UNION_SCHOOL
189 subscribers
198 photos
18 videos
62 links
LANGUAGE SCHOOL
✔️ INGLIZ TILI
✔️ IELTS
✔️ CEFR
📍  Manzil: Shirin shahar, Yoshlar Markazi 2-qavat
📩@UnionSchool_founder
📞 940619903
Download Telegram
UNION_SCHOOL
O‘quv markaziga muntazam kelayapsiz, lekin natija ko‘rinmayapti. O‘ylab ko‘rganmisiz – bu holat nimadan bo‘lishi mumkin?
Bu holat ko‘pchilikda uchraydi. Doimiy darslarga qatnashasiz, ammo natija yo‘q. Bunga sabablar ko‘p, lekin asosiylari quyidagilar:

🛑 1. Faqat darsga kelish — o‘rganish emas
Darsga kelish bu faqat boshlanish. Asosiy o‘rganish uyda bo‘ladi. Mashqlar, eslab qolish, qayta ko‘rish – bularsiz rivojlanish bo‘lmaydi.

📝 2. Uy vazifani jiddiy qabul qilmaslik
O‘quvchilar ko‘pincha uyga topshiriqni bajarmaydi yoki ko‘chirishadi. Bu — o‘z bilimiga xiyonat qilish degani. O‘z xatosini ko‘rmaslik – uni tuzata olmaslikka olib keladi.

🗣 3. Gapirishdan qo‘rqish
Ingliz tilida erkin so‘zlashish uchun xatodan qo‘rqmaslik kerak. Grammatik jihatdan mukammal gap kutish emas, fikringizni yetkazish muhim.

💡 Tavsiya:
📌 Har darsdan keyin 10 daqiqa xulosa yozing
Har bir darsdan so‘ng 10 daqiqa ajratib, qisqacha xulosa yozib borishga harakat qiling. Bu sizdan ko‘p kuch talab qilmaydi, lekin ta’siri juda katta bo‘ladi. O‘sha kun nimani o‘rgandingiz, nimalar tushunarli bo‘ldi, nimasi qiyin tuyuldi — shularni qisqacha yozib qo‘ying.

Buning foydasi nimada, deb o‘ylaysizmi? Inson eshitadi, tushunadi, lekin vaqt o‘tishi bilan unutadi. Ammo yozilgan fikrlar esdan chiqmaydi — ular siz bilan qoladi. Oradan vaqt o‘tib, yozganlaringizni varaqlab chiqsangiz, o‘zingizning o‘sishingizni, qanday o‘zgarayotganingizni ko‘rasiz. Bu esa o‘z ustingizda qilgan mehnatingizni ko‘rsatadi.

10 daqiqa — kichik vaqt, lekin katta odat. Shu odat sizni o‘z ustida ishlaydigan, haqiqiy natijaga erishadigan o‘quvchilardan qiladi. Har bir dars — imkoniyat, har bir yozilgan xulosa — muvoffaqiyat sari bir qadamdir.

📌 Har kuni 3 ta yangi so‘z bilan jumla tuzing
Har kuni kamida 20 ta yangi so‘z bilan alohida jumla tuzishga odatlaning. Balki bu bir oz vaqt oladi, lekin ishoning, bu kichik mashq sizning ingliz tilini o‘zlashtirish tezligingizni bir necha baravarga oshiradi.

So‘z yodlab qo‘yish yaxshi. Lekin u so‘z bilan o‘zingiz mustaqil jumla tuzsangiz – bu sizning miyangizga 'bu so‘z meniki' degan signal beradi. Shunda o‘sha so‘z faqat lug‘atda emas, balki og‘zingizda va hayolingizda yashay boshlaydi. Siz uni keyingi suhbatda, yozuvda, imtihonda ishlatishga tayyor bo‘lasiz.

