UNION_SCHOOL
189 subscribers
198 photos
18 videos
62 links
LANGUAGE SCHOOL
✔️ INGLIZ TILI
✔️ IELTS
✔️ CEFR
📍  Manzil: Shirin shahar, Yoshlar Markazi 2-qavat
📩@UnionSchool_founder
📞 940619903
Download Telegram
Forwarded from Alisher Sadullaev
⚡️Yoshlar uchun yana bir yangilik!

Endi har yili ikki ming nafar talabaga “Work and Travel” dasturi orqali rivojlangan davlatlarda ishlash va sayohat qilish uchun foizsiz ssuda beriladi!

Bu dastur talabalarga nima beradi?

1. Talabalarga ta’til davrida Buyuk Britaniya, AQSH, Kanada, Koreya, Yaponiya, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Yevropa Ittifoqi davlatlarida ishlash va tajriba orttirish;

2. Borish-kelish aviachiptasi uchun davlat tomonidan 15 million so‘m foizsiz qarz (ssuda);

3. Haftasiga 30-40 soat ishlash va bu orqali bir mavsumda o‘rtacha 3-7 ming dollargacha daromad topish imkonini beradi.

Dasturda 16 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan talaba yoshlar (kunduzgi, kechki yoki sirtqi) ishtirok etishi mumkin.

Ariza topshirish 15-maydan Davlat xizmatlari markazi yoki my.gov.uz orqali amalga oshiriladi.

Batafsil ushbu havolada

@alisher_sadullaev
👍5👏1
😊 Aziz yurtdoshlar, sizlarni UNION_SCHOOL 🌟 o'quv markazi jamoasi nomidan 9-may "Xotira va Qadrlash kuni" bilan chin qalbdan tabriklaymiz.

🕊 Shunday tinch va ozod yurtda yashar ekanmiz, bu tinchlik yo'lida qanchadan-qancha ota bobolarimiz jon berganini va bu oliy ne'mat o'z o'zidan paydo bo'lib qolmaganini anglagan holda, o'tganlar ruhiga ehtirom ko'rsatish asosiy burchimizdir.

Xotira bayramingiz barchangizga muborak bo'lsin!

‼️Bayram munosabati bilan 9-May Juma kunini markazimizda dam olish kuni deb elon qilamiz.

Biz bilan bog'lanish uchun:
📞 94 061 99 03
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ota-onalar qilayotgan eng katta xato — siz ham shunday qilyapsizmi?
👍5🔥1
UNION_SCHOOL o’quv markazidan uzoq kutilgan yangilikga tayyormisiz?

🆕🔄
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥152👍2
📣 OTA-ONALAR UCHUN YANGI DAVR BOSHLANDI!
Farzandingizning darsga qatnashishi va bilim olishi endi sizning to‘liq nazoratingizda!

🎉 Shirin shahrida ilk bor!
Bizning markaz 🌟 UNION_SCHOOL – o‘quvchilari, ota-onalari va sifatli ta’limi bilan mashhur bo‘lgan muassasa – endilikda ikkita katta yangilikni taqdim etadi:


🗓 1. ONLINE YO‘QLAMA TIZIMI ISHGA TUSHDI!
Endi siz:
Farzandingiz bugun darsga bordimi?
Kechikmadimi?
Qatnashish darajasi qanday?

— degan savollarga uydan chiqmasdan turib javob olasiz!

📲 Telefoningiz orqali real vaqt rejimida kuzatib borishingiz mumkin!
✔️ O‘quvchilar darsda bo‘lishadi
✔️ Siz esa xabardor bo‘lasiz

📌 Bu tizimni Shirin shahrida birinchi bo‘lib aynan biz 🌟 UNION_SCHOOL joriy qildik! Faqat bizda — nazorat ham, ishonch ham bir joyda!


📊 2. HAR 4 DARSDA — MINI-IMTIHON!
Endi har bir guruh:
☄️ 4 ta darsdan so‘ng oraliq test topshiradi
📈📉 Natijalari esa sizga online taqdim etiladi

Bu orqali siz farzandingizning:
📈 O‘sishini,
📉 Bir joyda to‘xtab qolganini,
⚠️ Yoki ortda qolayotganini ochiq ko‘rishingiz mumkin!


