin - shunchaki rashk qilayotganini bildirmaslik uchun shunday dedi

Jin biroz to‘xtab minaga qarab turdi mina esa jin aytgan gaplarni miyasida tahlil qila boshladi

Jin- mina biz erkaklar o‘zi shundaymiz bizga tegishli bo‘lgan narsalarga yaqinlashmaymiz ammo birovga ham berib qo‘ymaymiz

Mina- men endi nima qilishim kk ahr tushun jin agarda u haqiqatdan ham meni sevganida men bn ajrashmasdi

Jin - ayol makri 40 tuyaga yuk bo‘ladi deyishadiku balki kimdir uni yo‘ldan ozdirgandir

Mina- shunday ded o‘ylaysanmi

Jin - ha sen harakat qil jiminni ortga qaytarishga oxirida u bn yashashni istamasang ham hech nima o‘zgarmaydi shunchaki qasos olgan bo‘lasan

Mina- hmmmm o‘ylab ko‘rishim kk

Jin - yana qanaqa o‘ylash aaaa o‘sha Lina deganlari seni tirnog‘inga ham arzimaydi

Mina- uffff jin xonadan chiq men o‘ylab olishim kk

Jin - bo‘pti mana ketyapman ammo sen qiz yaxshilab o‘yla

Mina- hop hop

Mina jinni kuzatib qo‘ygach yotoqqa qaytdi tuni bn uxlamay nima qilish haqida o‘ylab chiqdi
Erta tong

Mina erta tongda jin bn mehmonxonadan ketishdi jin uni uyiga tashlab qo‘ygach o‘zi kompaniyaga ketdi mina uyga kirarkan deyarli bir haftadan beri tinmay ovozini eshitayotgan ikki insonni ko‘rib hafsalasi pir bo‘ldi

Mina- yana nima bo‘ldi

Taehyung- opa keldingizmi manabu yalmog‘iz haruga ovqat yedirib qo'yishimga qo'ymayapti

Haru - onni ayting haruga men ovqat beray ahr kech kuni bo'yi u haru bn bo'ldi

Mina - Taehyung Insu ovqatlantirib qo'ysin

Insu - yessss

Taehyung - yaaa u meni jiyanim

Mina - meni esa qizim

Mina haruni peshonasidan o‘pdida tepa qavatga chiqib ketdi Insu haruni quchog'iga olib ovqat bera boshladi

Taehyung - sovutib ber

Insu - aytmasang ham bilaman

Taehyung - yog'e men sen faqat gap qaytarishni bilasan deb o'ylagan edim

Insu - haru sen tog‘angni gaplariga quloq solma u miyyasini yegan

Taehyung - o yo'q Insu honim meni sirimni bilib qolibdilarku

Taehyung yolg'ondan o'zini qo'rqqanga soldi

Insu - senga maynavozchilik bo'lsa bo'ldi

Taehyung - ha nima yoqmadimi

Insu - haru shirinim o'zing ayt tog‘ang ahmoq a

Haru - yo'q tog'am hot yigit

Insu - nima

Taehyung - iiiii haru bu gapni hammani oldida aytmaslikka kelishib olgan edikku

Insu - yaaaa sen to'nka hali yosh bolaga shularni o‘rgatyapsanmi

Taehyung - men emas

Insu - aldama shrek

Taehyung - yalmog‘iz

Ikkalasi urushishar ekan haru ularni miriqib tomosha qilardi
Mina dush qabul qildi charchog‘i ancha yo'qoldi so'ng kompьyuterini ochib biroz ishladi ko'zlari toliqqandan so'ng xonadan chiqdi uy jim jit edi

Mina - sumin

Sumin - labbay onni

Mina - insular qayerda

Sumin - insu va haru bog'da o'ynashyapti Taehyung esa qayergadir ketdi

Mina - yaxshi men unda bog'ga chiqaman sen ikki xizmatchini bozorga jo'nat 80 90 kishiga mo‘ljallab qishki kiyim bosh o'yinchoqlar va oziq ovqat mahsulotlarini keltirishsin ha yana o'quv qurollari ham

Sumin - onni bugun ham yetimxonaga borasizmi

Mina - ha qish ham kelib qoldi o'tgan hafta bora olmagan edim bugun borib bolalarni ko'rib kelaman