20 ta so‘z – 20 ta kichik mashq. Kuningizning 15–20 daqiqasini shu ishga bag‘ishlasangiz, 1 haftada 140 ta, bir oyda 600 dan ortiq yangi jumla va so‘z birikmalariga ega bo‘lasiz. Bu esa til o‘rganishda katta yutuqdir.

So‘z o‘qilganida emas, ishlatilganida yodda qoladi. Shuning uchun har bir yangi so‘zni faollashtiring – u bilan jumla tuzing, uni yashating.

📌 O‘zingizni ovozga yozing va eshiting
Ingliz tilida gapirishni tezroq o‘rganishni xohlaysizmi? Juda oddiy, ammo kuchli usulni sinab ko‘ring: o‘zingizni ovozingizni yozing va eshiting.

Deylik, yangi mavzuni o‘rgandingiz, yoki yangi so‘zlar yodladingiz. Ular bilan 3–4 gap tuzing, yoki qisqacha 1 daqiqa gapiring — telefonda yozib oling va keyin o‘zingizni eshiting.

Bu oddiy mashq sizga 3 jihatdan foyda beradi:

Talaffuzdagi xatolarni eshitasiz. Avval sezmagan kamchiliklaringizga o‘zingiz guvoh bo‘lasiz.

Gapirishga ishonchingiz oshadi. O‘zingizni eshitganingiz sayin, o‘zingizni tanisiz, o‘zingizga ishonasiz.

Nutqingizni nazorat qilishni o‘rganasiz. Gapni qanday boshlayapsiz, qanday tugatyapsiz – hammasini anglay boshlaysiz.

Gapirishni istasangiz – gapiring. Yaxshi gapirishni istasangiz – yozing va eshiting. Boshida g‘alati tuyulishi mumkin, lekin vaqt o‘tib, bu sizning eng foydali odatingizga aylanadi.
7🔥2🏆1
Ho‘sh, bugun bu foydali odatlarning qaysi birini, aynan qaysi vaqtda bajarishni rejalashtiryapsiz? Masalan: so‘z bilan jumla tuzishmi, ovozingizni yozishmi, darsdan keyin xulosa yozishmi? Reja bor joyda natija bo‘ladi.

📌 Izohlarda yozib qoldiring — bu sizning o‘zingizga bergan va'dangiz bo‘lsin. Bugungi kichik qaroringiz ertangi katta natijangizni belgilaydi.
👍7🤔2🔥1
🔤🔤🔤🔤 🔤2️⃣
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥8
🌟 Ruhshona, chin dildan tabriklaymiz! 🌟

B2 darajadagi sertifikatni qo‘lga kiritganingiz — bu sizning intilingan, harakat qilgan va hech qachon ortga chekinmagan inson sifatida qilgan mehnatingizning mantiqiy natijasidir.

Har bir natijani ko‘rib, siz qancha uringan, qancha sabr qilganingizni his qilish mumkin:

📖 O‘qish — 69
👂 Tinglab tushunish — 64
✍️ Yozish — 62
🗣 Gapirish — 50

C1 sari yo‘l albatta ochiladi. Sizda bunga kuch bor — biz bunga ishonamiz!

Sizning yutug‘ingiz biz uchun faxr. Boshqalar uchun esa — ilhom!
Doim oldinga intiling. Biz siz bilanmiz. ❤️

#cefr #b2 #unionschool #multilevel
🔥11👏3🏆31
⚡️ Yana bir real natija — yana bir ishonchli qadam!

Ulug‘bek o‘zining ingliz tili bo‘yicha bilimini rasmiy CEFR imtihoni orqali baholadi. Bu natijalar — tinimsiz harakat, o‘ziga sodiqlik va sabr samarasidir.

🔊 Tinglab tushunish (Listening): 54
📖 O‘qish (Reading): 56
✍️ Yozish (Writing): 47
🗣 Gapirish (Speaking): 56


Bu — boshlanish. Va bu kabi natijalar Union School’🌟da muntazam ko‘rinmoqda. Har bir o‘quvchimiz — biz uchun alohida tarix, alohida ilhom.

