Umr Falsafasi
22.8K subscribers
1.52K photos
530 videos
1 file
3 links
✍️ She'riyat
🖇 Falsafa
🌱 Psixologiya
📖 Mazmunli satrlar
❤️ Qalbga yaqin so‘zlar
📚 Mulohaza

Reklama:@Umr_info
Murojaat: @Umr_Falsafasi_admini
Download Telegram
• Imon va solih amal pok hayotingiz siridir. Bu ikkovini qo'lga kiritish uchun harakat qiling.
• Ilm va ma'rifat talabida bo‘lib, kitob o‘qishga odatlaning. Chunki mutolaa g‘amni ketkazadi.
• Doimo tavbada bo‘ling va gunohlardan butunlay chetlaning, chunki gunoh hayotingizni zaharlaydi.
• Shu bugun bilan yashang, o'tib ketgan yoki endi keladigan damlaringizni unuting.
• Hayotingizni soddalashtiring, dabdabali yashashdan voz keching. Ortiqcha narsalar bilan yashash ortiqcha tashvishlarga sabab bo'ladi. Jismning farog'atda bo'lishi ruh uchun azobdir.
• Qo‘lingizdagi ne‘mat bilan boshingizga tushgan muammolarni solishtirib, chamalab ko‘ring, shunda yo‘qotganingizdan ko‘ra topganingiz ko‘proq ekanini bilasiz.
• Siz haqingizda aytilgan yomon so‘zlar sizga hech qachon zarar bermaydi, balki o‘sha so‘zni aytgan kishiga ziyon yetadi. Siz ularni o‘ylab ham o‘tirmang.
• Biror kishidan rahmat kutib o‘tirmang, hech kimning ustida bunday haqqingiz yo‘q. Balki yaxshilikni Alloh roziligi uchungina qiling.
• Birovlarning xatosi, mish-mishlar, adashishlar va odamlar haqidagi xabarlarga e‘tibor beravermang.
• Piyoda yurishga, sportga va sog‘ligingizga ahamiyat bering, chunki sog‘ tanda aql sog‘lom  bo‘ladi.
• Allohdan kechirishini, ofiyat, yaxshi holat va tan sog‘liq berishini doim duo qilib so‘rang.

📚 Doktor Oiz al-Qarniy "O‘kinma"

@Umr_Falsafasi 🕊
Ikki qizni oq yuvib, oq taragan, Alloh bizga in‘om etgan jannatlar ichida,eng buyuk ne‘matimsiz— ONA!

@Umr_Falsafasi 🕊
Mehrli ko‘zlari yoshga to'lmasin,
Baxtdan yuraklari mag‘rur kuylasin.
Hayot deb atalmish bir kam dunyoda,
Opa-singillarni Alloh asrasin.

@Umr_Falsafasi 🕊
​​#Mulohaza
SABR...

Domla minbarga chiqib zohidlik, sabr va isrofni tark qilish haqida gapira boshladi. Ko‘cha tozalaydigan ishchilardan biri uning gapini bo‘ldi:
- Taqsir! Siz ishga qimmatbaho mashinada, qimmatbaho kiyimlarda, masjidni to‘ldirar darajada xushbo‘y atirlarni sepib kelasiz. Qo‘lingizda ayfon. Yil ora umraga borasiz. Domla! Siz bir oqshom mening oddiy, tomida shox-shabba tashlangan kulbamda tunasangiz. Keyin tongda ikkimiz turib sabrning nimaligini bilish uchun supurgini olib ro‘za tutgan holimizda, qattiq issiqda ko‘cha tozalashga chiqsak. Men har kuni sizning bitta atiringiz bahosiga teng keladigan maoshimni olish uchun shu ishni bajaraman. Siz anvoi taomlar bilan saxarlikni qilib, qorinni to‘qlab salqin xonada xona sovutgichini yoqib uxlaysiz.

Uzr so‘rayman domla, bizda sabrni o‘rganishga ehtiyoj yo‘q. Zero sabr biz bilan hamroh
.
Bizga zolimlar zulmi, ulamolar riyosi haqida gapiring.
Bizga yashirin bomba singari tarqalib borayotgan bekorchilik va dangasalik haqida gapiring.
Bizga xalqlarni majburiy faqir qilish va och qoldirish haqida gapiring.
Bizga fasod va xalq mulkini talash haqida gapiring.
Bizga tabaqachilik va boylikni tarqatishdagi adolatsizlik haqida gapiring.
Bizga tanish-bilishchilik, mansabni meros qoldirish haqida gapiring.
Yo‘qsa sizning xutbangizda biz uchun ehtiyoj yo‘q...!

