Umr Falsafasi
23.3K subscribers
1.53K photos
547 videos
1 file
3 links
✍️ She'riyat
🖇 Falsafa
🌱 Psixologiya
📖 Mazmunli satrlar
❤️ Qalbga yaqin so‘zlar
📚 Mulohaza

Reklama: @Umr_info
Download Telegram
Uchta narsa hech qachon qaytib kelmaydi:
Vaqt, Aytilgan so‘z, Imkoniyat
Uch narsani yo‘qotib bo‘lmaydi:
Tinchlik, Umid, Gʻurur.
Uch narsa qadrli:
Sevgi. Ishonch. Halollik.
Uch narsa o‘tkinchi:
Mansab, Omad, Barqarorlik.
Uch narsa odamni qandayligini aniqlaydi:
Mehnat, To‘g‘rilik, Erishilgan natija.
Uch narsa odamni harob qiladi:
Kibr, Harom, Zulm.
Uchta gapni aytish qiyin:
Seni sevaman.
Kechir.
Yordam ber.

@Umr_Falsafasi 🕊
56👍38😢8👏6🔥31🕊1
#Mulohaza

ONA MUHABBATI YOKI BARCHANI YIGʻLATGAN SMS


Yaponiyadagi zilziladan so‘ng qutqaruvchilar yosh ayolga tegishli bo‘lgan uy xarobalariga kelishdi va xonadon sohibasini devor yoriqlari orqali ko‘rishdi. U ibodat qilayotgandek engashib, qo‘llari esa nimanidir ushlab turgandek edi go‘yo! Qulab tushgan uy uning boshi va yelkasiga ziyon yetkazgan edi. Qutqaruvchilar guruhining sardori ayol tirik ekanligiga umid qilgandi. Ammo uning sovuq tanasi buning aksidan dalolat berib turardi. Ko‘rinmas bir kuch guruh sardorini halok bo‘lgan ayolning uyiga chorladi. Yana bir marotaba, u ayol yotgan joyni ko‘rib chiqish uchun boshqa bir tirqishdan ichkariga bo‘yladi va kutilmaganda hayajon bilan «Bu yerda go‘dak bor, go‘dak!» deb baqira boshladi. Butun guruh uy atrofidagi buyumlarni sinchiklab yig‘ishtirishga tushishdi. Ayol tiz cho‘kib, muk tushgancha yotar edi. Vo, ajab! Uning ostida adyolda o‘ralgan 3 oylik chaqaloq yotardi! Uy qulayotganda ona bolasini o‘z tanasi bilan to‘sib turgan. Aftidan, u bolasi uchun o‘zini qurbon qilgan edi. Qutqaruvchi guruh sardori mittigina go‘dakni qo‘lga olganida, u hali pishillab uxlab yotardi. Adyolni ochganida esa, qutqaruvchining ko‘zi uyali telefonga tushdi. Ekranda matnli «SMS » bor edi: «Agar tirik qolsang, seni yaxshi ko‘rishimni hamisha yodingda tut». Bu uyali telefon qo‘lma-qo‘l bo‘lib ketdi. Undagi xabarni o‘qigan odamlarning ko‘zlari namlandi. «Agar tirik qolsang, seni yaxshi ko‘rishimni hamisha yodingda tut». Ona muhabbati shunday bo‘lar ekan!

@Umr_Falsafasi 🕊
😢123👍40😭259👏6❤‍🔥3🔥2🎉2
Hayotda to‘qson to‘qqiz marta to‘g‘ri va savobli ish qilib, bir marta xato ish qilib qo‘ysang, odamlar sening to‘g‘ri ishlaringni unutib, xatoingga yopishib oladilar. Inson deb shunga aytiladi.

Agar to‘qson to‘qqiz marta xato ish qilib, bir martagina xatolaringni kechirishini so‘rab, mag‘firat tilasang, Alloh Taolo to‘qson to‘qqiz xatoingni unutib, bitta tavbangni qabul qiladi. Rahmon deb shunga aytiladi.

SHUNDAY EKAN SIZ RAHMONNI ROZI ETING, INSONNI EMAS!

