Universal study
328 subscribers
28 photos
13 videos
260 files
62 links
Kanal TATU talabalari uchun foydali ma'lumotlar bo'lib xizmat qilish uchun yaratildi

Murojat uchun: @Qandaysavolborbot
Download Telegram
#shunchaki_hazil 😎

IMTIXON

Domla: - Samalyotda 300 g'isht bor edi. Bittasi tushib ketdi. Nechta qoldi?
Talaba: - Albatta 299 qoladi. Domla: - Ha to'g'ri. Tuyani 3 ta xarakat bilan muzlatkichga qanaqilib joylimiz?
Talaba: - Birinchi muzlatkichni ochamiz, tuyani joylimiz, eshigini yopamiz.
Domla: - Ha to'g'ri. Sigirni 4 ta xarakat bilan qanaqilib muzlatkichga joylaymiz?
Talaba: - Birinchi muzlatkich eshigini ochamiz, tuyani chiqazamiz, sigirni joylaymiz, eshigini yopamiz.
Domla: - Ha to'g'ri. Keying savol, o'rmon qiroli sher tug'ulgan kun o'tkazdi. Hamma hayvon bordi yu bittasi bormadi. U qaysi hayvon?
Talaba: - Albatta sigir borolmadi. Chunki, u muzlatkichda.
Domla: - Ha buyam to'g'ri. Chol tummsoxli ko'ldan suzib o'ta oladimi?
Talaba: - Ha o'ta oladi. Chunki tumsoxlar sherni tug'ilgan kunida ku.
Domla: - Ha bunisi ham to'g'ri. Lekin chol suzib o'tolmay cho'kib o'ldi. Nega?
Talaba: - Qariganligi uchun yarmida charchab qolib cho'kib ketgan.
Domla: - Yo'q topolmading. Cholni boshiga samalyotdan tushgan g'isht tushib o'ldi. Bor keyingi yili kelasan, imtixondan o'ta olmading.
Ⓜ️ #TalabaUz

KANALGA ULANISH
👇👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAEJkS8JBure7VPnrEg
International Programmers' Day

Many people observe International Programmers’ Day on the 256th day of the year because “256” (28) is the number of distinct values that can be represented with an 8-bit byte, and 256 is the highest power of 2 that is less than 365, the number of days in a year.
TATU da Belarus bilan hamkorlikda fakultet ochiladi

Belarus davlat informatika va radioelektronika universiteti (BDIRU) rektori Vadim Bogush boshchiligidagi delegatsiya bugun, 13-sentyabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida axborot texnologiyalari sohasida hamkorlikda yuqori malakali kadrlar tayyorlash masalasi muhokama etilib, Axborot texnologiyalari bo‘yicha qo‘shma fakultet tashkil etish yuzasidan shartnoma imzolandi.

Ushbu shartnomaga asosan, 2019-2020-o‘quv yilidan boshlab, Axborot texnologiyalari bo‘yicha qo‘shma fakultetga quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha abituriyentlar qabul qilinadi:

axborot texnologiyalarining dasturiy ta’minoti;
mobil tizimlarini dasturlash;
sun’iy intellekt.
Hamkorlikda ochilgan Axborot texnologiyalari bo‘yicha qo‘shma fakultetda ta’lim olish ikki bosqichda tashkil etilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, talaba 1-2-bosqichlarda TATUda tahsil olsa, 3-4-bosqichlarni BDIRUda davom ettiradi. Fakultetni muvaffaqiyatli yakunlagan talaba ikki tomonlama diplom (TATU-BDIRU)ni qo‘lga kiritadi.

Axborot texnologiyalari bo‘yicha qo‘shma fakultetda ta’lim rus tilida tashkil etiladi. Shu sababli, 2018 yilning noyabr oyidan TATUda rus tili, matematika, fizika, informatika asoslari va ingliz tili fanlaridan tayyorlov kurslari tashkil etilishi ko‘zda tutilgan.

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti hamda Belarus davlat informatika va radioelektronika universitetlari o‘rtasida tuzilgan ushbu hamkorlik shartnomasi ikki xalq o‘rtasidagi do‘stlik aloqalarini yanada mustahkamlaydi.
Forwarded from davletovuz
Тасаввур қилинг, талаба ё пенсионерсиз. Картангиз билан дўконга чиқдингиз, кўзингиз буханканинг янги нархига тушди, сўкинасиз. Битта буханкани олиб кассага келсангиз, терминал ишламаётганини айтишади. Еопц.
Forwarded from Каримова
Ҳурматли деканлар! Вазирлик стипендиясига хужжатлар топшириш учун сайт ишга туширилди, университет сайтида хам бу ҳакда эълон берилди. Илтимос, бу хабарни иқтидорли талабаларга етказишга амалий ёрдам беринглар, хужжатларини онлайн топширишлари лозим. хужжат топшириш муддати: 30 сентябргача
Kimdur stipendiyaga harakat qilayotgan bo'lsa qiziqib ko'ringlar
Твиттердаги халқ ижодидан парчалар:

Ўзбекистон каналидаги Ахборотни атайлаб кўрдим. Uzcard инқирози ҳақида бир оғиз ҳам айтилмади. (с)

Жавоб: Жаннатда UzCard’га ҳожат йўқ. (с)
Diqqat hech kim telegramga kirish uchun Mobogram 4.9.0 versiya dasturini ishlatmasin. Mana eng katta xatolik. Ehtiyot bo'ling❗️

https://telegram.me/joinchat/AAAAAEJkS8JBure7VPnrEg
Ma'lumot o'rnida.

Telegramga kirish uchun ushbu Mobogram dasturining 4.9.0 versiyasida har xil guruh va kanallarga avtomatik tarzda qo'shilib ketasiz. Bugun mendagi holat bo'yicha ham huddi shunday bo'ldi. Shuning uchun ham ehtiyot bo'lganingiz ma'qul.


Yana bir bor eslatib o'taman! Telegramingizga 2 etapli parol qo'yishingizni tavsiya qilaman.

Savollar uchun👉 @tuit_nodir
Forwarded from Каримова
Иқтидорли талабалар диққатига!
Ҳурматли талабалар! Иқтидорли талабалар учун жорий этилган Ўзбекистон Республикаси Ахборот технологиялари ва коммуникацияларини ривожлантириш вазирлиги стипендияси учун http://mitc.uz/uz/conference/grant-mitc сайтидан рўйхатдан ўтиб, хужжатларингизни топширишингиз мумкинлигини маълум қиламиз. Рўйхатдан ўтиш ва хужжатларни (онлайн) топшириш муддати жорий йилнинг 30 сентябригача!!!
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
This video lesson for group 218-16
Assalom alaykum.
🗓29-sentabr shanba kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universitetida UzGeeksning navbatdagi "UzGeeks September2018 Meetup" bo'lib o'tadi.

❗️Bu galgi meetupimizda quyidagi mavzular bo'yicha dokladlar bo'ladi:
1️⃣. Big Data haqida tushuncha. Texnik tuzilishi. Katta kompaniyalarda qo'llanilishi - Jahongir Yovmuddinov(UMS);
2️⃣. Blockchain o'zi nima? Tarixi, maqsadi, imkoniyatlari, nima rost va yolg'onligini aniqlashtiramiz - Farruh Tashbulov‎(Pragmatik Solutions);

🕑Meetup odatiy ravishda bepul bo'lib, soat 14:00 da boshlanadi va unda ishtirok etish uchun oldindan ro'yxatdan o'tish kerak bo'ladi.
➡️Ro'yxatdan o'tish: www.uzgeeks.uz
🌐Meetup facebookda: https://www.facebook.com/events/696151310763752/
⚛️UzGeeks Community va uning meetuplari haqida ma'lumot: https://www.texnoman.uz/posts/tag/uzgeeks

DO'STLARGA HAM ULASHING♻️👇
@TUIT_ONLINE
https://telegram.me/joinchat/AAAAAEJkS8JBure7VPnrEg
Talabalar sutemizuvchilar sinfiga kiradi. Ilmiy izlanishlar natijasida hozirda 5 ta turi borligi aniqlandi:

1) grand;
2) oddiy kontrakt;
3) bir necha baravarli kontrakt;
4) super kontrakt;
5) super-muper kontrakt.

U asosan, 3-4 yil, ko'pi bn 5-7 yil umr ko'radi. Domlalarning yirtqichligi tufayli 1-2 yilda nobud bo'lishi ham mumkin.
Yer yuzining oliygoh bor joyida tarqalgan. Faqat mehmonxonalarda uchramaydi. Ko'proq yotoqxonalarda yashaydi. Doim tayyor ovqat bilan tushlik qiladi; Buxanka, rolton, tuxum - sevimli taomi. Ovqat manbai stipendiya. O'ziga xos xususiyatlari: institutda o'ta itoatkor, har qancha xo'rliklarga chidamli, o'zini bechoralarga xos tutadi. Ko'cha-ko'yda esa sher, olifta, o'zini qirollarga xos tutadi. Vaziyatga qarab xarakteri, tuzilish xususiyatlarini o'zgartiradi. 1-2 kun yemay, ichmay, uxlamay yura oladi. Yilda 2 marta katta miqdorda ehson qiladi. So'z boyligi domlani aldashga yetadi. Regeneratsiyasi kuchli: yillik yo'qotilgan vaznni yozgi ta'tilda tiklay oladi
​Android telefon yoki planshetlarga qo’yilgan kod esdan chiqib qolsa?!