@Umr_falsafasi 🕊
Xafagarchilik qanchalik uzoq davom etsa, mehr-muhabbat tuyg‘usi ham so‘nadi!

@Umr_falsafasi 🕊
AYOL KIM?

Ayol - erkak unga aziyat bermasligi va uning bir parchasi ekanini unutmasligi uchun erkak qovurg‘asidan yaralgan hilqat.
🌸Ayol - erkak jannatda yolg‘izlikdan ezilib yurgan vaqtda Alloh taolo unga tuhfa qilgan omonat.
🌸Ayol - erkak xonadonining ko‘rki bo‘lgan onasi, singlisi va jufti haloli.
🌸Ayol - "Niso", "Mujodala", "Nur", "Taloq" va "Maryam" su'rasi.
🌸Ayol - Ona bo‘lganida jannat oyoqlari ostida bo‘lgan zot.
🌸Ayol - Alloh taolo merosdagi erkak hissasining yarmini unga bergan ojiza. Tahqirlash uchun emas balki, ayolning barcha ishlarini erkak boshqarishi uchun.
🌸Ayol - Rasululloh sollallohu alayhi va sallam u haqida ummatlariga qarata: "Ayollarga yaxshilik qilishingizni vasiyat qilaman!" - degan beg‘ubor.
🌸Ayol - soliha bo‘lsa, mingta batavfiq erkakdan afzal bo‘ladigan shaffof shisha.

@Umr_Falsafasi 🕊
Bir odam qattiq betob bo‘lib, kasalxonaga tushibdi. Shifokorlarning berayotgan dorilari foyda berishini so‘rab ertayu kech Allohga yolvorib duo qilibdi. Shu kasal bir kuni kechasi tush ko‘ribdi. Tushida o‘zi va hamxonalari bir quduq ichidagi suvga cho‘kayotgan emishlar. Yordamga chaqirsalar ham, hech kim kelmas emish. Bir payt yuqoridan bir ingichka arqon tusha boshlabdi. Hamma unga qarab talpinibdi. Lekin arqon qimirlab hech kimning qo‘liga ilinmay, haligi odamning qo‘liga tushibdi. Ko‘rinishidan o‘rgimchak ipidek ingichka arqon odam ko‘taradigan darajada pishiq ekan. Haligi odam jon holatda arqonga osilib yuqoriga tirmasha boshlabdi, lekin arqonni uzilib ketishidan xavotirga tushibdi. Shu payt xuddi uning xayolidagiga javoban yuqoridan ovoz kelibdi: “Qo‘rqma, ip uzilmaydi”. “Sen kimsan?” so‘rabdi haligi odam. “Men sen bir paytlar suvdan chiqarib olgan o‘rgimchakman. O‘sha yaxshiliging uchun bugun senga yaxshilik qilmoqdaman”, debdi. Haligi odam bunday ishlarni har doim qilib yurgani uchun bu o‘rgimchakni qachon, qayerda qutqarganini eslay olmabdi. Shu payt arqon qattiq silkina boshlabdi. Odam pastga qarasa, qolganlar ham arqonga osilib yuqoriga tirmashib chiqishayotgan ekan. Buni ko‘rib: “Arqon ingichka bo‘lsa, hammamizni ko‘tara olmay, uzilib ketishi mumkin. Nega ular mening arqonimga osilishadi?! Axir o‘rgimchak uni men uchun tashladi-ku”, deb o‘ylabdi. Shu narsani o‘ylagan zahoti arqon yuqoridan “chirt” etib uzilib, hammalari pastga qulab tushibdi.
Haligi odam o‘z ovozidan uyg‘onib ketibdi. Yarim tun, sheriklari uxlab yotishibdi. Ko‘rgan tushini eslabdi va u haqda o‘ylay boshlabdi. Umri davomida jonivor va hashoratlarga yaxshilik qilib kelgan odam palatadoshlarini o‘ylamay, faqat o‘zi uchun Allohdan shifo so‘rayotganini eslab, o‘zidan uyalibdi. Shu tun tongga qadar ko‘z yummay, Allohga: “Ey karami keng Parvardigorim, barcha dard bergan bandalaringga, kasalxonadagi bemorlarga va mening dardimga shifo berib, shu yerdan sog‘-salomat chiqib ketishimizni nasib et”, deb yolvoribdi.
Ertalab shifokor odatdagidek kasallarni ko‘zdan kechirayotib, unga: “Sizning topshirgan analizlaringizning javobi yaxshi chiqdi. Uch-to‘rt kundan so‘ng uyga javob beramiz”, debdi.
Bu hikoyadan xulosa shuki, odam o‘zi uchun nimaiki yaxshiliklarni orzu qilsa, atrofdagilarga ham shu narsalarni nasib etishini xohlamog‘i lozim.