Sumin - hop men unda hikmatchilarga aytay

Mina - bitta Qo'riqchi ham qo'shib yubor yuklari og'ir bo'lsa yuklashga yordam beradi

Sumin - a ha hop

Mina bog'ga chiqdi

Mina - meni g'o'zal malikam nimalar bn band hmmmm

Haru - oyi qarang biz rasm chizdik

Mina - qani

Mina yerga yozilgan gilam ustiga o'tirdi

Mina - oooooo bunchalar chiroyli bo'lmasa bu rasm Insu onnisi qara meni qizim qanchalik qobilyatli

Insu - ha nimasini aytasiz haru juda aqilli va qobilyatli qiz

Mina haruni yuzchalaridan ko'zlari qo‘llchalaridan o‘parkan haru qiqirlab kulardi

Mina - havo sovuq bali uyga kirarmiz yana shamollab qolmanglar

Insu - ha to'g'ri aytasiz mayli kiramiz

Mina - kuzning manzarasi juda ajoyib shundaymi

Mina deyarli barcha yaproqlari sirg'ayib yerga to'kilgan daraxtlarga qaradi

Insu - ha judayam go'zal

Ikki soatdan so'ng 23sonli bolalar uyi

Mina - mana bu senga bu esa senga shirinim voy sengayam beraman

Mina atrofini o'rab olgan balarga o'yinchoqlar ulasharkan chekkada o'tirgan qizloqqa ko'zi tushdi so'ng mina u bn kelgan ikki xizmatchiga ishora berdi uni tushungan xizmatchilar sovg'alarni o'zlari tarqata boshlashdi mina esa bolalar orasidan o'tib qizaloqni yoniga bordi

Mina - shirinim isming nima

Qizaloq - jiyuna
Yoshi 5 larda bo'lgan qizaloq nigohini tepada o'sib qo'yilgan rang barang sharlardan olmay gapirdi

Mina - qara men senga nima olib keldim
Mina qo'lidagi kul rang ayiqchani jiyunaga uzatdi jiyuna sekin minaga qaradi va biroz tabassum qilib ayiqchani oldi

Jiyuna - rahmat

Yana jimlik

Jiyuna - xolajon sizdan bir narsa so'rasam maylimi

Mina - mayli

Jiyuna - sharlarni yoqtirasizmi

Mina - ha yoqtiraman menimcha sharlarni hamma yoqtiradi

Jiyuna - ha to'g'ri ularni hamma yoqtiradi

Qizaloq yana sharlarga qaradi

Jiyuna - manashu ichi bo‘m bo‘sh sharlarni hamma yoqtiradi ammo meni ichim to'la mehr bo'lsa ham hech kimga keragim yo'q

Jiyunani gaplarini jim tinglayotgan mina gapirishga gap topa olmay qoldi unga mungli ko'zlar bn qarab turgan jajji qizaloqni nima deb ovutishni bilmadi
Birozdan so'ng bayram boshlandi hamma tomoshabinlar o'z joylarini egallashdi sahnaga birin keting bolalar chiqib she'r ayta boshlashdi bir shiringina bolakay chiqdi biroz hayajonlandi shekilli she'rni boshlashda qiynaldi so'ng ravon ayta boshladi

Sher

Tun o'z allasin aytib uxlatar meni
Go'yoki samoda yolg'iz yulduzman
Oyim yo'q hatto quyoshim yo'q meni
Onajonim tilidan chiqqan afsusman

Konglim yarim bo'lsa qaniydi meni
Hatto ko'ngli yo'q mendek faqirni
Otam ham onam ham qayda bilmayman
Qaniydi tinglasa mening dardimni

Meni ko'rganda dil g‘ashlab ketganlar
Ne qilarin bilmay tashlab ketganlar
Bilmam ular yomon yoki yaxshi
Bilmam ketganda ko'z yoshlab ketganlar

Bolakay sherini yakunlagach tomosha binlarga tazim qildi va sahna ortiga o'tdi allaqachon hammani ko'zini yoshlatgan bu bolalar minani ham ko'z yosh to'kishga majburlashdi
POV MINA
Nahot insonlar shunchalar razolat botqog'iga botishgan bo'lsa qanday qilib ona 9 oy yuragi ostida olib yurgan murg‘ak farzandini tashlab keta oladi to'g'ri sharoiti yo'qdir ammo shu kichkina bolalarga ko'p narsa kk emasku bilmadim bilmadim ularni inson deb atash mumkinmi