@Umr_Falsafasi 🕊
79👏19👍16😢8🕊7❤‍🔥4👀1
Hayotda shunchaki yashash muhim emas, kimgadir kerakli bo'lib yashash muhimroqdir!

@Umr_Falsafasi 🕊
👍5725😢9🥰6🔥4🕊3❤‍🔥2🍓2👏1
Ayol kishi shu to‘rt narsa tufayli oilasini xonavayron qiladi:
1. Qaysarlik;
2. Jahl, asabbuzarlik;
3. Shubha-gumon;
4. Ovozni balandlatish.

Erkak kishi shu to‘rt narsa tufayli oilasini xonavayron qiladi:
1. Uzoqlashish;
2. E’tiborsiz bo‘lish;
3. Qattiqqo‘l bo‘lish;
4. Baxillik qilish.

@Umr_Falsafasi 🕊
👍65💯21❤‍🔥149😢7👏5🔥3🤗3
Ko‘rdimki, umr va dunyodan ko‘ra tez o‘tib ketadigan, o‘lim va oxiratdan ko‘ra yaqinroq, orzudan ko‘ra uzunroq, xotirjamlikdan ko‘ra go‘zalroq narsa yo‘q ekan.

Najmiddin Kubro

@Umr_Falsafasi 🕊
👍33🥰14😢123❤‍🔥3🔥3🐳1
#Mulohaza

SADAQANING FOYDALARI

1. Farishtalar molingizga baraka tilab duo qiladilar.
2. U sizning shaytonlar ustidan g‘alabangizdir.
3. U Alloh azza va jallaning g‘azabini o‘chiradi.
4. U har bir kasallikka davo va shifodir.
5. U sizning obro‘ va hurmatingizni saqlaydi.
6. U sizning o‘lim oldi xotimangizni go‘zal qiladi.
7. Sadaqangiz to‘siq bo‘lib sizni do‘zaxdan himoya qiladi.
8. U qiyomat kuni sizning soyaboningizdir.
9. U sizning mol-mulkingizni ziyoda qiladi.
10. U qalbingiz qattiqligini yumshatadi.
11. Sadaqa qabr azobi va olovidan saqlaydi.
12. U xato va gunohlaringizni o‘chiradi.
13. U sadaqa beruvchidan va uning yaqinlaridan baloni daf qiladi.

@Umr_Falsafasi 🕊
👍399❤‍🔥5👏4🐳41🥰1😍1🏆1
Agar bir muammoga duch kelsangiz, to‘rt narsani yodga olish bilan uni yengillating:

• Bu vaqtinchadir;
• Bu taqdirimga yozilgan edi;
• Bundan katta muammo bo‘lishi ham mumkin edi;
• Bunga sabr qilsam, Alloh taolo meni ajr savob ila mukofotlaydi.

@Umr_Falsafasi 🕊
96👍47🕊10❤‍🔥9🥰7🔥4👏1
#Mulohaza

ILM VA ZIKR

“Kim tasbeh, takbir, tahlil, tahmid keltirib uxlasa, qiyomat kunida shu holida tiriladi. Agar g‘aflatda qolib uxlasa, qiyomatda ham shu holida tiriladi. Uyqudan oldin zikr qilgan holda uxlashga o‘zingizni ko‘niktiring va odatlaning”.

☘️ Tasbeh – “Subhanalloh”;
☘️ Takbir – “Allohu akbar”;
☘️ Tahlil – “La ilaha illalloh”;
☘️ Tahmid – “Alhamdulillah” deyishdir.

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam qizlari Hazrati Fotima roziyallohu anhoga uxlashdan oldin 33 marta Subhanalloh, 33 marta Alhamdulillah, 33 marta Allohu akbar deb yotishni tavsiya qilganlar.
Bu bizga dars bo‘lishi kelak. Inson yotganda tabiiy ravishda uyquga toladi. Uyquning o‘limdan qanchalik farqi bor? “Ertalab turamiz-da”, deymiz. Turolmasak-chi? Uyquning o‘limdan farqi uyg‘onish xolos. Uyg‘otib bo‘lmaydigan uyqu o‘lim deyiladi.
Shunday ekan, uxlashdan oldin tayyorgarlik qilish kerak. Qiyomat kunida kishining tasbeh, takbir, tahlil va tahmid qilgan holda tirilishi uning saodatiga erishishiga alomat va jannat ahlidan bo‘lishiga ishoratdir.