🛡 Qisqasi, endi siz farzandingiz ta’limini qo‘lingizda ushlab turasiz.
🗣️ O‘qituvchi dars beradi, biz tizimni nazorat qilamiz, siz esa farzandingiz natijasini aniq ko‘rasiz.🗣️

💬 Bu – shunchaki yangilik emas. Bu – mas’uliyatli va zamonaviy ta’lim sari katta qadam.


📍Manzil: Shirin shahar, Mirzo Ulug'bek mahallasi (3-Blok)
📍Arentor: 555 Minimarket Urushev binosining 2 - qavati.
📩@UnionSchool_founder
📞 940619903
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🏆62🔥2👍1
Forwarded from Alisher Sadullaev
“Garvardchilar maktabi” ochiladi

🇺🇿Ayni vaqtda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida maktab ta’limi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Davlatimiz rahbari “Prezident iqtidorli farzandlari” milliy dasturini boshlash va Garvardchilar maktabini ochish bo‘yicha katta farmon imzolaganini aytdi.

Bu muassasa Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab sifatida tashkil etiladi. Bu yil 8-sinf bitiruvchilaridan 60 nafari saralab olinib, xalqaro maktabda “Top-10” oliygohlariga maqsadli tayyorlanadi.

Milliy dastur asosida maslahatchilar maktablardan har yili eng salohiyatli 3 ming o‘quvchini tanlab olib, AQSHning Garvard, Yel, Kolumbiya, Kornel kabi oliygohlariga tayyorlaydi.

Endilikda “Barkamol avlod” maktablari, “Yoshlar” sport jamiyati va O‘quvchi yoshlar markazi yagona tizimga birlashtiriladi. Bu markazlar to‘liq ta’mirdan chiqarilib, zamonaviy va kreativ yo‘nalishlarda jihozlanadi. Ularda xorijiy tillar, sun’iy intellekt, dasturlash va animatsiya kabi yangi to‘garaklar ochiladi.

Shuningdek, Qoraqalpog‘iston, Xorazm, Samarqand, Buxoro va Toshkentdagi “Barkamol avlod” markazlarida kamida 100 o‘rinli “Bolalar sayyohlik bazasi” tashkil etiladi. Har yili 1 million o‘quvchini O‘zbekiston bo‘ylab sayohatga jalb qilish vazifasi qo‘yildi.

@alisher_sadullaev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥5👍2
YANA BIR G‘ALABA!
Bugun bizning faxrimiz – UNION_SCHOOL 🌟 o‘quv markazi Shirin shahri Yoshlar markazida joylashgan ikkinchi filialimizda o‘tkazilgan Speaking Debate musobaqasida ishtirok etib, G‘OLIB bo‘ldi! 🏆

🎤 Kuchli nutq, 🧠 teran fikrlar va 🤝 jamoaviy ruh bizni cho‘qqiga olib chiqdi!

Ushbu ajoyib tadbir Shirin Youth Alliance asoschisi – Islombek Namozov tomonidan tashkillashtirildi. Eng e’tiborga loyiq jihat shundaki, IslombekPrezident maktabining iqtidorli o‘quvchisi! 🧑‍🎓🇺🇿

Uning tashabbusi, yetakchilik salohiyati va yoshlarga bo‘lgan mehrini alohida qadrlaymiz!

Rahmat sizga, Islombek!
Yosh avlod uchun bunday imkoniyatlar yaratganingiz va bizni ilhomlantirganingiz uchun chuqur minnatdorchiligimizni bildiramiz! 🙏

Bu biz uchun nafaqat bir g‘alaba, balki kelajak yutuqlarimiz sari dadil tashlangan qadamdir!
UNION_SCHOOL🌟

#UNIONSCHOOL #DebateWinners #SpeakingDebate #ShirinYouthAlliance #PrezidentMaktabi #YoshLiderlar #BizningFilial #ShirinShahri@UnionSchool
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🏆14👍3🔥2
UNION_SCHOOL
Union School o‘quv markazini tanlashingizga eng katta sabab nima bo‘lgan?
Izohda siz uchun yana qanday jihatlar muhimligini yozib qoldiring — fikringiz biz uchun muhim! ✍️
🔥15
Haqiqiy sifatli o‘quv markazni qanday aniqlash mumkin?
🔥6
Bugungi kunda o‘quv markazlar soni ko‘paydi. Har bir ko‘chada bittadan, har bir reklama burchagida birortasi chiqib turibdi. Ammo savol tug‘iladi:
“Ularning qaysi biri ishonchli? Qaysi biri haqiqiy bilim beradi?”