Mina uyga qaytdi uyga kirgach ust kiyimini xizmatchiga berdida haruni xonasiga bordi hozir borib qizalog‘ini quchoqlab o‘pishni xoxlardi xona qarshisiga keldi sekin eshikni ochib ichkariga kirdi

Mina - sen bu yerda nima qilayapsan

Jin - malikamni ko'rgani keldim
Jin shunday deb haruni yuzidan opib qo'ydi

Mina - hmmm mayli siz o'ynab turing men kiyimlarimni o'zgartirib qaytaman

Jin - yaxshi

Mina chiqib ketgach xonaga sumin keldi

Sumin - mana sizga qahva haruga esa yogurt

Shu payt suminga qo'ng'iroq bo'ldi ekrandagi yozuvni ko'rgan jin gapirdi

Jin - Jiminmi nega senga qo'ng'iroq qilyapti

Sumin - janob park har kuni kechga yaqin qo'ng'iroq qilib haru haqida so'raydilar

Jin - hih o'zicha mehribon ota shoshma javob ber

Endi qizil tugmani bosmoqchi bo'lgan suminni jin to'xtatdi

Jin - javob ber va men aytgan gaplarni takrorla

Sumin - nima nega

Jin - aytganimni

Sumin - hop lekin men so‘kishga majburlay olmaysiz

Jin - havotir olma

Sumin ufff tortdida qo'ng'iroqqa Javob berdi

Sumin - eshitaman

Jimin - sumin salom

Sumin - salom janob park

Jimin - haru qanday nima qilyapti

Sumin jinga qaradi jin ham pichirlab gapirdi sumin esa uni gaplarini takrorladi

Sumin - janob men uyda emas edim haru xonimni yoqtirgan yogurtlari qolmabdi shunga do'kon ketayotgan edim

Jimin - uyda sendan boshqa Xizmatchi yo'qmi

Sumin - bugun javob olib ketishgan edi aksiga olib Insu va Taehyungning ham ishlari bor ekan shunga o'zim ketyapman

Jimin - unda haruga kim qarayapti

Sumin jinga nima deysiz deb qaradi jin esa ayyorona jilmaydida pichirladi sumin boshini yo'q deb qimirlatdi jinni qoshlari chimirilganini ko'rib gapirishga majbur bo'ldi

Sumin - hali haru yolg'iz emas mina honim yonidalar va bir do'stlari ham kelgan edi

Jimin - kech bo'lganda qanaqa do'sti kelishi mumkin

Sumin - boylari uzun kelishgan bir yigit menimcha xonim Seokjin degandek bo'ldilar shekilli

Biroz jimlikdan so'ng jiminning qahrli ovozi yangradi

Jimin - sumin sen hozir uyga qayt

Sumin - ammo yogurtchi

Jimin - men o'sha atrofda edim o'zim yogurt etaman

Sumin - ammo

Jimin - bo'ldi sen qaytaver xayr

Sumin gapirishga ulgurmay Jimin telefonni qo'yib qo'ydi

Sumin - agarda sizni deb boshim baloga qolsa

Jin - havotirlanma endi esa boraver o'z ishlaring bn shug'ullan minaga esa bular haqida churq eta ko'rma

Sumin - hop

Sumin chiqib ketdi

Jin - ko'ramiz bugun ham rashk qilmaysanmi park jimin bugun dadangni biroz jahlini chiqaramiz malikam

Mazza qilib yogurt yeyayotgan haruga qarab jilmaydi

#miss_lee_yona
@universe_fanfics
Huh ulgurdim 19 bo'lishiga kam qoldi mayli ffni yangi qismi sizlarga yoqadi deb umid qilaman 19 ga qadar fikrlarni kutaman 19 dan keyin bildirilgan fikrlarni esa erta tongda o'qiyman iltimos ertalab fikrlarizni o'qib kayfiyatim tushib ketmasin ko'proq yozishga harakat qilinglaaa ahr men ffni ko'p qilib yozyapmanku hozir esa hammaga maroqli mutolaa tilayman Xato va kamchiliklar uchun oldindan uzur