“Jannatga borar yo‘llar” kitobidan

@Umr_Falsafasi 🕊
👍5712❤‍🔥6👏4🥰2
#Mulohaza

GAP EGASINI TOPADI!

Domlaning oldiga yangi kuyov kelinning itoatsizligidan nolib keldi.
- Domla, xotinim aytganimni qilmayapti.
Domla kuyovning ust-boshiga qarab:
- Kastyumingiz zo‘r-u, qayerdan oldingiz?
Kuyov xursandnamo:
- Xotin tomon qilgan.
- Tuflingiznichi?
- Uni ham.
....
Qarasa, paypog‘igacha xotin tomondan kelgan ekan. Shunda domla kuyovga qarab:
- Xotiningiz sizni urmaganiga rahmat deng! - dermish...
Haqiqiy erkak hech qachon xotinidan nolimaydi. Chunki, xotinidan noliydigan erkakda g‘urur, or bulmaydi, bu gapi bilan u o‘zini qo‘rqoqligini, bitta xotinga so‘zini o‘tkaza olmayotganini bildirib qo‘yadi.
To‘g‘ri, hozir or masalasi juda qiyin bo‘lib, tobora yo‘qolib bormoqda.
Nega deysizmi?!
Kelin-kuyov bozorga chikishadi-da, kelin kuyovga ( ERKAKka ) sarpo olib beradi...
Ota-bobolarimiz birga yurishganda, ayoliga suvga pul to‘latishga or qilishgan.
Ikki-uchta xonani to‘ydan avval bo‘m-bo‘sh qilib, kelinni uyidan gilam, mebel kutishlari-chi?!
(Uyalib ketaman rosti. Qani or, qani g‘urur?)
Tuydan keyin ham sho‘rlik ota-ona qizinikiga 40 kun taom tashiydi.
"Qiz chiqarganga qirq yil tegma" degan maqolni mag‘zini chaqqandek bo‘ldim.
Kuyov tomon ovqat kutadi... ajoyib a...
Qiz o‘stirgan oila qizni dunyoga keltirib, katta qilib, sizni xizmatingizga bergani uchun aybdormi?
Qizi kasal bo‘lsa, ota-ona
Nabirasi kasal bo‘lsa, ota-ona...
Qizi tug‘sa yana xarajatni kattasi, ota-onada!
Nikoh o‘qilayotganda uni kasal-u sog‘ini, yeyishi-yu kiyishini bo‘yningizga olgansiz-u, ERKAK.
Yana ayolingizdan hurmat, itoat talab qilasiz...
Nega?
Axir hurmat talab qilinmaydi, unga loyiq bo‘lish kerak.
U sizda orni ko‘rmasa, g‘ururni ko‘rmasa, kasal bo‘lsa ota-onang davolatsin desangiz.
Inson qachon oila qilishi kerak, albatta o‘zi va yana boshqa insonni uddasidan chiqa olsa.
Bu gaplar hamma erkaklarga ham tegishli emas. Gap o'z egasini topadi.

@Umr_Falsafasi 🕊
👍87💯22❤‍🔥10😢6👏3🕊3🔥2🤯21
Eng chiroyli ko'zlar menda ekanligiga ishonasizmi?

Axir aytishadiku: "Ko'p yig'lagan ko'zlar chiroyli bo'ladi", deb!


@Umr_Falsafasi 🕊
😢99👍1712😍8🕊5❤‍🔥4👏3🥰1💯1
Bunchalar g‘am chekma, kuyunma,
Bu kunlar o‘tadi ketadi.
Mansabga mindim deb suyunma,
Bu kunlar o‘tadi ketadi.

Kibrga berilma,  ziyoda,
Kun kecha edinku piyoda!
Hammasi o‘tkinchi dunyoda,
Bu kunlar o‘tadi ketadi.

