Sahovat va ochko‘zlik
Banu Isroil qavmida uch kishi bo‘lib, biri pes, biri kal, yana boshqasi esa ko‘r edi. Parvardigor ularni sinamoqchi bo‘lib, bir Farishtani odam qiyofasida yubordi. Farishta pesning oldiga borib:
– Eng yaxshi ko‘rgan narsang nima? – deb so‘radi. Pes:
– Chiroyli rangli terini yaxshi ko‘raman va odamlar jirkanayotgan mana bu peslikning mendan ketishini istayman, – dedi. Shunda farishta uni silab qo‘ygan edi, uning oqargan joylari yo‘qolib, tanasi chiroyli rangga kirdi. Farishta:
– Sen uchun eng suyukli mulk nima? – degan edi, u:
– Tuya, – deb javob berdi. Unga bo‘g‘oz tuya berildi. Farishta:
– Bunda senga Allohning barakoti bo‘lsin, – deb xayrlashdi.
Farishta endi kalning oldiga kelib:
– Eng yaxshi ko‘rgan narsang nima? – deb so‘radi. Kal:
– Chiroyli sochni yaxshi ko‘raman va mendan mana bu kallikning ketishini istayman, – dedi. Farishta uni silagan edi, undan kallik ketib, chiroyli soch berildi. Farishta:
– Sen uchun eng suyukli mulk nima? – degan edi, u kishi:
– Sigir, – dedi. Unga bo‘g‘oz sigir berildi. Farishta uni tark etar ekan:
– Bunda senga Allohning barakoti bo‘lsin, – dedi.
So‘ngra farishta ko‘rning oldiga borib:
– Eng yaxshi ko‘rgan narsang nima? – deb so‘radi. Ko‘r:
– Alloh menga ko‘zlarimni qaytarib bersa-yu, yana odamlarni ko‘ra olsam, – dedi. Farishta uni silagan edi, Alloh taolo uni ko‘radigan qilib qo‘ydi. Farishta:

– Sovliq qo‘y, – dedi.
Ularga berilgan barcha jonivorlar bolalab-ko‘paydi. Birinchisida bir vodiy tuya, ikkinchisida bir vodiy mol, uchinchisida bir vodiy qo‘y bo‘ldi. Keyin farishta avvalgi surati va ko‘rinishida pesning oldiga kelib:
– Men bir bechora kishiman, ulovim ham yo‘q, safar uchun olgan ozuqam ham tugadi. Bugun manzilimga yetib olishning iloji qolmadi. Faqat Parvardigorning karami, so‘ngra sening yordaming bilan manzilimga yetishim mumkin. Shuning uchun senga chiroyli rang, go‘zal teri va boylik bergan Allohning hurmati, bir dona tuya so‘rayman. Menga bergan tuyangda manzilimga yetib olaman, – degan edi, haligi pes odam:
– Hammaga tuya beraversam, o‘zimga nima qoladi? – dedi. Farishta:
– Seni oldin ham ko‘rgandekman, mabodo oldin odamlar jirkanadigan pes bo‘lmaganmiding? Parvardigor senga boylik bermaganmidi? – degan edi, pes:
– Bu boylik ota-bobolarimdan meros qolgan, – dedi. Shunda farishta:
– Agar yolg‘on aytayotgan bo‘lsang, Alloh seni oldingi holingga qaytarib qo‘ysin, – dedi.
So‘ngra farishta avvalgi surati va ko‘rinishida kalning oldiga bordi. Unga ham pesga aytgan narsalarini so‘zlagan edi, kal ham pes kabi javob qildi. Farishta:

Keyin avvalgi surati va ko‘rinishida ko‘rning oldiga bordi. Va:
– Men bir musofir bechora kishiman. Safarimga kerakli narsalarim tugab qoldi. Bugun manzilimga yetishimning iloji yo‘q. Faqat Allohning karami, so‘ngra sening yordaming bilangina yetib olishim mumkin. Shuning uchun senga ko‘zingni qaytarib bergan Alloh hurmati, bir dona qo‘y so‘rayman. Men safarimda shu qo‘yni xarjlab, manzilimga yetib olay, – degan edi, haligi ko‘r kishi:
– Haqiqatda men ko‘r edim, Alloh ko‘zimni qaytarib berdi. Keyin meni boy qilib qo‘ydi. Sen bu qo‘ylardan xohlagancha olaver. Allohga qasamki, Uning yo‘lida bugun mendan biror narsa olsang, meni rosa xursand qilgan bo‘lasan, – dedi. Shunda farishta:
– Moling o‘zingga siylov, sizlar imtihon qilindinglar, Parvardigor sendan rozi bo‘ldi, ikki sherigingdan esa g‘azablandi, – dedi.
"Ko‘hna dunyo rivoyatlari" kitobidan
@Umr_Falsafasi 🕊

Ayol - goʻyo erkakning koʻzgudagi aksi. Erkak qanchalar kuchli sevar ekan, ayol shunchalar oʻsha erkakning orzusidagi ayolga aylanib boraveradi!
@Umr_Falsafasi 🕊
@Umr_Falsafasi 🕊
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Men haqimda so‘rasalar sendan agar,
Sen uyalma, holsizlanma, tuyma xatar.
Va bemalol o‘zni tutib beparvo sal,
Degin: Sevdi. Sevganidan bo‘ldi kasal.
🎙Feruzabonu
✍Bobur Bobomurod

Agar sevsang edi meni mendayin,
Borimni yuz bora fido etardim.
Kechib ketar kuning boʻlsa ham tayin,
Umrbod bir senga vafo etardim!
✍Malika Salimova
🎙Sherzod Karim
@Umr_Falsafasi 🕊
Borimni yuz bora fido etardim.
Kechib ketar kuning boʻlsa ham tayin,
Umrbod bir senga vafo etardim!
✍Malika Salimova
🎙Sherzod Karim
@Umr_Falsafasi 🕊
Haqiqiy erkak:
• Ota-onasini rozi qilish uchun borini beradi;
• Oilasini o‘zi ta’minlaydi, o‘zi boqadi;
• Oiladagi erkak kishi qiladigan ishlarni qat’iy o‘z zimmasiga oladi;
• Kerak paytda jiddiy, kerak paytda hazilkash bo‘la oladi;
• Gapirgan gapiga javob bera oladi;
• Aytdimi, bajaradi, va’da berishi shart emas;
• Ayolini ehtiyot qiladi;
• Ayoli va farzandlariga mehribon bo‘ladi;
• Ayolini begona erkaklardan qizg‘onadi;
• Mehrni ham, qahrni ham o‘z o‘rnida ishlatadi;
• Ayollarning ishiga burnini suqavermaydi;
• Har nimani valdiravermaydi;
• Ayoliga og‘ir yuk ko‘tartirmaydi;
• Hech qachon g‘iybat qilmaydi, g‘iybatni eshitmaydi;
• Ko‘cha eshik taqillasa, o‘zi borib ochadi. Ayoliga chiq, demaydi.
• Ayolining oilasidan hech narsa kutmaydi.
• Ayolining pulini sarflamaydi;
• Nafaqat ayoli, balki ayol zoti bilan gap talashib, pachakilashib o‘tirmaydi.

Alloh sizga baxt sovg'a qilsa, undan atrofdagilarga ham ulashib turing... Zero, har bir ne’matning zakoti bor!
Baxt bu qiyinchiliklarsiz turmush degani emas...
Baxt bu o'sha qiyinchiliklarda yonizda tura oladigan suyukli juftingiz borligidir...
Allohim barchamizni juftimiz bilan suyukli qilib, umrimiz oxirigacha birga yashab, Jannatda ham birga bo'lishlik ato etsin..