Quyidagi mezonlarga asoslanib tanlov qiling:

🔍 1. Ustozlarning sifati va shaffofligi
Yaxshi markaz ustozlarini yashirmaydi. Siz ularning malakasi, tajribasi, va avvalgi o‘quvchilari bilan erishgan natijalari haqida ochiq ma’lumot olishingiz kerak.

🎯 2. O‘quvchilarning real natijalari
Agar markazda o‘quvchilar IELTSdan 6.0+ ball, CEFRdan B2 va undan yuqori darajalarni olib turgan bo‘lsa — bu yaxshi belgidir. Lekin shunchaki reklama uchun yozilgan “fake” natijalarga aldanmang.

📈 3. Tizim, test va monitoring
Har bir professional markazda o‘quvchining bilim darajasi doimiy kuzatuvda bo‘ladi. Progres testlar, oylik hisobotlar, va ota-onalar bilan aloqada bo‘lish bu markazning jiddiyligidan dalolat.

📞 4. O'quv markaz bilan aloqa qilish qulayligi
Savolingizga vaqtida javob berishadimi? Sizni ro‘yxatdan o‘tkazish, yo‘nalish tanlashda ko‘mak berishadimi? Agar aloqa madaniyati past bo‘lsa – bilim berish darajasi ham shunga yarasha bo‘ladi.

👎 Nega noto‘g‘ri tanlov xavfli?
Noto‘g‘ri tanlov – vaqt, pul va ishonchni yo‘qotishga olib keladi. O‘quvchini demotivatsiya qiladi. Shuning uchun tanlovingizni jiddiy qiling.

Savol:
Siz qaysi mezonlarga qarab o‘quv markaz tanlaysiz? Va shu kungacha qaysi tanlovingizdan afsuslangansiz?

#OquvMarkazTanlash #IshonchliMarkaz #TalabaMaslahati #InglizTili #UzbekStudents #OtaOnalargaMaslahat
🔥4👍31
Ingliz tilini o‘rganishni boshlash uchun mukammal vaqt – qachon?
👍7
UNION_SCHOOL
Ingliz tilini o‘rganishni boshlash uchun mukammal vaqt – qachon?
📆 “Yozda boshlayman”, “Ishlarim tugasin”, “Keyinroq oson bo‘ladimi?”
Quyidagi bahonalar eng keng tarqalgan bahonalar hisoblanadi.

1. “Vaqtim yo‘q...”
🕰 "Vaqtim yo‘q" — bu eng keng tarqalgan bahona.
Lekin o‘ylab ko‘ring: siz telefoningizni har kuni necha marta tekshirasiz? YouTube-da qancha video ko‘rasiz?
Ingliz tilini o‘rganish uchun har kuni 15 daqiqa ajratish hayotingizni to‘liq o‘zgartirishi mumkin. Kichik qadamlar katta eshiklarni ochadi.

🎯 Ingliz tili bu — imkoniyatlar tili. Siz unga vaqt topishingiz kerak emas. Siz unga ustuvorlik berishingiz kerak yani bir nimaga erishish uchun nimadurdan vos kechishingiz kerak Ingliz tilini kundalik rutinimizda birinchi o'ringa qo'yishimiz kerak

2. “Kurslar juda qimmat...”
💰 “Ingliz tili kurslari qimmat” deb o‘ylaysizmi?
Til bu — sarmoya. Bugun o‘zingizga qilgan sarmoyangiz ertaga 10 barobar qaytadi: ishda, safarda, hayotingizda.

Bugun YouTube, mobil ilovalar, bepul kanallar orqali o‘rganish mumkin. Asosiy narsa — boshlash.
Birinchi bosqichda eng katta to‘lov bu ishga kirishish yani boshlash.

