Universal study
328 subscribers
28 photos
13 videos
260 files
62 links
Kanal TATU talabalari uchun foydali ma'lumotlar bo'lib xizmat qilish uchun yaratildi

Murojat uchun: @Qandaysavolborbot
Download Telegram
Шавкат Мирзиёев томонидан тасдиқланган 2019-2021 йилларда Ўзбекистон Республикасини инновацион ривожлантириш стратегиясида белгиланишича, таълим муассасаларида кўтариш қурилмалари, пандуслар, санитар хоналарда махсус мосламалар ўрнатилади, тутқичлар, махсус парталар, столлар ва бошқа махсус компенсатор воситалари билан жиҳозлаш орқали “тўсиқсиз муҳит” яратилади. — Кўпчилик илғамаган катта ваъда.
They are my the best students... ln the future, they become good persons. I believe it...
Forwarded from GimmicKBoY
👍1
Hurmatli talabalar...

Kanalda topshiriqlardan boshqa yana nimalar bo`lishi xoxlaysizlar...

masalan:

Yangiliklar

IT yangiliklar

boshqa takliflar...

kutaman 👉👉 @GimmickBoy
yozilgan xabarni hozirgi vaqtgacha 16 kishi o`qidi taklif esa bir kishidan keldi...
29-sentabr shanba kuni soat 14:00 da Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti Katta Majlislar zalida(A blok 3-qavat) UzGeeksning navbatdagi "UzGeeks September2018 Meetup" bo'lib o'tadi.

Bu galgi meetupimizda quyidagi mavzular bo'yicha dokladlar bo'ladi:
1. Big Data haqida tushuncha. Texnik tuzilishi. Katta kompaniyalarda qo'llanilishi - Jahongir Yovmuddinov(UMS);
2. Blockchain o'zi nima? Tarixi, maqsadi, imkoniyatlari, nima rost va yolg'onligini aniqlashtiramiz - Farruh Tashbulov‎(Pragmatik Solutions);

Meetup odatiy ravishda bepul bo'lib, soat 14:00 da boshlanadi. Sizdan kech qolmaslikni so'raymiz
!
Manzil: TATU Katta Majlislar zali(A blok 3-qavat)

KANALGA ULANISH👇
@TUIT_ONLINE
https://telegram.me/joinchat/AAAAAEJkS8JBure7VPnrEg
Эндиликда оралиқ ва якуний назорат баҳолари юридик аҳамиятга эга.

Илгаригидек, оралиқ назорат семестр давомида ишчи фан дастурининг тегишли бўлими тугагандан кейин фан ўқитувчиси томонидан 2 мартагача ўтказилади. Унинг шакли, муддати ва топшириқлар рўйхати кафедра томонидан белгиланади. Бунда ҳафтасига 2 соатдан (тиббиёт олий таълим муассасаларида 4 соатдан) кам бўлган фанлар бўйича оралиқ назорат ўтказилмайди.

Оралиқ назорат баҳосини қўйишда ўқитувчи талабанинг амалий, семинар, лаборатория машғулотлари ва мустақил таълим топшириқларини бажариши, шунингдек унинг фаоллигини эътиборга олади. Гарчи жорий назоратни бутунлай бекор қилиш ҳақида гап бормасада, бироқ талабанинг якуний назоратга киритилишига энди тўғридан-тўғри таъсир кўрсатмайди. Талаба якуний назоратга фақат оралиқ назорат натижалари бўйича киритилмаслиги мумкин (агар топширмаса ёки “2” баҳо олса). Бундай натижалар билан талаба академик қарздор ҳисобланади.

Якуний назорат – энг муҳим. Айнан унинг баҳоси баҳолаш дафтарига (собиқ рейтинг дафтари ёки “зачёт дафтари”) ёзиб қўйилади. Фан бўйича ўқув машғулотларини олиб борган ўқитувчи якуний назоратни ўтказишда иштирок этиши тақиқланади. Бошқа педагог тайинланиши, тиббиёт ОТМда эса – кафедра мудири томонидан тузилган комиссия бўлиши керак.

Якуний назорат шакли кафедра томонидан белгиланади. Бунда мазкур шакл ўқув ишлари бўйича проректор томонидан тасдиқланадиган якуний назорат турларини ўтказиш жадвалига киритилади. Талаба учун бир кунда 1 тадан ортиқ якуний назорат қўйиш, шунингдек 2 кундан кам оралиқда белгиланиши тақиқланди.
#TALABAUZ

Батафсил маълумот👇
@TUIT_ONLINE
https://telegram.me/joinchat/AAAAAEJkS8JBure7VPnrEg
Хоразмда мурда тирилиб, судда «кўрсатма берди»