#miss_lee_yona
@universe_fanfics
New #fanfic by #Mia

𝚄𝙽𝙵𝙾𝚁𝙶𝙴𝚃𝚃𝙰𝙱𝙻𝙴 𝙻𝙾𝚅𝙴

Janr: #drama #melodrama
Rollarda:
#Seokjin #Taehyung #Jungkook

#Yunsi #Taehee #Sumin

#Jimin #Jena


•|Nuqtadan keyin tugamagan jumlalar bor

"Soʻzim tugadi"-degandan keyin tugamagan mavzular bor

"Oʻtib ketdi "-degandan keyin oʻtmagan ogʻriqlar bor •|


#Mia
@Universe_fanfics
New #fanfic by #Mia

𝚄𝙽𝙵𝙾𝚁𝙶𝙴𝚃𝚃𝙰𝙱𝙻𝙴 𝙻𝙾𝚅𝙴

#10qism

Kechki tushlik vaqtida Kim oilasi odatdagidek dasturxon atrofida sukunat ichida ovqatlanishardi. Ammo koʻp oʻtmay Kim Xansuk sukunatni buzdi
-Jin ertaga doʻstim Xesukni qizi bilan uchrashuving bor
Otasining gapidan soʻng Jin qoʻlidagi sanchqini qoʻyib, otasiga yuzlandi
-balki bas qilarsiz. 10ta qiz bilan uchrashganim yetmadimi? Nega meni uylantirish fikridan hech qaytmaysiz? Men uylanmayman
-dada agar akam uylanishni xohlamasa qoʻying zoʻrlamang. Axir sizda boshqa variant ham bor) Taehyung suhbatga qoʻshilib, otasiga qarab kiymini toʻgʻirlab jilmaydi. Ammo yelkasiga tushgan yengil tarsakidan oyisi tomoniga qaradi -nima oyi?
-indamay ovqatlan) Kim xonim Taehyungni suhbatga aralashmasligini xohlab
-Jin) ammo janob Kim bunga eʼtibor bermay qayta Jinga yuzlandi -yoshing 40ga yetganda uylanmoqchimisan
-hali 30ga ham kirmadim siz 40 deysiz. Bunday bahona qilmay seni aksiya uchun uylantiryabman deb qoʻya qoling
-haddingni bil. Menga shular kerak deb oʻylaysanmi? Men nabira koʻrishni istayman bu ketishingda nabiralik boʻlmay oʻlib ketsam kerak) janob Kimni jahli chiqa boshladi
-...men charchadim. Xonamga chiqaman) Jin otasi bilan tortishishni xohlamay oʻrnidan turdi ammo qaysar janob Kim oʻz maqsadidan qolmasdi
-bu soʻnggi uchrashuv. Boshqa zoʻrlamayaman
-ertaga ishlarim koʻp. Uchrashuvni qoldiring
-uchrashuv belgilab boʻlingan. Vaqt top. Soat kunduzgi 2⁰⁰da ishxonang yonidagi kafeda
-... mayli. Hayrli tun) Jin shunday deb xonasiga chiqib ketdi
Tun. Jin telefonidagi Yunsining suratiga tikilgancha qarab yotar, hech uyqusi kelmasdi
Toʻsatdan xona eshigi taqilladi. Jin hechkimni koʻrishni istamay, javob bermadi. Xona eshigi ochilganini eshitganida huddi uxlayotgandek koʻzlarini yumib oldi
-aka...) Xonaga Taehyung kirib keldi -Uxlab qoldingmi? Dadam senga qizni rasmini berib yubordi. Menimcha bu qiz aniq senga yoqadi. Aka... Mayli uxlayver men rasmni ish stoling ustiga qoʻyaman... Hayrli tun