Bu yolg‘on dunyoning yolg‘onlari ko‘p,
Yolg‘oniga uchgan nodonlari ko‘p,
Yo‘ldan ozdirguvchi shaytonlari ko‘p,
Allohim sen o‘zing to‘g‘ri yo‘l ko‘rsat!
Hayosiz insonga qilmagin oshno,
Topmadim so‘zidan na mantiq, ma’no,
Ularning nazdida devonaman, o,

Ba’zisi do‘stman der, lek ichi qora,
Munofiq yuzini ko‘rsam dil pora,
Pora bo‘lgan dilga bormikin chora?

Maqsadi yo‘lida aylabon makr,
O‘ziga og‘dirib qilganda sehr,
O‘ylamay aytsam gar biror bir fikr,

Ig‘vogar g‘iybatning toshin otganda,
Toshlari ko‘ksimga kelib botganda,
Yaqin deb bilganim meni sotganda,

Na insof, na vijdon bilmaganlarga,
Do‘st bo‘lib, do‘stligin qilmaganlarga,
Sevsam nazariga ilmaganlarga,

Go‘yoki murodi bo‘lgandek hosil-
Ozurda ko‘nglimni og‘ritsa johil,
Netay, ko‘z yoshlarim bo‘lolmas dalil,

Davrada ko‘rolmay noshukr inson,
Yiqitmoq urinsa qidirib nuqson,
Jahlning otiga minsam gar shu on,

Ta’nimni qurshabon olmasdan g‘aflat,
Bir umr sen uchun qilayin toat,
Tun-u kun qalbimga solib hidoyat,
ALLOHIM, SEN O‘ZING TO‘GʻRI YO‘L KO‘RSAT!

Hurmatli kanal a'zolari!
Sizlardan iltimos, comment yozayotganda e'tiborli bo'lib yozing. Commentda yozsa bo‘larkan deb hamma gapni ham yozavermang. Odamga til bilan birga aql ham berilgan. Birovni mehnatini, izlanishi, ijodini muhokama qilish oson. Lekin o‘ylab yozsangiz o'zingizga yaxshi. Til hammaga berilgan, farosatni ham ishlating. Ayolman, erkakman demasdan hamma narsani o‘ylamasdan yozmang.
Keyin video, she'r yoki hikoya tashlansa undan o'zingizga olgan yaxshi tomonlari yoki yoqqani haqida fikringiz qoldiring.
Rasmsiz she'rni rasmini, video she'rni matnini so'rab yozmang. Iltimos. She'r uzun bo‘lsa, rasmga sig‘masa rasmsiz holatda kanalga joylanadi. Videoga matn bor, o‘zingiz ham yozib olsangiz bo‘ladi. Boshqa insonni mehnatini ham hurmat qiling.
Keyin she'r tashlansa videosini, video tashlansa rasmini so'rab yozmang.
Videoni ovozini ham muhokama qilmang. Agar o‘sha videodagi ovozdan zo‘r aytadigan bo'lsangiz ovozli xabarni @Umr_Falsafasi_bot ga yuboring. Keyin bemalol ovozni muhokama qilishingiz mumkin.
Keyin kanalga video tashlangani uchun kanal yoqmay qolayotgan bo‘lsa chiqib ketishingiz mumkin. Hayot kabi kanal ham yo'qotishlari bilan bo‘ladi. Bilaman, hech kim minnatdor bo'lmaydi. Yozgan fikrlarimni manmanlikka olarsiz. Lekin men anchadan beri yig'ilib qolgan fikrlarimni yozdim.
Agar kanal yoqayotgan bo'lsa xursandman. Bu hayotda hech narsa ideal ya‘ni mukammal bo'lmaydi. Boricha qabul qiling. Agar qo‘lingizdan kelmasa chiqib ketavering.
Kanalni bir kishi yuritadi. Shunday ekan to'g'ri tushunasiz degan umiddaman!