Boshingda nima bor bilmaysan,
Bu kun qon bag‘ringni tig‘laysan.
Ertaga quvonchdan yig‘laysan,
Bu kunlar o‘tadi ketadi.

Kim narvon qo‘yibdi osmonga,
Hammamiz egamiz bir jonga.
Boqiylik yarashmas insonga,
Bu kunlar o‘tadi ketadi.

Esla goh tug‘ulgan sanangni,
Kuch,quvvat tark etar tanangni.
Qadriga yet ota-onangni,
Bu kunlar o‘tadi ketadi.

Gʻaribning ustidan kulma sen,
Mazlumlar qalbini tilma sen.
O‘zingni xudo deb bilma sen,
Bu kunlar o‘tadi ketadi.

Asrolmay ko‘ksida jonini,
O‘tdi ming Xoqonu, Horuni.
Bilginki bu hayot qonuni,
Bu kunlar o‘tadi ketadi.

Alloh ko‘p sinaydi sabrimiz,
Pul bilan o‘lchanmas qadrimiz!
Tuproqdan bo‘ladi qabrimiz,
Bu kunlar o‘tadi ketadi.

Gar topay desang sen saodat,
Har kuni sajda qil-ibodat.
Hammasi Allohdan inoyat,
Bu kunlar o‘tadi ketadi.

@Umr_Falsafasi 🕊
👍5313🥰5❤‍🔥4👏3😢1
Yo'q, endi ko'nglingdan chiqarolmaysan,
Umringda quyoshday porlayveraman.
Ming yillar qa'riga ketganingda ham,
Men seni samoday chorlayveraman.

Ismingni tonglarga yozaman maxtal,
G'unchalar bargida uxlayveraman.
Yo'q, baxting mensiz bo'lolmas tugal,
Men seni har lahza yo'qlayveraman...

Otashman, dengizman, samoman, nurman,
Jism-u jahonningni o'rtayveraman.
Ayt qanday topasan qochmoqqa imkon
Men seni Xudodan so'rayveraman!
🥰88👍3522❤‍🔥21😢5👏3😍2🤯1
#Mulohaza

• Ayol birgina sabrning o‘zi bilan ko‘p iztiroblarga bardosh bera oladi. Shunday ekan, ayollarni qanday hurmat qilishni o‘rganaylik.
• Ayol kishi jamiyatning yarmini dunyoga keltirib, tarbiya qiladigan xilqatdir.
• Ayol o‘zini sevadigan kishining yonida sukut saqlab turgan bo‘lsa, aytadigan gaplari yosh ko‘rinishida ko‘zlaridan tomadi.
• Ayol shunday xilqatki, boshida sizga yaqinlashishga qo‘rqadi, kunlar o‘tib undan uzoqlashsangiz yig‘laydi.
• Ayol shunday xilqatki, uning qalbini kamdan-kam erkak tushuna oladi.
• Ayol kishi sizdan amru mahol narsani so‘ramaydi. Balki o‘ziga mehr berib, e’tibor qaratishingizni so‘raydi.
• Ayol: yo ulkan makr yoki ulkan muhabbat. Agar biz ayolga nisbatan makr ishlatsak, u ham bizga makr ishlatadi, aksincha, agar uni sevsak, u ham bizni sevadi.
• Ayol kishi o‘zi isitmalab, joni og‘rib turgan bo‘lsa-da, sizga dori tayyorlab beradi.
• Ayol kishi o‘zi siqilib turgan bo‘lsa-da, sizga taskin, tasalli beradi.
• Ayol kishi o‘zi charchab, xorib turgan bo‘lsa-da, siz bilan tun bo‘yi bedor bo‘ladi.
• Ayol shunday xilqatki, tanimagan kishisi uchun ham mahzun bo‘laveradi.
• Ayol shunday xilqatki, u bilan xuddi go‘daklarga muomala qilgandek munosabatda bo‘lishingizni yoqtiradi.
• Agar erkak ayol kishining g‘am-anduhlarini ko‘tarishga qurbi yetmasa, uning qalb eshigini chertmasin.
• Ishga ketayotganingizda ayolingizni qo‘lidan bo‘sa olib keting. To qaytguningizcha o‘zgacha hissiyotlar og‘ushida yursin. Bu ishni har kuni takror qilingki, o‘zini sizga ato qilingan Allohning ne’mati deb bilsin.
• Ayol kishi har qancha qo‘pol bo‘lsa ham uning qalbi mehr-shafqatga limmo-lim bo‘ladi.
• Ayolning erkaligini va rashkini faqatgina uni chin dildan sevgan insongina ko‘tara oladi.
• Ayol xiyonatdan, yaqinlarini yo‘qotishdan qo‘rqadi. Yaxshi ko‘rgan insonini yo‘qotib qo‘ysa, uni unutishi qiyin bo‘ladi.
• Ayol otasiz go‘dakni tarbiya qila oladi, lekin erkak onasiz go‘dakni tarbiya qila olmaydi.