@Umr_Falsafasi 🕊
DIL YARASI QANDAY YARA?

Mashoyixlar aytganidek: "Kishi o'ngilni og'ritish, Ka’baga o‘t qo‘yish bilan barobar ekan!", "Kishi ko'ngilni og'ritish Ka’bani vayron qilish bilan teng ekan".

Ammo xom sut emgan bandamiz, bilib-bilmay ko‘pincha kimlarningdir dilini og‘ritib qo‘yamiz, ko‘nglini ranjitib qo‘yamiz.
Abdulla Oripov aytganidek "… men badnom qilganman eng zo‘r odamni", deya kerilib ham qo‘yadilar.

Gohida "Tuproq bo‘lgil, olam seni bosib o‘tsin" hikmatini ham yoddan chiqarib qo‘yamiz.
Ko‘ngil esa juda nozik, shishadan-da nozik, salga darz ketadi.
Dil torlari saldan uziladi.
Kishi ko‘nglini olish qiyin, sindirish esa eng oson narsa.
Hofiz kuylaganidek "… shishani sindirsa tosh, surtsam qadoh bitkaymikan"
Bitadi, bitishi mumkin, ammo darzi qoladi, dil yarasi bitmaydi.
Ey dil, nima qilay, nima qilsam og‘rimaysan?
Izohsiz ham oson hazm bo‘ladigan, juda tushunimli, juda sodda ammo o‘ta hayotiy, ta’sirli!
Har qadamda dilimizni og‘ritishadi. Har qadamda kimningdir dilini biz og‘ritamiz.
U - dil esa og‘riydi, yig‘laydi, yupanch izlaydi.
O‘ziga kelguncha bir oz cho‘kadi!
Goho bir so‘z bilan sinib mayda-mayda bo‘lib ketadi.
Tiklanmaydi!
Biz esa o‘ylab ham ko‘rmaymiz goho nima qilib qo‘ydik?
Aytishadi-ku, "O‘q otsa, shu o‘qni olib tashlasa o‘rni bitishi mumkin ekan, ammo ko‘ngilni sindirsa bitkazib bo‘lmas ekan".
Bo‘lmaydi ham.
Bu juda qiyin, chunki, so‘zning zahri yomon.
"O‘q yarasi ketadi, dil yarasi bitmaydi", deb shunga aytishgan bo‘lsa kerak!

@Umr_Falsafasi 🕊
Ey inson! Hayotning eng chiroyli surati va ko'rinishini xohlasang unga erishtiradigan baxt qomusidagi benazir so‘z " Haqiqiy kun buguning"dir.

📚Doktor Oiz al-Qarniy "O‘kinma"

@Umr_Falsafasi 🕊
ONA

Ko‘z ochib olamga kelgandan beri
Nelarni ko‘rmadi bu boshim mening.
Ozmi-ko‘p tanidim hayotning sirin,
Qirqqa ham yetibdi bu yoshim mening.

Yildan-yil orttirdim talay do‘st-u yor,
Hurmatlab dedilar, “do‘stim”, “o‘rtog‘im”,
Ulg‘aydim: ko‘ksimga bosh qo‘yib dildor,
U dedi: “Baxtimsan, suyangan tog‘im!..”

O, ona, hech biri emasdur shirin
“Bolam!” deb bir og‘iz aytgan so‘zingdan!
O, ona mehringda quyosh yashirin,
Ne ajab gul unsa har bir izingda!


@Umr_falsafasi
Bir kishining "Boringga shukr!" deyishi, borligimiz uchun shukr qilishimizga yetadi!
Boringizga shukr!

@Umr_Falsafasi 🕊
Hamma yonimizda abadiy qolguvchi emas. Ba’zan odamlar keladi, o‘rgatadi va vazifasini bajarib ketadi.
Tan olish og‘ir, lekin bu - haqiqat.

Umidaaziz

@Umr_Falsafasi 🕊
Bag‘rikenglik nima?
Bilasizmi, shunday kichik qalblar bo‘ladiki, unga faqat boylik sig‘adi halos.
Yana shunday qalblar borki, unga osmon va yer, insoniyat va hayvonot, barchasi sig‘averadi. Mana shu qalb kengdir
.