***

Yunsi koʻzyoshlarini artarkan boʻlgan ishlar haqida oʻyladi
Flashback 🕊️
Yunsi uchrashuvdan kelgach, qorni ochiqqanini his qildi
-jentelmen. Hatto ovqatlanishga ham olib kirmadi) Yunsi gapiga kulib, ovqat tayyorlashni boshladi. Oradan biroz vaqt oʻtgach Taeheega qoʻngʻiroq qildi. Ammo u goʻshakni koʻtarmagach yolgʻiz ovqatlanishga qaror qildi
-...) Yunsi berilib ovqatlanarkan, eshik qoʻngʻirogʻini eshitdi -Taehee kelgan boʻlsa kerak) Yunsi shu oʻyda eshikni ochishga bordi
-nega kech kelyabsan? Mendan...) Yunsi eshikni ochdi hamki, gapirishdan toʻxtab qoldi. Qarshisidagi odam esa unga jilmaygancha quchoqladi
-oh meni goʻzal qizim) Chxve Xesuk sogʻingandek qizini qattiq bagʻriga bosdi
-nega keldingiz?) Yunsi otasini quchogʻidan chiqib
-axx mehmonni ichkariga taklif qilmaysanmi?) Xesuk shunday deb ichkariga kirib ketdi -bu yer hali ham oʻsha-oʻsha. Kichik uyda qisilib qolmayapsizmi qizim?) Oʻzini huddi xavotirlanayotgandek koʻrsatayotgan ota, hatto Taehee yoʻqligi bilan ham qiziqmadi. Toʻgʻri borib kichik divanga oʻtirdi
-dada agar kartangizdagi pullar uchun kelgan boʻlsangiz shu hafta hammasini qaytaraman. Faqat biroz kuting
-yaaa qizim ota bilan farzandni oʻrtasida qarz boʻlarkanmi unut pullarni
-nima istaysiz unda?
-Yunsi doʻstimni oʻgʻli hali uylanmagan. Koʻrkam yigit, hatto oʻz biznesi bor. Yana....
-dada... Men turmushga chiqmayman. Buni avval ham aytganman
-Yunsi...
-agar shunga kelgan boʻlsangiz keting
-...majbur qilyabsan Yunsi...) Janob Chxve paltosining ichki hamyonidan qandaydir suratlar olib Yunsiga berdi
Suratda yuzi koʻrinmagam yigit Yunsining qoʻlidan ushlab ketayotgani, boshqasida Yunsi uning mashinasidan tushayotgani yana boshqalarida har xil rasmlar. Ammo hech birida yigitning yuzi aniq koʻrinmagan. Yunsi rasmlarni koʻrib bugungi Jin bilan uchrashuvidagi rasmlar ekanini tahmin qildi
-qoyil. Endi ortimdan poylayabsizmi? Bu yana bir tahdid uchun yoʻnalishmi?) Yunsi jilmayishga harakat qilar ammo koʻzlariga koʻzyoshlar toʻlib achishtira boshlagandi
-Yunsi bilasan qoʻlimdan bu kimligini topish keladi. Sen sababli oʻzgalarga ziyon yetishini xohlamaysan-ku
"Toʻgʻridan toʻgʻri tahdid. Aslida bunga oʻrganib qolganman. Nega yana yegʻlayabman? Qalbimga koʻp marotaba pichoq sanchishadi. Ammo koʻzyoshlar doim otamning jarohatida yengiladi"
-dada... Iltimos pul uchun bunchalik hudbinlikka bormang. Dada...) Yunsi ojizlik bilan koʻzyoshlariga erkinlik berdi
Janob Chxve koʻzyoshlarga qarab oʻtirmaydigan, qalbi temirdan boʻlgan inson. Nima xohlasa jon olib boʻlsa ham xohishini amalga oshiradi
-ertaga uchrashuving. Barvaqt uxla. Bu uchrashuv manzili
-yoʻq. Hech qachon. Men rozi boʻlmayman. Nima qilsangiz qiling menga farqi yoʻq. Men rozi boʻlmayman 🗣️
-Taehee kelmadimi? Universtitetda yaxshi oʻqiyabdimi?
-aslo. Aslo menga u bilan tahdid qilmang. Dada iltimos
-uni Amerikaga yuborish fikrini yana koʻrib chiqmochiqman
-sizdan nafratlanaman. NAFRATLANAMAN 🗣️) Yunsi baqirgancha devorga suyangancha yerga oʻtirdi
-shu sababli Yunsi qizim. Iltimos faqat oʻzing haqida oʻylama) Janob Chxve gʻolibona jilmaydi
Flashback end 🦢

Yunsi telefoniga qaradi. Janob Chxve dan 1 marta oʻtkazib yuborilgan qoʻngʻiroq va qandaydir xabar. Yunsi xabarni oʻqidi
Xabarda 📨
Ertaga soat kunduzgi 2⁰⁰da **** shu manzilda uchrashuv. Kech qolma Yunsi
Erta tong 🌤️