🎯 Arzon izlamang. To‘g‘ri yo‘lni tanlang. O‘zingizni qadrlang.

3. “Yoshim o‘tib ketgan...”
Matn:
🧓 "Endi yoshim katta, til o‘rganolmayman" — bu noto‘g‘ri qaror.
Bilim olishda yosh cheklov emas. 40 yoshida til o‘rganganlar bor, 50 yoshida IELTS topshirganlar ham.
Sizning miyangiz hali ham o‘rganishga tayyor — siz faqat o‘zingizga imkon berishingiz kerak.

🎯 Har qanday kechikkan qadam — boshlanmaganidan yaxshiroq. Bugun boshlash — ertangi imkoniyatlaringizni yaratishdir.

4. “Men til o‘rganishga qobiliyatli emasman...”
🧠 Siz maktabda ingliz tilidan qiynalgandirsiz. Balki hech kim sizga uni to‘g‘ri tushuntirmagandir.
Bu sizda qobiliyat yo‘q degani emas. Bu — tizim ishlamagan degani.


Til o‘rganish — bu tug‘ma emas, shakllantiriladigan ko‘nikma. Tizimli mashq, tushunarli dars, oddiy usul — va siz gapira boshlaysiz.

🎯 Ismni eslab qolganingiz kabi, tilni ham o‘zlashtira olasiz.

5. “Avval grammatikani to‘liq bilishim kerak...”
📚 Ko‘pchilik grammatika mukammal bo‘lmasdan til o‘rganib bo‘lmaydi deb o‘ylaydi.
Bu noto‘g‘ri.
Til — bu avvalo aloqa vositasi. Gaplashish, tushunish, ifoda qilish.

Tug‘ilganimizda biror til grammatikasini bilmasdik. Shunga qaramay, gapira oldik. Tilni tushunish uchun real misollar, dialoglar, video-darslar yetarli.

🎯 "Tilni grammatikadan boshlamang — uni hayotdan boshlang. Real muloqot sizga eng kerakli grammatikani o‘zi o‘rgatadi."

6. “Nimadan boshlashni bilmayman...”
🧭 “Boshlash kerak, lekin qayerdan?” — bu chalkashlik hammada bo‘ladi.
Eng to‘g‘ri yo‘l — ustoz yo‘l-yo‘riq bersa yoki yaxshi platforma tanlansa.

Lekin asosiy narsa: birinchi qadam. Telefoningizga inglizcha ilova yuklang. Bepul kanalga obuna bo‘ling. Kundalik 5 ta yangi so‘z yozing.

🎯 Har qanday katta yo‘l — birinchi qadamlardan boshlanadi.

7. “Motivatsiyam yo‘q...”
🔥 Hech narsa qilishni xohlamaysizmi? Juda tabiiy. Lekin hayotingizda nimani o‘zgartirmoqchisiz?
Ish topmoqchimisiz? Chet elga chiqmoqchimisiz? Rivojlanmoqchimisiz?

Hamma istaklar — tildan boshlanadi. Motivatsiya o‘z-o‘zidan kelmaydi. U harakat orqali paydo bo‘ladi.

🎯 Harakat qiling — natijani ko‘rasiz. Natijani ko‘rsangiz — motivatsiya o‘z-o‘zidan paydo bo‘ladi.

🧠 Inson miyasi yangi narsalarni o‘rganishda vaqt, joy yoki fasl tanlamaydi. Aksincha, kichik, muntazam mashg‘ulotlar miyani “trenirovka” qiladi.

🎓 Esingizda bo‘lsin:
"Bilim ustiga amaliyot – natija beradi, kechiktirish esa pushaymonlik."
👍14
Bitiruvchilarga omad! | 24-may – dam olish kuni

Ertaga, 24-may kuni butun mamlakat bo‘ylab maktab bitiruvchilari uchun eng esda qolarli kun — bitiruv kechasi bo‘lib o‘tadi.

Markazimizda tahsil olayotgan o‘quvchilarning katta qismi — aynan 9- va 11-sinf bitiruvchilari ekanini inobatga olib, ertangi kunni biz uchun ham rasmiy dam olish kuni deb e’lon qilamiz.