Mayli kimdir, "Qadringiz" bilmasin!
Siz ularga hech parvo qilmang. Bu dunyoda har bir tirik jon, Alloh uchun tengdir, unutmang!
@Umr_Falsafasi 🕊
Siz ularga hech parvo qilmang. Bu dunyoda har bir tirik jon, Alloh uchun tengdir, unutmang!
@Umr_Falsafasi 🕊
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Charaqlagan kulgularda, hech kim sezmas gardlarim bor,
Ona, sizga aytolmagan daryo-daryo dardlarim bor...
✍Malika Salimova
🎙Nigora Jahon
@Umr_Falsafasi 🕊
Ona, sizga aytolmagan daryo-daryo dardlarim bor...
✍Malika Salimova
🎙Nigora Jahon
@Umr_Falsafasi 🕊
Eng xunuk ish erkakning o'z ayolidan arz qilishidir. Chunki, yaxshi erkakning ayoli yomon bo'lishi mumkin emas.
@Umr_Falsafasi 🕊
@Umr_Falsafasi 🕊
Hech kim o‘zida yo‘q narsani boshqaga ravo ko‘ra olmaydi.
O‘zida bor narsani hadya qiladi.
Kimdir Tabassum...
boshqasi Baxt..
yana kimdiri Dard...
yana boshqasi esa MUHABBAT!
@Umr_Falsafasi 🕊
O‘zida bor narsani hadya qiladi.
Kimdir Tabassum...
boshqasi Baxt..
yana kimdiri Dard...
yana boshqasi esa MUHABBAT!
@Umr_Falsafasi 🕊
Men haqimda so‘rasalar sendan agar,
Sen uyalma, holsizlanma, tuyma xatar.
Va bemalol o‘zni tutib beparvo sal,
Degin: Sevdi. Sevganidan bo‘ldi kasal.
Chunki, degin, sevar edi o‘zin bilmay,
Kishining ham, hushining ham so‘zin qilmay.
Deginki u yonib sevdi, to‘yib sevdi,
Rohatlarin bir chekkaga qo‘yib sevdi.
Yonar edi, balki hanuz yonar degin,
Zulmim sabab yuraklari qonar degin.
Izlamadim, so‘ramadim holini de,
Gʻaflat aro totdim hayot bolini de.
Yerga urdim degin orzu, xayollarin,
Qilmishimning tortmadim de malollarin.
So‘ng ishqini bitdi degin zar lavhada,
Ismimni ham qo‘ydi degin sarlavhada...
Men haqimda so‘rasalar sendan agar,
Degin: Sevdi. Sevganda ham bo'ldi kasal...
Bobur Bobomurod

Qaysi biri yaxshiroq
Bozordan savat ko‘tarib qaytayotgan uch ayol dam olish uchun yo‘l chetidagi o‘rindiqqa o‘tirishdi. Bir-biri bilan o‘z o‘g‘illari haqida gaplasha boshladi. Birinchi ayol shunday dedi:“ O‘g‘lim juda ham chaqqon bola. Hatto bir necha daqiqa oyog‘ini osmonga qilib, qo‘lida tik yura oladi”.
Ikkinchi ayol ham o‘g‘lini maqtab qoldi:“ O‘g‘limning bulbuldek ovozi bor, eshitgan odam erib ketadi”. Uchinchi ayol o‘g‘li to‘g‘risida lom-mim demadi, ikki ayolning gaplariga jimgina quloq solib o‘tirdi. Ikki ayol sen nega gapirmaysan, deb undan so‘rashganida tortinibgina shunday dedi: “ Mening o‘g‘limda aytarli birorta alohida fazilat yo‘q. Alloh bergan bir bola-da”.
Bir qariya nariroqda ayollar nima deb gaplashib turganiga quloq solib turgan edi. Ayollar yo‘lga tushib, yuk ko‘tarib og‘riyotgan bel va qo‘llarini ishqalab silay boshlashdi. Shu payt uch bola oldilariga chopib kelishdi. Bular uch ayolning o‘g‘illari edi. Birinchi ayolning o‘g‘li oyoqlarini osmonga ko‘tarib qo‘li bilan yerda tik yurishni amalda ko‘rsatdi. Ikkinchi ayolning o‘g‘li xarsang tosh ustiga chiqib, onasi yaxshi ko‘rgan qo‘shiqni xushovozda kuylay boshladi. Ayollar hursand bo‘lishib, uni olqishlab chapak chalishdi. Uchinchi ayolning o‘g‘li esa onasi oldiga kelib: “Oyijon, savatni menga bering, uni men ko‘tarib boraman”, dedi-yu uni ko‘tarib yo‘lga tushdi. Ayollar kuzatib turgan qariyadan qaysi birimizning o‘g‘limiz yaxshi ekan, deb so‘rashdi.
Qariya: “Onasiga yordam berishga shoshilgan farzandni yaxshi bola desa bo‘ladi”, deb javob berdi.