#UnionSchool #MultilevelCEFR #SertifikatliNatija #CEFRImtihon #InglizTili
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6👏3
🎓 O‘quvchimiz Azizbek — Toshkentda o‘qiyapti, natijasi esa yana biz bilan!

Azizbek Union School🌟da ta’lim olib, bugun Toshkentdagi nufuzli litseyda o‘qishni davom ettirmoqda. Yaqinda CEFR multilevel imtihonini topshirib, bilim darajasini quyidagicha tasdiqladi:

🔊 Tinglab tushunish (Listening): 65
📖 O‘qish (Reading): 55
✍️ Yozish (Writing): 52
🗣 Gapirish (Speaking): 46


Bu natijalar oddiy ball emas — bu yillar davomida to‘plangan bilim, kuch, mehnat va ishonch mahsuli.

Azizbek kabi o‘quvchilar biz uchun faxr. Ularning muvaffaqiyati orqali biz boshqalarga ham ilhom beramiz.

#UnionSchool #CEFR #MultilevelExam #InglizTili
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥4🏆4👏2
📣 Hurmatli IELTS 7.0+ kursiga yozilgan talabalar!

Sizni ushbu yakshanba kuni, soat 14:00 da bo‘lib o‘tadigan MOCK TESTga taklif qilamiz.

⚠️ Ushbu test sizning hozirgi tayyorgarlik darajangizni aniqlash, kamchiliklarni erta aniqlab olish va sizga individual yondashuvni shakllantirish uchun muhim bosqichdir.

🔖Test to‘liq IELTS formatida o‘tkaziladi:
✔️Real imtihon muhiti
✔️Tajribali instruktorlar nazorati
✔️To‘liq tahlil va bandlar bo‘yicha fikr-mulohazalar

‼️ Testga belgilangan vaqtda yetib kelishingizni so'rab qolamiz
📲 Qo‘shimcha ma’lumot:https://t.me/UnionSchool_founder
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥10
📣 YANGI TIZIM: O‘QUVCHILAR FAOLIYATINI ONLINE KUZATISH IMKONI

Hurmatli ota-onalar va aziz talabalar,

Ta’lim sifati va shaffofligini oshirish maqsadida o‘quv markazimizda yangi onlayn yo‘qlama va reyting tizimi joriy etildi. Ushbu tizim orqali siz farzandingiz yoki o‘zingizning o‘quv faoliyatingizni real vaqt rejimida kuzatishingiz mumkin.

🔗 Tizim hali to‘liq bir oy bo‘lmagan bo‘lsa-da, allaqachon bir qancha ota-onalar bu tizimdan foydalanib, farzandining darsga qatnashuvi va o‘zlashtirish holatidan muntazam xabardor bo‘lib bormoqda.

Quyidagi havola orqali tizimga kirish mumkin:
🖥 https://union-school.talimsoft.uz/p/
Telefon raqamingizni kiritsangiz, sizga tegishli ma’lumotlar avtomatik tarzda ochiladi.

🔖 Tizimda siz quyidagilarni ko‘rishingiz mumkin:

✔️Darsga qatnashuv (yo‘qlama)

✔️Reyting va baholar

✔️Imtihon natijalari

✔️O‘qituvchi tomonidan berilgan izohlar

⚙️ Baʼzi foydalanuvchilardan tizimdan foydalanishda qiyinchiliklar haqida murojaatlar kelib tushmoqda. Agar sizda ham savollar yoki tushunmovchiliklar yuzaga kelsa, iltimos, markaz administratorlariga tortinmasdan murojaat qiling – biz yordam berishga tayyormiz.

📌 Maqsadimiz – ta’lim jarayonini ochiq, tizimli va siz uchun qulay qilish. Farzandingizning har bir yutug‘idan siz ham o‘z vaqtida xabardor bo‘lishingiz biz uchun muhim!