@Umr_falsafasi 🕊
Payg‘ambarimiz ﷺ shafoatiga eng haqli odam u zotga eng ko‘p salavot aytgan kishidir. U zotga salavot aytish uchun eng afzal kun – Juma kunidir.

Juma kuni qilinadigan amallarning eng afzallaridan biri – Payg‘ambarimizga ko‘p salavot aytishdir.

📿Allohumma solli ala nabiyyina Muhammad.


Juma kuni muborak bo'lsin dindoshim! Alloh panohida asrasin. Boringizga shukr!

@Umr_Falsafasi 🕊
Har neki bo‘lsa shukr qil, buning ortida senga hidoyat bordir...

🌤Har tong sizning hayotingizni yangi sahifasi boshlanadi.
BUGUN UNI YAXSHISIGA AYLANTIRISH SIZNING QO‘LINGIZDA!

Tong otayotgan vaqtda bir unga boqing. Unda go‘zallik, buyuklik va yorishish manzarasi bo‘lib, sizga orzu, yaxshi gumon qilish va baxt eshiklarini ochadi.

Baxt buSalomatlikdir. Qolgan barchasini sotib olish, saqlab qolish, boshidan boshlash unutish mumkin.

Bu dunyoda baxtsizlar yo'q!
Noshukrlar bor xalos...

Shukr qiling. Sizning hozirgi hayotingiz boshqa insonlar orzusi bo'lishi mumkin.

@Umr_falsafasi
"Ba'zi ayollar
Chiroyli soʻzlashni biladi.
Baʼzilari chiroyli yozishni,
Chiroyli kiyinishni,
Turli - turli isteʼdodlari bordir.

Ammo eng goʻzal ayol
Oʻzini,
Haddini
Va odobini bilganidir..."


@Umr_falsafasi 🕊
Barcha narsalarni yo‘qotdim deb o‘ylasang, Alloh sen bilan birga ekanini yodga ol, shunda sen Uni yo‘qotmaysan, tabassum qil!

Suygan insoning senga e’tibor berishi uchun unga bosim o‘tkazma, uning o‘zi kimligingni va qadring qanchaligini bilgunicha tashlab qo‘y!

Yaxshilab kuzat: Kim xafaligingdan xafa bo‘ladi va xursandchiligingdan quvonadi, ana o‘sha inson qalbingdan joy olishga haqlidir.

Baxt-saodatning sabablaridan biri – senda go‘zallikni ko‘ruvchi ko‘z, yomonlikni kechiruvchi qalb, eng afzal narsani o‘ylovchi aql hamda umidga to‘la ruhning bo‘lishidir.

Insonlarni o‘zingga qaratib, sendan hayratlanishlari uchun yolg‘on gapirma, rostgo‘ylikdan qo‘rqma, agarki bu sendan insonlarni uzoqlashtirsa ham…

Unutma, o‘zgalar bilan munosabatda ochiq-oydinliging ulkan yutuqdir!

Umidaaziz

@Umr_Falsafasi 🕊
Qalbingdan o‘tkazgan nimaiki orzuing bo‘lsa, eng go‘zal shaklda ro‘yobga chiqishini tilayman.

@Umr_Falsafasi 🕊
Yolg‘on so‘zlamaydigan insonni o‘zi yo‘q!
Dunyoning o‘zi shirin yolg‘ondan iborat...

@Umr_falsafasi 🕊
Hayot bu - yomg‘irdek go'yo...

Muntazam yog‘adigan yomg‘ir ba’zan tomchilaydi, ba’zan jala quyadi.
Har kimning hayotida soyabon tutadigan odami bo'ladi.
U yomonliklardan himoya qilib, qalbingizga iliqlik, quyosh olib kiradi.

Hayotingizda shunday odamingiz doim bor bo'lsin.
🌿Unutmang...
Mehr faqat tarqatilganda ko'payadi, o'zingizga ko'proq mehr jalb etishning yagona usuli ko'proq mehr ulashishdir.
Atrofingizda qalbi halim, mehrga to'la insonlar ko'paysin. Baxt hamisha hamrohingiz bo'lsin!
Gʻam ko'rmang.
Siz dunyoga, yaqinlarga qanday boqsangiz shunday ko'rinadi...

🌿Har bir inson yomg‘ir tomchisi kabidir.
Qaysi biri loyga, yana qaysi biri gul yaprog‘iga tushadi.

Jaloliddin Rumiy

@Umr_Falsafasi 🕊