Bu yerda keltirilgan metodlarni qo’llash uchun telefon yoki planshet “root” qilingan bo’lishi shart emas.

Birinchi metod (Eng oddiysi)

Blokirovka bo’lgan telefonga qo’ng’iroq qiling. Chaqiruvga javob bering va “Home” tugmasini bosing. Shunda chaqiruv oynasi yopilib “Home” ekranga qaytishi kerak. Shundan so’ng nastroykaga kirib grafik kodni o’chirib tashlang.


Ikkinchi metod

Agar smartfoningizblokirovka holatiga tushgan bo’lsa Google accountiz orqali uni muammosiz tiklash mumkin. Sizning accountizga Gmail pochta bog’langan bo’ladi. Gmail pochtaning login hamda paroli tiklash uchun kifoya qiladi.

Kodni 5 marta noto’g’ri kiritilgandan so’ng ekranga “keyinroq urinib ko’ring” degan yozuv chiqadi. Ekranning pastki qismida esa “Grafik kodni esdan chiqardingizmi?” degan tugmani bosish imkoniyati paydo bo’ladi. Shu tugmani bosamiz. Qurilmada foydalanilayotgan Google pochtaning login hamda parolini kiritamiz. “Kirish” tugmasini bosamiz.

Endi sizda yangi grafik kod qo’yish imkoniyati paydo bo’ldi. Yangi kod qo’ying va bu safar qo’yilgan kodni eslab qoling 🙂


Pastki o’ng burchakdagi “Tasdiqlash” tugmasini bosib ishni davvom etiring.

Uchinchi metod (barcha ma’lumot o’chib ketadi)

Eng ishonarli metod va 100 foiz ishlaydi.
Buning uchun siz sozlamalarni to’liq bekor (полный сброс настроек) qilishingiz kerak. Bu Hard Reset deb nomlanadi.

Avval telefon yoki planshetni o’chiramiz. So’ng «Yoqish»+»+ Ovoz balandlash»(+»Home» klavishlarini bir vaqtda bosgan holatda yoqamiz. Kutib turamiz. Planshet yoki telefon tiklash rejimi (Recovery Mode) da yonadi. Menu ichidan Wipe data/factory reset bo’limini tanlaymiz. So’ng Yes-Delete all user deb tasdiqlaymiz. Protsedura yakunlanishini kutib turamiz hamda qurilmani o’chirib yoqamiz.

To’rtinchi metod (Ma’lumotlarni saqlab qolgan holda, ammo malakali foydalanuvchilar uchun)

Buning uchun sizga kompyuter hamda unga o’rnatilgan Android SDK dasturiy ta’minoti, ADB programmasi, telefon yoki planshetni ko’mpyuterga ulash uchun USB kabel kerak bo’ladi.

Qurilmani kompyuterga ulang, kompyuterdan “командная строка” ga kiring. (Windows XP bo’lsa Пуск -> cmd yoki Пуск -> Найти программы и файлы -> cmd). So’ng quyidagilarni ketma-ket kiriting:


adb shell

cd /data/data/com.android.providers.settings/databases

sqlite3 settings.db

update system set value=0 where name=’lock_pattern_autolock’;

update system set value=0 where name=’lockscreen.lockedoutpermanently’;

.quit

Telefon yoki planshetni o’chirib yoqing.

Beshinchi metod (Ma’lumotlarni saqlab qolgan holda, ammo yuqori malakali foydalanuvchilar uchun)

Buning uchun sizga kompyuter hamda unga o’rnatilgan Android SDKdasturiy ta’minoti, ADB programmasi, telefon yoki planshetni ko’mpyuterga ulash uchun USB kabel kerak bo’ladi.

Qurilmani kompyuterga ulang, kompyuterdan “командная строка” ga kiring. (Windows XP bo’lsa Пуск -> cmd yoki Пуск -> Найти программы и файлы -> cmd). So’ng quyidagini kiriting:

adb shell rm /data/system/gesture.key

Telefon yoki planshetni o’chirib yoqing.

O’chirib yoqqanizdan so’ng ekranda yana grafik kod paydo bo’ladi. Tasvishlanmang – endi blokirovkani ixtiyoriy kod bilan ochishingiz mumkin.

Omad!

Каналга уланиш👇
@TUIT_ONLINE
These presentations are for the group 218-16. Presentations are short but useful information.