Yunsi Taehee bilan mashinada ketar, baʼzi baʼzida unga qarab qoʻyardi. Huddi nimadirni aytmoqchi-yu ammo aytilmayotgandek koʻrinardi
Yunsining qarashlarini sezgan Taehee -agar gapingiz boʻlsa gapiring. Bunday qarayversangiz oʻzimni yomon his qilyabman) dedi
-balki uyga qaytarsan. Dadamni oldilariga
-nima? Hechqachon...Sizga noqulaylik tugʻdiryabmanmi?
-gap bunda emas
-unda nimada? Ayting unda gap nimada? Qanday qilib kechagi ishlardan soʻng yana "dadam" deya olasiz? Agar men uyga qaytib dadam bilan yashasam sizni oldingizga oʻlgan jasadim keladi
-Taehee) Yunsi mashinani yoʻl chetida toʻxtatdi
-nima? Yetar charchadim. Qachon u bizni tinch qoʻyadi? Qachongacha bu hol takrorlanadi? U pul uchun qizini zoʻrlab turmushga bermoqchi, balki toʻyni ertasiga "ajrashasan" ham der. Undan har narsani kutsa boʻladi va siz buni yaxshi bilasiz. Bilib turib yana uni aytganlarini qilmoqchisiz. Uni qoʻlidan zoʻrlash va tahdid qilish keladi... mana endi koʻrsin tahdid qanday boʻlishini. U ham his qilsin
-seningcha qizlaridan kechgan dadam sen qoʻlingni kessa qayta quchoq ochadimi? Yoki tahdid qilishdan toʻxtab, afsuslanadimi? Sen oʻylab oʻtirmay qoʻlingni kesding, u esa bunga beparvo boʻldi
-tushunmadim
-seni yaralaringni koʻrsa hammasini toʻxtatadimi? Yoʻq. U meni yaralarimni koʻrib toʻxtamadi va men kurashishdan charchadim... Taehee men sen uchun tirikman. Iltimos oʻzingga boshqa bunday qilma
Yunsi Taeheeni yuzlariga tomayotgan kpzyoshlarini artdi -iltimos men uchun... boshqa bunday qilma
Taehee indamadi shunchaki "hop" degandek bosh chayqadi