@Umr_Falsafasi 🕊
👍7416😢14🔥4🥰4💯3👏2❤‍🔥1
Yaralandingiz, xafa bo‘ldingiz, ammo kechirdingiz...
Sog‘indingiz, kutdingiz ammo yolg‘iz qoldingiz...
Har ishni qildingiz ammo ortidan qarab qoldingiz...
Endi eng ko‘p uzrni o‘zingizdan so‘rang, chunki, siz qadringizni bilmaganlar uchun eng qadrli yillaringizni sarfladingiz.
Shunday emasmi?

@Umr_Falsafasi 🕊
👍82😢30💔1712🕊9👏5🥰3
Har bir ayol gulga o'xshaydi. Va siz bilganingizdek, har bir gul g'amxo'rlik, iliqlik, e'tibor, sevgi va muhabbatni talab qiladi. Agar bunday bo'lmasa, gul so‘ladi, quriydi va o'ladi. Va keyin, siz qanday g'amxo'rlik qilishingizdan qat'i nazar, qanday g'amxo'rlik qilishingizdan qat'iy nazar, hech narsa yordam bermaydi. Gul endi gullamaydi. Va ayol ham shunday. Unga g‘amxo‘rlik, muhabbat, e’tibor va mehr ko‘rsatilsagina gullaydi.

Xo'sh, agar siz hech bo'lmaganda bir marta buni e'tiborsiz qoldirishga va unutishga urinsangiz, unda gulning noyob go'zalligi o'rniga oddiy tikanni ko'rishingizga hayron bo'lmang. Ayolga vaqti-vaqti bilan emas, har kuni e'tibor, sevgi va g'amxo'rlik kerak. Uni seving va unga g'amxo'rlik qiling, shunda u butun yil davomida gullaydi.‌‌

@Umr_Falsafasi
67👍25😍6🕊5🥰4💯3❤‍🔥2🔥1👏1😢1
#Mulohaza

100 yildan keyin siz suyib, kuyinib yashayotgan uyingizda, sizni tanib-tanimas insonlar yashayotgan bo‘ladi.
Bevafo dunyo...

@Umr_Falsafasi 🕊
😢151👍25😭23🔥109👏5💯4🥰1
#Mulohaza

Bir ayol eriga ovozini baland ko‘tardi. Eri bundan g‘azablanib, Umar roziyallohu anhuning huzurlariga shikoyat qilish uchun bordi. Uylariga yetib borib, endi eshikni taqillatmoqchi bo‘lganida, uy ichidan hazrati Umar roziyallohu anhuning ayollari baland ovozda u zotga gapirayotganini eshitdi. Bu xonadonda ham shu ahvol ekan, ortimga qayta qolay, deb endi qaytmoqchi bo‘lganda, ichkaridan hazrati Umar roziyallohu anhu chiqib qoldilar-da: «Hoy, menda biror-bir yumushing bormidi?!» deb so‘radilar.

Haligi odam: «Ha, huzuringizga ayolimdan shikoyat qilib kelgandim. Qarasam, sizda ham menikidek ahvol ekan», dedi.

Shunda hazrati Umar roziyallohu anhu: «Kiyimlarimni yuvsa, yotog‘imni hozirlasa, farzandlarimni tarbiya qilsa, uyimni ozoda tutsa, vaholanki, bu ishlarni Alloh taolo unga buyurmagan. Lekin ayolim bularning hammasini ehson, fazilat, muruvvat tariqasida ixlos bilan bajaradi. Shunday ekan, ovozini baland ko‘tarsa, bunga chidamasligim, bardosh bermasligim kerakmi?!» dedilar.