📞 940619903
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥3🏆1
Ingliz tilidagi yangi so‘zlarni va qoidalarni yaxshiroq eslab qolish uchun qanday samarali strategiyalarni qo‘llash mumkin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ingliz tilidagi yangi so‘zlar, qoidalar yoki iboralarni o‘qisangiz ham, tezda unutib yuborayapsizmi? Unda quyidagi 7 ta eslab qolish strategiyasi sizga aniq yordam beradi! ⬇️

1️⃣ So‘zni kontekstda yodlang
🔖 So‘zni yolg‘iz emas, gap ichida yodlang:
🗣 “to improve” – I want to improve my English speaking skills.

2️⃣ Spaced repetition (oraliq takrorlash)
Yodlagan so‘zlaringizni har kuni emas, ma’lum oraliqlarda takrorlang. Anki yoki Quizlet ilovalari aynan shunga mos.

3️⃣ Amalda qo‘llang!
🎤 Yangi o‘rgangan qoidani darhol yozing, gapiring, sinfdoshlaringizga ayting!

4️⃣Vizual kartochkalar va chizmalar
🎮 So‘zlarni ranglar, chizmalar yoki rasmlar bilan bog‘lang – vizual xotira orqali yodlab qolish osonlashadi.

5️⃣Kichik bo‘laklarga bo‘ling (chunking)
🧩 Har kuni 15–20 ta yangi so‘z. Ko‘pni birdan o‘rganmang.

6️⃣O‘z ovozingizni yozib eshiting
🎧So‘z yoki gapni ayting, yozib oling va qayta-qayta eshiting. Bu sizning talaffuz va xotirani birgalikda o‘stiradi.

7️⃣Sabrli bo‘ling
🌱 Yodlash jarayoni vaqt talab qiladi. Har kuni bir qadam tashlang – natija o‘zini ko‘rsatadi!

💬 Siz qaysi strategiyani ishlatib ko‘rgansiz? Yoki sizga ishlagan o‘z usulingiz bormi?
Izohlarda bo‘lishing! ⬇️✏️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥1
Assalomu alaykum, aziz Union School oilasi! 🌙❤️

Mehr va bag‘rikenglik ruhi bilan to‘la bayram — Qurbon Hayiti bilan barchangizni samimiy tabriklaymiz!
Shu munosabat bilan 6 va 7-iyun kunlari markazimizda rasman dam olish kunlari deb e’lon qilinadi. 😊📆

📣👀Ammo bir yangilik bor!
📺8-iyun yakshanba kuni biz sizni o‘zgacha muhitda o‘tkaziladigan "MOVIES DAY" tadbiriga taklif qilamiz!

🎬 Barcha o‘quvchilarimiz uchun tanlangan juda qiziqarli animatsion film original ingliz tilida namoyish etiladi. Bu nafaqat zavqli dam olish, balki ingliz tilini mustahkamlash uchun ham ajoyib imkoniyat bo‘ladi! 🇬🇧💡

✔️ Farzandingiz dam olishni ham, rivojlanishni ham bir joyda xohlasa — aynan shu kunni o‘tkazib yubormang!

🗓 6–7-iyun — DAY OFF
🌟 8-iyun — MOVIES DAY (Ingliz tilida film)
📞 940619903
🔥10
🇺🇿
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🏆8🔥2
🔤🔤🔤🔤
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🏆2
🔤2️⃣
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🏆41
🎉 YANA BIR YUTUQ — BIZNING BITIRUVCHIMIZDAN!
📣 2024-yilgi Multilevel guruhimiz o‘quvchisi Behruz CEFR imtihonida Overall 55 ball olib, B2 sertifikatni qo‘lga kiritdi! 🏆

Behruz bir muddat tanaffus qilgan bo‘lsa-da, o‘z ustida ishlashni davom ettirdi va Union School 🌟da olgan poydevor unga kuchli natija berishda yordam berdi. 🔥

✔️U hozirda bizda o‘qimasa-da, bu yutuq uning mehnati va biz bilan boshlangan yo‘lning samarasi!
✔️ Har bir natijaning orqasida – to‘g‘ri yondashuv, to‘g‘ri ustoz va to‘g‘ri muhit turadi.
✔️ Biz buni Behruz misolida yana bir bor ko‘rdik.