***

Jena doimgidek barvaqt turib, Jimin va oʻzi uchun nonushta tayyorladi. Stolga barcha tayyorlagan narsalarini qoʻydi. Soʻng hali ham uygʻonmagan Jiminni uygʻotish uchun xonasiga bordi
-...) Jena avvaliga eshikni uzoq taqillatdi ammo javob kelmagach, eshik ortidan baqira boshladi -Jimin seni deb universtitetga kech qolishni xohlamayman. Uygʻon.... Yoki oʻzim ketaveraymi? Jimin) yana tinchlik
-mayli oppa buni oʻzing xohlading) birozdan soʻng Jena idishda suv bilan Jiminni xonasini taqillatdi -men kiryabman) Jena shunday deb xonaga kirdi. 1-2 qadam tashlab yotoq oldiga bordi. Jimin koʻrpaga oʻrangancha uxlab yotar, hatto Jena kelganini ham sezmagandi
-Jimin) Jena Jiminni yuziga yaqin kelib pichirladi. Jimin javoban biroz gʻinshidi ammo uygʻonmadi -seni uygʻotdim ammo uygʻonmading. Tushun majbur boʻldim) Jena shunday deb idishdagi suvni Jiminni yuzidan quyib yubordi
-AAAAAAAAA) Jimin muzdek suvni his qilib choʻchib uygʻondi. Koʻzlari u tomonga jilmayib turgan Jenaga tushganida gʻazabga toʻldi
-Good moooorning
-JENA
-kechir oppa) Jena shunday deb xonadan yugurib chiqib ketdi. Jimin ham uni ortidan yugurdi -axir kechirim soʻradim meni ayblama oʻzing turmading) Jena ortiga ham qaramay uy boʻylab yugurarkan oʻzini oqlay boshladi -boʻldi boshqa yugurolmayman) Jena hansiragancha bukilib toʻxtadi -Kel nonushta qilaman. Sen uchun...) Jena nihoyat ortga qaradi va hechkim yoʻqligini koʻrdi -Jimin) Jena ortga yurib, koʻzlari bilan Jiminni qidira boshladi. Ammo toʻsatdan yelkasiga qattiq nimadir tekkanini sezib ortga burildi va fudbolkasiz turgan Jiminni koʻrdi
-AAAAAAAAA JIMIN) Jena qoʻllari bilan yuzini toʻsdi. Ammo toʻsatdan boshidan quyilgan suvdan seskanib koʻzlarini qayta ochdi
-hayrli tong. Nonushta tayyorladim deyotganmiding. Rahmat singljon) Jimin jilmayib, Jenani oldidan oʻtib oshxona tomonga ketdi
-JIMIN) Ortidan Jena baqirgancha qoldi. U avval suv boʻlib ketgan kiymiga; yerda yotgan katta idishga (Jimin unda suv quygan); suv boʻlib ketgan polga qaradi -jin ursin*
Jena jahl bilan xonasiga qaytdi va boshqa quruq kiyim kiyib, suv boʻlgan joyni arta boshladi
-men ketyabman) Jena polni artarkan eshik oldidan Jiminni ovozi eshitildi
-yaaa Jimin. Koʻrib turibsan-ku men bu yerni tozalayabman biroz kutib tur
-yana 5 daqiqa kutsam universtitetga kech qolaman
-atayin qilyabsan-a. Sendan nafratlanaman) Jena qoʻlidagi sochiq bilan polni tez-tez va asabiy artdi. Ishini yakunlagach xonasidan sumkasini olib eshik oldida kutib turgan Jiminni oldiga bordi
-balki bormasmiz. Shundoq ham kech qolamiz
-kesatma Jimin
Ular mashinaga oʻtirishdi. Jimin ham Jena ham indamay ketishardi. Jimin svitaforda toʻxtaganida Jena uzoqroqda bekat tomon shoshib yurib ketayotgan Jung Hoseokni koʻrdi
-hey bu ustoz Jung emasmi?
-...) Jimin Jena koʻrsatgan tomonga qaradi -xa oʻsha
-yur olib ketamiz. U ham kech qolayotgan koʻrinadi
-yoʻq
-Jimin
-nima?
-...) Jena indamay Jiminni koʻzlariga qaradi. Tashqaridan ikkisi huddi koʻz kontakti orqali gaplashishayotganga oʻxshardi
Jimin rozi boʻlgach, bekat oldida mashinani toʻxtatdi. Soʻng Jena mashina oynasini ochib -hayrlli tong ustoz Jung biz universtitetga ketyabmiz. Yuring biz bilan
-salom ketavering men avtobusda...
-oʻtiring. Sovuqda shamollab qolasiz) Jenani qistovi bilan Hoseok mashinaga oʻtirdi
Sumin boshida qattiq ogʻriq bilan uygʻondi. Atrofga qaradi notanish xona. Qoʻrqib oʻrnidan turdi va koʻzi yerda yotgan Jungkookga tushdi. Keyin angladiki, Sumin kecha Jungkookni xonasida qolgan. Ammo qanday? Sumin eslashga urindi. Ammo soʻngi xotiralar Sumin kalta va ochiq koʻylak olib klubga kirgani edi
-jin ursin* nega hechnimani eslolmayabman. Uni ustiga boshim judayam yomon ogʻriyabdi) Sumin oʻziga oʻzi gapirib, sekinlik bilan oʻrnidan turdi va yuvinish xonasiga kirib ketdi. 1 soatlardsn soʻng u yerdan kiyingan va boʻyangan holda chiqdi. Xonaga kirganida Jungkook yoʻqligini koʻrdi. Sumin oshxonaga chiqdi va sendvich tayyorlayotgan Jungkookni koʻrdi
-Sumin biz kech qolyabmiz. Shunga yoʻlda nonushta qilib ketarsan. Ol buni) Jungkook shunday deb Suminga sendvich tutqazdi
Jungkook mashinasida Sumin bilan birga universtitetga bordi