Qachondir kelajakda emas, faqat hozir baxtli bo’lish mumkin. Kelajak doimiy ravishda hozirga aylanadi.
Hozir ham, hozir ham va yana hozir ham.
@Umr_Falsafasi 🕊
Hozir ham, hozir ham va yana hozir ham.
@Umr_Falsafasi 🕊
Kim bo'lishingizdan qat'iy nazar qadrligim...
ltimos kichik bir nur kabi bo'ling.
Bilaman, bu dunyoda muammo ko'p, yolg'on va soxta odamlarning son-sanog'i yo'q. Siz esa haqiqiy bo'ling, qadrligim. Dunyo sizga adolatsizlik qilsa-da, siz adolatsiz bo'lmang.
Kichik bir nur kabi bo'ling, zulmatlar orasidan yorug'lik taratib turing!
Balkim kim uchundir mayoq bo'lib, yaxshilikka bo'lgan ishonchini mustahkamlarsiz, u sizdan o'rnak olar! Shunda dunyoda adolatsizliklar kamayar va ezgulik ortishiga o'z hissangizni qo'shgan bo'lar edingiz...
Bu dunyoda odamlarning xatolari sabab siz adolatli bo'lmasangiz, odamlar shunday deb o'zingizni ham chegarangizni qo'ysangiz... Dunyo adolatsizliklari ortib boraveradi...
Adolatli bo'ling, qadrligim! Zero, sizdan o'rnak oluvchilarning davomi ko'paversa...
"Odamlar yaxshilikni bilmaydi, unutadi", "Yaxshilikka yomonlik qaytyapti" kabi gaplarni unuting! Chunki, Alloh unutguvchi emas. Balki, sizni yaxshiliklaringiz sababli Alloh sizni balolardan asrayotgandir...

Kimgadir borligim o‘zi bir dunyo
Suratim avaylab yurakka ildi..
Kimgadir aksincha keldimmi malol
Ertadan kechgacha g‘iybatim qildi...
Yana kim sog‘indi har on intizor,
Har kecha tushlari mehmoni o‘zim...
Allakim haydadi, kechdilar shunday
Shunchaki unutdi, yoshlatib ko‘zim...
Har kuni yo‘qladi yiroqdan kimdir,
Yonimda yashadi kimdir bexabar...
Kimgadir yoqmadim, kimgadir yoqdim,
Kim shirin bol tutdi, kim tutdi zahar.
Kim shodlik ulashdi kimlar haqqiga
Borimni ol deya kamlar haqqiga..
Allakim yashadi hayotdan sarxush
Men chekkan azobli namlar haqqiga...
Kimdir duo qildi, har tong saharlar,
Ko'nglimni bog'iga gul ekib ketdi...
Yo‘limga tuzoqlar qo‘yib kim birov
Ko‘rgan har kunimga pushaymon etdi...
Bir kuni dunyodan ketaman kechib,
Yog'och ot ustida, oq to‘nim kiyib...
Shunda ham kimlardir azasi yolg‘on,
Kimlardir yig‘laydi chin dildan kuyib...
Malika Salimova