📌 Union School 🌟– sizning bilim sari ilk va to‘g‘ri qadamingiz bo‘lishi mumkin.
📲 Ro‘yxatdan o‘ting, natijani ko'p vaqt o‘tmay his qilasiz: 940619903
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥8👍1
Hurmatli ota-onalar,

Farzandingiz bu yozni qanday o‘tkazmoqda?

Telefon, ijtimoiy tarmoqlar va ko‘cha o‘yinlari bilanmi Yoki bilim orttirish bilanmi

🔥Yozgi ta’til — kelajak uchun poydevor qo‘yishning oltin davri. Ayniqsa, ingliz tilini o‘rganish uchun bu — eng qulay vaqt. Maktab yuklamasi yo‘q, diqqat faqat rivojlanishga qaratilishi mumkin.

‼️Lekin afsuski, oxirgi haftalarda ba’zi o‘quvchilarimiz sababsiz ravishda darslarni qoldirish holatlarini ko‘rsatmoqda. Bu esa nafaqat o‘z bilimlarini, balki butun guruhning rivojlanish sur’atini sekinlashtiradi.

💯 Har bir dars — kichik bo‘lsa-da, muhim qadam. Har safar darsni qoldirish — o‘z imkoniyatini orqaga surishdir.

Siz farzandingizni bilimli, til biladigan, zamonaviy inson sifatida ko‘rishni istaysizmi

Unda bugun harakat qilaylik — qatnashuvni nazorat qilaylik, motivatsiyani birgalikda ko‘taraylik! 💪

📘 Union School:

Sertifikatli va g‘ayratli ustozlar

Yozga moslashtirilgan interaktiv metodika

Har oy ko‘rsatkichlar bo‘yicha shaffof hisobotlar


🔔 Bugun qilinadigan kichik intizom — ertangi katta natijaga xizmat qiladi.
Farzandingiz kelajagi — sizning bugungi e’tiboringizda!

Hurmat bilan,
Union School jamoasi 💙
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🏆11
Yillar davomida so‘ralgan va nihoyat amalga oshgan yangilikga tayyormisiz?
🔥10
UNION_SCHOOL
Yillar davomida so‘ralgan va nihoyat amalga oshgan yangilikga tayyormisiz?
📣 Yangilik! Endi 9–11 yoshdagi bolalar uchun Ingliz tili kurslari bizda!
Hurmatli ota-onalar,

UNION_SCHOOL🌟 o‘quv markazi endi sizning farzandingiz uchun ham ochiq! Uzoq kutilgan 9 yoshdan 11 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan General English kurslari 1-iyuldan start oladi. 🔖

✔️ Darslar zamonaviy, interaktiv va yosh bolalarga moslashtirilgan metodika asosida olib boriladi. Har bir bola bilan individual yondashuv, qiziqarli mashg‘ulotlar va doimiy natija monitoringi kafolatlanadi.

🔝 Tajribali o‘qituvchilar
💯 Rivojlantiruvchi mashg‘ulotlar
⭐️ Bosqichma-bosqich yutuqlar tizimi

📌 Farzandingizning ingliz tiliga qiziqishini kuchaytirish va mustahkam poydevor yaratish uchun ayni qulay fursat!

📞 Qo‘shimcha ma’lumot va ro‘yxatdan o‘tish uchun murojaat qiling: 940619903
📍 Shirin shahar, Mirzo Ulug'bek mahallasi (3-Blok)
📍 Arentor: 555 Minimarket

🕐 Joylar soni cheklangan — hoziroq ro‘yxatdan o‘ting!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥10
🔤🔤🔤🔤🔤
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🏆4🔥2
6️⃣🔤0️⃣
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥93🏆2
🔤🔤🔤🔤
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🏆4🔥2