***

-Jena erta tongdan yuvindingmi? Sochlaring nam
-yoʻq ertalabdan menga suv sepishdi
-xaxaa 😂 hazillashma
-rostini aytyabman. Kulma
-Taehee koʻzlaring qizargan yegʻladingmi?) Sumin kiyinish xonasida Jena bilan gaplasharkan bir chekkada boshini egib oʻtirgan Taeheeni koʻrib havotirlandi
-shunchaki kechqurun yaxshi uxlolmadim
Shundan soʻng ular universtitet hovlisiga chiqishdi
-nega erta tongdan sport bilan shugʻullanishimiz kerak. Universtitetda umuman sport fani nimaga kerak tushunmayabman) Jena jahli chiqib noliy boshladi
-toʻgʻri. Hatto havo ham sovuq) Sumin unga qoʻshildi
-hey qizlar anavi siz kecha uchrashgan yigitlarmi? Kelganimizdan beri sizlarga qarayabdi) Jena maydonchaning narigi tomonida oʻtirgan bolalarni koʻrib
-...) Qizlar oʻsha tomonga qarab indmagach, Jena toʻgʻri topganini tushundi
-hoʻsh uchrashuv qanday oʻtdi. Oʻxshadimi?
-shunday desa ham boʻladi. Avvaliga biroz oʻxshamadi ammo...
-nima ammo?) Sumin gapini toʻxtatganida Jena battar qiziqib ketdi
-men kecha Jungkookni uyida qoldim
-vauv demak reja amalga oshibdida) Jena hursand boʻlib
-xa ammo... Taehee Taehyung bilan nima boʻldi?
-hechnima
-bu nimani anglatadi? U seni tinch qoʻyarkanmi?
-bilmayman qizlar. Boʻldi bu haqida gaplashmaylik) Taehee shunday deb oʻrindiqlardan biriga oʻtirdi
-xa bugun kayfiyating yoʻq tushundik) Jena Taeheega qararkan Sumin uni turta boshladi
-Jena... Jena) Sumin Jenani turtar ammo koʻzlari Jackson va Felixni oldida qizlar tomon qoʻl silkib turgan yigitda edi -u kim? U senga qoʻlini silkityabdi
-kim?) Jena Sumin koʻrsatgan tomonga qaradi va Hyunjinni koʻrdi -u meni bolalikdagi doʻstim) Jena Hynjinga javoban qoʻlini silkitib jilmaydi
-bizni tanishtirib qoʻymaysanmi? Doʻsting bilan
-hey uni nima qilasan? Jungkook oppaga aytib beraymi?
-Jena
-Taehee) qizlar Taehyungni ovozini eshitib ortga burilishdi
-xa) Taehee ham boshini koʻtarib, Taehyungga qaradi
-sen bilan gaplashib olsam boʻladimi?
-sen bilan gaplashadigan hech qanday gapim yoʻq
-bu zarur. Yur) Taehyung Taeheeni bilagidan ushlab tortarkan Taehee ogʻriqdan gʻinshidi va shu zahoti qoʻlini tortib oldi -...) Taehyung Taeheega qaradi. Endi eʼtibor beribdi, bugun uning koʻrinishi yaxshi emas edi. Avvaligidek ikki yuzi qizgʻish rangda emas, koʻzlari ham ancha shishgandi. Taehyung unga qarab turarkan Taeheeni yuziga tushayotgan koʻzyoshlarni koʻrdi
Taehyung hechnima demay boshidagi kepkani Taeheega kiydirdi va qayta uni qoʻlini (bu safar tirsagidan) ushladi
-nima qilyabsan?) Taeheeni qarshiliklariga qaramay Taehyung uni yengini koʻtardi va uncha chuqur boʻlmagan kesilgan yarani koʻrdi
-Taehee...
-ket) Taehee qoʻlini tortib olib, yengini qayta pastga tushirdi
-....ketolmayman. Senga koʻrimsiz ip bilan bogʻlab qoʻyilgandekman. Kechir) Taehyung shunday deb Taeheeni koʻtarib oldi
-nima qilyabsan tushur?
-yoʻq
-Sumin bu tushimmi?) Jena hayron ularga qarab turarkan, toʻsatdan Sumin uni qoʻlini chimchiladi
-tushing emas) Sumin Jenani atayin chimchilab
-aysh Sumin
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Shu kech fanfic tashash odatimi yoʻqotish kere 🤦‍♀
Kechgacha vaqtim bor db yuriman yozmi 😂


Hoʻsh ovozladan umuman qornim toʻymadi🌚👎 endi fikrilani oʻqib semirvomasam ertaga azgina qib tashiman fanfici 😼


#Mia
@Universe_fanfics