👉 https://kun.uz/45757342
Tovba
Qaysi kasbni tanlasam ekan…(oxirigacha o`qishga sabriz yetmasa boshlamaganiz yaxshi)?
Hozirgi kunda rivojlangan davlatlarda qaysi kasb egalariga yuqori maosh beriladi? AQSH ning News & Worl Reportning yozishicha 2018-yilgi eng yaxshi maosh oladigan kasb egalari reytingini tuzib chiqdi. Unda sog`liqni saqlash bo`yicha kasb egalari yildan-yilga sezilarli bo`lib, 2026-yilga kelib ish bozorida eng yuqri darajaga o`sib borishi taxmin qilinmoqda. Hozirgi paytda esa reyting quyidagicha:
1. Anesthesiolgist $269.600
2. Jarrohlar $252.910
3. Akusherlik va Ginekolog $234.310
4. Oral and Maxillofacial Surgeon (bosh, bo`yin, jag` va og`iz, hududining qattiq va yumshoq to`qimalaridagi ko`plab kasallikla jarroh) $232.870
5. Orthodontist (tish og`rig`I va jag`larning tashxisi, oldini olish va tuzatish bilan shug`ullanadigan stomatologiya mutaxasisligi) $228.780
6. Shifokorlar (davolovchi) $201.840
7. Psixiatr $200.220

13. IT Menejer $145.740
Yuqoridagi sohalarga beriladigan maoshlar o`z yo`liga biz esa sizga qaysi kasbni tanlashda muammo bo`layotgan savolga javob izlashga harakat qilamiz.
O`qishga kirish bir muammo bo`lsa o`qish davomida aniq bir yo`nalishni tanlash ikkinchi muammo bo`lib qoladi. Har kimda har xil fikrlar bo`ladi. Bu sohada pul zo`r bunisi bo`lmaydi, yana boshqa kishi esa birinchi kishi inkor qilgan sohani maqtab boshlaydi. O`ylab ko`ring yosh bola emassiz. O`ylab yillab vaqt ketqazgandan ko`ra biror bir yo`nalishni tanlab ishni boshlagan yaxshi.
Imkoningiz nimaga yetadi?
Bor imkoniyatdan foydalanganingiz yaxshi. Imkoniyat deganda albatta men pulni nazarda tutmadim. Avvalo eng birinchi biroz bo`lsada qiziqishingizni inobatga oling. Undan so`ng esa maqsadni to`g`ri qo`ying. Kelajakni tahlil qiling. Ya`ni kelajakda bu ishim orqali nima narsalar qila olaman? Ishni boshlab biroz ko`nikmaga ega bo`lganizdan keyin. Tekinga ishlang… siz o`z bilimlariz orqali nimadur ish qilib qoyib o`zingizni ko`rsatib qoymas ekansiz jamiyat sizni tan olishi qiyin bo`ladi… qachonki biror ishni chin dildan qilib, uni juda ko`pchilikka foydali ekanligini isbot qilib qoysangiz, undan keyin odamlar siz bilan hisob-kitob qilishni boshlaydi.
Men hech qachon o`z suxbatdoshlarimga biror bir yo`nalishni keragidan ortiq urg`u berib maqtamayman… men shunchaki barchasi qaysi yo`lga olib borishini tahlil qilib beraman… Tanlovni esa suxbatdoshimga qoldiraman… agar sizga kimdur biror bir yo`nalishni maqtasa siz o`sha yo`nalishni tanlab ketsangiz unda uzr so`rab siz haqizda shaxsiy fikri yoq inson deb qarashga majbu bo`laman…
Endi keying tushunchaga o`tamiz. Ko`pchilikda ko`plab g`alati fikrlar bo`ladi. Masalan: bu osonmi? Qila olamanmi? Yoshim kata endi kallamga biror nima kiradimi? Bu juda qiyin yo`nalish va h.k bularning bari baxonadan boshqa hech narsa emas. Bu gaplar erinchoq va dangasalarni gapi holos.
1. Maqsadni aniq qoying
2. Taslim bo`lmang
3. Boshladizmi ortga yo`l yoq deb biling
4. Sabrli bo`ling
5. Sizgacha eplashgan siz ham eplaysiz
6. Oson ishni o`zi yoq (o`rganib olganizdan keyin esa oson bo`lib qoladi)
Endi o'ylab ko'ringing bir ishni boshladiz, kopi bilan 2 yil vaqtiz ketdi maqsadizga erishdiz. Qanchalik katta ozgarish qilganizzi oziz ham hayron qolasiz. Bitta narsasni zor organsangiz boshqa bir narsaga tezroq oson otishga sizga koprik bolib xizmat qiladi.
Siz istaysizmi? Istamaysizmi? bizga berilgan hayot davom etadi. Shundoq ham ushbu sozlarni oqib turganizda umrizni kamida 4 dan birini yashab qoygansiz. Yana sizga esa aktiv bolib ishlash karera qilishiz uchun yana bir qismi bor. Qolgan ikki qismi esa roxat farog'atda yaqinlariz ardog'ida bo'lish uchun qoldi. Ortiqcha arzimas narsalarni baxona qilib umr o'tqazdan ko'ra.

O'ZGARISHNI HOZIRDAN BOSHLANG…


Ertaga esa kech bo
ladi…

GimmickBoy kanalga kirish uchun manzil https://t.me/UniversalstudyTUIT
2-ma'ruza.pptx
318.2 KB
212-213-16 guruh uchun ikkinchi ma`ruza