24-may, juma kungi darslar qoldiriladi.
Qoldirilgan darslar 25-may, yakshanba kuni odatdagi vaqtda o‘tkaziladi.

🎉 Aziz bitiruvchilar, bu siz uchun yangi hayot sahifasining boshlanishi. Oldinda sizni katta imkoniyatlar, sinovlar va yutuqlar kutmoqda. Har biringizga chin dildan sog‘lik, omad va to‘xtovsiz oldinga iltilish tilaymiz.

Yodingizda bo‘lsin: Kelajak — bu bugun qilgan sa’y-harakatlaringizning natijasi!

💙 UNION_SCHOOL🌟 jamoasi siz bilan faxrlanadi va har doim qo‘llab-quvvatlaydi.

🎓🌟🚀📚💫
🔥8
🌎 IELTS – bu orzu emas. Bu strategiya.
👨🏻‍🎓 Uni biz bilan reja asosida zabt eting.

🌟 Union School’da yangi IELTS kursi qabul ochildi!
🗓 Boshlanish sanasi: 2-iyun (18:00)
🔄 Darslar haftada 4 kun: Seshanba, Payshanba, Shanba, Yakshanba

🔍 Sizga tanish savollar:
— Qayerdan boshlashni bilmayapsizmi?
— Bir necha marta tayyorlandiz, lekin natija yo‘qmi?
Speaking va Writing sizni qiynayaptimi?

✔️ Bizda yechim bor.
Bu kurs IELTS’ga tayyorlanishning oddiy “kurs”i emas — bu strategik tayyorgarlik, progress monitoring va aniq natijaga yo‘naltirilgan tizimdir.

📌 Sizni kutmoqda:
▪️ IELTS bo‘yicha malakali, tajribali ustoz
▪️ Speaking & Writing bo‘yicha real-time feedback
▪️ Har hafta progressni ko‘rsatadigan testlar
▪️ Materiallar — faqat IELTS standartlariga mos
▪️ Guruhda — qulay muhit, barqaror motivatsiya

🔖 Bu kurs:
7.0 –7.5 ball olishni mo‘ljallayotganlar uchun
— Chet elda o‘qish yoki ishlashni rejalayotganlar uchun
IELTS ni qat’iy rejada, bosqichma-bosqich o‘rganmoqchi bo‘lganlar uchun

🚀 IELTS — bu imkoniyatlar eshigi.
Sizda maqsad bo‘lsa, bizda tayyor yo‘l bor.

📞 Ro‘yxatdan o‘tish va joy band qilish uchun: 990619903
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥8
🎯 IELTS 7+ olishni istayotganlar uchun ajoyib imkoniyat!

Doim orzu qilgan IELTS balingizga endi Formula 1 tezligida erishasiz.

📌 UNION_SCHOOL 🌟 IELTS bo‘yicha o‘z natijasi bilan gapiradigan markaz.
Kurs boshlanishiga atigi 6 kun qoldi.
Va bu safar siz ham IELTS 7+ oluvchilar safida bo‘lishingiz mumkin.

📚 Kuchli metodika + tajribali ustozlar + qat’iyatli o‘quvchilar = Kafolatlangan natija

❗️ Joylar soni cheklangan.
Agar o‘zingizga ishonsangiz — bugunoq yoziling.

📞 940619903
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥6👍2🏆1
Sizda faqat 5 kun qoldi.
IELTS 7.0+ orzuyingizga yetadigan yo‘l — bu oddiy kurs emas.
Bu sizning hayotingizdagi burilish nuqtasi.
Union School — natijaga xizmat qiladigan yagona pitsop.
Kechiktirmang. Joylar to‘lib boryapti

📞 940619903
🔥71
🏁 IELTS 7.0+ guruhimizga atigi 4 kun qoldi.
Hayotda ba'zida faqat bitta to‘g‘ri start kifoya qiladi.
Agar siz ham orzularingiz sari birinchi qadamni qo‘ymoqchi bo‘lsangiz — biz shu yerda, siz bilan birga boshlashga tayyormiz.
📍 UNION_SCHOOL
Sizga ishonamiz. Siz ham o‘zingizga ishoning.

📞 940619903
👍5