Ey, sayyidimiz Foruq, jinlaru shaytonlar sizning haybatingizdan qo‘rqib, siz yurgan yo‘ldan qochib, boshqa yo‘ldan yurardi. Ammo siz shu qadar haybat, viqor sohibi bo‘lsangiz ham erkaklarga ayoliga nisbatan qanday muloyim bo‘lishi kerakligi haqida ta’lim beryapsiz.

Hoy erkaklar, ayolning sabrini yengil sanamang. Bag‘rida to‘qqiz oy ko‘tarib yurgan homilasini to‘lg‘oq azobiga duchor bo‘lib va unga bardosh berib dunyoga keltirgan ayol, sizni qalbidan chiqarib yuborishga qodirdir.

@Umr_Falsafasi 🕊
69👍28😢8👏7🔥5❤‍🔥2
Ket desang, o‘shal on ketgum ehtimol,
Ko‘z yoshi qilmasdan,  vidolar aytib.
Faqat qulog‘inga shuni quyib ol,
Men bahor emasman, kelmayman qaytib!

Bir bor nigohingdan sachramasa o‘t,
Ishqingda ozgina sezsam kamomat.
Hatto biron bora bezovta qilmay,
Seni tark etaman abadul abad!

So‘zingdan zardaning essa shamoli,
Xiyonat sharpasin sezsam bir marta.
Yo qo‘nmas uchoqqa olaman minib,
Yo qaytmas poyezdga olaman chipta!

Sen shunga amin bo‘l!
Mening so‘zim so‘z!
Boshqa bir manzilni qolsang gar ko‘zlab.
Mendan bir umrga umidingni uz,
Hatto izimni ham topmaysan izlab!

Hijolat ham qilma, axtarma uzr,
Karvonim boshini buraman yo‘ldan.
Malol olganingni ozroq his qilib,
Kerak emasligim anglasam bo‘ldi!

Judolik jonimga qilsa hamki qasd,
Ayriliq o‘limga eltsa ham oxir.
Bazi  yengil-yelpi tuyg‘ulardan ham,
Mening g‘ururimning toshlari og‘ir!

Yanchib tashlasa ham sog‘inch - tegirmon,
Ko‘nglim yuragimdan kelsa hamki zo‘r.
Sen yana yuz yilcha bo‘lginu omon,
Bu qaytar dunyoning  tomoshasin ko‘r!

Malika Salimova


@Umr_Falsafasi 🕊
🔥77👍3424❤‍🔥7😢7👏61
#Mulohaza

KO‘Z YOSHI O‘N XILDIR:
1. Ulug‘ ko‘z yoshi
. Bu g‘alaba ko‘z yoshidir.
2. O‘zini oqlash ko‘z yoshi. Bu bolalar ko‘z yoshidir.
3. Ta’sirli ko‘z yoshi. Bu tavba qiluvchining ko‘z yoshlaridir.
4. Nozik ko‘z yoshi. Bu ayollarning ko‘z yoshidir.
5. Go‘zal ko‘z yoshi. Bu vafodorning ko‘z yoshidir.
6. Gʻam ko‘z yoshi. Bu azadorning ko‘z yoshidir.
7. Baxtiyor ko‘z yoshi. Bu muvaffaqiyat qozongan kishining ko‘z yoshidir.
8. Shafqatsiz ko‘z yoshi. Bu g‘am alam ortidan kelgan ko‘z yoshidir.
9. Ifoda qiluvchi ko‘z yoshi. Bu nadomat qilgan kishining ko‘z yoshidir.
10. Aldov yig‘isidagi ko‘z yoshi. Bu yolg‘onchining ko‘z yoshidir.

Lekin borliqdagi eng ajoyib, go‘zal va lazzatli yosh – Allohdan qo‘rqib yig‘lagandagi ko‘z yoshidir.

@Umr_Falsafasi 🕊
🔥69👍4428😢16❤‍🔥8👏4🎉2💯2